Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Линдинет 20

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Линдинет 20 ТАБ №21

47 000 so'mdan
(5471)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Линдинет 20 ТАБ №21
Xususiyatlari
Xalqaro nomlanishi
ETHINYLESTRADIOL,GESTODENE
Ishlab chiqaruvchi
(Gedeon Richter , Венгрия)
Chiqarilish shakli
таблетка
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Nomutanosiblik
Yaroqlilik muddati
Saqlash sharoiti
O‘rami
Berish tartibi
PREPARATNING NOMI
SIFAT VA MIQDORIY TARKIBI
DORI SHAKLI VA TA‘RIFI
KLINIK XUSUSIYATLARI
Farmakodinamik xususiyatlari
Farmakokinetik xususiyatlar
Yordamchi moddalar
Nomutanosiblik

Aniqlanmagan.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

Saqlash sharoiti

Original o‘ramda +15oS dan 25oS gacha bo‘lgan haroratda, yorug‘likdan va namlikdan himoyalangan joyda  saqlansin.

O‘rami

21 qobiq bilan qoplangan tabletkalar blisterda. 1 yoki 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutida. Karton qutiga blisterni saqlash uchun silliq futlyar joylangan.

Berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

PREPARATNING NOMI

LINDINET 20 qobiq bilan qoplangan tabletkalar

LINDYNETTE 20

XPN: gestoden+etinilestradiol

SIFAT VA MIQDORIY TARKIBI

Har bir qobiq bilan qoplangan tabletkada 0,075 mg gestoden va 0,02 mg etinilestradiol saqlanadi.

Yordamchi moddalar: preparat shuningdek 37,17 mg laktoza monogidrati va 19,66 mg saxaroza saqlaydi.

Yordamchi moddalarning to‘liq ro‘yxati 6.1. bo‘limda keltirilgan.

DORI SHAKLI VA TA‘RIFI

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Och-sariq, dumaloq, ikki tomonlama qavariq; ikki tomoni yozuvsiz qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

 

KLINIK XUSUSIYATLARI
  1. Qo‘llanilishi

Peroral kontrasepsiya uchun.

 

  • Qo‘llash usuli va dozalash

Kuniga bir tabletkadan 21 kun davomida (asosan sutkaning aynan bir vaqtida qo‘llash afzal) qabul qilish kerak. Tabletkalarning keyingi o‘ramdan qabul qilishni bekor qilish oqibatidagi qon ketishi yuz berishi mumkin bo‘lgan davrda 7 kunlik tanaffusdan so‘ng boshlash kerak. Odatda qon ketishi oxirgi tabletkani qabul qilishdan keyin 2 yoki 3 kun o‘tgach boshlanadi va keyingi o‘ramdan tabletka qabul qilishni boshlagunga qadar to‘xtamasligi mumkin.

Lindinet 20 ni birinchi marta qabul qilish

Lindinet 20 qobiq bilan qoplangan birinchi tabletkani hayz ko‘rishning birinchi kunidayoq qabul qilish kerak.

Tabletkalarni qabul qilishni, shuningdek hayz sikli vaqtida hayzning 2-nchi kunidan 5–nchi kunigacha boshlash mumkin, biroq bunday holatda qo‘shimcha ravishda tabletkalarni qabul qilishning birinchi yettinchi kunida kontrasepsiyaning nogormonal choralarini qo‘llash lozim.

Boshqa majmuaviy peroral kontraseptivni qabul qilishdan preparatga  o‘tish

Lindinet 20 qobiq bilan qoplangan birinchi tabletkani peroral kontraseptivning avvalgi o‘ramidan oxirgi faol (gormon saqlovchi) tabletkasi qabul qilinganidan so‘ng keyingi kuni, lekin peroral kontraseptivning avvalgi o‘ramidagi tabletkani (yoki plasebo tabletkani) qabul qilishdagi tanaffusdan so‘ng kechi bilan bir kundan keyinoq qabul qilish lozim.

Progestagen saqlovchi preparatlar (“mini-pili”, in‘eksiyalar, bachadon ichki vositasi (BIV)) ni qo‘llashdan o‘tish

“Mini-pili“ tabletkadan Lindinet 20 ga o‘tishni hayz ko‘rish siklining istalgan kuni (implantat va bachadon ichi spiralida – ular olingandan so‘ng o‘sha kuni, in‘eksiyalarda – keyingi in‘eksiya qilinadigan kun) amalga oshirish mumkin. Bunday holatlarda tabletka qabul qilishning birinchi 7 kuni davomida qo‘shimcha kontrasepsiya choralarini ishlatish zarur.

1-nchi uch oylikdagi abortdan so‘ng

Peroral kontraseptivlarni birinchi uch oylikdagi abortdan so‘ng darhol qabul qilish mumkin. Qo‘shimcha kontrasepsiya usullari talab etilmaydi.

Tug‘ruq yoki 2-nchi uch oylikdagi  abortdan so‘ng

Preparatni laktasiya davrida qo‘llash to‘g‘risidagi ma‘lumot 4.6. bo‘limda keltirilgan.

Emizmaydigan ayollar peroral kontraseptivlar qabul qilishni tabiiy tug‘ish jarayonidan yoki 2-nchi uch oylikda abortdan so‘ng 21-28 kundan boshlashlari mumkin. Peroral kontraseptivlarni qabul qilish kechroq boshlanganda, birinchi 7 kun davomida qo‘shimcha choralar sifatida kontrasepsiyaning to‘siqli usullariini qo‘llash lozim.

Agar jinsiy aloqa tabletka qabul qilishdan avval sodir bo‘lgan bo‘lsa, homiladorlikni istisno qilish yoki birinchi hayz ko‘rish qon ketishi boshlangunicha  preparatni qabul qilmaslik lozim.

O‘tkazib yuborilgan tabletkalar

Agar tabletka o‘z vaqtida qabul qilinmagan bo‘lsa, uni iloji boricha tezroq qabul qilish kerak. Agar qabul qilish muddati o‘tkazib yuborilgan tabletka odatdagi tabletka qabul qilishdan keyin 12 soat ichida qabul qilingan bo‘lsa, preparatning kontraseptiv samarasi pasaymaydi va qo‘shimcha kontrasepsiya choralari talab etilmaydi. Keyingi tabletkalarni odatdagi vaqtda qabul qilish lozim.

