Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Лизиноприл ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Лизиноприл ТАБЛЕТКА 10мг №20

19 900 so'mdan
(3962)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Lisinopril
Ishlab chiqaruvchi
АЛСИ ФАРМА
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllanilishi
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:
Tarkibi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllanilishi

Homiladorlik davrida lizinoprilni qoʻllash mumkin emas. Homiladorlik aniqlanganida preparatni qabul qilishni iloji boricha ertaroq toʻxtatish kerak. AAF ingibitorlarini homiladorlikning II va III uch oyligida qabul qilish homilani holatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi (AB ni yaqqol pasayishi, buyrak yetishmovchiligi, giperkaliyemiya, kalla suyagini gipoplaziyasi, ona qornidagi oʻlim).

I uch oylik vaqtida qoʻllanganida preparatni homilaga salbiy taʼsiri toʻgʻrisida maʼlumotlar yoʻq. Ona qornida AAF ingibitorlarining taʼsiriga uchragan yangi tugʻilgan chaqaloqlar va emuvchi bolalarda AB ni yaqqol pasayishini, oliguriyani, giperkalemiyani oʻz vaqtida aniqlash uchun, sinchikov kuzatuv oʻtkazish tavsiya qilinadi.

Lizinopril yoʻldosh orqali oʻtadi. Lizinoprilni koʻkrak sutiga oʻtishi toʻgʻrisida maʼlumotlar yoʻq. Preparat bilan davolanish davrida emizishni bekor qilish kerak.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Simptomatik gipotenziya

Koʻproq AB ni yaqqol pasayishi diuretiklar bilan davolash, ovqatda tuzlarni kamayishi, dializ, diareya yoki qusish chaqirgan suyuqlik hajmini kamayishida paydo boʻladi. Bir vaqtda buyrak yetishmovchiligi bilan yoki usiz boʻlgan surunkali buyrak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarda AB ni yaqqol pasayishi kuzatilishi mumkin. U koʻpincha surunkali yurak yetishmovchiligining ogʻir bosqichi boʻlgan bemorlarda, diuretiklarni katta dozalarda qoʻllash, giponatriyemiya yoki buyraklar faoliyatining buzilishi oqibatida sifatida aniqlanadi. Bunday bemorlarda Lizinopril bilan lavolashni shifokorning qatʼiy nazorati ostida (preparat va diuretiklar dozasini tanlash ehtiyotkorlik bilan oʻtkazilishi kerak) boshlash kerak.

Shunday qoidalarga yurak ishemik kasalligi, serebrovaskulyar yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarga buyurishda, ularda AB ni keskin pasayishi miokard infarkti yoki insultga olib kelishi mumkinligi uchun, rioya qilish kerak.

Tranzitor gipotenziv reaksiya preparatning keyingi dozasini qabul qilish uchun qarshi koʻrsatma boʻlmaydi.

Surunkali yurak yetishmovchiligi boʻlgan, ammo AB meʼyorida yoki pasaygan ayrim bemorlarda lizinopril qoʻllanganida, AB ni pasayishi aniqlanishi mumkin, bu odatda davolanishni toʻxtatish uchun asos boʻlib hisoblanmaydi.

Lizinopril bilan davolashni boshlashdan oldin, iloji boricha natriy konsentratsiyasini va/yoki yoʻqotilgan suyuqlik hajmini meʼyorlashtirish lozim, bemorga lizinoprilning boshlangʻich dozasining taʼsirini sinchiklab nazorat qilish kerak.

Buyrak arteriyasining stenozi holida (ayniqsa ikkitomonlama stenozda yoki yakka buyrak arteriyasining stenozida), hamda natriy va/yoki suyuqlik yetishmovchiligi oqibatidagi qon aylanishining yetishmovchiligida Lizinoprilni qoʻllash, buyraklar faoliyatini buzilishiga, oʻtkir buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin, u odatda preparat bekor qilingandan keyin orqaga qaytmaydigan boʻladi.

Oʻtkir miokard infarktida

Standart davolashni qoʻllash koʻrsatilgan (trombolitiklar, atsetilsalitsil kislotasi, beta-adrenoblokatorlar). Lizinoprilni nitroglitserinni vena ichiga yoki terapevtik transdermal tizimi bilan birga qoʻllash mumkin.

Jarrohlik aralashuvlari/umumiy anesteziya

Katta jarrohlik aralashuvlarida, hamda boshqa AB ning pasayishini chaqiradigan dori vositalari qoʻllanganida, lizinopril angiotenzin II ni hosil boʻlishini bloklab, oldindan aytib boʻlmaydigan AB ni yaqqol pasayishini chaqirishi mumkin.

