Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
МАГНЕ В6

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

МАГНЕ В6 ТАБЛЕТКА №60

62 400 so'mdan
(1723)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
САНОФИ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Farmakodinamikasi
Nojo'ya samaralari
Maxsus shartlar
Qo'llanilishi
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Dozirovkasi
Homiladorlik va laktatsiya davrida qullanishi
Ehtiyot choralari
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
1 қобиқ билан қопланган таблетка қуйидагиларни сақлайди:
Фаол моддалар: магний лактат дигидрати - 470 мг, пиридоксин гидрохлориди - 5 мг
Ёрдамчи моддалар: сахароза, оғир каолин, акация елими (Е414), карбомер, тальк (Е553), магний стеарати (Е572), карнауб муми (кукун) (Е903), титан диоксиди (171).
Таблеткадаги магний (Мг2+) нинг умумий миқдори 48 мг (1,97 ммоль) ни ташкил қилади.
 
 
Farmakodinamikasi
Magniy asosan xujayra ichki kationi hisoblanadi. U neyronlarning qo'zg'aluvchanligini va qo'zg'alashni nerv-mushak bo'ylab o'tkazilishini pasaytiradi, Ko'pchilik fermentativ jarayonlarda ishtirok etadi. Magniy a'zolar va to'qimalarning muhim elementi hisoblanadi: suyak to'qimasida odam organizmidagi magniyning umumiy miqdorini yarmi saqlanadi.
Klinik aspektlari:
Zardobdagi magniyning darajalari:
- 12 va 17 mg/l gacha (1-1,4 mEkv/l yoki 0,5-0,7 mmolь/l) orasida: magniyning o'rtacha tanqisligini ko'rsatadi
- 12 mg/l dan past (1 mEkv/l yoki0,5 mmolь/l) –magniyning og'ir tanqisligini ko'rsatadi.
Tanqislik
- birlamchi, magniy metabolizmini tug'ma anomaliyasi tufayli bo'lishi mumkin (tug'ma surunkali gipomagniyemiya),
- quyidagilar ikkilamchi tufayli bo'lishi mumkin:
organizmga noadekvat tushishi (og'ir yetarli ovqatlanmaslik, alkogolizm, to'liq parenteral ovqatlanish),
me'da-ichakda so'rilishini buzilishlari (surunkali ich ketishi, me'da-ichak oqmasi, gipoparatiroidizm),
buyraklar miqyosida ortiqcha yo'qotilishi (buyrak naychalarning kasalliklari, jiddiy poliuriya, diuretiklarni suiste'mol qilish, surunkali piyelonefrit, birlamchi giperalьdosteronizm, sisplatin bilan davolanish) tufayli yuz berishi mumkin.
Piridoksin (V6 vitamini) ko'pchilik metabolik jarayonlarda, nerv tizimining metabolizmini boshqarilishida ishtirok etadi. V6 vitamini magniyni meьda-ichak yo'llaridan so'rilishini va uni xujayralarga kirishini yaxshilaydi.
 
Nojo'ya samaralari
- diareya
- abdominal og'riqlar
- teri reaktsiyalari
- allergik reaktsiyalar.
Quyida ta'riflangan simptomlar paydo bo'lgan xolda, iltimos, darxol O'zingizning davolovchi shifokoringizga murojaat qiling!
 
 
Maxsus shartlar
Yo'ldosh kalьtsiy tanqisligida, qo'shimcha kalьtsiy yuborish boshlangunicha, magniyning tanqisligi bartaraf qilingan bo'lishi kerak.
Tabletkalarda saxaroza borligi tufayli, fruktozani o'zlashtiraolmaslikda, glyukoza yoki galaktozaning so'rilishini buzilishi sindromida yoki saxaraza-izomalьtaza tanqisligida preparatni qo'llash mumkin emas.

Magniyning og'ir tanqisligida va so'rilishini buzilishlarida, davolash vena ichiga yuborishdan boshlanishi kerak.
 
Qo'llanilishi
Ushbu dori vositasi magniy saqlaydi
Quyidagi simptomlarning ma'lum sonini majmuasi magniyning tanqisligidan dalolat berishi mumkin:
- Asabiylik, ta'sirchanlik, kuchsiz xavotirlik, o'tkinchi toliqish, uyquni biroz buzilishi,
- Me'da-ichak spazmlari, yurakni tez-tez urishi (sog'lom yurakda) shaklidagi bezovtalik ko'rinishlari,
- Mushak tirishishlari, sanchilish hissi.
Magniyni buyurish bu simptomlarni yo'qotishga yordam berishi mumkin.
Agar bir oy davolashdan keyin yaxshilanish kuzatilmasa, ushbu preparat bilan monoterapiyani davom ettirish maqsadga muvofiq emas.
 
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Ushbu preparatni quyidagi hollarda qo'llash mumkin emas:
- Preparatning komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanlik,
- Kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam bo'lgan og'ir buyrak yetishmovchiligi.
 
 
Dozirovkasi
Tabletkalarni katta stakan suv bilan birga qabul qilish kerak.
FAQAT KATTALAR VA 6 YoShDAN OShGAN BOLALAR UChUN
Kattalar: 2-3 qabulga bo'lingan sutkada 6-8 tabletkadan, ovqat qabul qilish vaqtida.
Bolalar: sutkada 10-30 mg/kg, ya'ni 6 yoshdan oshgan bolalarga (tana vazni taxminan 20 kg) 2-3 qabulga bo'lingan sutkada 4-6 tabletka, ovqatlanish vaqtida.
Odatda davolashning davomiyligi bir oyni tashkil qiladi.
Qondagi magniyning darajasi normallashganidan keyin davolashni to'xtatish kerak.
 
Homiladorlik va laktatsiya davrida qullanishi
Homiladorlikning yetarli sonidagi klinik tajriba, hech qanday fetotoksik yoki rivojlanish nuqsonlarini chaqiruvchi ta'sirini aniqlamagan.
Zarurati bo'lganida magniy homiladorlikning har qanday bosqichida qo'llanishi mumkin.
Keng qamrovli tekshirishlar yo'qligiga qaramasdan, bor bo'lgan klinik tajriba umidli hisoblanadi.
 
Ehtiyot choralari

TABLETKALAR KATTALAR VA 6 YoShDAN OShGAN BOLALAR UChUN MO'LJALLANGAN.
6 yoshdan kichik bolalar uchun mos keluvchi dori shakllari mavjud.
O'rtacha buyrak yetishmovchiligida, gipermagniyemiya bilan bog'liq bo'lgan xavfni oldini olish maqsadida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.