Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Липироз ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Липироз ТАБЛЕТКА 20мг №30

20 000 so'mdan
(3370)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
AGIO PHARMACEUTICALS
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Dori shakli

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Farmakologik xususiyatlari

Rozuvastatin, xolesterinning o‘tmishdoshi bo‘lgan 3-gidroksi-3-metilglutarilkoenzim A ni mevalonatga aylantiruvchi ferment GMG-KoA reduktazaning selektiv va raqobatli ingibitoridir. Rozuvastatinning asosiy ta‘sir qilish joyi jigar bo‘lib, u yerda xolesterin sintezi (XS) va past zichlikdagi lipoproteinlar (PZLP) ning katabolizmi yuz beradi.

Rozuvastatin PZLP qamrab olinishi va katabolizmini oshirib, xujayralarning yuzasida PZLP ga “jigar” reseptorlarining sonini oshiradi.

U shuningdek jigar hujayralarida xolesterin, juda past zichlikdagi lipoproteinlar (JPZLP) sintezini tormozlaydi, shu bilan PZLP va JPZLP ning umumiy miqdorini kamayishiga olib keladi.

Rozuvastatin PZLP-xolesterini (PZLP-XS), umumiy xolesterin, va trigliseridlarning (TG) oshgan miqdorini pasaytiradi, yuqori zichlikdagi lipoproteinlar xolesterin (YUZLP-XS) miqdorini oshiradi, shuningdek apolipoprotein V (Apo-V), XS-noYUZLP (PZLP xolesterini miqdoridan tashqari umumiy xolesterinning miqdori), JPZLP-XS, JPZLP-TG miqdorini pasaytiradi va apolipoprotein A-1 (ApoA-1) ning darajasini oshiradi. Rozuvastatin preparati PZLP-XS/YUZLP-XS, umumiy XS/YUZLP-XS, YUZLP bo‘lmagan-XS/YUZLP-XS va ApoV/ApoA-1 nisbatini pasaytiradi.

Terapevtik samaraga davolash boshlanganidan so‘ng bir hafta davomida erishish mumkin, 2 haftadan keyin mumkin bo‘lgan maksimal samarasini 90% ga erishiladi. Maksimal terapevtik samaraga odatda 4 haftadan keyin erishiladi va keyinchalik preparatni muntazam ravishda qabul qilib, samarasi tutib turiladi.

Klinik samaradorligi

Rozuvastatin irqi, jinsi yoki yoshidan qat‘iy nazar, gipertrigliseridemiya bilan yoki usiz kechuvchi giperxolesterinemiyali katta yoshdagi pasientlarda, shuningdek pasientlarning alohida toifasi, qandli diabeti yoki oilaviy giperxolesterinemiyaning nasliy shakli bilan xastalangan bemorlarni davolashda samarali. Rozuvastatin Frederikson bo‘yicha giperxolesterinemiyaning IIa va IIb turi (PZLP-XS o‘rtacha dastlabki darajasi taxminan 4,8 mmol/l) bo‘lgan pasientlarni davolash uchun samarali.

Rozuvastatinni 10 mg dan qabul qilgan 80% pasientlarda PZLP-XS ning darajasi aterosklerozni o‘rganish bo‘yicha Yevropa jamiyati tomonidan belgilangan maqsadli qiymatlarga (< 3 mmol/l) erishilgan.

Gomozigot oilaviy giperxolesterinemiyasi bo‘lgan, rozuvastatinni jadallashtirilgan titrlash sxemasi bo‘yicha 20 mg dan 80 mg gacha bo‘lgan dozalarda qabul qilgan pasientlarda, barcha qabul qilingan dozalar lipidlarning miqdori bilan xarakterlanadigan ko‘rsatkichlarni o‘zgarishiga va ko‘zlangan maqsadga erishishga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatgan. Dozasi sutkada 40 mg gacha titrlash (12 hafta davolash) natijasida PZLP-XS ning miqdori 53% ga pasaygan. 33% pasientlarda PZLP-XS ning qiymati aterosklerozni o‘rganish bo‘yicha Yevropa jamiyatining qo‘llanmasiga muvofiq maqsadli me‘yorlarga (< 3 mmol/l) erishilgan.

Rozuvastatinni 20 mg va 40 mg dozalarda qabul qilgan gomozigot oilaviy giperxolesterinemiyasi bo‘lgan pasientlarda, PZLP-XS miqdorini o‘rtacha pasayishi 22% ni tashkil qilgan. Additiv samara rozuvastatin fenofibrat bilan majmuada qo‘llanganida trigliseridlarning miqdoriga nisbatan va nikotin kislotasi (sutkada 1 g dan ortiq) bilan majmuada qo‘llanganida YUZLP-XS miqdoriga nisbatan kuzatiladi. Ishemik kasallik kabi lipid buzilishlari chaqirgan asoratlarning miqdorini pasayishiga rozuvastatinni ta‘siri yuzasidan tadqiqotlar hali tugamagan.

