Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Лигнова Лакто

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Лигнова Лакто ТАБЛЕТКА №30

22 990 so'mdan
(1455)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
REMEDY GROUP
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta’sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilar bilan o‘zaro ta’siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli

Tabletkalar

Farmakologik xususiyatlari

Preparatning farmakologik ta’siri tarkibiga kiruvchi faol komponentlar – lignin va laktulozaning xususiyatlari bilan bog‘liq.

Gidrolizlangan lignin – yog‘och komponentlari gidrolizining mahsulotlaridan tashkil topgan tabiiy enterosorbent, yuqori sorbsiyalovchi (yutuvchi) faollikka va nospesifik dezintoksikasion ta’sirga ega. Ichakda patogen bakteriyalarni va bakterial toksinlarni, dori preparatlarini, og‘ir metall tuzlarini, alkogolni, allergenlarni, shuningdek modda almashinuvining ayrim oshiqcha mahsulotlarni, shu jumladan bilirubin, xolesterin, gistamin, serotonin, mochevina, endogen toksikozni rivojlanishi uchun mas’ul bo‘lgan boshqa metabolitlarni bog‘laydi va organizmdan chiqaradi.

Zaharli emas, so‘rilmaydi, ichakdan 24 soat davomida to‘liq chiqariladi.

Laktuloza – sintetik disaxarid, uning molekulasi galaktoza va fruktoza qoldiqlaridan tashkil topgan. Laktuloza me’dada va ichakning yuqori bo‘limlarida so‘rilmaydi va gidrolizga uchramaydi. Tabletkadan yo‘g‘on ichakda substrat sifatida ajralib chiqqan laktuloza, bifidobakteriyalar va laktobasillalarni o‘sishini rag‘batlantirib, ichakning normal mikroflorasi tomonidan fermentlanadi. Laktulozani yo‘g‘on ichakdagi gidrolizi natijasida, patogen mikroorganizmlarini o‘sishini susaytiruvchi va buning oqibatida azot saqlovchi toksik moddalarni xosil bo‘lishini kamaytiruvchi organik – sut, sirka va chumoli kislotalari hosil bo‘ladi. Ta’riflangan jarayon yo‘g‘on ichak ichida osmotik bosimni oshishiga va peristal’tikani rag‘batlantirilishiga olib keladi.

Preparatni majmuaviy ta’siri yo‘g‘on ichakning mikrobiosenozini me’yorlashuviga va endogen toksik holatlarining jadalligini pasayishiga yo‘naltirilgan.

Qo‘llanilishi

Ichak mikroflorasini buzilishi, shu jumladan antibiotikoterapiya natijasidagi; ta’sirlangan ichak sindromini, gepatitlar va jigar sirrozini, allergik kasalliklarni (atopik dermatit, eshakemi) majmuaviy davolash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, zarurati bo‘lganida – ovqatdan va boshqa dori vositalarini qabul qilishdan bir soat oldin oldindan maydalab, suv bilan ichiladi.

  • kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – 2-3 tabletkadan kuniga 3 marta,
  • 8 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 1-2 tabletkadan kuniga 3 marta,
  • 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 1 tabletkadan kuniga 3 marta,
  • 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 1/2 tabletkadan kuniga 3 marta buyuriladi.

Davolash kursining o‘rtacha davomiyligi -2-3 hafta.

Preparatni uzoq ishlatilishi va davolashni qayta kurslari faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha o‘tkazilishi kerak.

Nojo‘ya ta’sirlari

Preparatning komponentlariga allergik reaksiyalar, kam hollarda – meteorizm, diareya bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik, ichak tutilishi, me’da-ichakdan qon ketishlari, galaktozemiya. Prepartni me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayishida, ichak atoniyasida ishlatish maqsadga muvofiq emas.

Dorilar bilan o‘zaro ta’siri

Ichga bir vaqtda qabul qilinayotgan ayrim preparatlarning davolash samarasini pasayishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni boshqa dori preparatlari bilan alohida qabul qilish qoidasiga rioya qilgan holda majmuaviy davolashda ishlatish mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: qabziyat, qorinda og‘riqlar kuzatilishi mumkin.

Davolash: preparatni qabul qilishni to‘xtatish lozim.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalardan asrang!

Yaroqlilik muddati

3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz beriladi.