Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Левофлоксацин РАСТВОР

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Левофлоксацин РАСТВОР ДЛЯ ИНФУЗИИ 100МЛ №1

7 000 so'mdan
(4486)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
КИТАЙ
Chiqarilish shakli
Р-Р Д/ИНФ
Farma. Guruh
Антибактериальные средства
Dori tafsilotlari
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Dori shakli: 
Bir butilkaning tarkibi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Qoʻllashning oʻziga xosligi
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Taʼrifi:

 tiniq, sargʻish-yashil rangli suyuqlik.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Tizimli qoʻllash uchun mikroblarga qarshi preparatlar. Antibakterial preparatlar – xinolon hosilalari. Ftorxinolonlar.

 

 

 

Dori shakli: 

5 mg/ml infuziya uchun eritma

 

Bir butilkaning tarkibi:

Faol modda: levofloksatsin (levofloksatsin gemigidrati koʻrinishida) – 500,0 mg;

Yordamchi moddalar: natriy xloridi, natriy edetati, inyeksiya uchun suv.

 

Farmakologik xususiyatlari

Ftorxinolonlar guruhiga mansub mikroblarga qarshi preparat. Keng antibakterial (bakteritsid) taʼsir doirasiga ega.

Preparat mikroorganizmlarning quyidagi shtammlariga nisbatan faol:

– aerob grammusbat bakteriyalar: Sorynebacterium diphtheriae, Enterococcus faecalis, Listeria monocytogenes, Staphylococcus aureus, Staphylococcus epidermidis, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae, Viridans group streptococci; 

– aerob grammanfiy bakteriyalar: Acinetobacter spp. (shu jumladan Acinetobacter baumanii, Acinetobacter calcoaceticus, Acinetobacter anitratus), Acinobacilus actinomycetemcomitans, Bordetella pertussis, Citrobacter freundii, Citrobacter diversus, Eikenella corrodens, Enterobacter cloacae, Enterobacter aerogenes, Enterobacter agglomerans, Enterobacter sakazakii, Escherichia coli, Gardenella vaginalis, Haemophilus ducrey, Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Klebsiella pneumoniae, Klebsiella oxytoca, Legionella pneumoniae, Moraxella catarrhalis, Morganella morganii, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitides, Pasteurella dogmatis, Pasterella multocida, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Providencia stuartii, Providencia retgeri, Pseudomonas aeruginosa, Pseudomonas fluorescens, Salmonella spp., Serratia spp. (shu jumladan Serratia marcescens);

– anaerob grammusbat bakteriyalar: Clostridium perfringens, Peptostreptococcus, Propionibacterium spp.;

– anaerob grammanfiy bakteriyalar: Bacteroides fragillis, Bartonella spp. Bifidobacterium spp., Fusobacterium spp., Veillonella spp.;

– hujayra ichki parazitlar: Chlamydia pneumoniae, Chlamydia psittaci, Chlamydia trachomatis, Mycoplasma pneumoniae

 

Qoʻllanilishi

Kattalarda levofloksatsinga sezgir quyidagi bakterial infeksiyalarni davolashda qoʻllanadi: shifoxonadan tashqari pnevmoniya, shu jumladan bakteriyemiya bilan kechuvchi, prostatit, oʻtkir piyelonefrit, oʻt chiqarish yoʻllarining infeksiyalari, kuydirgi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Dori vositasi vena ichiga asta-sekin tomchilab yuboriladi. Keyinchalik xuddi shu dozada peroral qabul qilishga oʻtish mumkin. Levofloksatsin 500 mg/100 ml eritmasining 1 butilkasini infuziya qilish davomiyligi kamida 60 minutni va levofloksatsin
250 mg/50 ml ni infuziya qilinganda esa, hech boʻlmaganda 30 minutni tashkil qilishi lozim. Kasallikni kechishiga tayanilgan davolash davomiyligi koʻpi bilan 14 kunni tashkil qilishi lozim. Boshqa antibiotiklarni qoʻllanganda boʻlgani kabi, ushbu dori vositasi bilan davolashni, tana harorati normallashganidan keyin yoki qoʻzgʻatuvchi ishonchli ravishda yoʻqotilganidan keyin kamida 48-72 soat davomida davom ettirish tavsiya etiladi.

Buyrak faoliyati normal (kreatinin klirensi >50 ml/minut) boʻlgan kattalarda levofloksatsinni dozalash tartibi:

– Shifoxonadan tashqari pnevmoniya: 500 mg sutkada 1-2 marta.

– Prostatit: 500 mg sutkada 1 marta.