Keksa yoshdagi patsiyentlarda

Xuddi shunday doza, preparatni qonda yuqoriroq konsentratsiyasiga olib keladi, shuning uchun dozani aniqlashda oʻta ehtiyotkorlik talab qilinadi.

Agranulotsitoz paydo boʻlishining potensial xavfini istisno qilish mumkin emasligi tufayli, vaqti-vaqti bilan qon manzarasini nazorat qilish talab qilinadi. Poliakril-nitril – membranali dializ sharoitida preparat qoʻllanganida anafilaktik shok paydo boʻlishi mumkin, shuning uchun dializ uchun har qanday boshqa tur yoki boshqa antigipertenziv vositalarni buyurishi tavsiya qilinadi.

Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri Lizinopril terapevtik dozalarda qoʻllanganida transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri toʻgʻrisida maʼlumotlar yoʻq, ammo bosh aylanishini paydo boʻlishi mumkinligini hisobga olish, shuning uchun ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtganidan soʻng ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: (50 mg bir martalik doza qabul qilinganida paydo boʻladi): AB ni yaqqol pasayishi; ogʻizni qurishi, uyquchanlik, siydik tutilishi, qabziyat, bezovtalik yuqori taʼsirchanlik.

Davolash: simptomatik davolash, suyuqlikni vena ichiga yuborish, AB ni, suv-elektrolit muvozanati nazorat qilish va oxirgisini meʼyorlashtirish.

Lizinopril organizmdan gemodializ yordamida chiqarilishi mumkin.

 

Chiqarilish shakli

Tabletkalar 5 mg va 10 mg dan

 

Saqlash sharoiti

Quruq, va yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.

Dori shakli:

 Tabletkalar.

 

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: Lizinopril 5 mg yoki 10 mg.

yordamchi moddalar: mannitol, makkajoʻxori kraxmali, dikalsiy fosfati, magniy stearati, Ponceua 4R boʻyovchisi.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 Antigipertenziv vosita (ADF ingibitori).

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

AAF ingibitori, angiotenzin I dan angiotenzin II ni hosil boʻlishini kamaytiradi. Angiotenzin II miqdorini pasayishi aldosteronning ajralib chiqishini toʻgʻridan-toʻgʻri kamayishiga olib keladi. Bradikininning degradatsiyasini kamaytiradi va prostaglandinlar sintezini oshiradi. Umumiy periferik tomirlar qarshiligini, arterial bosimni (AB) yurakka boʻlgan, oldyuklamani, oʻpka kapillyarlaridagi bosimni pasaytiradi, qonning minutlik hajmini oshishini va surunkali yurak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarda miokardni yuklamalarga boʻlgan tolerantligini oshishini chaqiradi. Arteriyalarni venalarga qaraganda koʻproq darajada kengaytiradi. Ayrim samaralari toʻqima renin-angiotenzin tizimiga boʻlgan taʼsiri bilan tushuntiriladi. Uzoq muddat qoʻllanganida miokardning va rezistiv tur arteriya devorlarining gipertrofiyasi kamayadi. Ishemiyaga uchragan miokardning qon bilan taʼminlanishini yaxshilaydi.

AAF ingibitorlari surunkali yurak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarda hayot yashash davomiyligini uzaytiradi, yurak yetishmovchiligining klinik belgilarsiz miokard infarktini oʻtkazgan bemorlarda chap qorincha disfunksiyasining progressivlashuvini sekinlashtiradi. Antigipertenziv samarasi taxminan 6 soatdan keyin boshlanadi va 24 soat davomida saqlanadi. Samarasining davomiyligi shuningdek dozaning kattaligiga ham bogʻliq. Taʼsiri 1 soatdan keyin boshlanadi. Maksimal samara 6-7 soatdan keyin aniqlanadi. Arterial gipertenziyada preparatning samarasi davolash boshlanganidan keyingi birinchi kunlardayoq aniqlanadi, turgʻun taʼsiri 1-2 oydan keyin rivojlanadi. Preparat keskin bekor qilinganida AB ni yaqqol oshishi kuzatilmagan.

AB ni pasayishidan tashqari lizinopril albuminuriyani kamaytiradi. Giperglikemiyasi boʻlgan bemorlarda shikastlangan glomerulyar endoteliyning faoliyatini meʼyorlashuviga yordam beradi.

Lizinopril qandli diabeti boʻlgan bemorlarda qondagi glyukozaning konsentratsiyasiga taʼsir qilmaydi va gipoglikemiya hollarini tezlashuviga olib kelmaydi.

