Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Лор-1 ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Лор-1 ТАБЛЕТКА №30

28 000 so'mdan
(1986)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Лор-1 ТАБЛЕТКА №30
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
Chiqarilish shakli
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Qoʻllash usuli va dozalari
Qarshi koʻrsatmalar
Saqlash sharoiti.
Yaroqlilik muddati
Chiqarilish shakli
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari

 LOR-1 tabletkalarini quyidagi dozalarda shimib yoki 3-5 daqiqa davomida chaynab turish tavsiya etiladi: kattalar va 12 yoshdan katta bolalar: 1 tabletkadan kuniga 8-10 mahal, 6 yoshdan 11 yoshgacha boʻlgan bolalarga: 1 tabletkadan kuniga 5-6 mahal, 2 yoshdan 5 yoshgacha bolalarga: ½ tabletkadan kuniga 5-6 mahal. LOR-1 tabletkasini qabul qilgandan soʻng, oziq-ovqat va suyuqliklarni 30 daqiqa davomida qabul qilish tavsiya etilmaydi. LOR-1 tabletkasining qabul qilish dozasini mutaxassislar bemorning ahvoliga qarab oʻzgartirishi mumkin.

Qarshi koʻrsatmalar

LOR-1 komponentlariga boʻlgan individual qabul qilolmaslik.

Homilador va emizikli ayollar: LOR-1 tabletkasini  mutaxasis tavsiyasiga koʻra qabul qilish mumkin.

Saqlash sharoiti.

25˚C dan baland boʻlmagan quruq (namlik 70% dan yuqori boʻlmagan) va bolalar ololmaydigan joyda saqlash tavsiya etiladi.

Yaroqlilik muddati

 24 oy

Chiqarilish shakli

30 tabletkadan polietilen flakonda yoki blisterlarda karton qutida qoʻllash uchun yoʻriqnoma bilan birga ishlab chiqariladi. 

Farmakologik xususiyatlari

Kurkuma yalligʻlanishga qarshi xususiyatlarga ega va shuning uchun u yuqumli va shomollash kasalliklarida ishlatilishi mumkin. Bu immunitetni mustahkamlab, organizm himoya funksiyasining pasayishi sababli yuzaga keluvchi uzoq davom etadigan kasalliklarni yengishga yordam beradi.

Kurkuma shuningdek, bakterial infeksiya rivojlanishiga toʻsqinlik qiladigan ajoyib tabiiy antibiotik hisoblanadi, shuning uchun kurkuma tomoq ogʻrigʻi, faringit, stomatit va boshqa ogʻiz va yuqori nafas yoʻllari kasalliklarini davolashda ishlatiladi.

Zanjabil ildizining foydali xususiyatlari juda keng, u spazmolitik, ogʻriq qoldiruvchi, antipotogen, qayta tiklovchi ta’sirga ega. Shuningdek, zanjabil kuchli antioksidant va tinchlantiruvchi ta’sirga ega, immunitetni yaxshilaydi. Zanjabil grammanfiy bakteriyalar, gemolizlovchi streptokokklar, difteriya va tuberkulyoz tayoqchalari, pnevmokokklar, oq va tillarang stafilokokklarning rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi.

Zanjabil ishtahani, ichak faoliyatini, oshqozon sekretsiyasini yaxshilaydi, ovqat hazm boʻlishini osonlashtiradi, ichak harakatini va yogʻ almashinuvini tartibga soladi.

 Na’matak mevalarida organik kislotalar, B, P, K, C vitaminlari mavjud boʻlib, u umumiy mustahkamlovchi ta’sirga ega, organizmning oʻziga xos boʻlmagan qarshiligini ragʻbatlantiradi, toʻqimalarning yangilanishini kuchaytiradi, qon tomirlarining oʻtkazuvchanligini pasaytiradi, uglevod va minerallar almashinuvida ishtirok etadi va yalligʻlanishga qarshi xususiyatlarga ega. Bundan tashqari, na’matak mevalari tarkibidagi, askorbin kislotasi kurkumaning antigistamin xususiyatini faollashtiradi.

Tabiiy togʻ asali inson tanasiga quyidagi asosiy ta’sir koʻrsatadi: immunomodulyator, tinchlantiruvchi, bakteritsid, yaralarni davolovchi, ogʻriq qoldiruvchi.

Qoʻllanilishi

LOR-1 tabletkalari profilaktika maqsadida, asosiy yoki yordamchi vosita sifatida quyidagi hollarda qoʻllaniladi:

- ogʻiz boʻshligʻi va tomoqdagi yalligʻlanish jarayonlari, preparatga sezgir boʻlgan patogenlar: kataral, yarali gingivit, aftoz stomatit, glossit, ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavati kandidozi, faringit, tonzillit;

- professional "ma’ruzachilar" laringiti;

- tonzillektomiya jarrohlik amaliyotidan oldingi tayyorgarlik va jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda;

- eritematik va yarali gingivit;

- tish olib tashlangandan soʻng infektsiyalar, sun’iy tish ildizlarini implantatsiya qilish;

- tish protezlari sababli kelib chiqqan yara;

- organizmning immun faolligini oshirishda;