– Oʻtkir piyelonefrit: 500 mg sutkada 1 marta.

– Oʻt chiqarish yoʻllari infeksiyasi: 500 mg sutkada 1 marta. Oʻt chiqarish yoʻllarining aralash aerob-anaerob infeksiyasiga shubha tugʻilganda levofloksatsinni nitroimidazol guruhiga mansub antibakterial vositalar bilan birga qoʻllash mumkin.

– Kuydirgi: levofloksatsin parenteral ravishda – 500 mg ni sutkada 1 marta infuziya, keyinchalik patsiyentning holati barqarorlashganida 500 mg ni sutkada 1 marta peroral qabul qilishga oʻtiladi. Davolash davomiyligi 8 haftani tashkil qiladi.

Buyrak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlar:

Dozalash tartibi:

Kreatinin klirensi

250 mg/24 soat.

500 mg/24 soat.

500 mg/12 soat.

birinchi doza:

250 mg

birinchi doza:

500 mg

birinchi doza:

500 mg

minutiga 50-20 ml.

soʻngra: 24 soatda 125 mg dan.

soʻngra: 24 soatda 250 mg dan.

soʻngra: 12 soatda 250 mg dan.

minutiga 19-10 ml.

soʻngra: 48 soatda 125 mg dan soat.

soʻngra: 24 soatda 125 mg dan.

soʻngra: 12 soatda 125 mg dan.

<10 ml/min.

(shu jumladan gemodializ va PAPD*)

soʻngra: 48 soatda 125 mg dan.

soʻngra: 24 soatda 125 mg dan.

soʻngra: 24 soatda 125 mg dan.

* gemodializ yoki doimiy ambulator peritoneal dializ (DAPD) dan keyin qoʻshimcha dozalarni yuborish talab etilmaydi.

Jigar yoki buyrak faoliyatini buzilishi boʻlgan shaxslarda dozalash tartibi nuqtai nazaridan dori vositasini qoʻllash usuli: jigar faoliyatini buzilishida dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Keksa yoshdagi patsiyentlarda, buyrak faoliyatini buzilishi tufayli dozaga tuzatish kiritilgan hollardan tashqari hollarda dozaga tuzatish zarurati yoʻq.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Allergik reaksiyalar:  baʼzida – terini qichishishi va qizarishi; kam – anafilaktik yoki anafilaktoid reaksiyalar (eshakemi, yuzni shishi kabi simptomlar bilan namoyon boʻladigan), juda kam hollarda – AB ni toʻsatdan pasayishi va shok; ayrim hollarda – Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi) va eksudativ koʻp shaklli eritema.

Mahalliy reaksiyalar: vena ichiga yuborilganida – yuborish joyida ogʻriq va yalligʻlanishi, belda va koʻkrakda ogʻriq, koʻp terlash.

Teri va shilliq qavatlar tomonidan: kam hollarda – fotosensibilizatsiya.

Nerv tizimi tomonidan: baʼzida – bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, toliqish, taʼm sezishni buzilishi; kam hollarda – qoʻl-barmoqlarda paresteziyalar, qaltirash, bezovtalik, qoʻrquv hissi, tirishish xurujlari va ongni chalkashishi; juda kam hollarda – koʻrishni va eshitishni buzilishi, taʼm sezish va hid bilishni buzilishi, taktil sezuvchanlikni pasayishi, diqqatni jamlashni pasayishi, gallyutsinatsiyalar va depressiyalar kabi psixotik reaksiyalar, koordinatsiyani buzilishi (shu jumladan yurgan vaqtda).

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – koʻngil aynishi, diareya (juda kam hollarda qon aralash, bu ichakni yalligʻlanishi yoki soxtamembranoz kolitning belgilari boʻlishi mumkin), baʼzida – ishtahani yoʻqolishi, qusish, qorin ogʻriqlari, ovqatni hazm boʻlishini buzilishi, kam hollarda – ogʻizni qurishi, meʼda-ichakdan qon ketishlari; juda kam hollarda – jigar faoliyatini buzilishi (gepatit, xolelitiaz).

Qon yaratish aʼzolari tomonidan: baʼzida – eozinofiliya, leykopeniya; kam hollarda – neytropeniya, trombotsitopeniya (qon quyilishlariga yoki qon ketishiga moyillikda); juda kam hollarda – yaqqol agranulotsitoz (tana haroratini turgʻun yoki qaytalanuvchi oshishi; bodomsimon bezlarni yalligʻlanishi va holatni turgʻun yomonlashishi bilan kechuvchi); alohida hollarda – gemolitik anemiya, pansitopeniya.