Yurak ishemik kasalligi (YUIK) bilan kasallanish xavfi past bo‘lgan (Framingem bo‘yicha 10 yildan ortiq vaqt davomida 10% dan kam havf sifatida aniqlangan), PZLP-XS o‘rtacha miqdori 4,0 mmol/l (154,5 mg/dl) bo‘lgan pasientlarda rozuvastatin sutkada 40 mg dozada qo‘llanganida uyqu arteriyasining devorini 12 segmentlarida qalinlashishi bilan xarakterlanadigan maksimal ko‘rsatkichni oshishini plaseboga nisbatan yiliga –0,0145 mm tezlik bilan ahamiyatli darajada sekinlashtirgan (95% ishonchli interval CI: – 0,0196 dan – 0,0093 gacha, r<0,0001 bo‘lganida). 40 mg dozani faqat giperxolesterinemiyaning og‘ir shakli va yurak-qon tomir kasalliklarni rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan pasientlarga buyurish mumkin.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi: qon plazmasida rozuvastatinning maksimal konsentrasiyasiga ichga muvofiq dozada qabul qilinganidan so‘ng taxminan 5 soatdan keyin erishiladi. Mutloq biokiraolishligi taxminan 20% ni tashkil etadi.

Taqsimlanishi: rozuvastatin asosan xolesterinni sintezini va PZLP-XS metabolizmini asosiy joyi hisoblangan jigarda to‘planadi. Rozuvastatinning taqsimlanish hajmi – 134 l ni tashkil etadi. Rozuvastatinning 90% plazma oqsillari, asosan albuminlar bilan bog‘lanadi.

Metabolizmi: rozuvastatin cheklangan metabolizmga uchraydi (taxminan 10%). Rozuvastatin sitoxrom R450 fermentlar tizimi uchun metabolizmga uchrashi uchun yetarli darajada muvofiq bo‘lmagan substrat hisoblanadi. CYP2C9 rozuvastatinning metabolizmida ishtirok etuvchi asosiy izoferment hisoblanadi, ayni vaqtda CYP2C19, CYP3A4 va CYP2D6 fermentlari metabolizmiga kamroq darajada jalb qilingan. Asosiy metaboliti – N-desmetilmetabolitining faolligi, rozuvastatinga nisbatan 50% ga kamroq. Laktonli metabolitlari esa klinik jihatdan faol emas. Aylanib yuruvchi GMG KoA-reduktazani ingibisiya bo‘lishi bo‘yicha farmakologik faolligining 90% dan ko‘proq qismini rozuvastatinni hisobiga ta‘minlanadi, qolgan qismi – uning metabolitlari hisobiga ta‘minlanadi.

Chiqarilishi: rozuvastatinning qabul qilingan dozasini taxminan 90% organizmdan ichak orqali (shu jumladan so‘rilgan va so‘rilmagan rozuvastatin) o‘zgarmagan holda chiqariladi, qolgan qismi buyraklar orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) 19 soatni tashkil etadi va preparatning dozasi oshirilganida o‘zgarmaydi. O‘rtacha geometrik plazma klirensi taxminan soatiga taxminan 50 l (variasiya koeffisienti 21,7%) ni tashkil etadi. GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari bilan bo‘lgani kabi, rozuvastatinning “jigar” orqali qamrab olinishi jarayoniga xolesterinni membrana orqali olib o‘tuvchisi – organik anionlarning transport S proteini jalb qilingan.

To‘g‘ri proporsionalligi: rozuvastatinning tizimli ekspozisiyasi preparatning dozasiga proporsianal ravishda oshadi. Preparat sutkada bir necha marta qo‘llanganida farmakokinetik ko‘rsatkichlari o‘zgarmaydi.

Yosh va jins: jins va yosh rozuvastatinning farmakokinetik ko‘rsatkichlariga klinik ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Etnik guruhlar: farmakokinetikasini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan qiyosiy tadqiqotlar osiyolik (yaponlar, xitoylar, fillippinlar, vetnamlar va koreyslar) pasientlarda rozuvastatinning AUC (“konsentrasiya – vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon) va maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqtini (TSmax) yevropa irqining vakillaridagi ko‘rsatkichlarga nisbatan, ikki marta oshishini ko‘rsatdi. Hindlarda rozuvastatinning AUC va Smax o‘rtacha qiymatini taxminan 1,3 marta oshishi aniqlangan. Bunda o‘rganilayotgan barcha populyasiyalar uchun farmakokinetik ko‘rsatkichlarni tahlil qilishda yevropoid, negroid va lotinamerikalik irqlariga mansub vakillari orasida rozuvastatinning farmakokinetikasida klinik ahamiyatli farqlar aniqlamagan.

