Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ЛЕВОФЛОКСАЦИН КАПСУЛА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ЛЕВОФЛОКСАЦИН КАПСУЛА 500МГ №10

16 000 so'mdan
(1469)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
LEVOFLOXACIN
Ishlab chiqaruvchi
УЗБЕКИСТАН
Chiqarilish shakli
КАПС
Farma. Guruh
Антибиотики
Dori tafsilotlari
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Dori shakli: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Tarkibi:

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: Levofloksatsin gemigidrati – 250 mg.

Yordamchi moddalar: laktoza, kartoshka kraxmali, magniy stearati yoki kalsiy stearati.

 

Taʼrifi: 

Kapsula tarkibi – och sargʻishdan to sariq rangligacha boʻlgan  granula va kukun aralashmasi. Kapsulalar oq/oq yoki oq/qizil rangli.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 Antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruhi).

 

Dori shakli: 

Kapsulalar.

 

Farmakologik xususiyatlari

Ftorxinolonlar guruhiga mansub mikroblarga qarshi preparatdir. Keng antibakterial (bakteritsid) taʼsir doirasiga ega.

Preparat mikroorganizmlarning koʻpchilik shtammlariga nisbatan faol:

– aerob grammusbat bakteriyalar: Sorynebacterium diphtheriae, Enterococcus faecalis, Listeria monocytogenes, Staphylococcus aureus, Staphylococcus epidermidis, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae, Viridans group streptococci; 

– aerob grammanfiy bakteriyalar: Acinetobacter spp. (shu jumladan Acinetobacter baumanii, Acinetobacter calcoaceticus, Acinetobacter anitratus), Acinobacilus actinomycetemcomitans, Bordetella pertussis, Citrobacter freundii, Citrobacter diversus, Eikenella corrodens, Enterobacter cloacae, Enterobacter aerogenes, Enterobacter agglomerans, Enterobacter sakazakii, Escherichia coli, Gardenella vaginalis, Haemophilus ducrey, Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Klebsiella pneumoniae, Klebsiella oxytoca, Legionella pneumoniae, Moraxella catarrhalis, Morganella morganii, Heisseria gonorrhoeae, Heisseria meningitides, Pasteurella dagmatis, Pasterella multocida, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Providencia stuartii, Providencia retgeri, Pseudomonas aeruginosa, Pseudomonas fluorescens, Salmonella spp., Serratia spp. (shu jumladan Serratia marcescens);

– anaerob grammusbat bakteriyalar: Clostridium perfringens, Peptostreptococcus, Propionibacterium spp.;

– anaerob grammanfiy bakteriyalar: Bacteroides fragillis, Bartonella spp. Bifidobacterium spp., Fusobacterium spp., Veillonella spp.;

– hujayra ichki parazitlar: Chlamydia pneumoniae, Chlamydia psittaci, Chlamydia trachomatis, Mycoplasma pneumonia

 

Qoʻllanilishi

– Streptococcus pneumoniae, Haemophilus influenzae, Moraxella catarrhalis chaqirgan oʻtkir sinusit, oʻrta otit

– Bakterial infeksiyalar (Staphylococcus aureus, Streptococcus pneumoniae, Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Moraxella catarrhalis) bilan bogʻliq boʻlgan surunkali bronxitning zoʻrayishi

– kasalxonadan tashqari pnevmoniya;

– Streptococcus aereus, Streptococcus pyogenes chaqirgan teri va yumshoq toʻqimalarning asoratlanmagan infeksiyalari (yengil va oʻrtacha ogʻirlik darajasidagi), shu jumladan abssess, flegmona, furunkul, impetigo, piodermiya, jarohat infeksiyalari

– Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae, Starhilococcus saprophyticus chaqirgan siydik-chiqarish yoʻllarining asoratlanmagan (yengil va oʻrtacha ogʻirlik darajadagi) infeksiyalari;

– Enterococcus faecalis, Enterobacter cloacae, Escherichia coli, Klebsiella pneeumoniae, Proteus mirabilis, Pseudomonas aeruginosa chaqirgan – siydik-chiqarish yoʻllari va buyrakning asoratlangan infeksiyalari (yengil va oʻrtacha ogʻirlik darajadagi).

