Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ЛОПЕРАМИД ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ЛОПЕРАМИД ТАБЛЕТКА 2МГ №10

1 500 so'mdan
(2828)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
LOPERAMIDE
Ishlab chiqaruvchi
АРТЕРИУМ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Противодиарейные препараты
Dori tafsilotlari
Dori shakli
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli

tabletkalar 

Farmakologik xususiyatlari

Loperamid diareyaga qarshi faollikka ega. Ichak devoridagi opiat retseptorlari bilan   oʻzaro taʼsirga kirishadi va atsetilxolin va prostaglandinni ajralib chiqishini bloklaydi. Ichak peristaltikasini sekinlashtiradi va ichakning ichidagisini ichak boʻylab oʻtish vaqtini uzaytiradi. Preparat anal sfinkterning tonusini oshiradi, ahlat massalarini ushlanib qolishiga va defekatsiya (ich kelishi) ga qistovlar sonini kamayishiga yordam beradi.

Loperamid ichak devori uchun yuqori spetsifik modda hisoblanadi, cheklangan miqdorda qon aylanish tizimiga tushadi va gematoensefalik toʻsiq orqali deyarli oʻtmaydi. Markaziy taʼsir boʻsagʻasi, diareyaga qarshi maksimal samarasiga ega boʻlgan dozadan ancha yuqoridir. 

Farmakokinetikasi

Taʼsiri tez boshlanadi (tabletka ichga qabul qilinganidan soʻng 1 soat oʻtgach 85% loperamid meʼda-ichak yoʻllarida, 5% – jigarda aniqlanadi) va 4-6 soat davom etadi. Plazmada loperamidning maksimal konsentratsiyasi 4 soatdan keyin aniqlanadi. Plazma oqsillari bilan bogʻlanishi – 97%.

Safro va ahlat bilan asosan konʼyugatlar holida chiqariladi. Yarim chiqarilish davri oʻrtacha 12 soatni tashkil etadi. Buyrak yetishmovchiligida qon zardobida loperamidning konsentratsiyasi oshishi mumkin. 

Qoʻllanilishi

Turli genezli oʻtkir va surunkali diareyani simptomatik davolash.

“Sayyoh diareyasi” rivojlanganida 2 sutkagacha davolash davomiyligini tavsiya etish mumkin. Ahlatda qon paydo boʻlganidagina uning sababi aniqlanmagunicha qoʻllashni toʻxtatish kerak. 

Qoʻllash usuli va dozalari

Loperamid ichga peroral buyuriladi. Loperamid organizmda suyuqlik va elektrolitlarning darajasini pasayishi bilan kechuvchi jiddiy diareyani boshlangʻich davolash uchun moʻljallanmagan. Xususan, bolalarda bunday holatlarni oʻrnini bosuvchi dori vositalarni parenteral yoki peroral buyurish orqali kompensatsiya qilgan afzal.

Oʻtkir diareyada kattalar uchun boshlangʻich doza 2 tabletka (4 mg) ni, 6 yoshdan boshlab bolalar uchun – 1 tabletka (2 mg) ni tashkil etadi; keyinchalik har bir ich ketishidan soʻng 1 tabletka (2 mg) qabul qilinadi.

Surunkali diareyada kattalar uchun boshlangʻich dozasi har kuni 2 tabletka (4 mg) ni, 6 yoshdan boshlab bolalar uchun har kuni 1 tabletka (2 mg) ni tashkil etadi. Soʻngra bu doza qattiq ich kelishi sutkada 1-2 martani tashkil qilishi uchun tuzatish kiritiladi, bunga odatda samarani bir maromda ushlab turish uchun sutkada 1-6 tabletka (2-12 mg) qabul qilinganida erishiladi.

Oʻtkir va surunkali diareyada maksimal sutkalik dozasi  kattalar uchun 8 tabletka (16 mg) ni tashkil etadi; bu doza bolalar uchun bolaning tana vaznidan kelib chiqib hisoblanishi kerak (20 kg tana vazniga 3 tabletka).

Oʻtkir diareyada, agar 48 soat davomida klinik belgilarni yaxshilanishi kuzatilmasa, loperamid gidroxloridini qabul qilishni toʻxtatish kerak.

Keksa yoshdagi bemorlarni davolash uchun qoʻllanishi.

Keksa yoshdagi patsiyentlar uchun preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Buyrak faoliyatini buzilishlarida qoʻllanishi.

Buyrak faoliyatini buzilishlari boʻlgan patsiyentlar uchun dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Jigar faoliyatini buzilishlarida qoʻllanishi.