Buyrak yetishmovchiligi: yengil va o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasinetlarda rozuvastatin va N- desmetil metabolitining plazmadagi konsentrasiyalari ahamiyatli darajada o‘zgarmaydi. Yaqqol ifodalangan buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi (KK) minutiga 30 ml dan kam) bo‘lgan pasientlarda rozuvastatinning plazmadagi konsentrasiyasi sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan 3 marta, N-desmetil metabolitining konsentrasiyasi esa – 9 marta oshadi. Gemodializda bo‘lgan pasientlarda Rozuvastatinning qon plazmasidagi konsentrasiyasi, sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan taxminan 50% ga yuqori bo‘lgan.

Jigar yetishmovchiligi: Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 7 yoki kamroq balli turli darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda rozuvastatinning T1/2 ni oshishi aniqlanmagan. Biroq Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 8-9 balli ikkita pasientda T1/2 ni Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha ko‘rsatkichlari pastroq bo‘lgan pasientlar uchun o‘xshash ko‘rsatkichlardan taxminan 2 marta oshishi aniqlangan. Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 9 balldan yuqori bo‘lgan pasientlarda rozuvastatinni qo‘llash tajribasi yo‘q.

Qo‘llanilishi
  • birlamchi giperxolesterinemiya yoki aralash dislipidemiyani parhezga qo‘shimcha sifatida davolash uchun
  • gomozigotali oilaviy giperxolesterinemiyani parhezga va qonda lipidlarning darajasini pasaytirish bo‘yicha boshqa davolashda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari

Davolashni boshlashdan oldin pasient xolesterinning miqdori past bo‘lgan mahsulotlarni iste‘mol qilish kerak bo‘lgan standart parhezga rioya qilishi, va u butun davolanish davrida ham shu parhezga rioya qilishni davom ettirishi kerak. Preparatning dozasi, o‘tkazilayotgan davolashning maqsadiga va davolashga nisbatan pasientning javobiga qarab, lipidlarning maqsabdi darajasi bo‘yicha umumiy qabul qilingan zamonaviy tavsiyalarni hisobga olib, individual ravishda tanlanadi.

Ichga, butun holda, chaynamasdan va maydalamasdan, ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar sutkaning har qanday vaqtida suv bilan birga qabul qilinadi.

Preparatning tavsiya etilgan boshlang‘ich dozasi ilgari statinlarni qabul qilmagan pasientlar uchun ham, GMG-KoA reduktazaning boshqa ingibitorlari bilan davolangandan so‘ng ushbu preparatni qabul qilishga o‘tgan pasientlar uchun ham sutkada marta 5-10 mg ni tashkil qiladi. Preparatning dozasini tanlash vaqtida har bir pasientdagi xolesterinning darajasini, shuningdek yurak-qon tomir tizimi tomonidan kuzatiladigan asoratlarning rivojlanish havfi va nojo‘ya samaralarning potensial rivojlanish havfini inobatga olish kerak. Zarurati bo‘lganida 4 haftadan so‘ng preparatning dozasiga tuzatish kiritish mumkin. Preparatning kichikroq dozalariga nisbatan 40 mg dozada qabul qilinganida nojo‘ya samaralarni rivojlanishi mumkinligi sababli, preparatni 40 mg gacha bo‘lgan yakuniy titrlashni faqat giperxolesterinemiyaning og‘ir shakli va yurak-qon tomir tizimi tomonidan kuzatiladigan asoratlarni rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan (ayniqsa, nasliy giperxolesterinemiyasi bo‘lgan pasientlarda) pasientlarda, preparat 20 mg dozada qabul qilinganida xolesterinning maqsadli darajasiga erishilmaganida va shifokor nazoratida bo‘lgan pasientlarda o‘tkazish kerak. Preparat 40 mg dozada buyurilganida shifokorning sinchkov kuzatuvi tavsiya etiladi. Ilgari shifokorga murojaat qilmagan pasientlarga 40 mg dozada buyurish tavsiya etilmaydi!

Keksa yoshdagi pasientlar

70 yoshdan oshgan pasientlar uchun preparatning tavsiya etilgan boshlang‘ich dozasi 5 mg ni tashkil etadi. Yoshga qarab dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar

Yengil va o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Preparatning tavsiya etilgan boshlang‘ich dozasi o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 60 ml dan kam) bo‘lgan pasientlar uchun 5 mg ni tashkil etadi. Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga Lipiroz preparatini har qanday dozalarda buyurish mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang). O‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga preparatni 40 mg dozada buyurish mumkin emas.

