Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Лоратадин ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Лоратадин ТАБЛЕТКА 0,01г №10

9 500 so'mdan
(1986)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Tavsif
Лоратадин ТАБЛЕТКА 0,01г №10
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
Chiqarilish shakli
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Ta‘rifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

 tabletkalar

 

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda:  100% moddaga hisoblaganda 0,01 g (10 mg) loratadin;

Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, laktoza monogidrati, povidon (tibbiy pastmolekulyar polivinilpirrolidon), kalsiy stearati.

 

Ta‘rifi: 

dumaloq shaklli, oq rangli, yassi yuzali, faska va riskali yoki riskasiz tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 Allergiyaga qarshi vosita.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Allergiyaga qarshi va qichishishga qarshi ta‘sirlarga ega. Tez, 30 minutdan keyin allergiya belgilarini bartaraf qiladi va 24 soat davomida ta‘sir qiladi. O‘rganib qolishni chaqirmaydi. Preparat alkogolning samarasini kuchaytirmaydi, u qo‘llanganida markaziy nerv tizimiga nisbatan tinchlantiruvchi va boshqa samaralari yo‘q.

 

 

Qo‘llanilishi

Eshakemi, Kvinke shishi, zardob kasalligi, allergik rinit, kon‘yunktivit, dermatit, bronxial astmaning infeksion-allergik shakli, medikamentoz allergiya. Hashoratlar chaqqanidagi allergik reaksiyalarni bartaraf qiladi.

 

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar Loratadinning 1 tabletkasini (10 mg) ichga kuniga 1 marta qabul qiladilar. 2 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tana vazni 30 kg gacha bo‘lganida 1/2 tabletka, tana vazni 30 kg dan ortiqligida – 1 tabletkadan kuniga 1 marta buyuriladi.

Davolash kursi – 10 dan 15 kungacha. Ayrim hollarda davolash kursni shifokor shaxsiy (1 dan 28 kungacha) belgilaydi.

 

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat juda kam hollarda qusish va og‘izni qurishini chaqirishi mumkin.

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik, emizish davri. 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Loratadinning tabletka shaklini qo‘llamagan yaxshiroq.

 

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Agarda Siz qandaydir boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, albatta shifokor bilan preparatni qo‘llash mumkinligini to‘g‘risida maslahatlashing!

Eritromisin, ketokonazol, simetidin bilan bir vaqtda qo‘llanganida Loratadinning qondagi konsentrasiyasi oshadi. Preparat eritromisinning qondagi konsentrasiyasini 15% ga pasaytiradi.

Dozaga bog‘liq sedativ ta‘sirini paydo bo‘lishi mumkinligi tufayli, N1-reseptorlarining turli blokatorlari, barbituratlar, benzodiazepinlar, opioid reseptorlarining agonistlari, neyroleptiklar, trisiklik antidepressantlar, etanol, anksiolitiklar, sedativ uyqu vositalari bilan bir vaqtda buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik va laktasiya davrida ishlatilishi. Homiladorlik davrida Loratadinni, faqat kutiladigan terapevtik samara homilaga bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy ta‘siridan ustun bo‘lgan hollardagina, qo‘llash mumkin.

Ayrim bemorlarda dozaga bog‘liq tinchlantiruvchi samarasi rivojlanishi mumkin.

Shifokorning maslahatisiz preparatni belgilangan muddatdan ortiq qo‘llamang!

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Preparat yuqori dozalarda qo‘llanganida yurak qisqarishlar sonini oshishi, uyquchanlik, bosh og‘rig‘i kuzatilishi mumkin. Bunday belgilar paydo bo‘lganida darhol shifokorga murojaat qilish kerak.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 1 yoki 2 kontur uyali o‘ram qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Quruq, joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.