Jigar faoliyatini buzilishi boʻlgan patsiyentlarga loperamidning taʼsiri yuzasidan farmakokinetik maʼlumotlar yoʻqligi sababli, bunday patsiyentlarda jigar orqali birinchi marta oʻtish metabolizmi sekinlashganligi sababli, preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang). 

Nojoʻya taʼsirlari

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, eshakemi, qichishish, angionevrotik shish, bullyoz toshma, Stivens-Djonson sindromi, koʻp shaklli eritema va toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), shuningdek ogʻir darajadagi oʻta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan anafilaktik shok va anafilaktoid reaksiyalar.

Ovqat hazm qilish yoʻllari tomonidan: qabziyat, meteorizm, ogʻizni qurishi, qorinda sanchiqlar va spazmlar, abdominal ogʻriq, ichak tutilishi, koʻngil aynishi, qusish, megakolon, shu jumladan toksik megakolon; dispepsiya.

Siydik chiqarish yoʻllari tomonidan: siydikni tutilishi.

Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, xushni yoʻqolishi, ongni chalkashishi, tremor.

Preparatni qabul qilish vaqtida yuqorida sanab oʻtilgan nojoʻya reaksiyalar bilan bir qatorda, diareya sindromiga xos boʻlgan simptomlar (abdominal ogʻriq / diskomfort, koʻngil aynishi, qusish, ogʻizni qurishi, toliqish hissi, uyquchanlik, bosh aylanishi, meteorizm) namoyon boʻlishi mumkin. Shuning uchun bu simptomlar va nojoʻya samaralarning namoyon boʻlishini farqlash qiyin. 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Loperamid gidroxloridiga yoki preparatning biron bir boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik. Galaktozani oʻzlashtirolmaslik, laktaza tanqisligi, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi sindromi.

Quyidagilar boʻlgan patsiyentlarga birlamchi davolash sifatida qoʻllanilmasin:

  • ichni qon aralash kelishi va isitmasi boʻlgan oʻtkir dizenteriya;
  • keng taʼsir doirasiga ega boʻlgan antibiotiklarni qoʻllash oqibatida rivojlangan oʻtkir yarali va soxta membranoz kolit;
  • Salmonella, Shigella yoki Campylobacter keltirib chiqargan bakterial enterokolit;
  • preparatni metabolizmi uchun zarur boʻlgan jigar faoliyatini buzilishlari, chunki bu dozani nisbiy oshirib yuborilishiga olib kelishi mumkin.

Ahamiyatli darajadagi asoratlarni, shu jumladan, ichak tutilishi, megakolon va toksik megakolonni rivojlanish xavfi borligi sababli, ichak harakatini susaytirish mumkin boʻlmagan holatlarda qoʻllash mumkin emas.

Agar qabziyat, qorinni dam boʻlishi yoki qisman ichak tutilishi rivojlansa, preparat qabul qilishni darhol toʻxtatish kerak. 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Zamburugʻlarga qarshi preparatlar. Itrakonazol loperamidning plazmadagi choʻqqi konsentratsiyasini ahamiyatli darajada (3-4 marta) oshiradi, shuningdek preparatning yarim chiqarilish davrini uzaytiradi. Loperamid va ketokonazolni bir vaqtda qabul qilish loperamidning zardobdagi darajasini 5 marta oshiradi, biroq bu preparatning farmakokinetik samaralarini oshishiga olib kelmaydi.

Gipolipidemik vositalar. Loperamid va gemfibrozilni bir vaqtda qabul qilish qonda loperamidning konsentratsiyasini 2 marta oshiradi va uning yarim chiqarilish davrini uzaytiradi.

Itrakonazol va gemfibrozil majmuasi loperamid bilan bir vaqtda qoʻllanganida qon zardobida loperamidning darajasini 4 marta oshishiga olib keladi va qon zardobida preparatni mavjud boʻlish vaqtini 13 marta uzaytiradi, lekin bu koʻrsatkichlar markaziy nerv tizimining faoliyatiga taʼsir qilmaydi.

R-glikoproteinlarning ingibitorlari. Loperamidni (16 mg dozada) ritonavir yoki xinidin bilan bir vaqtda qoʻllanishi plazmada loperamidning biokiraolishligini 2-3 marta oshishiga olib kelishi mumkin.

Antibakterial preparatlar. Ko-trimoksazolni qoʻllash loperamidning biokiraolishligini oshiradi.

Antiaritmik preparatlar. Xinidin va loperamidni bir vaqtda qoʻllanishi nafas faoliyatini susayishiga olib kelishi mumkin.

Gipotalamus, gipofiz gormonlari, gonadotrop gormonlar va ularning antagonistlari. Desmopressin va loperamidni birga qoʻllash meʼda-ichak yoʻllarida desmopressinning soʻrilishini oshishi hisobiga uning qon zardobidagi darajasini 2 marta oshishiga olib keladi. 