– Chlamydia pneumoniae, Chlamydia psittaci, Chlamydia trachomatis chaqirgan urogenital xlamidioz

– Escherichia coli chaqirgan oʻtkir piyelonefrit (yengil va oʻrtacha ogʻirlik darajasidagi).

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Levofloksatsin ichga buyuriladi, doza infeksiyaning ogʻirlik darajasini hisobi bilan belgilanadi. Kapsulalarni chaynamasdan, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan (0,5 dan 1 stakangacha) ovqatdan oldin yoki ovqatlanish orasidagi har qanday vaqtda qabul qilinadi. Levofloksatsinning kattalar va 16 yosh va undan oshgan oʻsmirlar uchun odatdagi dozasi har 24 soatda 250-500 mg ni tashkil qiladi. Davolash davomiyligi kasallikni kechishiga bogʻliq va u 14 kundan oshmasligi kerak.

Buyrak faoliyati meʼyorida yoki oʻrtacha pasaygan patsiyentlarga (kreatinin klirensi >50 ml/min) preparatning quyidagi dozalash tartibi tavsiya qilinadi:

Sinusit (burunning yon boʻshliqlarini yalligʻlanishi) – 2 kapsuladan kuniga 1 marta, 10-14 kun davomida.

Surunkali bronxitni zoʻrayishi – 1 yoki 2 kapsuladan kuniga 1 marta, 7-10 kun davomida.

Kasalxonadan tashqari pnevmoniya – 2 kapsuladan kuniga 1-2 marta, 7-14 kun davomida.

Siydik-chiqarish yoʻllarining asoratlangan infeksiyalari, shu jumladan piyelonefrit – 1 kapsuladan kuniga 1 marta, 7-10 kun davomida.

Teri va yumshoq toʻqimalarining infeksiyalari: 1 yoki 2 kapsuladan kuniga 1-2 marta, 7-14 kun davomida.

Levofloksatsin asosan buyrak orqali chiqariladi, shuning uchun buyrak faoliyatini buzilishi boʻlgan patsiyentlarni davolashda, shuningdek gemodializ yoki doimiy ambulator peritoneal dializni oʻtkazishda (DAPD) preparatni qoʻllash mumkin emas. Jigar faoliyatini buzilishi boʻlgan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi, chunki levofloksatsin jigarda oz miqdorda metabolizmga uchraydi. Buyrak faoliyati meʼyorida boʻlgan keksa yoshdagi patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Tavsiya qilingan dozalash tartibiga qatʼiy rioya qilish kerak. Preparatni qoʻllashni tana harorati meʼyorlashganidan keyin 2-3 kun davomida davom ettirish tavsiya qilinadi. Preparat bilan davolanishni mustaqil uzish yoki muddatidan oldin toʻxtatishga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

 

Nojoʻya taʼsirlari

Allergik reaksiyalar: baʼzida – terini qichishishi va qizarishi; kam hollarda– anafilaktik va anafilaktoid reaksiyalar (eshakemi, yuzni shishi, fotosensibilizatsiya kabi belgilar bilan namoyon boʻladigan), juda kam hollarda – AB ni toʻsatdan pasayishi va shok; alohida hollarda – Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi) va ekssudativ koʻp shaklli eritema.

Nerv tizimi tomonidan: baʼzida – bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, toliqish, taʼm sezishni buzilishi; kam hollarda – qoʻl-panjalarida paresteziyalar, qaltirash, bezovtalik, qoʻrquv hissi, tirishish xurujlari va ongni chalkashishi; juda kam hollarda – koʻrishni va eshitishni pasayishi, taʼm va hid bilishni buzilishi, taktil sezuvchanlikni pasayishi, diqqatni jamlashni buzilishi, gallyutsinatsiyalar va depressiyalar kabi psixotik reaksiyalar, koordinatsiyani buzilishi (shu jumladan, yurishdagi), tutqanoq xurujlari (moyilligi boʻlgan patsiyentlarda).

Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – koʻngil aynishi, diareya (juda kam hollarda qon bilan, bu ichakni yalligʻlanishi yoki soxtamembranoz kolitning belgilari boʻlishi mumkin), baʼzida – ishtahani yoʻqolishi, qusish, qorinda ogʻriqlar, ovqat hazm boʻlishini buzilishi, kam hollarda – ogʻizni qurishi, meʼda-ichakdan qon ketishlar; juda kam hollarda – jigar faoliyatini buzilishi (gepatit, xolelitaz).

Qon-yaratish aʼzolari tomonidan: baʼzida – eozinofiliya, leykopeniya; kam hollarda– neytropeniya, trombotsitopeniya (qon quyilishlariga yoki qon ketishiga moyillikda); juda kam hollarda – yaqqol agranulotsitoz (tana haroratini turgʻun yoki qaytalanuvchi oshishi, bodomsimon bezlarni yalligʻlanishi va holatining turgʻun yomonlashuvi bilan birga kechadigan); alohida hollarda – gemolitik anemiya, pansitopeniya.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kam hollarda – taxikardiya, gipotenziya va gipertenziya; juda kam hollarda – kardiogrammada QT intervalini uzayishi, tomir kollapsi, qorinchalarni lipillashi-xilpillashi.

Suyak-mushak tizimi tomonidan: kam hollarda – paylarni shikastlanishi (shu jumladan, tendinit), boʻgʻim va mushak ogʻrigʻi; juda kam hollarda – axillov payini uzilishi (ikki tomonlama xarakterga ega va davolash boshlanganidan keyin 48 soat davomida namoyon boʻladi), mushak zaifligi (miasteniyasi boʻlgan bemorlar uchun muhim ahamiyatga ega); alohida hollarda – rabdomioliz.

Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: baʼzida – vaginit, juda kam hollarda – buyrak faoliyatini, xatto oʻtkir buyrak yetishmovchiligiga yomonlashishi (masalan, allergik reaksiyalar oqibatidagi – interstitsial nefrit).

Boshqalar: baʼzida – asteniya; koʻp terlash; juda kam hollarda – gipoglikemiya, isitma, allergik pnevmonit, vaskulit.

Laboratoriya koʻrsatkichlari: baʼzida – ALT, AST faolligini oshishi, kreatininning qon zardobidagi miqdorini oshishi; kam hollarda – LDG ni oshishi, glyukozaning miqdorini oshishi yoki kamayishi.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Levofloksatsinga yoki boshqa xinolonlarga oʻta yuqori sezuvchanlik; tutqanoq, anamnezidagi xinolonlarni qabul qilish bilan bogʻliq boʻlgan paylarni shikastlanishi; buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 50 ml dan kam), glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi, gemodializni oʻtkazish, homiladorlik, laktatsiya davri, bolalar va 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarda qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Fenbufen va unga oʻxshash nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalari, teofillin bilan majmuaviy davolanganda, preparat tirishishga tayyorgarlik boʻsagʻasini kamaytirishi mumkin.

Sukralfat, temir tuzlari va alyuminiy saqlovchi antatsid vositalari levofloksatsinning samarasini kamaytiradi (preparatlarni qabul qilish orasidagi interval 2 soatdan kam boʻlmasligi kerak).

Varfarin bilan bir vaqtda qoʻllanganida protrombin vaqti va qon ketishi xavfi (MNO, protrombin vaqti va koagulyatsiyaning boshqa koʻrsatkichlarini sinchkov monitoringini oʻtkazish kerak, shuningdek qon ketishi mumkin boʻlgan belgilarini monitoringini oʻtkazish zarur) oshadi.

Simetidin va probensid taʼsiri ostida levofloksatsinni chiqarilishi biroz sekinlashadi. Levofloksatsin qon plazmasidan siklosporinning T1/2 biroz oshishini chaqiradi.

Glyukokortikoidlar paylarni uzilish xavfini oshiradi (ayniqsa keksalarda).

Alkogol markaziy nerv tizimi tomonidan nojoʻya samaralarini (bosh aylanishi, karaxtlik, uyquchanlik) kuchaytirishi mumkin.