Farmakokinetikasi

Soʻrilishi. Preparat ichga qabul qilinganidan keyin lizinoprilning taxminan 25% meʼda-ichak yoʻllaridan soʻriladi. Ovqat qabul qilish preparatning soʻrilishiga taʼsir qilmaydi. Soʻrilishi oʻrtacha 30% ni tashkil qiladi, biokirishaolishligi – 29%.

Taqsimlanishi. Plazma oqsillari bilan deyarli bogʻlanmaydi. Qon plazmasidagi maksimal konsentratsiyasiga (90 ng/ml) 7 soatdan keyin erishiladi. Gematoensefalik va yoʻldosh toʻsiqlari orqali oʻtishi past.

Metabolizmi: Lizinopril organizmda biotransformatsiyaga uchramaydi.

Chiqarilishi: Buyraklar orqali oʻzgarmagan holda chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 12 soatni tashkil qiladi.

Ayrim guruh patsiyentlardagi farmakokinetikasi

Surunkali yurak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda lizinoprilni soʻrilishi, va uning klirensi pasaygan.

Surunkali buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda lizinoprilning konsentratsiyasi, sogʻlom koʻngillilar qon plazmasidagi konsentratsiyasiga nisbatan bir necha marta ortiq, bundan tashqari qon plazmasidagi maksimal konsentratsiyaga erishish vaqtini oshishi va yarim chiqarilishini oshishi aniqlanadi.

Keksa yoshdagi patsiyentlarda preparatning qon plazmasidagi konsentratsiyasi va egri chiziq osti maydoni yosh patsiyentlardagiga nisbatan 2 marta katta.

 

 

Qoʻllanilishi

– arterial gipertenziya (monodavolash yoki boshqa antigipertenziv vositalari bilan majmuada);

– surunkali yurak yetishmovchiligi (angishvonagul preparatlari va/yoki diuretiklar qabul qilayotgan bemorlarni majmuaviy davolash uchun);

– oʻtkir miokard infarktini erta davolash (birinchi 24 soatda gemodinamika koʻrsatgichlari turgʻunligida, ushbu koʻrsatkichlarini tutib turish va chap qorincha disfunksiyasi va yurak yetishmovchiligini oldini olish uchun);

– diabetik nefropatiya (AB meʼyoriy boʻlgan insulinga qaram bemorlarda va arterial gipertenziyasi boʻlgan insulinga qaram boʻlmagan bemorlarda albuminuriyani pasayishi).

 

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Ichga, ovqat qabul qilishga bogʻliq boʻlmagan holda. Arterial gipertenziyada boshqa gipotenziv vositalarini olmayotgan bemorlarga 5 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi. Samarasi boʻlmaganida doza har 2-3 kunda 5 mg dan sutkada 20-40 mg gacha boʻlgan oʻrtacha terapevtik dozagacha (sutkada 40 mg dan yuqori dozagacha oshirishi odatda AB ni keyingi pasayishiga olib kelmaydi) oshiriladi. Odatdagi sutkalik tutib turuvchi doza – 20 mg. Maksimal sutkalik doza – 40 mg.

Toʻliq samara odatda davolash boshlanganidan soʻng 2-4 haftadan keyin rivojlanadi, buni dozani oshirishda hisobga olish kerak. Yetarli klinik samara boʻlmaganida preparatni boshqa gipotenziv vositalari bilan majmuada qoʻllash mumkin.

Agarda patsiyent oldin diuretiklar bilan davolangan boʻlsa, unda bunday preparatlarni Lizinoprilni qoʻllashni boshlashdan 2-3 kun oldin toʻxtatish kerak. Agarda buni amalga oshirish mumkin boʻlmasa, Lizinoprilni boshlangʻich dozasi sutkada 5 mg dan oshmasligi kerak. Bunday holda birinchi doza qabul qilgandan keyin bir necha soat davomida shifokorning nazorati tavsiya qilinadi (maksimal taʼsirga taxminan 6 soatdan keyin erishiladi), chunki AB ni yaqqol pasayishi paydo boʻlishi mumkin.

Renovaskulyar gipertenziyada yoki boshqa renin – angiotenzin – aldosteron tizimining faolligi yuqori boʻlgan holatlarda ham past boshlangʻich dozani – kuniga 2,5–5 mg ni kuchaytirilgan shifokor nazorati ostida (AB, buyrak faoliyati, kaliyning qon zardobidagi konsentratsiyasini nazorati) buyurishi maqsadga muvofiqdir. Tutib turuvchi dozani, shifokorning qaʼtiy nazoratini davom ettirib, AB ni dinamikasiga qarab aniqlash lozim.

