Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Лопигрол ТАБ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Лопигрол ТАБ 75МГ №14

52 000 so'mdan
(5471)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Лопигрол ТАБ 75МГ №14
Xususiyatlari
Xalqaro nomlanishi
Clopidogrel
Ishlab chiqaruvchi
(World Medicine , Турция)
Chiqarilish shakli
таблетка
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Chiqarilish shakli
Dori shakli
Tarkibi
Farmakodinamikasi
Farmakokinetikasi
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 14 tabletka blisterda. 1 yoki 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Dori shakli

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 75 mg klopidogrel (klopidogrel bisulfati ko‘rinishida);

yordamchi moddalar: gidroksipropilsellyuloza, mannit 400, mikrokristall sellyuloza, makrogol 6000, gidrogenlangan kanakunjut moyi;

qobig‘ining tarkibi: pushti Opadri® II 85F240091 (qisman gidrolizlangan polivinil spirti, titan dioksidi, polietilenglikol, talk, temir (III) oksidi).

Ta‘rifi: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, och pushti rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakodinamikasi

Lopigrol – antiagregant vosita bo‘lib, koronar qon tomirlarini kengaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Adenozintrifosfatini (ADF) trombositlarning reseptorlari bilan bog‘lanishini selektiv va qaytmas bloklaydi, ularning faollashuvini bostiradi, faoliyat ko‘rsatadigan ADF-reseptorlarning miqdorini (shikastlamasdan) kamaytiradi, fibrinogenni so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi va trombositlar agregasiyasini ingibisiya qiladi. Fosfodiesteraza (FDE) ning faolligiga ta‘sir qilmasdan, ADF tomonidan ozod etilgan trombositlarning faolligini oshishini blokada qilish orqali boshqa agonistlar chaqirgan trombositlar agregasiyasini kamaytiradi.

Trombositlar agregasiyasini tormozlanishi preparatning bir martalik dozasi ichga qabul qilinganidan so‘ng 2 soatdan keyin kuzatiladi (40% ingibisiya bo‘ladi). Preparat qayta qo‘llanganida samarasi kuchayadi va 3-7 kun davomida davolangandan keyin barqaror holatga (60% gacha qismi ingibisiya bo‘ladi) erishiladi. Trombositlar agregasiyasi va qon ketish vaqti dastlabki darajasiga trombositlar yangilanishi davomida, ya‘ni Lopigrol preparatini qabul qilish to‘xtatilganidan so‘ng 5-7 kundan keyin qaytadi.

Qon tomirni aterosklerotik shikastlanishi bo‘lganida, tomirli jarayonni joylashgan joyidan (serebrovaskulyar, kardiovaskulyar yoki periferik shikastlanishlar) qat‘iy nazar, aterotrombozni rivojlanishiga qarshilik qiladi.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganida tez so‘riladi, yuqori biokiraolishligi bilan xarakterlanadi. Maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti taxminan 1 soatni tashkil etadi.

Klopidogrel faol moddaning o‘tmishdoshi hisoblanadi, jigarda biotransformasiyaga uchrab, faol metaboliti – tiol hosilasini hosil qiladi, bu metabolit klopidogrelni 2-okso-klopidogrelga oksidlanishi va keyinchalik gidrolizlanishi orqali hosil bo‘ladi. Faol metaboliti plazmada aniqlanmaydi.