Diabeti boʻlgan, peroral gipoglikemik vositalarini yoki insulin qabul qilayotgan  bemorlarda, levofloksatsinni qabul qilish fonida gipo- yoki giperglikemik holatlar  boʻlishi mumkin (glyukozaning qondagi darajasini sinchiklab monitoring qilish tavsiya qilinadi).

 

Maxsus koʻrsatmalar

Preparat bilan davolanish vaqtida insolyatsiyadan saqlanish lozim. Levofloksatsinni qabul qilayotgan patsiyentlarga kristalluriyadan saqlanish uchun yetarli miqdorda suyuqlik isteʼmol qilish tavsiya etiladi.

Levofloksatsin kapsulalarini boʻgʻim togʻaylarini shikastlanishi ehtimoli tufayli bolalar va 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarni davolash uchun qoʻllash mumkin emas.

Avtomobilni va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri: davolash davrida bosh aylanishi, uyquchanlik, tanglik va koʻrishni buzilishi paydo boʻlishi mumkinligi tufayli, avtomobil va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarishdan saqlanish kerak, chunki psixomotor reaksiyalarning tezligini sekinlashishi va diqqatni jamlashni pasayishiga olib kelishi mumkin.

Keksa yoshli patsiyentlarni davolashda, bu guruh patsiyentlarini buyrak faoliyatini buzilishi tez-tez kuzatilishini inobatga olib, kreatinin klirensini tekshirish lozim.

Ilgari bosh miyani shikastlanishi boʻlgan bemorlarda (insult yoki ogʻir jarohat) tirishishlar rivojlanishi mumkinligi tufayli, ehtiyotkorlik bilan qoʻllash lozim.

Bir vaqtda peroral gipoglikemik vositalarini (insulin yoki glibenklamid) qabul qilayotgan qandli diabeti boʻlgan patsiyentlarda levofloksatsinni gipoglikemiya chaqirishi mumkinligini hisobga olish lozim.

Teri qoplamalarini shikastlanishidan saqlanish uchun (fotosensibilizatsiya) patsiyentlarga quyosh yoki sunʼiy ultrabinafsha nurlanishga (masalan, uzoq vaqt bevosita quyosh nurida boʻlishi yoki solyariyga borish) duchor boʻlmaslik tavsiya qilinadi, fototoksik samaralari (teri toshmalari) paydo boʻlganida preparat bilan davolashni toʻxtatish lozim.

Glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi boʻlgan patsiyentlarda eritrotsitlarning gemolizi rivojlanishi mumkin. Ogʻir, turgʻun qon bilan yoki qonsiz diareya paydo boʻlganida, darhol shifokorni xabardor qilish kerak. Diareya antibiotikoterapiya chaqirgan enterokolit sababi boʻlishi mumkin. Soxtamembranoz kolitga shubha boʻlganida preparatni darhol bekor qilish va muvofiq davolashni boshlash lozim. Bunday hollarda ichak motorikasini susaytiruvchi dori vositalarini qoʻllash mumkin emas.

Keksa yoshdagi patsiyentlar tendinitga koʻproq moyil boʻladilar. Levofloksatsin preparati qoʻllanganida kam hollarda kuzatiladigan tendinit (eng avvalo axillov payini yalligʻlanishi) keksa odamlarda paylarning uzilishiga olib kelishi mumkin. Tendinitga shubha boʻlganida preparatni bekor qilish va shikastlangan paylarni, ularning immobilizatsiyasini taʼminlab, davolashni boshlash lozim.

Glyukokortikosteroidlar bilan davolash (“kortizon preparatlar”) paylarni uzilishi xavfi ehtimolini oshiradi. Davolash vaqtida alkogolni isteʼmol qilishdan saqlanish kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ongni chalkashishi, bosh aylanishi va tirishish xurujlari, koʻngil aynishi, shilliq qavatlarini eroziv shikastlanishi.

Davolash: simptomatik davolash (maxsus antidoti yoʻq), dializ orqali chiqarilmaydi.

 

Chiqarilish shakli

10 kapsuladan kontur uyali oʻramda; 1 kontur uyali oʻram qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga qutida.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori boʻlmagan haroratda caqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.