Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Макселос ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Макселос ТАБЛЕТКА №30

44 000 so'mdan
(4427)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
MAX-PHARM
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Препараты кальция и средства для профилактики и лечения остеопороза
Dori tafsilotlari
Nojo’ya ta’siri
Alohida ko’rsatmalar
Saqlash sharoiti
Ishlab chiqarilgan shakli
Biologik xususiyatlari
Tavsiya etiladi
Qo’llash usuli va dozalari
Nojo’ya ta’siri

-          Preprat komponentlariga individual o’ta yuqori sezuvchanlik, giperkalsiyemiya, giperkalsiuriya, nefrolitiaz, og’ir buyrak yetishmovchiligi, tuberkulyozning aktiv formasi, 2 yoshgacha bo’lgan bolalar.

Alohida ko’rsatmalar

Yahshi granulematoz, yurak glikozidlari va tiazid diuretiklarni qabul qilish, homiladorlik va ko’krak bilan emizish davri.

Saqlash sharoiti

Mahsulot quruq, qorong’u, harorat +25°С dan yuqori bo’lmagan va nisbiy namligi 70% dan oshmagan joyda saqlansin.

Ishlab chiqarilgan shakli

Flakonda 0,6g.dan 3ta tabletka

 

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar: qadoq yaxlitligi buzilgan bo’lsa.

Biologik xususiyatlari

Preparatning farmakologik tasiri unga kiradigan ingredientlar xususiyatlari bilan aniqlanadi. Kalsiy suyak to’qimalari hosil bo’lishida ishtirok etadi, rezorbsiyani (so’rilishni) pasaytiradi va suyak to’qimasining qalinligini oshiradi, tayanch-harakat apparati xastaliklarining oldini oladi, suyak tizimi va bo’g’imlarning mustahkamlanishini ta’minlaydi.

Kalsiy oshqozin ichak traktining funksional holatlaridan qat’iy nazar kalsiyning so’rilishini ta’minlaydi, bu oshqozon ichak trakti sekretor funksiyalari past bo’lgan bemorlarni davolashda, shuningdek sekresiyani pasaytirishda qo’llaniladigan terapiyada qo’llash mumkinligidan darak beradi; suyak to’qimasi rezorbsiyasi markeri darajasini pasaytiradi va bu suyak to’qimasi buzilishi jarayonlarining sekinlashishidan darak beradi ; paratgormon darajasini boshqaradi va bu kalsiy gemostazasi boshqaruvining yaxshilanishiga olib keladi; siydikda kalsiy oksalatlari miqdorini oshirmaydi va natijada buyraklarda toshlar hosil bo’lishi xavfini chaqirmaydi; temir moddasi so’rilishini bloklamaydi va bu kamqonlik rivojlanishi xavfini kamaytiradi.

Tavsiya etiladi

-          Osteoporozning turli genezlarida kompleks davolash va profilaktikasida;

-          Bolalarda, o’smirlarda va ayollarda homiladorlik va ko’krakdan emizish davrida kalsiy va mikroelementlar tanqisligini to’ldirishda.

Qo’llash usuli va dozalari

Qabul qilish dozalari:

  • 2-5 yosh oralig’idagi bolalar 1/2 tabletkadan 3 mahal;
  • 5-12 yosh oralig’idagi bolalar 1 tabletkadan 2 mahal ;
  • 12-16 yosh oralig’idagi bolalar va o’smirlar 1 tabletkadan 3 mahal ;
  • 16 yosh va undan kattalar 1 tabletkadan 2-3 mahal ;
  • homilador ayollarga 1 tabletkadan 3-4 mahal.