Yurak-tomir tizimi tomonidan: kam hollarda – taxikardiya, gipotenziya va gipertenziya; juda kam hollarda – kardiogrammada QT intervalni uzayishi, qon tomiri kollapsi, yurak qorinchalarini titrashi – lipillashi.

Suyak-mushak tizimi tomonidan: kam hollarda – paylarni shikastlanishi (shu jumladan tendinit), boʻgʻim va mushak ogʻriqlari; juda kam hollarda – axillov payini uzilishi (ikki tomonlama xarakterga ega va davolash boshlanganidan keyin 48 soat davomida namoyon boʻladi), mushak kuchsizligi (miasteniyali bemorlar uchun muhim ahamiyatga ega); alohida hollarda – rabdomioliz.

Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: baʼzida – vaginit, juda kam hollarda – buyraklar faoliyatini oʻtkir buyrak yetishmovchiligigacha yomonlashishi (masalan, allergik reaksiyalar oqibatida – interstitsial nefrit).

Boshqalar: baʼzida – asteniya; juda kam hollarda – gipoglikemiya, isitma, allergik pnevmonit, vaskulit.

Laboratoriya koʻrsatkichlari: baʼzida – ALT, AST faolligini oshishi, qon zardobida kreatinin darajasini oshishi; kam hollarda – LDG oshishi, glyukoza miqdorini oshishi yoki kamayishi kuzatilishi mumkin.

 

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Levofloksatsinga yoki boshqa xinolonlarga oʻta yuqori sezuvchanlik; tutqanoq, anamnezdagi xinolonlarni qabul qilish bilan bogʻliq paylarni shikastlanishi; homiladorlik, laktatsiya davri, bolalar va 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarda qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Agar Siz sizda yurak ritmini oʻzgartirishi mumkin boʻlgan boshqa dori vositalarni: antiaritmik dori vositalar (xinidin, gidroxinidin, dizopiramid, amiodaron, sotalol, dofetilid, ibutilid), tritsiklik antidepressantlar, makrolidlar guruhiga mansub ayrim mikroblarga qarshi preparatlar, ayrim neyroleptiklarni qabul qilayotgan boʻlsangiz, Siz shifokorga xabar berishingiz lozim.

Fenbufen bilan va unga oʻxshash nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar, teofillin bilan majmuaviy davolashda, preparat tirishishga tayyorlik boʻsagʻasini pasaytirishi mumkin.

Sukralfat temir tuzlari va alyuminiy saqlovchi antatsid vositalari levofloksatsinning samarasini kamaytiradi (preparatlarni qabul qilish orasidagi interval kamida 2 soatni tashkil qilishi lozim).

Varfarin bilan bir vaqtda qoʻllanganida protrombin vaqti va qon ketishining xavfi oshadi (MNO, protrombin vaqti va koagulyatsiyaning boshqa koʻrsatkichlarini sinchkov chuqur monitoringi), shuningdek qon ketishini mumkin boʻlgan belgilarini  monitoringi zarur).

Simetidin va probensidning taʼsiri ostida Levofloksatsinni chiqarilishi biroz sekinlashadi. Levofloksatsin qon plazmasidan siklosporinning T1/2 biroz oshishini chaqiradi.

Glyukokortikoidlar paylarni uzilish xavfini oshiradi (ayniqsa keksalarda).

Alkogol markaziy nerv tizimi tomonidan nojoʻya samaralarini (bosh aylanishi, karaxtlik, uyquchanlik) kuchaytirishi mumkin.

Diabeti boʻlgan, peroral gipoglikemik vositalar yoki insulin qabul qilayotgan bemorlarda, levofloksatsinning fonida gipo- yoki giperglikemik holatlar  boʻlishi mumkin (glyukozaning qondagi darajasini sinchiklab monitoring qilish tavsiya qilinadi).

 

 

Qoʻllashning oʻziga xosligi

Agar Sizda yurak ritmini tugʻma yoki orttirilgan buzilishi (EKG da tasdiqlangan) boʻlsa; qonning elektrolit tarkibining disbalansi, ayniqsa qonda kaliy yoki magniyning darajasi past boʻlsa; yurak ritmi sekinlashgan (yaʼni bradikardiya) boʻlsa; yurak kuchsiz (yurak yetishmovchiligi) boʻlsa; anamnezda yurak xuruji (miokard infarkti) boʻlgan boʻlsa, yoki Siz EKG da patologik oʻzgarishlarga olib kelishi mumkin boʻlgan boshqa dori vositalarni qabul qilayotgan boʻlsangiz, preparatni qoʻllashni boshlashdan oldin shifokorga xabar berish kerak.