Agar tabletka qabul qilishdagi kechikish 12 soatdan ortiq bo‘lsa, kontraseptiv samarasi pasayishi mumkin. Ayol qabul qilish muddati o‘tkazib yuborilgan tabletkani u esga tushishi  bilanoq, hatto agar bir vaqtning o‘zida 2 ta tabletkani qabul qilish to‘g‘ri kelsa ham, darhol qabul qilishi kerak. Shu vaqtdan boshlab ayol tabletkani odatdagi vaqtida qabul qilish lozim. Tabletka qabul qilishning keyingi 7 kuni davomida qo‘shimcha kontrasepsiya choralarini qo‘llash talab etiladi. Agar joriy o‘ramda 7 tadan kam tabletka qolgan bo‘lsa, ayol keyingi o‘ramdan tabletkani qabul qilishni, joriy o‘ramdagi oxirgi tabletkani qabul qilishi bilanoq boshlashi kerak: shunda ikkita o‘ramdan tabletkalarni qabul qilish orasida tanaffus bo‘lmasligi ta‘minlanadi. Bunday hollarda ikkinchi o‘ramdagi tabletka tamom bo‘lguniga qadar bekor qilish oqibatidagi qon ketishini kutib o‘tirmaslik kerak. Biroq surkaluvchi yoki shiddatli qon ketishi yuzaga kelishi mumkin.

Agar ikkinchi o‘ramdan tabletkani qabul qilish tugasa ham bekor qilish oqibatidagi qon ketishi oqibati bo‘lishi kuzatilmasa, keyingi o‘ramdan tabletkalarni qabul qilishdan avval homiladorlikni istisno qilish kerak.

Qusish yuz berganda ko‘riladigan choralar

Agar tabletka qabul qilingandan so‘ng 3-4 soat davomida qusish yuz bersa, tabletkani so‘rilishi to‘liq bo‘lmasligi mumkin. Bunday hollarda yuqorida tabletkani o‘tkazib yuborilganda amalga oshiriladigan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish kerak. Agar ayol tabletkani qabul qilishning odatdagi tartibini o‘zgartirishni hoxlamasa, boshqa o‘ramdan qo‘shimcha tabletkani qabul qilishi lozim.

Hayz ko‘rishni boshlanish muddatlarini tezlashtirish   yoki hayz ko‘rishni kechiktirish

Hayz ko‘rish qon ketishi odatdagidan ertaroq  boshlanishi uchun tabletkalarni qabul qilishda, ularni qabul qilish oradagi tanaffusni qisqartirish tavsiya etiladi. Ikkinchi o‘ramdan tabletka qabul qilishda (hayz qo‘rish qon ketishini kechikishida bo‘lgani kabi) tanaffus qanchalik qisqa bo‘lsa, surkaluvchi va shiddatli qon ketishlarining xavfi shunchalik yuqori bo‘ladi.

Hayz ko‘rish sikli qon ketishini kechiktirish uchun tabletka qabul qilishni qo‘llanilayotgan o‘ramdagi tabletka tugashi bilanoq, tanaffus qilmay yangi o‘ramdan boshlash kerak. Hayz ko‘rishni ikkinchi o‘ramdagi tabletkalar tugagunga qadar, talab etilgan muddatgacha kechiktirish mumkin. Ikkinchi o‘ramdan tabletkalar qabul qilinganda shiddatli qon ketishlari yoki surkaluvchi ajralmalar yuz berishi mumkin. Lindinet 20 ni muntazam qabul qilishni odatdagi 7 kunlik tanaffusdan so‘ng qaytadan boshlash mumkin.

 

  • Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Quyidagi holatlarda majmuaviy peroral kontraseptivlarni (MOK) qo‘llash mumkin emas:

  • Homiladorlik yoki unga shubha tug‘ilganda.
  • Noaniq etiologiyali bachadondan qon ketishi.
  • Hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi arterial yoki venoz tromboz.
  • Tromboz yoki emboliya (qon ivishini buzilishi, yurak klapani nuqsoni va yurak bo‘lmachasi fibrilyasiyasi) ni rivojlanish xavfi jiddiy omillarining mavjudligi 4.4. bo‘limga qarang.
  • Anamnezda trombozning prodromal simptomlari (masalan, tranzitor serebral ishemik xujum, stenokardiya) mavjudligi.
  • Yurak-qon tomir buzilishlari (yurak klapani (klapanlari) patologiyasi, aritmiyalar).
  • Og‘ir arterial gipertenziya.
  • Anamnezda jigar (xavfsiz va xavfli) o‘smasi.
  • Jigar sinamasining funksional parametrlari me‘yorlashgunga qadar jigarning og‘ir kasalliklari.
  • Sut bezining diagnostika qilingan yoki xavfli o‘smalari yoki shubha qilingan.
  • Endometriyning diagnostika qilingan xavfli o‘smalari yoki shubha qilingan yoki estrogenga bog‘liq o‘smalar.
  • Qon tomir patologiyasi oqibatidagi oftalmopatiya.
  • Anamnezda homiladorlar gerpesi.
  • O‘roqsimon hujayrali anemiya.
  • Giperlipidemiya.
  • Diabet oqibatidagi agniopatiya.
  • O‘roqli nevrologik simptomatikasi bilan kechuvchi migren.
  • Faol moddalar yoki yordamchi moddalarning birontasiga yuqori sezuvchanlik.

 

  • Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari

Maxsus ko‘rsatmalar

Ushbu bo‘limda keltirilgan ma‘lumotlar, ko‘p jihatdan hozirgi vaqtda qabul qilinayotgan kam dozali preparatlarga nisbatan gormonlarni yuqori miqdorda saqlagan peroral kontraseptivlarni qabul qilgan ayollar ishtirokida o‘rganilgan ma‘lumotlarga asoslangan.

Qon aylanishini buzilishi

Kontraseptivlarni ishlatilishi miokard infarkti rivojlanishini yuqori xavfi bilan bog‘liqdir. Xavf arterial gipertenziya, xolesterinning yuqori darajasi, patologik semizlik va qandli diabet kabi koronar tomirlar kasalliklarini rivojlanishining qo‘shimcha xavf omiliga ega bo‘lgan chekuvchi ayollarda ko‘proqdir.