Buyrak yetishmovchiligida lizinoprilni buyraklar orqali chiqarilishi tufayli, boshlangʻich doza kreatinin klirensiga qarab aniqlanishi kerak, keyin reaksiyaga muvofiq, tutib turuvchi dozani buyraklar faoliyatini, kaliy, natriyning qon zardobidagi darajasini tez-tez nazorati sharoitda aniqlash kerak.

Kreatinin klirensi

ml/min

Boshlangʻich doza

mg/kuniga

30-70

10-30

10 dan kam

5-10

2,5-5

2,5

 

(gemodializ bilan davolanishga duchor boʻlgan bemorlarni ham qoʻshib).

Turgʻun arterial gipertenziyada sutkada 10-15 mg dan, uzoq muddatli tutib turuvchi davolash koʻrsatilgan.

Surunkali yurak yetishmovchiligida – 2,5 mg dan sutkada 1 marta, keyinchalik doza 2,5 mg ga 3-5 kundan keyin to odatdagigacha oshiriladi, tutib turuvchi sutkalik doza 5-20 mg. Doza sutkada 20 mg dan oshmasligi kerak.

Keksa yoshdagi odamlarda koʻproq yaqqolroq davomli gipotenziv taʼsiri kuzatiladi, bu lizinoprilning chiqarilish tezligini kamayishi bilan bogʻliq (davolashni sutkada 2,5 mg dan boshlash tavsiya qilinadi).

Oʻtkir miokard infarkti (majmuaviy davolash tarkibida)

Birinchi sutkada – 5 mg ichga, soʻngra 5 mg sutkadan keyin, ikki sutkadan keyin 10 mg va soʻngra 10 mg sutkada 1 marta. Oʻtkir miokard infarkti boʻlgan bemorlarda preparat kamida 6 hafta qoʻllanadi.

Davolashni boshida yoki past sistolik AB boʻlgan (120 mm sim. ust. yoki past) bemorlarda oʻtkir miokard infarktidan keyingi birinchi 3 sutka davomida kichik – 2,5 mg dozani buyurish kerak. AB ni pasayishi holida (sistolik AB 100 mm sim. ust.ga teng yoki past), 5 mg sutkalik dozani, agarda zarur boʻlsa vaqtinchalik 2,5 mg gacha pasaytirishi mumkin. AB ni uzoq muddat yaqqol pasaygan holida (sistolik AB 1 soatdan koʻproq 90 mm sim. ust. dan past), Lizinopril bilan davolashni toʻxtatish kerak.

Diabetik nefropatiya

Insulinga qaram qandli diabeti boʻlgan patsiyentlarda 10 mg Lizinopril sutkada 1 marta qoʻllanadi. Zarurati boʻlganida dozani sutkada 1 marta 20 mg gacha, diastolik AB ni oʻtirgan holda 75 mm sim. ust. dan past qiymatiga erishish maqsadida, oshirish mumkin. Insulinga qaram qandli diabeti boʻlgan bemorlarda, diastolik AB ni oʻtirgan holda 90 mm sim. ust. ga teng koʻrsatkichga erishish maqsadidagi dozalash ham xuddi shunday.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Eng koʻp uchraydigan nojoʻya samaralari: bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi (5-6% bemorlarda), quvvatsizlik, diareya, quruq yoʻtal (3%), koʻngil aynishi, qusish, ortostatik gipotenziya, teri toshmasi, koʻkrakda ogʻriq (1-3%).

Boshqa nojoʻya samaralari (soni <1%):

Immun tizimi tomonidan: (0,1%) angionevrotik shish (yuz, lablar, til, hiqildoq, hiqildoq qopqogʻi, oyoq-qoʻllar).

Yurak-tomir tizimi tomonidan: AB ni yaqqol pasayishi, ortostatik gipotenziya, buyraklar faoliyatini buzilishi, yurak ritmini buzilishi, yurak urishi.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: yuqori charchoqlik, uyquchanlik, oyoq-qoʻl va lab mushaklarining tortilishlari.

Kon yaratish tizimi tomonidan: leykopeniya, neytropeniya, agranulotsitoz, trombotsitopeniya, uzoq muddat davolanganda – gemoglobin konsentratsiyasini va gematokritni biroz pasayishi, eritrotsitopeniya.

Laboratoriya koʻrsatkichlari: giperkaliyemiya, azotemiya, giperurikemiya, giperbilirubinemiya, “jigar” fermentlari faolligini oshishi, ayniqsa anamnezda buyrak kasalliklari, qandli diabet va renovaskulyar gipertenziya boʻlganida.