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar

Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 7 va undan past ball bo‘lgan pasientlarda rozuvastatinning tizimli konsentrasiyasi aniqlanmagan. Ammo preparatning tizimli konsentrasiyasini oshishi Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 8 va 9 ball bo‘lgan bemorlarda kuzatilgan. Bunday pasientlarda preparat bilan davolanish fonida jigar faoliyatini nazorat qilish kerak. Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 9 dan ortiq ball bo‘lgan pasientlar preparatni qabul qilish yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q. Jigarning faol bosqichidagi kasalliklari bo‘lgan pasientlarda Lipiroz preparatini qo‘llash mumkin emas.

Etnik guruhlar

Osiyo irqiga mansub bo‘lgan pasientlarida rozuvastatinning tizimli konsentrasiyasi oshishi mumkin. 10 mg dan 20 mg gacha bo‘lgan dozalar buyurilganida osiyolik pasientlar uchun preparatning tavsiya etilgan boshlang‘ich dozasi 5 mg ni tashkil etadi. Bunday pasientlarga preparatni 40 mg dozada qo‘llash mumkin emas.

Miopatiyaga moyilligi bo‘lgan pasientlar

10 mg va 20 mg dozalarda buyurilganida miopatiyaga moyilligi bo‘lgan pasientlar uchun preparatning tavsiya etilgan boshlang‘ich dozasi 5 mg ni tashkil etadi. Bunday pasientlarga preparatni 40 mg dozada qo‘llash mumkin emas.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Lipiroz preparatini qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya samaralari, odatda o‘rtacha darajada ifodalangan va qisqa muddatli bo‘ladi. Nazoratli klinik tadqiqotlarni o‘tkazish vaqtida rozuvastatin qabul qilgan 4% dan kamroq pasientlar nojo‘ya samaralar rivojlanganligi sababli, davolanishni to‘xtatganlar.

Klinik tadqiqotlarda va/yoki preparat savdoga chiqarilgandan keyin kuzatilgan nojo‘ya samaralar xaqida quyidagi chastotadagi xabarlar keltirilgan:

A‘zolar va tizimlar Tez-tez

(≥ 1/100,

< 1/10)

Ba‘zida

(≥ 1/1000,

< 1/100)

Kam hollarda

(≥ 1/10000

< 1/1000)

Juda kam hollarda, jumladan ayrim xabarlar

(< 1/10000)

Allergik reaksiyalar   Terini qichishishi, toshma, eshakemi Angionevrotik shish, Stivens-Djonson sindromi
Markaziy nerv tizimi Bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, astenik sindrom Uyqusizlik, kayfiyatni o‘zgarishi   Polineyropatiya, xotirani yo‘qolishi
Ovqat hazm qilish yo‘llari Qabziyat, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi   Pankreatit  
Gepatobiliar tizim       Sariqlik, gepatit
Tayanch-harakat tizimi Mialgiya   Miopatiya (shu jumladan miozit), rabdomioliz Artralgiya
Siydik chiqarish tizimi       Gematuriya
Laborator ko‘rsatkichlar     “jigar” transaminazalari faolligini oshishi  

 

GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlarini qo‘llanganda bo‘lgani kabi, nojo‘ya samaralarni rivojlanish tez-tezligi dozaga bog‘liq xarakterga ega.

Buyrak va jigar tomonidan yaqqol nojo‘ya samaralar, rabdomiolizni rivojlanish tez-tezligi rozuvastatinni 40 mg dozada qabul qilgan pasientlarda oshadi.

Siydik chiqarishi tizimi tomonidan: rozuvastatinni qabul qilganda, asosan buyrak naychalarining faoliyatini o‘zgarishi oqibatidagi proteinuriya kuzatilgan. Siydikda oqsilning miqdorini o‘zgarishi (oqsil yo‘q yoki juda kam miqdordan ++ darajagacha va undan yuqori) rozuvastatinni 10 va 20 mg dozalarda qabul qilgan pasientlarning 1% dan kamroq qismida, preparatni 40 mg dozada qabul qilgan pasientlarning taxminan 3% da aniqlangan.

Siydikda oqsilning miqdorini minimal darajada o‘zgarishi, nol darajadan yoki juda kam miqdordan +darajagacha yaqqol o‘zgarishi preparat 20 mg dozada qabul qilinganida kuzatilgan. Ko‘pchilik hollarda proteinuriya davolanish vaqtida kamaygan va o‘z-o‘zidan o‘tib ketgan. Klinik tadqiqotlarning ma‘lumotlari tahlil qilinganida proteinuriya va buyrakning o‘tkir yoki zo‘rayib boruvchi kasalliklari o‘rtasida sababiy bog‘liqlik aniqlanmagan. Rozuvastatin bilan davolash kursini o‘tkazgan qator pasientlarda gematuriya kuzatilgan, ammo klinik tadqiqotlarning ma‘lumotlari, bunday holatlarni rivojlanish tez-tezligi juda kam ekanligini ko‘rsatgan.