Chekish peroral kontraseptivlar qabul qilish bilan bog‘liq jiddiy yurak-qon tomirlari kasalliklari xavfini oshiradi. Xavf yosh o‘tgani sayin, shuningdek ko‘p miqdorda sigareta chekkan hollarda oshadi, bu xavf 35 yoshdan oshgan ayollarda ancha sezilarlidir. Peroral kontraseptivlar qabul qiluvchi ayollarga chekishni tashlash tavsiya etiladi.

Yurak–qon tomirlari kasalliklarini rivojlanish xavfi bo‘lgan ayollar peroral kontraseptivlarni ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari lozim.

Peroral kontraseptivlar qabul qilish serebrovaskulyar kasalliklarni (ishemik va gemorragik insult) rivojlanish xavfini oshirishi isbotlangan.

Shuningdek, peroral kontraseptivlar qabul qilish ayollarda arterial qon bosimini (AB) oshishiga olib kelishi to‘g‘risida xabar berilgan. AB oshishi katta yoshdagi ayollarda va peroral kontraseptivlarni uzoq vaqt davomida qabul qilgan ayollarda kuzatiladi.

Olingan ma‘lumotlar arterial gipertenziyani rivojlanish chastotasi estrogenlar miqdoriga bog‘liq holda oshishini ko‘rsatadi.

Avval arterial gipertenziya yoki arterial gipertenziya bilan bog‘liq kasalliklar bilan og‘rigan ayollarga yoki buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan ayollarga boshqa usuldagi kontrasepsiya qo‘llash tavsiya etilishi kerak. Bunday ayollar agar peroral kontraseptivlarni qabul qilishga qaror qilgan bo‘lsalar ularning holatini qat‘iy nazorat qilish kerak. Arterial bosim ancha oshgan hollarda peroral kontraseptiv qo‘llashni bekor qilish kerak.

Ko‘pgina ayollarda AB oshishi peroral kontraseptivni bekor qilgandan so‘ng me‘yorga tushadi, avval peroral kontraseptivlar qo‘llagan yoki qo‘llamagan ayollar o‘rtasida arterial gipertenziya rivojlanishida farq mavjud emas.

Venoz va arterial tromboz va tromboemboliya

Majmuaviy peroral kontraseptivlar qo‘llash venoz va arterial trombotik va tromboembolik oqibatlarga olib kelish xavfini ortishiga sabab bo‘ladi. Har bir aniq estragen/progestagen kombinasiyasi uchun minimal miqdorda estrogen va progestagen saqlovchi, bir vaqtda davolashdan bo‘lgan omadsizlik foizini pasayishini ta‘minlovchi va pasientkaning ehtiyotkorligiga mos keluvchi dozalash tartibini belgilash kerak.

Venoz tromboz va tromboemboliya

Har qanday majmuaviy peroral kontraseptiv qo‘llash, MOK qabul qilinmaganiga nisbatan venoz tromboemboliya (TVE) xavfini oshiradi. Venoz tromboemboliyaga  qo‘shimcha xavfi ortishi peroral kontraseptivlarni birinchi yil qo‘llaganda ancha yuqori bo‘ladi. Ushbu xavf 100 000 homiladorlikdan 60 ta holatda homiladorlik bilan bog‘liq VTE dan kamroq; 1-2% holatda VTE letal holatga olib keladi.

Levonorgestrel va 50 mkg dan kamroq etinilestradiol saqlovchi majmuaviy peroral kontraseptivlar uchun VTEni rivojlanish tez-tezligi, bir yil qo‘llash davomida 100 000 nafar ayoldan taxminan 20 holatni tashkil etadi. Gestogen saqlovchi majmuaviy peroral kontraseptivlar uchun VTE ni rivojlanishtez-tezligi, bir yil qo‘llash davomida 100 000 nafar ayoldan taxminan 30-40 holatni tashkil etgan.

Epidemiologik tadqiqotlar dezogestrel yoki gestoden va 20 mkg etinilestradiol saqlovchi majmuaviy peroral kontraseptivlarni qabul qilayotgan ayollarda, dezogestrel yoki gestoden  va 30 mkg etinilestradiol saqlovchi majmuaviy peroral kontraseptivlar qabul qilayotgan ayollarga nisbatan VTE rivojlanish xavfi kamroq ekanligini isbotlamadi.

Lindinet 20 ni qabul qilishga ko‘rsatma berishda, yuqorida keltirilgan barcha ma‘lumotlarni e‘tiborga olish lozim. Kontrasepsiyaning u yoki bu usulini qo‘llashga maslahat berishda ham yuqoridagi ma‘lumotlarni e‘tiborga olish lozim.

Tromboemboliya (arterial va/yoki venoz) rivojlanishi xavfi quyidagi holatlarda ortadi:

  • Yosh o‘tgani sayin;
  • Chekish (ashaddiy chekuvchi, ayniqsa 35 yoshdan katta ayollarda xavf yanada ortadi).
  • Irsiy moyillik (masalan, aka-uka yoki opa-singillar yoki ota-onalarda yoshroq davridagi arterial yoki venoz tromboemboliya). Irsiy moyilligi mavjud ayolni mutaxassis qabuliga yuborish zarur.
  • Semizlik (tana vazni indeksi 30 kg/mdan ko‘p)
  • Dislipoproteinemiya
  • Arterial gipertenziya
  • Yurak klapani nuqsoni
  • Yurak bo‘lmachalari fibrilyasiyasi
  • Uzoq muddatli immobilizasiya (operasiyadan keyingi davrda tromboemboliya rivojlanish xavfi ortishi sababli, peroral kontraseptivlarni minimum sifatida rejadagi operasiyadan to‘rt hafta oldin qabul qilishni to‘xtatish tavsiya etiladi va ularni qabul qilishni me‘yordagi harakat faoliyatiga qaytgandan so‘ng ikki haftadan oldin boshlamaslik zarur).

Agar mumkin bo‘lsa, Lindinetni qabul qilishni rejadagi operasiyadan minimum to‘rt hafta oldin to‘xtatish tavsiya etiladi va ularni qabul qilishga bo‘shliqdagi operasiyadan yoki me‘yordagi harakat faoliyatiga qaytgandan so‘ng kamida ikki haftadan keyin qaytish kerak.

Bevosita tug‘ruqdan keyingi davr tromboemboliya rivojlanishi xavfi ortishi bilan bog‘liq bo‘lishi sababli, Lindinetni qabul qilishni tug‘ruqdan keyin 28 kundan avval yoki homiladorlikning ikkinchi uch oyligida abort qilingandan so‘ng boshlamaslik zarur.