Kam uchraydigan nojoʻya samaralari (1% dan kam).

Yurak-tomir tizimi tomonidan: yurak urishi, taxikardiya, miokard infarkti, kasallik xavfi yuqori boʻlgan bemorlarda, AB ni yaqqol pasayishi oqibatidagi serebrovaskulyar insult.

Ovqat-hazm qilish yoʻllari tomonidan: ogʻizni qurishi, anoreksiya, dispepsiya, taʼmni oʻzgarishi, qorin ogʻrigʻi, pankreatit, gepatotsellyular yoki xolestatik sariqlik, gepatit.

Teri qoplamalari tomonidan: eshakemi, koʻp ter ajralib chiqarilishi, terini qichishishi, alopetsiya.

Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: buyraklar faoliyatini buzilishi, oliguriya, anuriya, oʻtkir buyrak yetishmovchiligi, uremiya, proteinuriya.

Immun tizimi tomonidan: eritrotsitlarning choʻkish tezligini oshishini (ECHT), artralgiya va antinukler antitelalarni paydo boʻlishini oʻz ichiga olgan sindrom.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: astenik sindrom, kayfiyatning labilligi, ongni chalkashuvi, potensiyani pasayishi.

Boshqalar: mialgiya, isitma, homilaning rivojlanishini buzilishi.

Boshqa dori vositalari bilan oʻzaro taʼsiri

Preparatni quyidagilar bir vaqtda qoʻllashda ehtiyotkorlik talab qilinadi:

kaliy tejovchi diuretiklar (spironolakton, triamteren, amilorid), kaliy bilan, kaliy saqlovchi tuzlarni oʻrinini bosuvchilar bilan (giperkaliyemiya rivojlanishini xavfi oshadi, ayniqsa buyraklar faoliyatining buzilishlarida, shuning uchun ularni qon zardobidagi darajasi va buyraklar faoliyatini muntazam nazoratida, faqat davolovchi shifokorning shaxsiy qarori asosida ularni birga buyurish mumkin).

Ehtiyotkorlik bilan birga buyurilishi mumkin:

– diuretiklar bilan: Lizinopril qabul qilayotgan bemorlarga qoʻshimcha diuretiklar yuborilganida, odatda additiv antigipertenziv samara yuz beradi – AB ni yaqqol pasayishi xavfi;

– boshqa antigipertenziv vositalari bilan (addativ samara);

– nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparatlar (indometatsin va boshqalar), estrogenlar, hamda adrenoragʻbatlantiruvchilar bilan – lizinoprilning antigipertenziv taʼsirini pasayishi;

– litiy bilan (litiyning chiqarilishi pasayishi mumkin, shuning uchun qon zardobida litiyning konsentratsiyasini muntazam nazorat qilish lozim);

– antatsidlar va xolesterin bilan – meʼda-ichak yoʻllarida soʻrilishi pasayadi.

Alkogol preparatning taʼsirni kuchaytiradi.

Lizinopril diuretiklar bilan davolanishda kaliyni organizmdan chiqarilishini kamaytiradi.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Lizinopril yoki boshqa AAF ingibitorlariga yuqori sezuvchanlik, anamnezdagi angionevrotik shish, shu jumladan AAF ingibitorlarini qoʻllashdan boʻlgan, nasliy Kvinke shishi, 18 gacha boʻlgan yosh (samarasi va xavfsizligi aniqlanmagan).

Ehtiyotkorlik bilan: buyraklar faoliyatining yaqqol buzilishlari, ikki tomonlama buyrak arteriyasini stenozi yoki yakka buyrak arteriyasining rivojlanuvchi azotemiya bilan boʻlgan stenozi, buyrak koʻchirib oʻtkazilganidan keyingi holat, buyrak yetishmovchiligi, azotemiya, giperkaliyemiya, aorta ogʻizning stenozi, gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya, birlamchi giperaldosteronizm, arterial giopotenziya, serebrovaskulyar kasalliklar (shu jumladan miya qon aylanishini yetishmovchiligi), yurakning ishemik kasalligi, koronar yetishmovchilik, biriktiruvchi toʻqimaning tizmli autoimmun kasalliklari (shu jumladan sklerodermiya, tizimli qizil yugirik); suyak koʻmigida qon hosil boʻlishini susayishi; natriy cheklangan parhez; gipovolemik holatlar (shu jumladan diareyalar, qusishlar natijasidagi); keksalik yoshi.