Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Бальзамический по

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Бальзамический по Вишневскому ЛИНИМЕНТ 25Г №1

2 800 so'mdan
(3180)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
PIX LIQUIDA,XEROFORMIUM,OIL RICINUM
Ishlab chiqaruvchi
ДЕНТАФИЛ
Chiqarilish shakli
МАЗЬ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

 liniment.

 

Tarkibi:

100 g liniment quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: oq qayin qatroni – 3 g, vismut tribromfenolyati va vismut oksidning majmuasi [kseroform] – 3 g;

yordamchi moddalar: suvsiz kolloid kremniy dioksidi [aerosil], kanakunjut moyi.

 

 

Taʼrifi:

 och-sariqdan to jigarrang rangligacha boʻlgan oʻziga xos hidli liniment.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 antiseptik vosita.

Farmakologik xususiyatlari

Sirtga qoʻllash uchun majmuaviy preparat. Antiseptik va maxalliy taʼsirlovchi samara koʻrsatadi, regeneratsiya jarayonlarini tezlashtiradi.

 

Qoʻllanilishi

 Infeksiyalanmagan, uzoq vaqt bitmayotgan teri va yumshoq toʻqimalarning operatsiyadan keyingi, posttravmatik jarohatlarida qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Sirtga, shikastlangan sohaga yupqa qavat qilib qoʻyiladi yoki liniment bilan shimdirilgan doka bogʻlov qoʻyiladi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Allergik reaksiyalar. Uzoq muddat qoʻllanganida terining taʼsirlanishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Oʻta yuqori sezuvchanlik, teri va yumshoq toʻqimalarning oʻtkir yiringli kasalliklari (shu jumladan abssesslanuvchi furunkul, karbunkul, flegmona, abssess, gidradenit, limfadenit, yiringlagan ateroma, lipoma, paraproktit, plevra empiyemasi) da qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Taʼriflanmagan.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

 

Chiqarilish shakli

Liniment.

30 g dan bushonli alyumin tubalarda. Har bir tuba qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

15ºS dan yuqori boʻlmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.