Arterial tromboz yoki tromboemboliya

Lindinet arterial trombotik va tromboembolik asoratlarni rivojlanish xavfini oshiradi. Ta‘riflangan asoratlar miokard infarkti va serebrovaskulyar buzilishlar (ishemik va gemorragik insult, tranzitor ishemik huruj, ya‘ni TIH) ni o‘z ichiga oladi. Arterial trombotik va tromboembolik oqibatlar qo‘shimcha xavf omillariga ega ayollarda yanada yuqori bo‘ladi.

Lindinet 20 ni arterial trombotik va tromboembolik asoratlar xavfi bo‘lgan ayollarga ehtiyotkorlik bilan tayinlash lozim.

Trombotik va tromboembolik asoratlar rivojlanishiga olib keluvchi xavf omillariga quyidagilar misol bo‘la oladi:

  • Chekish
  • Ayrim nasliy va orttirilgan trombofiliya
  • Arterial gipertenziya
  • Giperlipidemiya
  • Semizlik
  • Yosh

Migren bilan xastalangan va MOK qabul qiluvchi (asosan aurali migren bo‘lgan) ayollarda insultni rivojlanish xavfi yuqori bo‘ladi (shuningdek «Migren/bosh og‘rig‘i»ga qarang).

Tromboz rivojlanishiga olib keluvchi simptomlar: ko‘krak qismida chap qo‘lga beruvchi kuchli og‘riq, oyoq og‘rig‘i, oyoq shishi, yo‘tal yoki nafas olish vaqtida kuchli og‘riq, qon aralash balg‘am paydo bo‘lganida darhol preparatni qabul qilishni to‘xtatish zarur.

Venoz yoki arterial trombozga irsiy yoki orttirilgan moyillikni borligini ko‘rsatuvchi biokimyoviy ko‘rsatkichlar: faol S proteini (FSP) ga rezistentlik, gipergomosisteinemiya, antitrombin III yetishmovchiligi, S proteini yetishmovchiligi, S proteini yetishmovchiligi, antifosfolipid antitelolar (antikardiolipin antitelolar, yugurik antikoagulyantini) o‘z ichiga oladi.

O‘smalar

Ayrim tadqiqotlarda majmuaviy peroral kontraseptivlarni uzoq vaqt davomida qabul qilgan ayollarda bachadon bo‘yni rakini rivojlanish xavfini oshishi to‘g‘risida xabar berilgan, biroq bu ma‘lumot bahslidir. Jinsiy xulq va odam papilloma virusi (OPV) kabi boshqa omillar bachadon bo‘yni o‘smasi rivojlanishiga ta‘sir qilishi mumkin.

54 epidemiologik tadqiqotlarning meta-tahlili majmuaviy peroral kontraseptivlar qabul qiluvchi ayollarda sut bezi rakini rivojlanishining nisbiy xavfini orttiradi (OR=1,24). Ushbu xavf peroral kontraseptivlar qabul qilishni to‘xtatgandan so‘ng keyingi 10 yil mobaynida kamayadi. Biroq ushbu tadqiqotlar preparat qabul qilish bilan kasallik o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘liqligini tasdiqlamadi. Peroral kontraseptiv qabul qiluvchi ayollarda, ularni qabul qilmagan ayollarga nisbatan sut bezi raki ancha erta bosqichda diagnostika qilinadi.

Jigarning xavfsiz o‘smasini hosil bo‘lishi va peroral kontraseptiv qabul qilish orasida, garchi bunday xavfsiz o‘smalar kam uchrasada, bog‘liqligi aniqlangan. Bunday o‘smalar yorilganda letal holatga olib kelishi mumkin bo‘lgan qorin bo‘shligi qon ketishi kuzatiladi.

Peroral kontraseptivlarni uzoq vaqt qabul qilgan ayollarda ba‘zi holatlarda jigar xavfli o‘smasini rivojlanishi to‘g‘risida xabar berilgan.

Anamnezida xolestatik sariqlik yoki homiladorlik vaqtidagi qichishish bo‘lgan pasientkalarda, shuningdek ilgari peroral kontraseptivlar qabul qilgan pasientkalarda yuqorida ta‘riflangan kasalliklarni rivojlanish xavfi yuqori bo‘ladi. Agar bunday ayollar Lindinet qabul qilsa, ularning holatini sinchkov monitoringini o‘tkazish kerak, patologik holatlar qaytalagan hollarda esa, preparatni qabul qilishni darhol to‘xtatish lozim.

Boshqa holatlar

Kam hollarda peroral kontraseptivlar qabul qilinganda ko‘z to‘r pardasi trombozi to‘g‘risida xabar berilgan. Ko‘rishni tushuntirib bo‘lmaydigan qisman yoki to‘liq yo‘qotish hollarida, ekzoftalm yoki diplopiya paydo bo‘lganida, ko‘rish nervi diskining shishi yoki ko‘z to‘r pardasi tomirlarini jarohatlanishi yuz bergan hollarda, peroral kontraseptivni qabul qilishni darhol to‘xtatish va qo‘shimcha tibbiy tekshiruvdan o‘tish lozim.

Avvalgi tadqiqotlar peroral kontraseptivlarni yoki estrogen saqlovchi preparatlarni qabul qilayotgan ayollarda butun hayoti davomida o‘t pufagi kasalliklarining nisbiy xavfini oshishidan dalolat bergan. Biroq so‘nggi tadqiqotlar, past dozali peroral kontraseptivlarni qabul qilayotgan ayollarda o‘t pufagi kasalliklarini rivojlanishining nisbiy xavfi minimal bo‘lishini ko‘rsatdi.

Migren paydo bo‘lishi yoki migren xurujlarini, shuningdek takrorlanuvchi, doimiy yoki juda kuchli yangi turdagi bosh og‘rig‘ini paydo bo‘lishi peroral kontraseptivlarni qabul qilishni to‘xtatishni talab etadi.

Butun tana bo‘ylab qichishish yoki tutqanoq xurujlari paydo bo‘lganida Lindinet 20 preparatini qabul qilishni darhol to‘xtatish lozim.

Uglevod va lipidlar metabolizmiga ta‘siri

Peroral kontraseptivlarni qabul qilayotgan ayollarda glyukozani o‘zlashtiraolinishini buzilishi to‘g‘risida xabarlar bor. Shuning uchun peroral kontraseptivlarni ishlatayotgan qandli diabeti bilan xastalangan ayollarning holatini sinchkov kuzatish kerak.

