Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Маннит РАСТВОР

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Маннит РАСТВОР ДЛЯ ИНФУЗИИ 250МЛ №1

19 500 so'mdan
(2260)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
mannitol
Ishlab chiqaruvchi
БОРЩАГОВСКИЙ ХФЗ
Chiqarilish shakli
Р-Р Д/ИНФ
Farma. Guruh
Диуретические препараты
Dori tafsilotlari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Qo‘llash usuli va dozalari
Dori shakli:
Tarkibi:
Ta‘rifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Maxsus ko‘rsatmalar
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Nojo‘ya ta‘sirlari

Suv-elektrolit muvozanatining buzilishi (aylanib yuruvchi qon hajmining oshishi, giponatriyemiya, kam-giperkaliemiya), to‘qimalarning suvsizlanishi va uning ko‘rinishlari: mushaklar kuchsizligi, tirishishlar, og‘izni qurishi, chanqoqlik, dispeptik holatlar, gallyusinasiyalar, arterial bosimni (AB) pasayishi; ongni buzilishi, taxikardiya, to‘sh orqasida og‘riqlar. Kam – yuborilgan joyda tromboflebit, teri toshmasi kuzatilishi mumkin.

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

Buyrakning og‘ir shikastlanishidagi naychalarning o‘tkir nekrozi fonidagi anuriya, degidratasiyaning og‘ir shakllari, bosh miya ichki qon ketishi, qon aylanishining og‘ir yetishmovchiligi (o‘pka shishi, kichik qon aylanish doirasidagi yaqqol dimlanish ko‘rinishlari), preparatga yuqori sezuvchanlik.

Homiladorlik va laktasiya davrida faqat agar ona uchun kutiladigan foyda, homila uchun mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Yurak glikozidlarining toksik ta‘sirini oshishi (gipokaliemiya bilan bog‘liq) mumkin.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Vena ichiga (v/i) (sekin oqim bilan yoki tomchilab), oldindan 380S gacha isitib yuboriladi. Profilaktik doza 0,5 g/kg tana vazniga tashkil qiladi, davolovchi – 1-1,5 g/kg. Sutkalik doza 140-180 g dan oshmasligi kerak. Ekstrakorporal qon aylanishi operasiyalarda preparat 20-40 g dozada perfuziyani boshlash oldidan bevosita apparatga kiritiladi. Oliguriyali pasientlarga oldindan v/i tomchilab sinama dozasini (200 mg/kg) 3-5 minut davomida yuborish lozim. Agarda bundan keyin 2-3 soat davomida diurezning tezligi 30-50 ml/s gacha oshmasa, preparat yuborishni davom ettirishni to‘xtatish lozim.

 

 

Dori shakli:

 Infuziya uchun eritma.

 

Tarkibi:

1 l eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: mannit (mannitol) – 150 g.

yordamchi moddalar: natriy xloridi, in‘eksiya uchun suv.

 

Ta‘rifi: 

Rangsiz, tiniq suyuqlik.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Diuretik vosita.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamika

Osmotik diuretik vosita. Plazmaning osmotik bosimini oshirib, to‘qimalardan tomirlarga suyuqlikni o‘tishini va to‘qimalarning degidratasiyasini chaqiradi. Buyrak naychalarida suvning qayta so‘rilishini kamaytiradi. Natijada yaqqol diuretik samara chaqiradi, bunda katta miqdorda suv, hamda natriy va xlorning ajralib chiqishi kuzatiladi. Preparatning konsentrasiyasi qanchalik yuqori bo‘lsa, diuretikni samarasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Preparat kalava filtrasiyaga ta‘sir qilmaydi. Kaliyning chiqarilishiga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi. Buyrakning faoliyati buzilganida, shuningdek jigar sirrozi va assiti bo‘lgan bemorlardagi azotemiyada ham samarasiz. Aylanib yuruvchi qon hajmining oshishini chaqiradi.

 

Farmakokinetikasi

Taqsimlanish hajmi (Vd) ekstrasellyular suyuqlikning hajmiga mos keladi. Mannit metabolizmga uchramaydi va uning chiqarilishi naychalarda ahamiyatli so‘rilishisiz yoki sekresiyasisiz kalava filtrasiyasi orqali boshqariladi.

Yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 100 min ni tashkil qiladi. 80% buyraklar orqali 3 soat davomida chiqariladi. T1/2 buyrak yetishmovchiligida uzayishi mumkin.

 

Qo‘llanilishi

Miyaning shishi, ko‘z ichki bosimining oshishi, buyrakning filtrasion faoliyati saqlangan holdagi o‘tkir buyrak yoki buyrak-jigar yetishmovchiligidagi oliguriyani (majmuaviy davolash tarkibida) davolash; barbituratlar va salisilatlar bilan zaharlanishda jadal diurez o‘tkazish uchun; prostata bezining transuretral rezeksiyasida chayish va yuvish uchun eritma sifatida; buyrak ishemiyasini va u bilan bog‘liq bo‘lgan o‘tkir buyrak yetishmovchiligini oldini olish maqsadida, ekstrakorporal qon aylanishi operasiyalarda gemolizning oldini olish uchun qo‘llanadi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Chap qorincha yetishmovchiligida Mannitolni tez ta‘sir qiluvchi «halqali» diuretiklar (o‘pka shishining xavfi bilan bog‘liq) bilan birga qo‘llash kerak.

AB, diurez, qon zardobida elektrolitlarning konsentrasiyasini nazorat qilish kerak.

Preparat yuborilayotganida bosh og‘rig‘i, qayt qilish, bosh aylanishi, ko‘rishning buzilishi kabi belgilar paydo bo‘lgan xolda, yuborishni to‘xtatish va subdural va subaraxnoidal qon ketishi kabi asoratlarning rivojlanishini istisno qilish kerak. Suvsizlanish belgilari paydo bo‘lganida organizmga suyuqlik yuborish kerak.

Yurak yetishmovchiligida (faqat «halqali» diuretiklar bilan majmuada) va ensefalopatiyali gipertonik krizda qo‘llash mumkin.

Mannitolni qayta yuborish suv-elektrolit muvozanatining nazorati ostida o‘tkazilishi kerak.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Chiqarilish shakli

Infuziya uchun 15% eritma 200 ml, 250 ml, 400 ml va 500 ml dan butilkalarda (flakonlarda).

 

 

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Izoh:

  1. Kristallar cho‘kishi holatida preparat suv hammomida 50°S dan 70°S gacha haroratda kristallar yo‘qolgunicha isitiladi.

36°S gacha haroratda sovutilganda kristallar cho‘kmaga tushmay, eritma tiniq bo‘lsa preparat qo‘llash uchun yaroqli .

  1. Muzlatishga yo‘l qo‘yiladi.
Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.