Tayanch-harakat apparati tomonidan: skelet mushaklariga ta‘siri, mialgiya, miopatiya (shu jumladan, miozit) va kam hollarda o‘tkir buyrak yetishmovchiligini rivojlanishi bilan yoki rivojlanmasdan rabdomiolizni paydo bo‘lishi rozuvastatinning har qanday dozasini, ayniqsa 20 mg dan ortiq dozani qabul qilgan pasientlarda kuzatilgan. Kreatinfosfokinaza (KFK) ning miqdorini qabul qilinayotgan dozaga qarab oshishi rozuvastatinni qabul qilgan pasientlarda aniqlangan, ammo ko‘pchilik hollarda bu ko‘rinishlar ahamiyatsiz darajada, simptomsiz va vaqtinchalik bo‘lgan. Agar KFK ning miqdori me‘yorning yuqori chegarasidan 5 marta oshsa, u holda davolashni to‘xtatish kerak.

Jigar tomonidan: boshqa GMG-KoA ingibitorlarini qabul qilganda bo‘lgan kabi, “jigar” transaminazalarining faolligini qabul qilinayotgan dozaga qarab oshishi rozuvastatinni qabul qilgan pasientlarning ahamiyatsiz miqdorida aniqlangan. Bunda ko‘pchilik hollarda bu oshish o‘rtacha darajada, simptomsiz va o‘tuvchan bo‘lgan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

10 mg va 20 mg tabletkalar uchun

  • rozuvastatinga yoki preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik;
  • jigarning faol fazadagi kasalliklari, shu jumladan “jigar” transaminazalarining faolligini turg‘un oshishi, shuningdek qon zardobida “jigar” transaminazalarining faolligini normaning yuqori chegarasiga nisbatan 3 martadan ko‘p qiymatga oshishi;
  • buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari (kreatinin klirensi (KK) minutiga 30 ml dan kam);
  • miopatiya;
  • siklosporin bilan bir vaqtda qabul qilish;
  • miotoksik asoratlarni rivojlanishiga moyilligi bo‘lgan pasientlarda;
  • homiladorlik va laktasiya davri;
  • kontrasepsiyaning ishonchli usullaridan foydalanmaydigan tug‘ruq yoshidagi ayollar;
  • 18 yoshgacha bolalar (samaradorligi va o‘zlashtirilishi aniqlanmagan);
  • Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 9 balldan yuqori jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar;
  • laktazani o‘zlashtirolmaslik, laktaza tanqisligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasida qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

10 mg va 20 mg tabletkalar uchun

Miopatiya/rabdomiolizni rivojlanish havfi mavjud – buyrak yetishmovchiligi, gipotireoz; shaxsiy yoki oilaviy anamnezida nasliy mushak kasalliklarini bo‘lishi va oldingi anamnezida GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari yoki fibratlar qo‘llanganida kuzatilgan mushaklar toksikligi; alkogolni haddan tashqari ko‘p iste‘mol qilish; rozuvastatinning konsentrasiyasini oshishi kuzatilgan holatlar; 70 yoshdan katta pasientlar; anamnezida jigar kasalliklari; sepsis, arterial gipotenziya; yirik jarrohlik aralashuvlari; jarohatlar; og‘ir darajadagi metabolik, endokrin yoki elektrolit buzilishlar; nazorat qilib bo‘lmaydigan tutqanoq; irqiy mansublik (osiyolik); fibratlarni bir vaqtda qabul qilishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Siklosporin: rozuvastatin va siklosporin bir vaqtda qabul qilinganida rozuvastatinning AUC, sog‘lom ko‘ngillilarda olingan qiymatlarga nisbatan 7 marta oshgan. Ularni birga qo‘llash qon plazmasida rozuvastatinning konsentrasiyasi 11 marta oshishiga olib keladi. Preparatlar bir vaqtda qo‘llanganida qon plazmasida siklosporinning konsentrasiyasini o‘zgarishi aniqlanmagan.

K vitaminining antagonistlari: GMG KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari bilan bo‘lgani kabi, K vitaminining antagonistlarini (masalan, varfarin yoki boshqa kumarin antikoagulyantlari) bir vaqtda olayotgan pasientlarda rozuvastatin bilan davolashni boshlash yoki preparatning dozasini oshirish, xalqaro normallashtirilgan nisbatni (XNN) oshishiga olib kelishi mumkin. Rozuvastatinni bekor qilish yoki dozasini pasaytirish XNN ni kamayishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda XNN ni monitoring o‘tkazish kerak.