Maxsus koʻrsatmalar

Diareyani davolash simptomatik xarakterga ega. Agar kasallikning etiologiyasini aniqlash mumkin boʻlsa (yoki uni aniqlash zarurati koʻrsatilgan boʻlsa), imkoniyatga qarab spetsifik davolash oʻtkazish kerak (preparat infeksion kasalliklarda antibakterial davolash oʻrnini bosmaydi).

Diareyani davolash vaqtida (ayniqsa, bolalarda) yoʻqotilgan suyuqlik va elektrolitlarni oʻrnini toʻldirish va parhezga rioya qilish kerak.

Organizmni suvsizlanishi kuzatilganida, keksa yoshdagi patsiyentlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak (suyuqlik va elektrolitlarni yoʻqolish havfi mavjud).

Orttirilgan immun tanqislik sindromi boʻlgan, diareyani davolash uchun preparatni qabul qilayotgan patsiyentlar, qorin dam boʻlishini birinchi belgilari paydo boʻlganida davolashni toʻxtatishlari kerak. OITS bilan xastalangan, ham viruslar, ham bakteriyalar chaqirgan infeksion koliti boʻlgan patsiyentlar, loperamid bilan davolanganda toksik megakolonni paydo boʻlish hollari haqida alohida xabarlar mavjud.

Garchi jigar faoliyatini buzilishlari boʻlgan patsiyentlar uchun farmakokinetik maʼlumotlar yoʻq boʻlsa-da, jigar orqali birinchi marta oʻtish metabolizmi sekinligi sababli, bunday patsiyentlarga loperamidni ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak. Markaziy nerv tizimining toksik shikastlanish belgilarini oʻz vaqtida aniqlash maqsadida, jigar faoliyatini buzilishlari boʻlgan patsiyentlarni yaxshilab kuzatish kerak.

Yarali kolitni zoʻrayishi kuzatilgan hollarda patsiyentlarga loperamidni ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak. Ovqatni ichak boʻylab oʻtish vaqtini uzaytiruvchi dori preparatlar bu guruh patsiyentlarda toksik megakolonni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Loperamid metabolizmga yaxshi uchrashini, loperamid va uning metabolitlari axlat bilan chiqarilishini hisobga olib, odatda buyrak faoliyatini buzilishlari boʻlgan patsiyentlarga loperamidning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Homiladorlik va emizish davrida qoʻllanishi. Loperamidning teratogen va embriotoksik xususiyatlari yuzasidan maʼlumotlar yoʻqligiga qaramasdan, homiladorlik davrida, ayniqsa I uch oyligida ona uchun kutilgan terapevtik samara, homila/bola uchun potensial havfdan ustun boʻlgan holdagina preparatni buyurish kerak.

Loperamid oz miqdorda koʻkrak sutiga oʻtadi, shuning uchun preparatni qoʻllash zarurati boʻlganida emizishni toʻxtatish tavsiya etiladi.

Bolalar. 6 yoshgacha boʻlgan bolalarga preparatni qoʻllash mumkin emas.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga taʼsir qilish hususiyati. Preparat odatda psixomotor reaksiyalar tezligiga taʼsir qilmaydi, biroq holsizlik, toliqish, uyquchanlik yoki bosh aylanishi rivojlanganida avtotransportni boshqarish yoki murakkab texnikalar bilan ishlash tavsiya etilmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin. 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: markaziy nerv tizimi faoliyatini susayishi (stupor, koordinatsiyani buzilishi, uyquchanlik, mioz, mushaklar gipertonusi, nafasni susayishi), siydikni tutilishi va ichak tutilishi simptomlariga oʻxshash boʻlgan simptomlar kompleksi kuzatiladi. Bolalarda gematoensefalik toʻsiq toʻliq faoliyat koʻrsatmasligi sababli, ular markaziy nerv tizimiga nisbatan taʼsiriga sezgirdir.

Davolash: preparatning dozasi oshirib yuborilganida, darhol meʼdani yuvish va faollashtirilgan koʻmir yuborish kerak. Antidot sifatida nalokson qoʻllanadi (vena ichiga 0,4 mg/ml dozada, 2-3 minutlik interval bilan, koʻp marta yuboriladi, chunki loperamid gidroxloridining taʼsir davomiyligi naloksonga nisbatan koʻpdir (1-3 soat)). Birinchi 48 soat davomida yaxshilab kuzatish muhim hisoblanadi. Zarurat boʻlganida nafas faoliyatini yetarli darajada ushlab turish kerak. 

Saqlash sharoiti

Original oʻramda 25oS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin. 

Yaroqlilik muddati

4 yil. 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz