Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
МАГНЕ В6

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

МАГНЕ В6 ФОРТЕ ТАБЛЕТКА №40

65 800 so'mdan
(2854)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
САНОФИ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Витамины и родственные препараты
Dori tafsilotlari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Nojoʻya taʼsirlari

Immun tizimi tomonidan buzilishlar:

Juda kam hollarda (<0,01%): allergik reaksiyalar, jumladan teri reaksiyalari;

Meʼda-ichak tizimi tomonidan buzilishlar:

Tez-tezligi nomaʼlum (mavjud boʻlgan maʼlumotlar boʻyicha paydo boʻlish tez-tezligini baholash mumkin emas): diareya, qorinda ogʻriq, koʻngil aynishi, qusish, meteorizm.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik.
  • Ogʻir buyrak yetishmovchioligi (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam).
  • Fenilkentonuriya.
  • 6 yoshgacha boʻlgan bolalar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan).
  • Nasliy galaktozemiya, glyukoza va galaktozaning malabsorbsiya sindromi yoki laktaza yetishmovchiligi (preparat tarkibida laktoza mavjudligi sababli).
  • Levodopa bilan bir vaqtda qabul qilish (“Dorilarning oʻzaro taʼsiri” ga qarang).

Ehtiyotkorlik bilan

Oʻrtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi (gipermagniyemiya rivojlanish xavfi).

 

Dori shakli: 

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

 

Tarkibi:

1 tabletkada quyidagilar saqlanadi:

Tabletka yadrosi:

faol moddalar: magniy sitrati – 100 mg magniy (Mg++) ga toʻgʻri keluvchi 618,43 mg, piridoksin gidroxloridi – 10,00 mg;

yordamchi moddalar: laktoza – 50,57 mg, makrogol-6000 – 120,00 mg, magniy stearati –
1,00 mg;

tabletkaning qobigʻi: gipromelloza 6mPa.s – 14,08 mg, makrogol-6000 – 1,17 mg, dioksid titani (Ye 171) – 4,75 mg, talk – qoldiqlar.

 

Taʼrifi: 

oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan oval ikkiyoqlama qavariq tabletkalar.

Tabletka boʻlinganda ikki qavat koʻrinadi: oq rangli qobiq va oq rangli tabletka massasi.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

mineral preparat (magniy preparati)

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Magniy u hujayralarning normal faoliyat koʻrsatkichi uchun zarur boʻlgan hayotiy muhim elementdir, koʻpgina moddalar almashinuvi reksiyalarida ishtirok etadi.

Xususan, u nerv impulslarining oʻtkazilishini boshqarilishida va mushaklarning qisqarishida ishtirok etadi.

Organizmdagi magniyning 1/3 qismi suyak toʻqimalarida toʻplanadi.

Organizmga magniy ovqat bilan birga tushadi. Magniy yetishmovchiligi ovqatlanish tartibi buzilganda (parhez) yoki magniyga talab oshganda kuzatiladi.

Piridoksin (vitamin V6) koʻpgina metabolik jarayonlarda ishtirok etadi, u magniyning meʼda-ichak yoʻllaridan soʻrilishini va hujayralarga kirishini yaxshilaydi.

Qon zardobidagi magniy miqdorlari:

  • 12 va 17 mg/l orasida (1-1,4 mEkv/l yoki 0,5–0,7 mmol/l): magniyning oʻrtacha darajadagi yetishmovchiligini koʻrsatadi;
  • 12 mg/l dan past (1 mEkv/l yoki 0,5 mmol/l): magniyning ogʻir tanqisligini koʻrsatadi.

Farmakokinetikasi

Magniy tuzlarining meʼda-ichak yoʻllaridan soʻrilishi tuzning eruvchanligi alohida rol oʻynaydigan, qisman passiv mexanizm yoʻli orqali amalga oshiriladi.

Bunday soʻrilish darajasi 50% dan oshmaydi. Chiqarilishi asosan buyrak orqali sodir  boʻladi.

 

Qoʻllanilishi

Yuqori taʼsirchanlik, uyquni biroz buzilishi, meʼda-ichak spazmlari, yurakni tez urishi, kuchli toliqish, mushaklarda ogʻriq va spazmlar, mushaklarda sanchilish hissi kabi simptomlar bilan kechuvchi izolyatsiya qilingan yoki boshqa tanqislik holatlari bilan bogʻliq boʻlgan, aniqlangan magniy tanqisligida qoʻllanadi.

Agar bir oy davolanishdan keyin ushbu belgilarni kamayishi kuzatilmasa, davolashni davom ettirish maqsadga muvofiq emas.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Tabletkalarni butunligicha, 1 stakan suv bilan ichish lozim.

