Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ЛЕВОМИЦЕТИН ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ЛЕВОМИЦЕТИН ТАБЛЕТКА 500МГ №10

5 000 so'mdan
(3882)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
CHLORAMPHENICOL
Ishlab chiqaruvchi
REMEDY GROUP
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.

Dori shakli: 

tabletkalar

 

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: levometsitin 500 mg

yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, kalsiy stearati yoki stearin kislotasi

 

Taʼrifi: 

oq yoki och sariq–yashil tusli oq rangli tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Antibiotiklar (xloramfenikol guruhi).

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Streptomyces Venezuelae mikroorganizmining hayot faoliyatini mahsuloti boʻlgan, tabiiy antibiotikka oʻxshash, sintetik modda. Keng taʼsir doirasiga ega. Preparatga koʻpgina grammanfiy tayoqchalar (ichak tayoqchasi, salmonellalar, enterobakteriyalar, klebsiyellalar, sitobakteriyalar, protey, shigellalar) yuqori sezuvchan. Koʻpchilik grammusbat (stafilokokklar, streptokokklar) va grammanfiy kokklar (gonokokklar, meningokokklar), rikketsiyalarga, spiroxetalarga, xlamidiylarga va ayrim yirik viruslarga (traxoma, psittakoz, venerik limfogranulemani qoʻzgʻatuvchilari va boshqalarga) nisbatan samarali; penitsillin, streptomitsin, sulfanilamidlarga chidamli bakteriyalarning shtammlariga taʼsir qiladi. Mikroorganizmlarning preparatga chidamliligi nisbatan sekin rivojlanadi.

Preparat kislotaga chidamli bakteriyalar (shu jumladan mikobakteriyalarga), koʻk yiring tayoqchalar, anaeroblar va soddalarga nisbatan deyarli samarasiz.

Odatdagi dozalarda bakteriostatik taʼsir qiladi. Antimikrob taʼsirining mexanizmi uning ribosomalarga taʼsiri va mikroorganizmlar oqsilining sintezini buzilishi bilan bogʻliq.

 

Farmakokinetikasi

Preparat ichga qabul qilinganda meʼdaichak yoʻllaridan tez va deyarli toʻliq soʻriladi. Davolovchi dozani bir marta qabul qilinganidan keyin qondagi maksimal konsentratsiyasiga (Smax) taxminan 23 soatdan soʻng erishiladi, keyinchalik pasayishi bilan 56 soat davomida saqlanadi. Biokiraolishligi 7590% tashkil qiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bogʻlanishi 5060%.

Preparat organizmning toʻqima va suyuqliklariga oson oʻtadi, gematoensefalik va yoʻldosh toʻsiqlari orqali oʻtadi, koʻkrak sutiga kiradi.

Asosiy miqdori jigarda biotransformatsiyaga uchraydi. Asosan siydik bilan nofaol metabolitlar koʻrinishida, qisman oʻtsafro va axlat bilan ajratib chiqariladi. Preparatning yarimchiqarilish davri (T1/2) 2,55 soatni tashkil etadi. Buyrak va jigar yetishmovchiligida T1/2 uzayadi.

 

Qoʻllanilishi

Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infeksion kasalliklarni (qorin va toshmali tifi, paratif, salmonellyozlarning tarqalgan shakllari, dizenteriya, brutsellyoz, tulyaremiya, xlamidioz, koʻkyoʻtal va rikketsiozlar, traxoma, gonoreya, turli etiologiyali pnevmoniyalar, meningit, sepsis, osteomiyelit, kuydirgi, gazli gangrena, bosh miyaning abssessi, kichik chanoq azolarining infeksiyalarini) davolashda qoʻllanadi.

Aralash aerob va anaerob infeksiyalarda preparat aminoglikozid – antibiotiklar bilan birga qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Ichga, ovqatdan 30 minut oldin, koʻngil aynishi yoki qusish holatida – ovqatdan 1 soat keyin qabul qilinadi.

Preparatning dozasi kasallikning turi va ogʻirligiga qarab, shifokor tomondan shaxsiy ravishda belgilanadi.