Kam sonli ayollarda peroral kontraseptivlarni qabul qilish vaqtida barqaror gipertrigliseridemiya kuzatiladi. Ba‘zi progestagen saqlovchi preparatlar qabul qilinganda yuqori zichlikdagi lipopreteinlar (YUZLP) darajasini pasayishi to‘g‘risida xabar berilgan. Estragen YUZLP xolesterin darajasini oshirishi tufayli, peroral kontraseptivlarning lipidlar metabolizmiga umumiy ta‘siri estragen va progestagenning dozalari orasidagi nisbat, progestagenning turi, shuningdek qo‘llanayotgan peroral kontraseptivdagi  progestagenning mutloq miqdoriga bog‘liq.

Giperlipidemiya bilan xastalangan ayollarning holatini, agar ular peroral kontraseptivlarni qabul qilishga qaror qilgan bo‘lishsa, sinchkovlik bilan kuzatish kerak.

Nasliy giperlipidemiyadan aziyat chekuvchi va estrogen saqlovchi peroral kontraseptivlarni qabul qilayotgan ayollarda, plazmada trigliseridlar darajasini sezilarli oshishi va bu pankreatitga olib kelishi mumkinligi to‘g‘risida xabarlar mavjud.

Hayz siklini buzilishi

Tabletkalarni, ayniqsa birinchi uch oy davomida qabul qilinganda nomuntazam hayz ko‘rishlari (surkaluvchi yoki shiddatli qon ketishlari) bo‘lishi mumkin.

Agar nomuntazam hayz ko‘rishlari uzoq vaqt saqlanib tursa yoki muntazam sikl vaqtida yuz bersa, bunday holat nogormonal sabab yuzasidan bo‘lishi mumkinligini hisobga olish lozim. Bunday hollarda, xavfli o‘smani rivojlanishini yoki homiladorlikni istisno qilish uchun ginekologik tekshiruvni o‘tkazish lozim. Agar patologik holat istisno qilinsa, boshqa turdagi peroral kontraseptivni qo‘llashni tavsiya etish mumkin.

Ba‘zi holatlarda tabletkalarni qabul qilish orasidagi tanaffusda bekor qilish oqibatidagi odatdagi qon ketishi yuz bermaydi. Agar birinchi yuz bermagan qon ketishigacha peroral kontraseptivlar yo‘riqnomani buzilishi bilan qabul qilingan bo‘lsa, yoki agar bekor qilish oqibatidagi qon ketishi ikkinchi siklning oxirida yuz bermasa, homiladorlikni istisno qilish kerak, so‘ngra esa peroral kontraseptivlarni qabul qilishni davom ettirish kerak.

Ehtiyotkorlik choralari

Tibbiy ko‘rik va keyingi kuzatishlar

Peroral kontraseptivlarni qo‘llashni boshlashdan oldin pasientning oilaviy va shaxsiy anamnezni yig‘ish, umumiy tibbiy va ginekologik ko‘rikni, shu jumladan arterial bosimni o‘lchash, laboratoriya tahlillari, sut bezi va kichik chanoq a‘zolarini ko‘rigini o‘tkazish, shuningdek sitologiya uchun qindan mazok olishni o‘z ichiga olgan ko‘rikni o‘tkazish lozim; keyinchalik ushbu muolajalarni vaqti-vaqti bilan takrorlash kerak.

Pasientkalarga, ushbu preparat OITV infeksiyasi (OITS) va jinsiy yo‘llar bilan yuqadigan boshqa kasalliklardan himoya qilmasligini ma‘lum qilish zarur.

Jigar faoliyati

Jigar faoliyatini o‘tkir yoki surunkali buzilishlarida preparatni qabul qilishni jigarning funksional sinamalari me‘yorlashmagunga qadar to‘xtatish lozim. Jigar faoliyati buzilgan pasientlarda steroid gormonlar metabolizmi yetarli darajada bo‘lmasligi mumkin.

Affektiv buzilishlar

Peroral kontraseptivlarni qo‘llash vaqtida depressiya rivojlangan ayollar, tabletka qabul qilishni to‘xtatishlari lozim. Bunday ayollarga kontrasepsiyaning boshqa muqobil usulini ishlatishni tavsiya etish lozim, shuningdek bu simptomlar peroral kontraseptivlar qabul qilish natijasida yuz berayotganligini aniqlash kerak. Ilgari depressiya bilan og‘rigan ayollarning holatini sinchkov kuzatish kerak; agar depressiya xurujlari qaytadan boshlansa, peroral kontrasepsiya preparatini qabul qilishni to‘xtatish lozim.

Folatlar miqdori

Peroral kontraseptivlarni qabul qilish oqibatida qon zardobida folatlar darajasi pasayishi mumkin. Agar peroral kontraseptivlarni qabul qilish to‘xtatilganidan keyin tez orada ayol homilador bo‘lib qolsa, bu holat klinik ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.

Xloazma

Homiladorlik xloazmasi bo‘lgan ayollarda asosan ko‘p xloazma yuzaga kelishi uchraydi. Xloazmaga moyil ayollar quyoshda ko‘p bo‘lishdan, shuningdek MOK qabul qilgan vaqtda ultrabinafsha nurlardan himoyalanishi lozim.

Boshqalar

Yuqorida sanab o‘tilgan holatlardan tashqari, otoskleroz, tarqoq skleroz, tutqanoq, xoreya, o‘zgarib turuvchi porfiriya, tirishish, buyraklar faoliyatini buzilishi, semizlik, tizimli qizil yugurik va bachadon miomasida yuqori ehtiyotkorlik choralari ko‘rilishi lozim.

Lindinet qobiq bilan qoplangan tabletkalar bilan bir vaqtda dalachoy (Hypericum perforatum) saqlovchi o‘simlik dori vositalarini qabul qilish mumkin emas, chunki bu preparatlar Lindinetning qon zardobidagi miqdorini, shuningek uning kontraseptiv samarasini kamaytirishi mumkin (4.5. bo‘limga qarang).

Galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, Lappa laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktozani kam so‘rilishi kabi kam uchraydigan nasliy patologiyasi bo‘lgan pasientlar bu preparatni qabul qilmasliklari lozim.