Ezetimib: rozuvastatin va ezetimib bir vaqtda qabul qilinganida ikkala preparatlarining AUC va Smax ni o‘zgarishi kuzatilmaydi. Biroq rozuvastatin va ezetimibni farmakodinamik o‘zaro ta‘siri noxush ko‘rinishlarni chaqirishi mumkinligini istisno qilish mumkin emas.

Gemfibrozil va lipidlarning darajasini pasaytiruvchi boshqa vositalar: rozuvastatin va gemfibrozilni bir vaqtda qabul qilish, rozuvastatinning Smax va AUC ni 2 marta oshishiga olib keladi.

Spesifik o‘zaro ta‘sirini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarning ma‘lumotlari asosida fenofibratlar bilan muvofiq farmakokinetik o‘zaro ta‘sirlar kutilmaydi, biroq farmakodinamik o‘zaro ta‘sir qilishi mumkin. Gemfibrozil, fenofibrat, boshqa fibratlar va nikotin kislotasining lipidlarni pasaytiruvchi dozalari (sutkada 1 g yoki undan ortiq dozalari) GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilinganida, ular monoterapiyada qo‘llanganida ham miopatiyani chaqirishi mumkinligi tufayli, miopatiya rivojlanish xavfini oshirganlar. Rozuvastatinning 40 mg dozasini fibratlar bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas. Preparatni gemfibrozil va lipidlarni pasaytiruvchi boshqa vositalar bilan bir vaqtda qabul qilganda rozuvastatinning boshlang‘ich dozasi 5 mg dan oshmasligi kerak.

Proteaza ingibitorlari: garchi aniq o‘zaro ta‘sir qilish mexanizmi ma‘lum bo‘lmasa-da, rozuvastatinni proteaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilish rozuvastatinning yarim chiqarilish davrini uzayishiga olib kelishi mumkin. Bir farmakokinetik tadqiqotda 20 mg rozuvastatin va tarkibida ikkita proteaza ingibitorlarini saqlagan majmuaviy preparat (400 mg lopinavir/100 mg ritonavir) bir vaqtda sog‘lom ko‘ngillilarga qo‘llanganida, rozuvastatinning AUC(0-24) 2 marta va Cmax ni 5 marta oshishi aniqlangan. Shuning uchun OITV bo‘lgan pasientlarni davolashda rozuvastatin va proteaza ingibitorlarini bir vaqtda buyurish tavsiya etilmaydi.

Antasidlar: rozuvastatin va tarkibida alyuminiy va magniy gidroksidini saqlovchi suspenziya dori shaklidagi antasidlarni bir vaqtda qabul qilish, rozuvastatinning plazmadagi konsentrasiyasini taxminan 50% ga kamayishiga olib keladi. Agar antasidlar rozuvastatin qabul qilinganidan so‘ng 2 soatdan keyin qabul qilinsa, ushbu samara kuchsizroq ifodalanadi. Ushbu o‘zaro ta‘sirning klinik ahamiyati o‘rganilmagan.

Eritromisin: rozuvastatin va eritromisinni bir vaqtda qabul qilish rozuvastatinning AUC(0-t) ni 20% ga va Smax ni 30% ga kamayishiga olib kelishi mumkin. Bunday o‘zaro ta‘sir ichakning motorikasini, eritromisinni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan kuchayishi natijasida paydo bo‘lishi mumkin.

Peroral kontraseptivlar/o‘rinbosar gormonal davolash (O‘GD): rozuvastatin va peroral kontraseptivlarni bir vaqtda qabul qilish etinilestradiol va norgestrelning AUC ni muvofiq 26% va 34% ga oshishiga olib kelishi mumkin. Plazmadagi konsentrasiyasini bunday oshishini, peroral kontraseptivlarning dozalarini tanlashda hisobga olish kerak.

Rozuvastatin va gormon o‘rnini bosuvchi davolashni bir vaqtda qo‘llash bo‘yicha farmakokinetik ma‘lumotlar yo‘q, shuning uchun, ushbu majmua qo‘llanganida ham o‘xshash samarani istisno qilish mumkin emas. Biroq klinik tadqiqotlarni o‘tkazish vaqtida preparatlarning bunday majmuasi ayollar tomonidan keng qo‘llangan va yaxshi o‘zlashtirilgan.

Boshqa dori preparatlari: rozuvastatin va digoksin bir vaqtda qabul qilinganida klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘siri kutilmaydi.

Sitoxrom R450 izofermentlari:

In vivo va in vitro sharoitlarida o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalari, rozuvastatinni sitoxrom R450 izofermentlarining na ingibitori, na induktori ekanligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, rozuvastatin ushbu izofermentlar uchun kuchsiz substrat hisoblanadi.