Qonda aylanib yuruvchi asosiy metabolitining yarim chiqarilish davri bir marta va takroran qabul qilinganidan so‘ng 8 soatni tashkil etadi. Organizmdan siydik bilan (taxminan 50%) va axlat bilan (taxminan 46%) chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Yaqqol aterosklerozi bo‘lgan bemorlarda ishemik buzilishlarni oldini olish, shuningdek quyidagi kasalliklarda:

  • miokard infarkti, ishemik insultni o‘tkazgandan so‘ng yoki periferik arteriyalarning yaqinda tashxis qo‘yilgan kasalligidan so‘ng;
  • ST segmentini ko‘tarilishi bo‘lmagan o‘tkir koronar sindromda (patologik Q tishi bo‘lmagan miokard infarkti yoki nostabil stenokardiya) asetilsalisil kislotasi bilan majmuada;
  • ST segmentini ko‘tarilishi bo‘lgan o‘tkir koronar sindromda (o‘tkir miokard infarkti) medikamentoz davolash, shu jumladan trombolitik davolash olayotgan bemorlarda asetilsalisil kislotasi bilan majmuada;
  • mikrosirkulyasiyani har qayday turdagi buzilishlarini majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari

Miokard infarkti, ishemik insultni o‘tkazgan va periferik arteriyalarning kasalliklariga tashxis qo‘yilgan bemorlarda ishemik buzilishlarni oldini olish uchun kattalarga (shu jumladan keksa yoshdagi pasientlarga) ovqatlanishdan qat‘iy nazar ichga 75 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi. Davolashni patologik Q tishini hosil bo‘lishi bilan kechuvchi miokard infarktini o‘tkazgandan so‘ng bir necha kundan 35 kungacha muddat ichida va ishemik insultdan so‘ng – 7 kundan 6 oygacha muddat ichida boshlash kerak.

ST segmentini ko‘tarilishi bo‘lmagan o‘tkir koronar sindromda (patologik Q tishi bo‘lmagan miokard infarkti yoki nostabil stenokardiya) davolashni 300 mg bir martalik yuklama dozasini buyurish bilan boshlash, so‘ngra esa preparatni 75 mg dozada sutkada 1 marta (bir vaqtning o‘zida asetilsalisil kislotasini sutkada 75-325 mg dozada buyurish bilan birga) qo‘llashni davom ettirish kerak. Asetilsalisil kislotasini katta dozalarda qo‘llash qon ketish xavfini yuqori bo‘lishi bilan bog‘liqligi sababli, tavsiya etilgan dozasi 100 mg dan oshmasligi kerak. Davolash kursi – 1 yilgacha davom etadi.

ST segmentini ko‘tarilishi bo‘lgan o‘tkir koronar sindromda (o‘tkir miokard infarkti) preparat 75 mg dozada sutkada 1 marta boshlang‘ich yuklama dozasi asetilsalisil kislotasi bilan majmuada trombolitiklar bilan birga yoki trombolitiklarsiz buyuriladi. 75 yoshdan oshgan pasientlarni klopidogrel bilan davolash yuklama dozani qo‘llamasdan amalga oshirilishi kerak. Majmuaviy davolash kasallikning simptomlari paydo bo‘lganidan so‘ng imkon boricha ertaroq boshlanadi va kamida 4 hafta davom ettiriladi. Maksimal samarasi preparat 3 oy davomida qabul qilingandan so‘ng kuzatiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Qon ivish tizimi tomonidan: me‘da-ichakdan qon ketishlar, gemorragik insult.

Qon yaratish tizimi tomonidan: neytropeniya, trombositopeniya.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qorinda og‘riq, dispepsiya, gastrit, qabziyat, me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yaralari, diareya.

Dermatologik reaksiyalar: teri toshmalari, qichishish.

Markaziy va periferik nerv tizimi: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
  • og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi;
  • o‘tkir qon ketishi (masalan, peptik yarada yoki bosh miyaga qon quyilishida);
  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda;
  • bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Klopidogrel va geparin, varfarin yoki boshqa trombolitik preparatlarni bir vaqtda buyurish qon ketish havfini oshiradi.

Lopigrol kollagen tomonidan indusiyalangan trombositlar agregasiyasiga asetilsalisil kislotasining ta‘sirini kuchaytiradi, NYAQP qabul qilish fonida me‘da-ichakdan qon ketishini rivojlanish havfini oshiradi.

