Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
МагЦинк КАПСУЛА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

МагЦинк КАПСУЛА 250мг №50

27 300 so'mdan
(2708)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
УЗБЕКИСТАН
Chiqarilish shakli
КАПС
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Maxsus saqlash sharoitlari
Dozirovkasi
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Farmakologik ta'sir
Qo'llanilishi
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
— preparatning komponentlariga yuqori taʼsirchanlik;
 
Maxsus saqlash sharoitlari
Yaroqlilik muddati: 2 yil.

Saqlash sharoitlari:
Bolalar ololmaydigan, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, +25°С dan yuqori boʻlmagan temperaturada saqlansin.
 
Dozirovkasi

MagDiv V6 ovqat vaqtida ichish uchun tayinlanadi. Sutkalik dozani 2-3 qabul qilishga boʻlish kerak (ertalab, kunduzi va kechqurun). Kapsulalar bir stakan suv bilan ichiladi;
Qabul qilishni qonda magniy darajasi meʼyoriga kelishi bilan darhol toʻxtatish zarur; oʻrtacha qabul qilish davomiyligi - 1 oy.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Ishlab chiqarish shakli: kapsulalarda 250 mg dan kukun
1 kapsula tarkibi. Faol komponentlar:
V6 vitamini 5 mg
Magniy oksidi 80 mg
Rux oksidi 2,5 mg
Yordamchi moddalar: maltodekstrin.
 
 
Farmakologik ta'sir
V6 vitamini modda almashinuv jarayonlarida koferment sifatida ishtirok etadi, asab tizimining meʼyorida ishlashini taʼminlaydi, hissiy-ruhiy zoʻriqishlar nazoratini shakllantirishda ishtirok etadi, suyaklar, tishlar, milklar tuzilishi va ishlashini saqlab turishda koʻmaklashadi.
Magniy organizmdagi 300 dan ortiq fermentatsiya reaksiyalarida asosiy rol oʻynaydi, nerv oʻtkazuvchanligi fiziologiyasi, mushak qisqarishlarini amalga oshirishda ishtirok etadi, suyak toʻqimasi va tishlarning shakllanishi uchun zarur. Magniy organizm normal holatda boʻlganida uning barcha hujayralarida mavjud boʻladigan noorganik element hisoblanadi. Magniy hujayralarning hayoti uchun zarur elementdan iborat boʻlib, modda almashinuvining koʻplab reaksiyalarida ishtirok etadi. Fiziologik nuqtayi nazardan magniy asosan hujayra ichida toʻplangan kation hisoblanadi. Magniy ionlari neyronlarning qoʻzgʻaluvchanligi kamayishiga koʻmaklashadi, mushaklarda ion muvozanatini saqlab turishda muhim fiziologik rol oʻynaydi, nerv-mushak uzatilishlarini sekinlashtiradi, koʻplab fermentativ reaksiyalarga koʻmaklashadi. Organizm magniyni ovqat bilan birga qabul qiladi. 
Organizmda ruxning taʼsiri juda turli-tuman. Koʻplab ferment tizimlari tarkibida modda almashinuvida va hujayra va toʻqimalar metabolizmida faol ishtirok etadi. Mikroelement teri, sochlar va tirnoqlarning normal holatini saqlab turishga koʻmaklashadi, immun tizimining meʼyorida ishlashiga yordam beradi.
 
Qo'llanilishi
MagSink V6 eng avvalo butun organizmning sogʻligʻini saqlashga yoʻnaltirilgan, oʻzaro bir-birining xossalarini toʻldiradigan biofaol elementlarning muvaffaqiyatli tanlab olingan kombinatsiyasidan iborat bioqoʻshimcha hisoblanadi. Shu munosabat bilan bioqoʻshimcha organizmda magniy yetishmovchiligini toʻldirish uchun tavsiya etiladi:
uyquning buzilishi;
asablarning yuqori daraja taʼsirlanuvchanligi, asabiylashish;
yuqori darajada charchash, jismoniy va aqliy oʻta charchash holati;
mushak ogʻriqlari va siqilishlari, oshqozon-ichak siqilishlarida yordam beradi;
giperventilyatsiyali (tez-tez yuza nafas olish) xavotirlik xurujlarining funksional namoyon boʻlishida koʻmaklashadi;
yurakning tez-tez urushini meʼyorlashtiradi.
Homiladorlikda ayolning holatini yaxshilashga yordam beradi.