Rozuvastatin va flukonazol (CYP2C9 va CYP3A4 izofermentlarning ingibitori) va ketokonazol (CYP2A6 va CYP3A4 izofermentlarining ingibitori) orasida klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘sir aniqlanmagan. Rozuvastatin va itrakonazolni (CYP3A4 izofermentining ingibitori) birga qo‘llash rozuvastatinning AUC ni 28% ga oshiradi, (bu klinik ahamiyatga ega emas). Shuning uchun, sitoxrom R450 ning metabolizmi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zaro ta‘sir kutilmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Rozuvastatinning yuqori dozalarini, xususan 40 mg dozasini qabul qilgan pasientlarda, asosan buyrak naychalari oqibatidagi proteinuriya kuzatilgan, va ko‘pchilik hollarda davriy va qisqa muddatli bo‘lgan. Bunday proteinuriya buyraklarning o‘tkir kasalliklarini rivojlanishi yoki buyraklarning mavjud bo‘lgan kasalliklarini kuchayishidan dalolat bermaydi. Rozuvastatin 40 mg dozada qabul qilinganida buyrak faoliyatining jiddiy buzilishlarini rivojlanish tez-tezligi ortadi. Lipiroz preparati bilan davolanish vaqtida buyrak faoliyatining ko‘rsatgichlarini nazorat qilish tavsiya etiladi.

Rozuvastatin barcha dozalarda qo‘llanganida va, ayniqsa preparat 20 mg dan yuqori dozalarda qabul qilinganida, mialgiya, miopatiya, kam hollarda rabdomioliz aniqlangan. GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari va ezetimib bir vaqtda qabul qilinganida rabdomioliz juda kam hollarda rivojlangan. Bunday holatda preparatlarning farmakologik o‘zaro ta‘sirini istisno qilib bo‘lmaydi, shuning uchun Lipiroz va ezetimibni birga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Rozuvastatin 40 mg dozada qabul qilinganida rabdomiolizni rivojlanish hollari oshadi.

KFK ning faolligini, KFK ni oshishiga olib keladigan jadal jismoniy harakatlardan so‘ng aniqlash mumkin emas, chunki bu olingan natijalarni talqin qilishni qiyinlashtirishi mumkin. Preparat bilan davolash boshlanishidan oldin, KFK ning ko‘rsatkichlari normaning yuqori chegarasidan 5 marta ko‘p oshganida, 5-7 kundan keyin takroran o‘lchash kerak., Agar takroran o‘lchanganida KFK ning dastlabki ko‘rsatkichi tasdiqlansa (normaning yuqori chegarasidan 5 marta ko‘p), Lipiroz bilan davolashni boshlash mumkin emas.

GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari kabi, Lipiroz preparatini miopatiya / rabdomiolizning xavf omillari bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Bunday omillarga quyidagilar kiradi:

  • buyrak yetishmovchiligi;
  • gipotireoz (40 mg dozasi uchun);
  • shaxsiy va oilaviy anamnezda mushaklarning kasalliklari (40 mg dozasi uchun);
  • anamnezda GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari yoki fibratlarni qabul qilish fonida miotoksiklikni kuzatilganligi (40 mg dozasi uchun);
  • alkogolni haddan tashqari ko‘p iste‘mol qilish (40 mg dozasi uchun);
  • 70 yoshdan kattalar;
  • qon plazmasida preparatning konsentrasiyasini oshishi bilan kechadigan holatlar (40 mg dozasi uchun);
  • bir vaqtda fibratlarni qabul qilish (40 mg dozasi uchun).

Bunday pasientlarda davolashdan kutilgan foyda va xavf nisbatini baholash kerak va butun davolash kursi davomida klinik kuzatishni amalga oshirish kerak.

Kutilmaganda mushak og‘riqlari, mushaklarni kuchsizligi yoki spazmlari, ayniqsa lohaslik yoki isitma bilan birga kechgan holatlarda, darhol shifokorga murojaat qilish kerakligi haqida pasientlarni xabardor qilish tavsiya etiladi.

Bunday pasientlarda KFK ning faolligini nazorat qilish shart. Agar KFK ning darajasi normaning yuqori chegarasiga nisbatan 5 martadan ko‘p oshgan bo‘lsa, yoki mushaklar tomonidan kuzatilgan simptomlar keskin ifodalangan bo‘lsa, va butun kun davomida kundalik diskomfort chaqirsa (xatto agar KFK ning darajasi normaning yuqori chegerasidan 5 marta kam bo‘lsa ham), davolash to‘xtatilishi kerak. Agar simptomlar yo‘qolsa, va KFK ning faolligi normaga qaytsa, u holda Lipiroz preparatini takroran buyurish yoki GMG-KoA-reduktazaning muqobil ingibitorlarini kichikroq dozalarda pasientni sinchkov kuzatuvi ostida buyurish masalasini ko‘rib chiqish kerak. Rabdomiolizning simptomlari bo‘lmaganida pasientlarda KFK ning faolligini muntazam nazorat qilish maqsadga muvofiq emas.

