Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ЛАФЕРОБИОН СВЕЧИ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ЛАФЕРОБИОН СВЕЧИ 3 000 000МЕ №10

99 900 so'mdan
(2375)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
БИОФАРМА
Chiqarilish shakli
СУПП
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

 suppozitoriylar

 

Tarkibi:

1 suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 1000 000 XB yoki 3000 000 XB odam rekombinant alfa-2b interferoni;

yordamchi moddalar: tokoferol atsetatining 5% li moyli eritmasi, askorbin kislotasi, qattiq yogʻ.

 

Taʼrifi: 

sargʻish-oq rangli, bir xil konsistensiyali, oʻqsimon shaklli suppozitoriylar.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Immunostimulyatorlar. alfa-2b interferon.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Rekombinant alfa-2b interferon yaqqol antivirus, antiproliferativ va immunomodulyatsiya qiluvchi taʼsirga ega. Laferobionning majmuaviy tarkibi bir qator yangi samaralarni namoyon etadi: tokoferol atsetati va askorbin kislotasi bilan birga rekombinant alfa-2b interferonning faolligi 10-14 marta oshadi, T- va V-limfotsitlarga uning immunomodulyatsiya qiluvchi taʼsiri kuchayadi, Ye immunoglobulinining miqdori normallashadi. Rekombinant alfa-2b interferonning antivirus faolligini neytrallovchi antitelalar, hatto u 2 yil davomida qoʻllanganida ham hosil boʻlmaydi, endogen tizimning faoliyat koʻrsatishi normallashadi.

 

 

Qoʻllanilishi

Kattalar uchun:

  • papillomavirusli infeksiyalarda (vulgar soʻgal, oʻtkir uchli kandiloma);
  • jinsiy yoʻl orqali yuqadigan aralash urogenital infeksiyalarda;
  • bakterial, virusli va aralash infeksiyalarda;
  • bachadon boʻynini oʻsmani rivojlanishidan oldin kuzatiladigan kasalliklarida qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Kattalar uchun:

  • papillomavirus infeksiyalarida (vulgar soʻgal, oʻtkir uchli kandilomalar) preparat 1500000 XB dan sutkada 2 marta 12 soatlik tanaffus bilan rektal buyuriladi. Davolash kursi 10 sutka. Davolash sitologik, bakteriologik tekshiruvlar yordamida patsiyentning holatini nazorat qilish va klinik simptomlarining namoyon boʻlishini nazot qilish orqali oʻtkaziladi.
  • jinsiy yoʻl orqali yuqadigan aralash urogenital infeksiyalarda va bakterial, virusli va aralash infeksiyalarda preparat 1000000-1500000 XB dan sutkada 2 marta 12 soatlik tanaffus bilan rektal buyuriladi. Davolash kursi 10 sutka. Davolash sitologik, bakteriologik tekshiruvlar yordamida patsiyentning holatini nazorat qilish va klinik simptomlarining namoyon boʻlishini nazot qilish orqali oʻtkaziladi. Har ikkala jinsiy sherik bir vaqtda davolanadi.
  • bachadon boʻynini oʻsmani rivojlanishidan oldin kuzatiladigan kasalliklarida 1500000 XB dan sutkada 2 marta 12-soatlik tanaffus bilan rektal qoʻllanadi. Davolash kursi 10 sutka. Keyingi davolash kliniko-laborator koʻrsatkichlari bilan aniqlanadi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Umumiy buzilishlar. Laferobion yuborilganida grippga oʻxshash simptomlar: et uvishishi, tana haroratini oshishi, toliqish, holsizlik, shuningdek bosh ogʻrigʻi, mushaklarda, boʻgʻimlarda ogʻriq, kuchli terlash; kam hollarda – qusish, bosh aylanishi, qizib ketish hissi boʻlishi mumkin.

Preparatga oʻta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari paydo boʻlishi mumkin.

Qon yaratish tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: uzoq vaqt qoʻllanganida leykopeniya, trombotsitopeniya, anemiya, burundan qon ketishi boʻlishi mumkin.