 

  • Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri va o‘zaro ta‘sirning boshqa shakllari

Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta‘siri

Etinilestradiol va u bilan bir vaqtda qabul qilinuvchi preparatlar bilan o‘zaro ta‘sir plazmada etinilestradiolning darajasini oshishi yoki kamayishiga olib kelishi mumkin.

Plazmada etinilestradiolning darajasini kamayishi shiddatli qon ketishlari va hayz siklini buzilishlari sonini oshishiga olib kelishi mumkin, shuningdek ba‘zida Lindinet 20 ning kontraseptiv samarasi susayishi kuzatiladi. Shuning uchun, etinilestradiolni va plazmada etinilestradiolning darajasini pasaytiruvchi preparatlarni bir vaqtda qo‘llangan hollarda, Lindinet 20 ni qabul qilishga qo‘shimcha sifatida nogormonal kontrasepsiya usullarini (masalan, prezervativlar, spermisidlar) ni qo‘llash tavsiya etiladi. Agar uzoq muddat shunday faol moddalarni saqlovchi preparatlarni uzoq muddat qo‘llash lozim bo‘lsa, kontrasepsiyaning asosiy usuli sifatida qo‘llaniladigan gormonal kontraseptivlardan voz kechish imkoniyatini ko‘rib chiqish lozim.

Qonda etinilestradiolning darajasini kamaytiruvchi dori preparatlarni qabul qilish tugagandan so‘ng, kamida 7 kun davomida nogormonal kontrasepsiya usullarini ishlatish tavsiya qilinadi. Jigar mikrosomal fermentlari induksiyasini chaqirish va qon zardobida etinilestradiol konsentrasiyasini kamaytirishi xususiyatiga ega bo‘lgan dori vositalarni qabul qilish to‘xtatilgandan so‘ng, qo‘shimcha nogormonal kontrasepsiya usullarini ancha uzoqroq vaqt davomida ko‘llash tavsiya qilinadi. Ba‘zida, jigar fermentlari induksiyasini chaqiruvchi preparatning dozasi, davolash muddati va preparatni chiqarilishiga qarab, jigar fermentlarining induksiya to‘liq tugagunicha haftalar o‘tishi mumkin.

Etinilestradiolning qon zardobidagi konsentrasiyasini kamaytirishi mumkin bo‘lgan faol moddalar:

  • Me‘da-ichak yo‘llari bo‘ylab tashilish vaqtini kamaytiruvchi va demak uni so‘rilishni pasaytiruvchi har qanday faol modda.
  • Jigar mikrosomal fermentlari induksiyasini chaqiruvchi preparatlar, masalan, rifampisin, rifabutin, barbituratlar, primidon, fenilbutazon, fenitoin, deksametazon, grizeofulvin, topiramat, ba‘zi proteaza ingibitorlari va modafinil.
  • Hypericum perforatum (dalachoy) va rionavir (jigar mikrosomal fermentlarini induksiyalashi xususiyati sababli).
  • Ayrim antibiotiklar (masalan, ampisillin va boshqa penisillinlar, tetrasiklinlar), chunki ular estrogenlarning jigar-ichak resirkulyasiyasini kamaytiradi.

Etinilestradiolning qon zardobidagi konsentrasiyasini oshirishi mumkin bo‘lgan faol moddalar:

  • Atorvastatin
  • Me‘da-ichak devorlarida sulfatlanishga uchraydigan preparatlar, masalan, askorbin kislotasi (S vitamini) va parasetamol
  • Sitoxrom R 450 3A4 izofermentlarni ingibirlovchi moddalar, masalan, indinavir, flukonazol, troleandomisin.

Troleandomisin peroral kontraseptivlar bilan birga qo‘llanilganda jigar ichi xolestazi xavfini oshirishi mumkin.

Etinilestradiol jigar mikrosomal fermentlarini ingibirlab yoki jigarda preparatlar kon‘yugasiyasini, xususan glyukuronlanishini chaqirib, boshqa preparatlar metabolizmiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Shunday qilib, boshqa preparatlarning konsentrasiyasi plazmada va to‘qimalarda (masalan, siklosporin, teofillin, kortikosteroidlar konsentrasiyasi) oshishi yoki kamayishi mumkin. Qandaydir preparatlarni qo‘llashga tavsiya berganda, bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zaro ta‘sir reaksiyalarini aniqlash maqsadida, ularni birga qo‘llash to‘g‘risidagi ma‘lumotni e‘tiborga olish kerak.

Laboratoriya tadqiqotlari natijalarida o‘zgarishlar

Peroral kontraseptivlarni qo‘llanishi ayrim laboratoriya tadqiqotlarning natijalariga ta‘sir qilishi mumkin, ular orasida jigar, qalqonsimon bezi, buyrak usti bezi, buyrak faoliyatini testlari, lipoproteinlar va tashuvchi-oqsillarning darajalari, shuningdek uglevod almashinuvi, koagulyasiya va fibrinoliz parametrlari keltiriladi.

Odatda o‘zgarishlar referens ko‘rsatkichlardan tashqariga chiqmaydi va me‘yor chegaralarida qoladi.

 

  • Homiladorlik va laktasiya

Homiladorlik: Lindinet 20 ni qabul qilishdan avval homiladorlikni istisno qilish kerak. Preparatni qabul qilish vaqtida homiladorlik yuz bersa, peroral kontraseptivlarni qabul qilishni darhol to‘xtatish lozim.

Yirik epidemiologik tadqiqotlar homiladorlikkacha peroral kontraseptivlarni qabul qilgan ayollarda tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ma rivojlanish nuqsonlarini paydo bo‘lish xavfini oshishini ham, homiladorlikning ilk muddatlarida bilmasdan peroral kontraseptivlarni qabul qilgan hollarda teratogen ta‘sirlar ham (xususan, yurak nuqsonlari yoki qo‘l-oyoq rivojlanishining anomaliyalari) kuzatilmagan. (4.3. bo‘limga qarang).

Laktasiya: faol moddaning oz miqdori ko‘krak suti bilan ajalib chiqadi; yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda sariqlik va ko‘krak bezini kattalashishi kabi nojo‘ya ta‘sirlar kuzatilgan. Emizish vaqtida peroral kontraseptivlarni qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki bu ko‘krak suti miqdorini kamayishi va uning tarkibini o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.

