Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Линкас Плющ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Линкас Плющ ПАСТИЛКА №18

17 000 so'mdan
(4954)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ХЕРБИОН
Chiqarilish shakli
ПАСТИЛКА
Farma. Guruh
Отхаркивающие препараты, комбинации
Dori tafsilotlari
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Maxsus koʻrsatmalar
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan xolatlar
Chiqarilish shakli

Qutida 8 pastilkadan 2 blisterli tasma.

Qutida 8 pastilkadan 1 blisterli tasma.

 

Saqlash sharoiti

250S dan yuqori boʻlmagan haroratda, quyosh nuridan saqlansin.

 

 

Yaroqlilik muddati

3 yil

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.

Maxsus koʻrsatmalar

Pastilkalar saxaroza saqlaydi, qandli diabeti boʻlgan bemorlar, shuningdek gipokaloriyali parhezda buni hisobga olish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

 

Dori shakli: 

pastilkalar (yalpizli, apelsinli, asal-limonli).

 

Tarkibi:

Har bir pastilka quyidagi ekstraktlarni saqlaydi:

faol moddalar: 30.0 mg tomirli Adxatoda, 7.0 mg Yalangʻoch chuchukmiya, 6.0 mg Uzun qalampir, 2.0 mg Xushboʻy binafsha, 3.0 mg Dorivor issop, 3.0 mg Katta kalgan.

yordamchi moddalar:

yalpiz taʼmli: mentol, qand, suyuq glyukoza, evkalipt moyi, yalpiz moyi, talk qattiq parafin, asalarining sariq mumi, lanolin, oq yumshoq parafin, suyuq parafin.

asal-limon taʼmli: mentol, qand, suyuq glyukoza, evkalipt moyi, suvsiz limon kislotasi, asal-limon aromatizatori, talk, qattiq parafin, asalarining sariq mumi, lanolin, oq yumshoq parafin, suyuq parafin.

apelsin taʼmli: mentol, qand, suyuq glyukoza, evkalipt moyi, suvsiz limon kislotasi, apelsin aromatizatori, talk, qattiq parafin, asalarining sariq mumi, lanolin, oq yumshoq parafin, suyuq parafin.

 

Taʼrifi:

 Dumaloq, jigarrang koʻproq yalpiz taʼmli, asal taʼmli, apelsin taʼmli pastilkalar. Pastilkalarni quyi va yuqori yuzasida notekislik aniqlanadi. Karamel massasida biroz ora-sira havo pufakchalarini boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi. Yuzasida biroz oq dogʻlar boʻlishi mumkin.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

LOR aʼzolari kasalliklarini davolash uchun vosita.

Farmakologik xususiyatlari

 

 

Komponentlari:

Taʼsiri:

Tomirli Adxatoda

Balgʻam koʻchiruvchi, bronxolitik, spazmolitik, mukolitik, isitma tushuruvchi

Yalangʻoch chuchukmiya

Balgʻam koʻchiruvchi, yumshatuvchi, spazmolitik, yalligʻlanishga qarshi

Uzun qalampir

Balgʻam koʻchiruvchi

Xushboʻy binafsha

Antigistamin, balgʻam koʻchiruvchi, isitma tushuruvchi

Dorivor issop

Ter xaydovchi, balgʻam koʻchiruvchi, spazmolitik

Katta kalgan

Balgʻam koʻchiruvchi, meʼdaga taʼsir qiluvchi, yel xaydovchi, bronxolitik.

 

 

Qoʻllanilishi

Yoʻtal va tomoqdagi ogʻriq bilan birga kechuvchi nafas yoʻllarining kasalliklarida simptomatik davolash vositasi sifatida qoʻllanadi.

 

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Bir pastilkadan har ikki – uch soatda butunlay eriguncha sekin shimiladi.

Maksimal sutkalik doza: 8 pastilka.

 

 

Nojoʻya taʼsirlari

Allergik reaksiyalar boʻlishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan xolatlar

Preparatning komponentlarina shaxsiy yuqori sezuvchanlikda qoʻllash mumkin emas.