Preparatning infuzion eritmasi quyidagi eritmalar bilan mutanosib: fiziologik eritma, 5% dekstroza eritmasi, 2,5% Ringerning dekstroza bilan eritmasi, parenteral yuborish uchun majmuaviy eritmalar (aminokislotalar, karbonsuvlar, elektrolitlar). Preparatning infuzion eritmasini geparin va ishqoriy reaksiyali eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas.

Homiladorlik vaqtida va laktatsiya davrida qoʻllanilishi. Homiladorlik vaqtida va laktatsiya davrida qoʻllash mumkin emas.

 

Ehtiyotkorlik choralari

Ftorxinolonlarni, shu jumladan levofloksatsinni QT intervalini uzayishining quyidagi maʼlum omillari boʻlgan patsiyentlarda:

– QT intervalini tugʻma uzayish sindromi;

– QT intervalini uzaytiruvchi dori vositalar (masalan, IA va III sinfi antiaritmik dori vositalari, tritsiklik antidepressantlar, makrolidlar, neyroleptiklar) ni yoshdosh qoʻllanishi;

– elektrolit buzilishlar, ayniqsa muvofiqlashtirib boʻlmaydigan gipokaliyemiya, gipomagniyemiya;

– keksa yoshdagi patsiyentlar;

– yurak kasalliklari (masalan, yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti, bradikardiya) boʻlgan patsiyentlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Ilgari bosh miyani shikastlanishi boʻlgan bemorlarda (insult yoki ogʻir jarohat) tirishishlarni rivojlanishi mumkinligi tufayli ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak.

Bir vaqtda peroral gipoglikemik vositalarini (insulin yoki glibenklamid) olayotgan qandli diabeti boʻlgan patsiyentlarda preparatni qoʻllashda, levofloksatsinni gipoglikemiya chaqirishi mumkinligini hisobga olish lozim.

Teri qoplamalarini shikastlanishidan saqlanish uchun (fotosensibilizatsiya) patsiyentlarga quyosh yoki suʼniy ultrabinafsha nurlanishga (masalan, uzoq vaqt toʻgʻri quyosh nurida boʻlishi yoki solyariyga borish) duchor boʻlmaslik tavsiya qilinadi, fototoksik samaralari (teri toshmalari) paydo boʻlganida preparat bilan davolashni toʻxtatish kerak.

Glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi boʻlgan patsiyentlarda eritrotsitlarning gemolizi rivojlanishi mumkin.

Ogʻir, turgʻun qon bilan yoki qonsiz diareya paydo boʻlganida, darhol shifokorni xabardor qilish kerak. Diareya antibiotikoterapiya chaqirgan enterokolit sababi boʻlishi mumkin. Soxtamembranoz kolitga shubha boʻlganida preparatni darhol bekor qilish va muvofiq davolashni boshlash lozim. Bunday hollarda ichak motorikasini susaytiruvchi dori vositalarini qoʻllash mumkin emas.

Keksa yoshli patsiyentlarda preparatni qoʻllash tendinitni rivojlanishga (eng avvalo axillov paylarini) va ularni uzilishiga olib kelishi mumkin. Tendinitga shubha boʻlganida preparatni bekor qilish va shikastlangan paylarni, ularning immobilizatsiyasini taʼminlab, davolashni boshlash lozim.

Levofloksatsinni miasteniyasi boʻlgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak.

Preparat tuberkulyoz mikobakteriyalarini oʻsishini susaytirishi (ingibirlashi) va tuberkulyozning bakteriologik diagnostikasida soxta manfiy reaksiya berishi mumkin.

Davolanish vaqtida alkogolni isteʼmol qilishdan saqlanish kerak.

Avtomobilni va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri: davolash davrida bosh aylanishi, uyquchanlik, tanglik va koʻrishni buzilishini paydo boʻlishi mumkinligi tufayli, avtomobil va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarishdan saqlanish kerak, chunki psixomotor reaksiyalarning tezligini sekinlashishi va diqqatni jamlashni pasayishi mumkin.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ongni chalkashishi, bosh aylanishi va tirishish xurujlari, koʻngil aynishi, shilliq qavatlarini eroziv shikastlanishi.

Davolash: simptomatik davolash (spetsifik antidoti yoʻq), dializ orqali chiqarilmaydi. QT intervalni uzayishi mumkinligi tufayli, EKG monitoringini oʻtkazish lozim.

 

Chiqarilish shakli

100 ml dan butilkalarda oʻramga joylangan № 1, № 56.

 

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 5oS dan 25oS gacha haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.