Biroq miozit va miopatiya hollarini oshishi, fibrat kislotasining hosilalari, shu jumladan gemifibrazil, siklosporin, nikotin kislotasini lipidlarni pasaytiruvchi dozalarda, zamburug‘larga qarshi vositalar, proteaza ingibitorlari va makrolid antibiotiklar bilan birga GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlarini qabul qilgan pasientlarda aniqlangan. Gemfibrozil GMG-KoA-reduktazaning ayrim ingibitorlari bilan birga buyurilganida miopatiyani rivojlanish havfini oshiradi. Shunning uchun, rozuvastatin va gemfibrozilni bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi. Rozuvastatin fibratlar yoki nikotin kislotasining lipidlarni pasaytiruvchi dozalari (1 g dan ortiq) bilan majmuada qo‘llanganida bo‘lishi mumkin foyda va havf nisbatin sinchiklab baholanishi kerak. Rozuvastatinni 40 mg dozada fibratlar bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emasyu.

Lipiroz preparatini miopatiyaga gumon qilish imkonini beruvchi yoki ikkilamchi buyrak yetishmovchiligini rivojlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan o‘tkir, og‘ir darajadagi kasalliklari (masalan, sepsis, arterial gipertenziya, jarrohlik aralashuvlari, jarohatlar, metabolik sindrom, tirishishlar, endokrin va elektrolit buzilishlar) bo‘lgan pasientlarga buyurish mumkin emas.

GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari kabi, Lipiroz preparatini alkogolni haddan tashqari ko‘p miqdorda iste‘mol qiluvchi yoki anamnezida jigar kasalliklari bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Davolash boshlanishidan oldin va boshlanganidan so‘ng 3 oydan keyin jigar faoliyatining ko‘rsatgichlarini aniqlash tavsiya etiladi. Agar qon zardobida “jigar” transaminazalarining faolligi normaning yuqori chegarasidan 3 marta oshsa, Lipiroz preparatini qabul qilishni to‘xtatish yoki qabul qilinayotgan dozani kamaytirish kerak. Jigar faoliyatini yaqqol buzilishlarining rivojlanish tez-tezligi (asosan, “jigar” transaminazalarining faolligini oshishi bilan bog‘liq) preparat 40 mg dozada qabul qilinganida oshadi. Gipotireoz yoki nefrotik sindrom oqibatida giperxolesterinemiyasi bo‘lgan pasientlarda asosiy kasallikni davolash Lipiroz preparati bilan davolashni boshlashdan oldin o‘tkazilishi kerak.

Farmakokinetik tadqiqotlarni o‘tkazish vaqtida osiyolik pasientlar ichida rozuvastatinning tizimli konsentrasiyasi yevropa irqining vakillari mansub pasientlar ichidan olingan ma‘lumotlarga nisbatan yuqori ekanligi aniqlangan.

Rozuvastatinni proteaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlik va laktasiya davrida Lipiroz preparatini qo‘llash mumkin emas.

Tug‘ruq yoshidagi ayollar ishonchli va adekvat kontraseptiv vositalarni qo‘llashlari kerak.

Xolesterin va uning biosintezi mahsulotlari homilaning rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega ekanligi tufayli, GMG-KoA-reduktazani ingibisiya bo‘lishini potensial xavfi, uni homiladorlikda qo‘llashdan kutilgan foydadan yuqori.

Homiladorlik aniqlanganida preparatni qabul qilishni zudlik bilan to‘xtatish kerak.

Preparatni ona sutiga o‘tishi yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q. Laktasiya davrida preparatni buyurish zarurati bo‘lganida emizishni darhol to‘xtatish kerak.

Transport vositalarini boshqarish va texnik moslamalar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Lipiroz preparatini transport vositalarini boshqarish va texnik moslamalar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Biroq preparatning farmakodinamik hususiyatlari asosida Lipiroz bunday ta‘sir ko‘rsatishi mumkin emasligini taxmin qilish mumkin. Shunga qaramasdan, transport vositasi va mexanizmlarni boshqarishda, davolanish vaqtida bosh aylanishi rivojlanishi mumkinligini inobatga olish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Rozuvastatinning dozasi oshirib yuborilganida spesifik davolash mavjud emas.

Doza oshirib yuborilganida simptomatik davolash va tutib turuvchi tadbirlarni o‘tkazish tavsiya etiladi. Jigar faoliyatini va KFK ning faollik darajasini nazorat qilish kerak. Bunday holatda gemodializning samarali bo‘lishini ehtimoli kam.

Saqlash sharoiti

25oS dan past bo‘lgan xona haroratida, zich yopilgan original o‘ramda saqlansin.