Klopidogrelni omeprazol va esomeprazol bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak, chunki antiagregant faolligini kamayishi yuz beradi. N2 blokatorlari va antasidlar kabi me‘dada kislotalikni pasaytiruvchi boshqa dori vositalarni klopidogrelning antitrombositar faolligiga ta‘sir qilishini tasdiqlovchi dalillar yo‘q.

Lopigrolni atenolol, nifedipin bilan birga, shuningdek atenolol va nifedipin bilan majmuada qo‘llanganida klinik jihatdan ahamiyatli farmakodinamik o‘zaro ta‘sirlar kuzatilmagan. Bundan tashqari, fenobarbital, simetidin va estrogenni bir vaqtda qo‘llashni Lopigrolning farmakodinamikasiga ahamiyatli darajada ta‘siri aniqlanmagan.

Lopigrol bilan bir vaqtda qo‘llanganida digoksin va teofillinning farmakokinetikasi o‘zgarmagan. Antasidlar Lopigrolning so‘rilish ko‘rsatkichlarini o‘zgartirmagan. Odam jigaridagi mikrosomalarni tekshirish jarayonida, Lopigrol sitoxrom R450 (CYP) fermentlar tizimidagi fermentlardan birining (CYP2C9) faolligini ingibisiya qilishi mumkinligi namoyish etilgan. Buning natijasida, masalan fenitoin va tolbutamid kabi ba‘zi dori vositalarning plazmadagi darajasi oshishi mumkin, chunki ular CYP2C9 yordamida metabolizmga uchraydilar.

Diuretiklar, β-adrenoreseptorlarning blokatorlari, AAF ingibitorlari, kalsiy kanallarining antagonistlari, gipoxolesterinemik vositalar, koronar vazodilatatorlar, antidiabetik vositalar, tutqanoqqa qarshi vositalar, gormonlarni o‘rnini bosuvchi vositalar kabi turli preparatlarni bir vaqtda qo‘llash natijasida nojo‘ya ta‘sirlarning biron-bir belgilari aniqlanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Lopigrol preparati asetilsalisil kislotasi, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV), geparin, glikoprotein IIb/IIIa ingibitorlari yoki fibrinolitiklar bilan majmuada qo‘llanganida, shuningdek qon ketishini havfi yuqori bo‘lgan jarohatlar, jarrohlik aralashuvlari yoki boshqa patologik holatlar bilan bog‘liq bo‘lgan bemorlarda Lopigrol qo‘llanganida davolashning birinchi haftasi davomida qon tahlili o‘tkazilishi kerak.

Jarrohlik aralashuvini o‘tkazish rejalashtirilganida Lopigrol bilan davolash kursini operasiyadan 7 kun oldin to‘xtatish kerak.

Klopidogrelni ishemik insultning o‘tkir davrida (birinchi 7 kun davomida) buyurish mumkin emas.

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarga, qon ketishini havfi yuqori bo‘lgan (ayniqsa, me‘da-ichakdan va ko‘z olmasi ichiga) bemorlarga, shuningdek jigar faoliyatini, gemorragik diatezni rivojlanishi mumkin bo‘lgan, o‘rtacha darajadagi buzilishlari bo‘lgan bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik davrida Lopigrol preparati faqat qat‘iy tibbiy ko‘rsatmalarga qarab buyuriladi.

Laktasiya davrida preparatni buyurish zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.

Pediatriyada qo‘llanishi

Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga preparatni qo‘llash mumkin emas.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Lopigrol qabul qilinganidan so‘ng avtomobilni boshqarish qobiliyatini yomonlashish belgilari yoki ruhiy ish qobiliyatini pasayish belgilari aniqlanmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: qon ketish vaqtini uzayishi va buning oqibatida kelib chiqadigan asoratlar bo‘lishi mumkin.

Davolash: trombositar massa quyish kerak. Spesifik antidoti yo‘q.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.