Meʼda-ichak yoʻllari, jigar tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: ALT va AST ning darajasini oshishi, IF ning darajasini oshishi, ishtahani yoʻqolishi. Jigar faoliyatini buzilishi.

Endokrin buzilishlar: qalqonsimon bez faoliyatini buzilishi.

Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: uzoq muddat qoʻllanganida bosh aylanishi, uyquni buzilishi, ongni chalkashishi, xavotirli va depressiv holatlar, yuqori qoʻzgʻaluvchanlik, uyquchanlik, ataksiya, paresteziyalar boʻlishi mumkin.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: arterial gipertenziya yoki gipotenziya boʻlishi mumkin; kam hollarda – taxikardiya.

Teri va teri osti toʻqimalari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: allergik reaksiyalar, jumladan toshma (shu jumladan gerpetik), qichishish giperemiya.

Nafas tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar – yoʻtal.

Boshqalar: yuborilgan joyda oʻzgarishlar, koʻrishni buzilishi, buyrak faoliyatini buzilishi, elektrolitlar muvozanatini buzilishi.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Laferobionni qoʻllash bilan bogʻliq boʻlgan barcha nojoʻya reaksiyalar ahamiyatsiz yoki oʻrtacha ogʻirlikda boʻladi. Davolash tugaganidan keyin ular odatda yoʻqoladi.

Preparatning komponentiga yuqori sezuvchanlik; patsiyentda qalqonsimon bezning disfunksiyasi boʻlganida; Kaposhi sarkomasi boʻlgan patsiyentlarda ogʻir darajadagi visseral buzilishlar boʻlganida; ogʻir darajadagi yurak-qon tomir kasalliklari; psoriaz, jigar va/yoki buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari, tutqanoq va MNT ning boshqa kasalliklari (shu jumladan funksional); kuchayib borayotgan yoki dekompensatsiyalangan jigar sirrozi fonidagi surunkali gepatit, immunodepressantlarni (kortikosteroidlar bilan qisqa davolash kursidan tashqari) qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bemorlarda, anamnezida autoimmun gepatit yoki boshqa autoimmun kasalliklar boʻlganida qoʻllash mumkin emas. Qon yaratilishining miyeloid oʻsishini susayishida qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Preparatni opioid, analgetik, uxlatuvchi va sedativ, dori vositalari bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qoʻllash lozim (potensial miyelosupressiv samara chaqiradi).

Oksidlanish yoʻli bilan metabolizmga uchraydigan preparatlar bilan (shu jumladan ksantin hosilalari – aminofillin va teofillin bilan) bir vaqtda qoʻllanganda Laferobionni oksidlanuvchi metabolik jarayonlariga taʼsir qilishi mumkinligini hisobga olish kerak. Teofillinning qon zardobidagi konsentratsiyasini nazorat qilish zarurati boʻlganida – dozalash tartibiga tuzatish kiritish kerak.

Preparatni ximioterapevtik preparatlar (sitarabin, doksorubitsin, tenipozid, siklofosfamid) bilan majmuada qoʻllanganida hayotga xavf tugʻdiruvchi toksik samaralarini rivojlanish xavfi (ularni ogʻirligi va davomiyligi) oshadi. Preparat bilan zidovudin bir vaqtda qoʻllanganida neytropeniyani rivojlanish xavfi oshadi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Laferobion bilan davolashni shifokorning kuzatuvi ostida oʻtkazish kerak.

Preparatni uzoq muddatga buyurishdan oldin qalqonsimon bezning faoliyatini tekshirish tavsiya etiladi. Tireotrop gormon (TTG) ning darajasi normal chegaralarda boʻlgan sharoitda preparatni qoʻllashni boshlash kerak. Agar tireotrop gormonning darajasini birorta oʻzgarishi aniqlansa, tireotrop gormonning miqdorini normal darajada ushlab turish mumkin boʻlgan sharoitdagina muvofiq davolash oʻtkazish va Laferobion bilan davolashni boshlash kerak. Davolanish vaqtida tireotrop gormonning darajasini nazorat qilish maqsadga muvofiq. Davolash toʻxtatilganidan soʻng preparatni yuborish natijasida qalqonsimon bezning buzilgan faoliyati tiklanmaydi.