 

  • Avtomobilni haydash yoki mexanizmlar bilan ishlashga preparatning ta‘siri

Avtomobilni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga preparatning ta‘sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

 

 

 

  • Nojo‘ya ta‘sirlar

Preparatni birinchi siklda qabul qilishda 10-30% ayollarda ko‘krak bezi shishi, diskomfort holati va surkaluvchi ajralmalar kabi nojo‘ya ta‘sirlar kuzatilgan. Bu nojo‘ya ta‘sirlar yengil bo‘lib, odatda 2-4 siklda yo‘qolib ketadi.

Ko‘p hollarda peroral kontraseptiv qabul qiluvchi ayollarda quyidagi nojo‘ya ta‘sirlar: vaginit, suyuqlik yig‘ilishi, kayfiyatni o‘zgarishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, akne, hayz ko‘rishni buzilishi, ko‘krak bezini shishi va tana vaznini o‘zgarishi.

Peroral kontraseptivlarni qo‘llash quyidagi holatlar rivojlanishi xavfini keltirib chiqaradi:

  • arterial va venoz trombotik va tromboembolik asoratlari, shu jumladan miokard infarkti, insult, venalar trombozi va o‘pka arteriyasi emboliyasi.
  • bachadon bo‘yni intraepitelial neoplaziyasi va bachadon bo‘yni raki.
  • sut bezi raki.

 

Jiddiy va boshqa noxush ta‘sirlar

4.4. bo‘lim Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralariga qarang.

A‘zolar tizimi sinfi Juda ko‘p

≥1/10

Ko‘p

≥1/100 va <1/10

Ko‘p emas

≥1/1000 va <1/100

Ba‘zida

≥1/10000 va <1/1000

Gohida

<1/10000

Infeksiyalar va invaziyalar   Vulvovaginal kandidoz      
Xavfsiz, xavfli va aniqlanmagan o‘smalar (jumla-dan kista va poliplar     Ko‘krak bezi o‘smasi   Gepatosellyu-lyar kasinoma, jigar adenomasi
Qon va limfa tizimi buzilishlari         Gemolitik-uremik sindrom
Immun tizimi buzilishlari       Anafilaktik reaksiyalar Tizimli kuchayishi
Ovqatlanish va moddalash almashinuvi buzilishi   Suyaqlik yig‘ilishi Ishtahani kamayishi

Ishtahani oshishi

Glyukozaga tolerantlikni buzilishi LLT (Past darajali termin)

Giperlipidemiya, gipertrigliseridemiya

 
Ruxiy buzilishlar   Kayfiyatni o‘zgarishi

Depressiya

Libidoni kamayishi

Qo‘zg‘aluvchanlik

Nervoz

     
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar   Migren

Bosh og‘rig‘i

Bosh aylanishi

    Xoreyani kuchayishi

Ko‘rish nervining nevriti*

Insult LLT

Ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar       Kontakt linzalarni taqa olmaslik Ko‘z to‘r pardasining trombozi
Eshitish va muvozanat a‘zolari tomonidan buzilishlar       Otoskleroz  
Yurak tomonidan buzilishlar         Miokard infarkti
Qon tomir tizi-mi tomonidan buzilishlar     Arterial giperten-ziya Tromboz

Emboliya

 
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar   Ko‘ngil aynishi

Qusish

Qorinda og‘riq

    Pankreatit
Jigar va o‘t yo‘llari tomonidan buzilishlar         O‘t qopi kasalliklari

O‘t-tosh kasalligi**

Teri va teri osti tuqima-lari tomonidan buzilishlar   Akne Xloazma

(Melazma LLT)

   
Reproduktiv tizim va ko‘krak bezi faoliyati tomonidan buzilishi Shiddatli qon ke-tishlar LLT

hayz ko‘-rishlar orasidagi surkaluv-chi ajrat-malar LLT

Sut bezilarida og‘riq

Sut bezlarini qattiqlashishi

     
Laboratoriya ko‘rsatkichlari   Vazn kamayishi

Vazn ortishi

     

*Ko‘rish nervining nevriti ko‘rishni qisman yoki to‘liq yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.

**MOK ni qo‘llanishi o‘t pufagining mavjud bo‘lgan kasalligini kechishini og‘irlashtirishi va ilgari kasallik simptomlari bo‘lmagan ayollarda kasallikni rivojlanishini tezlashtirishi mumkin.

 

  • Dozani oshirib yuborilishi

Peroral kontraseptivlarni sezilarli katta dozada qabul qilingandagi qandaydir nojo‘ya ta‘sirlar haqida xabar berilmagan. Ko‘ngil aynishi, qusish, va yosh qizlarda esa, biroz vaginal qon ketishi kabi simptomlar kuzatilishi mumkin.

Antidot mavjud emas, simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Farmakodinamik xususiyatlari

Farmakoterapevtik guruhi: Progestagenlar va estrogenlar (fiksasiyalangan majmuasi) ATX kodi: G03 A A10

Majmuaviy peroral kontraseptivlarning ta‘siri gonodotrop gormonlarni ishlab chiqarilishini susaytirishi bilan bog‘liq. Garchi asosiy mexanizmi ovulyasiyani susaytirishi bo‘lsada, boshqa ta‘sir mexanizmlar, shu jumladan servikal shilliqning holatini o‘zgarishlari (bu bachadonga spermatozoidni kirishini qiyinlashtiradi) va endometriyning holatini o‘zgarishlari (bu bachadonga implantasiya bo‘lish ehtimolini kamaytiradi) xam kontraseptiv ta‘sir ko‘rsatadi.

Peroral kontraseptivlar istalmagan homiladorlikning oldini olish vositasi bo‘lishi bilan birga, qator qo‘shimcha ijobiy xususiyatlarga xam ega.

Hayz ko‘rishga ta‘siri

  • Hayz sikli yanada muntazam bo‘ladi
  • Qon yo‘qotish hajmi kamayadi, bu esa temir yetishmovchiligi natijasidagi anemiyalar sonini kamayishiga olib keladi.
  • Dismenoreya holatlari soni kamayadi.

Ovulyasiyani bostirilishiga taalluqli ta‘sirlari

  • Tuxumdonlarning funksional kistalari holatlari soni kamayadi
  • Bachadondan tashqari homiladorlik holatlari soni kamayadi.