Kattalar uchun: 2-3 qabulga boʻlingan sutkada 3-4 tabletka, ovqatlanish vaqtida.

6 yoshdan katta bolalar uchun (taxminan 20 kg vaznli):

sutkada 10-30 mg/kg, yaʼni 6 yoshdan katta bolalar uchun (taxminan vazni 20 kg) 2-3 qabulga boʻlingan holda sutkada 2-4 tabletka, ovqatlanish vaqtida.

Odatda davolanish davomiyligi bir oyni tashkil qiladi.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Mumkin boʻlmagan kombinatsiyalar

Levodopa bilan: levodopani faolligi piridoksin yordamida ingibitsiya qilinadi (agar bu preparatni aromatik L-aminokislotalarning periferik dekarboksilazasi ingibitorlari bilan birga qabul qilish toʻgʻri kelmasa). Agar levodopa L-aminokislotalarning periferik dekarboksilazasi ingibitorlari bilan birga qabul qilinmasa, piridoksinni har qanday miqdorini qabul qilishdan saqlanish kerak.

Tavsiya etilmaydigan majmualar

Fosfat yoki kalsiy tuzlarini saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qoʻllanganda ichakda magniyni soʻrilishi yomonlashishi mumkin.

Eʼtiborga olish kerak boʻlgan majmualar

Tetratsiklinlarni ichga qabul qilish buyurilganda tetratsiklin va Magne V6® forte preparatlarini qabul qilish orasidagi 3 soatlik intervalni saqlash lozim, chunki magniy preparatlari tetratsiklinlar soʻrilishini kamaytiradi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Tabletkalar faqat kattalar va 6 yoshdan katta bolalar uchun moʻljallangan.

Oʻrtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligida preparatni gipermagniyemiyani rivojlanish xavfi tufayli ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak.

Kalsiy va magniyning bir vaqtdagi tanqisligi holatida, magniy tanqisligini kalsiy preparati va kalsiy saqlovchi ozuqaviy qoʻshimchalar qabul qilishdan avval toʻldirish tavsiya etiladi.

Uzoq vaqt davomida (bir necha oy yoki ayrim holatlarda – yillar) piridoksinni yuqori dozalarda (kuniga 200 mg dan koʻp) qabul qilish tufayli uvishish va propriotseptiv sezuvchanlikning buzilishi, oyoq-qoʻllarning distal qismlarida tremori va sekin-asta rivojlanuvchi sensor ataksiya (harakat koordinatsiyasining buzilishi) kabi simptomlar bilan kechuvchi sensor aksonal neyropatiya rivojlanishi mumkin. Bu oʻzgarishlar asosan oʻtkinchi boʻlib, vitamin V6 vitaminini qabul qilish bekor qilish bilan oʻtib ketadi.

Homiladorlik va emizish davri

Homiladorlik

Yetarlicha homilador ayollarda oʻtkazilgan klinik tadqiqotlar preparatning homila rivojlanishidagi nuqsonlar kelib chiqishiga nojoʻya taʼsiri yoki fetotoksik taʼsirini  aniqlanmadi.

Magne V6® forte preparati homiladorlik vaqtida faqat shifokorning tavsiyasi boʻyicha zarur boʻlganda qoʻllanilishi mumkin.

Emizish davri

Magniyning ona sutiga oʻtishini eʼtiborga olib, preparatni qabul qilish zarurati vaqtida emizishni toʻxtatish tavsiya etiladi.

Transport vositalarini va boshqa potensial xavfli faoliyat turlarini boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Taʼsir qilmaydi. Alohida koʻrsatmalar yoʻq.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari

Buyrakning normal funksiyasida magniyning ichga qabul qilish vaqtida dozaning oshirib yuborilishi toksik reaksiyalarning paydo boʻlishiga olib kelmaydi. Ammo buraklarning yetishmovchiligi holatida magniy bilan zaharlanish rivojlanishi mumkin. Qonda magniy konsentratsiyasiga bogʻliq dozaning oshirib yuborilish simptomlarini yaqqolligi: arterial bosimning pasayishi; koʻngil aynishi, qusish; markaziy nerv tizimining susayishi, reflekslarning pasayishi; elektrokardiogrammada oʻzgarishlar kuzatilishi; nafasning susayishi, koma, yurakning toʻxtab qolishi va nafasning falaji; anurik sindrom.

Davolash

Regidratatsiya, kuchaytirilgan diurezBuyrak yetishmovchiligida gemodializ yoki peritoneal dializ muhim.

 

Chiqarilish shakli

15 tabletkadan PVX-PE-PVDX/alyumin folgali blisterlarda.

2 yoki 4 blisterdan qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

30°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz beriladi.