Kattalar uchun bir martalik doza 0,250,5 g; sutkalik – 2,0 g; oʻta ogʻir holatlarda (qorin tifi va boshqalarda) – 4 g gacha (shifokorning qatʼiy kuzatuvi va  periferik qon manzarasi va buyrak funksiyasini nazorati ostida). Sutkalik doza 34 marta qabul qilishga boʻlinadi. 1 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun bir martalik doza – 1015 mg/kg tana vazniga, 38 yoshlibolalar uchun – 0,150,2 g dan; 8 yoshdan katta bolalar uchun – 0,20,3 g dan; sutkada 34 marta qoʻllanadi. Davolash kursi 710 kun (koʻrsatmalarga koʻra, yaxshi oʻzlashtira olinishida – 2 haftagacha).

 

Nojoʻya taʼsirlari

Koʻngil aynishi, qusish, diareya, ogʻiz boʻshligʻi, tomoq shilliq qavatlarini yalligʻlanishi; alohida hollarda  jigarni shikastlanishi; trombotsitopeniya, retikulotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitozgacha boradigan granulotsitopeniya, ogʻir hollarda  aplastik anemiya, disbakterioz, ikkilamchi zamburugʻli infeksiya, kam hollarda allergik reaksiyalar, teri toshmasi, eshakemi, orqa teshik atrofida toshma; angionevrotik shish, bosh ogʻrigʻi, depressiya, ongni oʻzgarishi, deliriy, koʻrish va eshitish gallyutsinatsiyalari, koʻz soqqasining parezi, taʼm bilishni buzilishi; juda kam hollarda – koʻruv va periferik nervlarning nevriti boʻlishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatga, shuningdek tiamfenikol va azidamfenikolga yuqori sezuvchanlik; qon yaratish aʼzolarining kasalliklari (qon yaratilishini susayishi, anemiya, leykopeniya va/yoki trombotsitopeniya), oʻtkir intermittirlanuvchi porfiriya, jigar va buyrak funksiyasini yaqqol buzilishlari; glyukozo6fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi; teri kasalliklari (psoriaz, ekzema, zamburugʻli kasalliklar), 1 yoshgacha boʻlgan bolalar; nur bilan davolash bilan birga, homiladorlik va emizish davrida qoʻllanilmaydi.

Preparat shuningdek infeksion jarayonining yengil shakllari (ayniqsa bolalar amaliyotida), oʻtkir respirator kasalliklar, angina va profilaktik maqsadlarda buyurilmaydi.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Birga qoʻllash mumkin boʻlmagan preparatlar: sulfanilamidlar, pirazolon hosilalari, fenotiazin, fenilbutazon, difenilgidantoin, sitostatiklar, penitsillinlar, sefalosporinlar, eritromitsin va boshqa shunga yaqin antibiotiklar. Nur bilan davolash bilan birga qoʻllash mumkin emas.

Preparatni kontratseptiv vositalar, barbituratlar va boshqa dori preparatlari (difenin, neodikumarin, paratsetamol, antikoagulyantlar, temir, V12 vitamini, tutqanoqni davolashda qoʻllanadigan preparatlar va boshqalar) bilan birga qoʻllanishi uning taʼsirini pasayishiga olib keladi. Qonda qand miqdorini kamaytiruvchi sulfanilamid preparatlar bilan birga qoʻllanganida gipoglikemik komaga olib kelishi mumkin.

Alkogol bilan birga qoʻllanganda disulfiramsimon reaksiya (terini qizarishi, taxikardiya, koʻngil aynishi, reflektor yoʻtal, titroq) paydo boʻlishi mumkin.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Ichga qabul qilinganda periferik qon manzarasini muntazam nazorat qilish zarur. Avtomobilni boshqaruvchi patsiyentlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan qoʻllash tavsiya qilinadi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: psixomotor buzilishlar: ongni chalkashuvi, koʻrish va eshitish gallyutsinatsiyalari, koʻrish va eshitish oʻtkirligini pasayishi, dispeptik holatlar (koʻngil aynishi, qusish, qabziyatlar), ogʻiz, xalqum, jinsiy aʼzolarni, anusni (orqa chiqaruv teshigini) taʼsirlanishi, teri toshmalari koʻrinishdagi allergik reaksiyalar boʻlishi mumkin, ular preparat bekor qilinganidan keyin yoʻqoladi.

Davolash: simptomatik davolash.

 

Chiqarilish shakli

Tabletkalar 500 mg dan konturuyali va konturuyasiz oʻramlarda.