Boshqa ta‘sirlar

  • Fibroadenoma va fibroz-kistoz mastopatiya holatlari soni kamayadi.
  • Chanoq a‘zolarining yallig‘lanish kasalliklari holatlari soni kamayadi.
  • Endometriy raki holatlari soni kamayadi.
  • Akneni hosil bo‘lishi kamayadi.
Farmakokinetik xususiyatlar

Gestoden

So‘rilishi

Peroral qabul qilingandan so‘ng gestodenni tez va to‘liq so‘rilishi ro‘y beradi. Plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasiga bir marta qabul qilingandan so‘ng taxminan 1 soatdan keyin erishiladi va taxminan 2-4 ng/ml ni tashkil etadi. Biokiraolishligi taxminan 99% ni tashkil etadi.

Taqsimlanishi

Gestoden jinsiy gormonlar bog‘lovchi zardob albumini va globulini bilan bog‘lanadi (GSPS). Qon zardobida modda umumiy konsentrasiyasining 1-2% gina erkin steroid ko‘rinishida bo‘ladi, 50-75% esa, GSPS bilan spesifik ravishda bog‘lanadi. Etinilestradiol tomonidan induksiyalangan GSPS darajasini oshishi zardob oqsili bilan bog‘langan gestodenning miqdoriga ta‘sir qiladi, bu GSPS bilan bog‘langan gestoden fraksiyasi ortishini, va albumin bilan bog‘langan gestoden fraksiyasini kamayishini chaqiradi.

Gestodenning taxminiy taqsimlanish hajmi 0,7-1,4 l/kg ni tashkil etadi.

Metobolizm

Getoden steroid gormonlar metabolizmining barcha ma‘lum yo‘llari yordamida to‘liq metabolizmga uchraydi.

Qon plazmasidan metabolik klirensning o‘rtacha tezligi 0,8-1,0 ml/min/kg ni tashkil qiladi.

Chiqarilishi

Gestodenning zardobdagi darajasi ikkifazali bosqichlarda kamayadi. Yarim chiqarilish davri terminal fazada 12-20 soatni tashkil etadi. Gestoden siydik va safro bilan faqat metabolit shaklida 6:4 nisbatda chiqariladi. Metabolitlarining yarim chiqarilish davri taxminan 1 sutkani tashkil etadi.

Muvozanatli konsentrasiyasi

Gestodenning farmakokinetikasiga, etinilestradiolni bir vaqtda qabul qilinganda taxminan uch marta oshadigan GSPG darajasi ta‘sir ko‘rsatadi. Har kuni qabul qilingandan keyin gestodenning qon zardobidagi darajasi taxminan uch-to‘rt marta ortadi, va preparatni qabul qilishning ikkinchi kursiga kelib, muvozanatli konsentrasiyasiga yetadi.

Etinilestradiol

So‘rilishi

Peroral qabul qilingandan so‘ng etinilestradiol tez va to‘liq so‘riladi. Plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasiga bir marta qabul qilingandan so‘ng taxminan 1-2 soatdan keyin erishiladi va taxminan 30-80 ng/ml ni tashkil etadi. Tizim oldi kon‘yugasiyasi va jigardan “birinchi o‘tish” natijasidagi mutloq biokiraolishlik taxminan 60% ni tashkil qiladi.

Taqsimlanishi

Etinilestradiol kuchli, biroq nospesifik ravishda zardob albumini (taxminan 98,5%) bilan bog‘lanadi, bu zardobda GSPG konsentrasiyasini oshishiga olib keladi. Etinilestradiolning taqsimlanishi 5-18 l/kg ni tashkil etadi.

Metabolizmi

Etinilestradiol asosan aromatik gidroksillash yo‘li bilan metabolizmga uchraydi, biroq bunda ko‘p miqdorda gidroksil va metilli metabolitlar hosil bo‘ladi, ular orasida glyukuronidlar va sulfatlar bilan birikkan kon‘yugatlar kabi erkin metabolitlar mavjud.

Metabolik klirensning tezligi taxminan 3-15 ml/min/kg ni tashkil qiladi.

Chiqarilishi

Etinilestradiolning darajasi zardobda ikkifazali kamayishga uchraydi, yarim chiqarilish davri terminal fazada taxminan 16-24 soatni tashkil etadi. Faqat metabolitlar shaklida chiqariladi, siydik va safro bilan chiqarilish nisbati 2:3 ni tashkil qiladi. Metabolitlarni yarim chiqarilish davri taxminan 1 sutkani tashkil etadi.

Muvozanatli konsentrasiyasi

Muvozanatli konsentrasiyasiga 3-4 kundan so‘ng erishiladi, bu vaqt davomida etinilestradiol qon zardobida bir marta qabul qilinganga nisbatan 20% ga oshadi.

 

5.3 Xavfsizligi bo‘yicha klinikaoldi tadqiqotlari

Preparatni umumiy o‘zlashtira olinishini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlarda uzoq vaqt davomida qabul qilinganda, odam uchun kutilmagan xavfni ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hech qanday holatlar kuzatilmagan.

Preparatning zaharliligini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlarida, odamda uni uzoq vaqt davomida terapevtik dozada qo‘llanilganda preparatning onkogen ta‘siri kuzatilmagan. Biroq, jinsiy steroidlar gormonga bog‘liq to‘qimalar va o‘smalarni o‘sishini rivojlantirishini hisobga olish lozim.

Etinilestradiolning embrotoksikligi va teratogenligini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar, shuningdek faol moddalarning fiksasiyalangan majmualarini homilador hayvonlarga, fertillikka, homilani rivojlanishiga, laktasiyaga va avlodning reproduktiv faoliyatiga ta‘sirini baholash, tavsiya qilingan qo‘llanganda odamda noxush holatlarni rivojlanish xavfini ko‘rsatuvchi hech qanday ma‘lumotlar aniqlanmagan. Homiladorlik yuz berganidan keyin preparatni behosdan qabul qilinganda kontraseptivni qabul qilishni darhol to‘xtatish lozim.

In vitro va in vivo tadqiqotlarda etinilestradiol va gestodenning mutagen ta‘siridan dalolat beruvchi xech qanday ma‘lumotlar aniqlanmagan.

Yordamchi moddalar

Tabletka yadrosi: natriy kalsiy edetati, magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, povidon, makkajo‘xori kraxmali, laktoza monogidrati.

Qobig‘i: D+S sariq №10 (Ye104), povidon, titan dioksidi (Ye 171), makrogol 6000, talk, kalsiy karbonat, saxaroza.