Hamma patsiyentlarga davolashni boshlashdan oldin va davolash vaqtida muntazam ravishda kengaytirilgan periferik qon tahlilini oʻtkazish, bunda qon koʻrsatkichlarini sifatiy va miqdoriy koʻrsatkichlarini albatta tekshirish shart, shuningdek qonni biokimyoviy tahlili, shu jumladan elektrolitlar, kalsiy, jigar fermentlari va kreatininning miqdorini aniqlash tavsiya etiladi.

Miyeloma kasalligida buyrak faoliyatini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish kerak. Preparatni qabul qilayotgan hamma patsiyentlarda qon zardobidagi albuminning darajasini va protrombin vaqtini sinchiklab nazorat qilish tavsiya etilgan.

Preparatni anamnezida ketoatsidoz holatlari bilan kechuvchi qandli diabet va oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalliklari boʻlganida, qon ivishini buzilishlarida (shu jumladan oʻpka arteriyasining tromboflebitida), yaqqol miyelosupressiyada ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Preparat bilan davolanish vaqtida organizmni adekvat gidratatsiya bilan taʼminlash kerak; isitma paydo boʻlganida uni paydo boʻlishini boshqa sabablarini istisno qilish kerak.

Antigistamin va isitmani tushiruvchi davolash fonida preparatni qoʻllash tavsiya etiladi. Zudlik bilan avj oluvchi oʻta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (eshakemi, angionevrotik shish, bronxospazm, anafilaksiya) rivojlanganida preparatni darhol bekor qilish va tegishli choralarni koʻrish kerak. Ogʻir va oʻrtacha darajadagi nojoʻya samaralarni rivojlanishi dozaga tuzatish kiritishni, ayrim hollarda – preparat bilan davolashni bekor qilinishini talab etadi. Preparatni qoʻllashni quyidagi holatlarda: qon ivish vaqtini uzayganida (surunkali gepatiti boʻlgan patsiyentlarda), oʻpka sindromi namoyon boʻlganida va rentgenologik tekshiruvda oʻpka infiltrati aniqlanganida yoki oʻpka faoliyatini buzilishi aniqlaganida, koʻrish faoliyatini buzilishi paydo boʻlganida yoki oshganida, qalqonsimon bezi faoliyatini buzilishida (TTG darajasini normadan siljishi), qon zardobida albumin darajasi pasayganida va protrombin vaqti qisqarganida toʻxtatish kerak. Preparatning yaroqlilik muddati tugaganidan soʻng uning sifatini qayta nazorat qilish va yaroqlilik muddatini uzaytirish mumkin emas.

Homiladorlik yoki emizish davrida qoʻllanilishi. Homiladorlik va emizish davrida preparatni qoʻllash boʻyicha maʼlumotlar yoʻq.

Bolalar. Pediatriya amaliyotida qoʻllanmaydi.

Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga taʼsir qilish hususiyati. Preparatni qoʻllanishi bilan bogʻliq boʻlgan MNT tomonidan kuzatiladigan ayrim nojoʻya samaralar patsiyentlarni transport vositalarini boshqarish va potensial xavfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga taʼsir qilishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtgacha Laferobion preparatining dozasini oshirib yuborilishi holatlari taʼriflanmagan. Ammo har qanday dori vositasining dozasi oshirib yuborilganida boʻlgani kabi, dozasi oshirib yuborilganida hayotiy muhim aʼzolar faoliyatini monitoringi va patsiyentning holatini sinchiklab kuzatish tavsiya etiladi.

 

Chiqarilish shakli

3 yoki 5 suppozitoriydan kontur uyali oʻramda, 1 kontur uyali oʻram yoki 5 suppozitoriy boʻlgan 2 kontur uyali oʻram karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlik taʼsiridan himoyalash uchun original oʻramida, 2oS dan 8oS gacha boʻlgan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.