Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
L-ТИРОКСИН 125

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

L-ТИРОКСИН 125 ТАБЛЕТКА 125мкг №100

19 300 so'mdan
(3361)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
БЕРЛИН ХЕМИ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Гормоны щитовидной железы
Dori tafsilotlari
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qoʻllashdan oldin nimalarni bilish kerak
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qanday qoʻllash kerak
Boʻlishi mumkin boʻlgan nojoʻya taʼsirlar
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qanday saqlash kerak
Oʻram ichidagisi va qoʻshimcha maʼlumot
L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qoʻllashdan oldin nimalarni bilish kerak

L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini quyidagi hollarda qoʻllash mumkin emas:

  • natriy levotiroksinga yoki preparatning boshqa komponentlariga (6-boʻlimda keltirilgan) allergiya (yuqori sezuvchanlik) mavjud boʻlganida;
  • quyidagi kasalliklar yoki holatlar mavjud boʻlganida:
  • qalqonsimon bezning davolanmagan giperfunksiyasi;
  • davolanmagan adrenokortikal yetishmovchiligi;
  • davolanmagan gipofiz yetishmovchiligi, agar u davolashni talab qiladigan adrenokortikal yetishmovchiligiga olib kelgan boʻlsa;
  • yaqin orada oʻtkazilgan miokard infarkti;
  • yurak mushagini oʻtkir yalligʻlanishi (miokardit);
  • yurak devori barcha qatlamlarini oʻtkir yalligʻlanishi (pankardit).

Homiladorlik mavjud boʻlganida va qalqonsimon bez giperfunksiyasini davolash uchun dori preparatlari (tireostatiklar) bir vaqtda qabul qilinganida L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qabul qilish mumkin emas (shuningdek “Homiladorlik va emizish davri” boʻlimiga qarang).

L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qabul qilish boshlanishidan oldin quyidagi kasalliklar yoki holatlar mavjudligini istisno qilish yoki ularni davolash lozim:

  • yurakning ishemik kasalligi;
  • yurak sohasida ogʻriq va koʻkrakda siqilish hissi (stenokardiya);
  • yuqori arterial bosim;
  • gipofiz va/yoki buyrak usti bezi poʻstloq qavatlarining yetishmovchiligi;
  • qalqonsimon bezda tireoid gormonini nazoratsiz tarzda ishlab chiquvchi zonalarning mavjudligi (qalqonsimon bez avtonomiyasi).

Qalqonsimon bezning supressiyasi bilan test oʻtkazilishidan oldin uning funksiyasini tekshirish uchun mazkur kasalliklar yoki holatlar mavjudligini istisno qilish yoki ularni davolash zarur. Biroq qalqonsimon bez avtonomiyasi mavjudligini istisno qilish talab qilinmaydi, chunki boshqalardan tashqari test uni aniqlashga ham xizmat qiladi.

Ogohlantirishlar va ehtiyot choralari

  • Agar Siz miokard infarktini boshdan kechirgan boʻlsangiz yoki Sizda yurakning ishemik kasalligi, yurak mushagining zaifligi, ritm buzilishi (taxikardiya), yurak yetishmovchiligi, zoʻraymagan holda yurak mushagini yalligʻlanishi yoki uzoq muddat davomida qalqonsimon bez gipofunksiyasi mavjud boʻlsa, u holda qonda gormonlarning oʻta yuqori darajasidan saqlanish lozim. Shu sababli qalqonsimon bez gormonlari darajasini ancha tez-tez tekshirish zarur. L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qabul qilish bilan bogʻliq boʻlgan qalqonsimon bez giperfunksiyasining sezilarli boʻlmagan belgilari paydo boʻlganida, bu haqida davolovchi shifokorga xabar berish lozim (“4. Boʻlishi mumkin boʻlgan nojoʻya taʼsirlar” boʻlimiga qarang).
  • Agar qalqonsimon bez gipofunksiyasi gipofiz kasalligidan kelib chiqqan boʻlsa. Ehtimol, bu holat buyrak usti bezi poʻstloq qavatlarining yetishmovchiligi bilan kechishi mumkin va u tireoid gormon bilan davolash (gidrokortizon bilan davolash) boshlanishiga qadar bartaraf qilinishi kerak.
  • Agar qalqonsimon bezda tireoid gormonini nazoratsiz tarzda ishlab chiquvchi zonalarning mavjudligiga shubha boʻlsa, davolash boshlanishiga qadar qalqonsimon bez funksiyasini tekshiruvdan oʻtkazish lozim.
  • Menopauza yuzaga kelganidan keyin osteoporoz rivojlanishi xavfi yuqori boʻlgan ayollarda qonda tireoid gormoni darajasi oshishini oldini olish uchun qalqonsimon bez funksiyasini tez-tez tekshirish lozim.
  • Agar Siz diabetdan aziyat chekayotgan yoki maʼlum bir antikoagulyantlarni (masalan, dikumarolni) qabul qilayotgan boʻlsangiz, “Boshqa dori preparatlarni qabul qilish/qoʻllash” boʻlimiga ʼtiboringizni qaratish lozim.
  • Agar Sizga dializ muolajasini olayotgan patsiyent sifatida masalan, qonda fosfatlar darajasi yuqoriligi yuzasidan “Sevelamer” preparati buyurilgan boʻlsa, u holda davolovchi shifokor ehtimol, levotiroksin qoʻllanilishi samaradorligini aniqlash maqsadida qonning maʼlum bir koʻrsatkichlarini nazorat qilishni zarur deb topishi mumkin (shuningdek “Boshqa dori preparatlarni qabul qilish/qoʻllash” boʻlimiga qarang).

L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qabul qilishdan oldin davolovchi shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.

Notoʻgʻri qoʻllanilishi

L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini tana vaznini kamaytirish maqsadida qabul qilish mumkin emas. Agar Sizning qoningizda tireoid gormonlari darajasi normal boʻlsa, tireoid gormonlarini qoʻshimcha ravishda qabul qilinishi tana vaznini kamayishiga olib kelmaydi. Qoʻshimcha ravishda, ayniqsa tana vaznini kamaytirish uchun ayrim preparatlar bilan birga qabul qilinishi jiddiy yoki hatto hayot uchun xavf tugʻdiruvchi nojoʻya taʼsirlar paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin.

Davolashni oʻzgartirish

Agar Siz L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qabul qilayotgan boʻlsangiz, mazkur preparatni tireoid gormonlarni saqlovchi boshqa dori preparatiga almashtirish faqat shifokor kuzatuvi ostida va qon koʻrsatkichlarini nazorat qilish fonida amalga oshirilishi kerak.

Keksa yoshdagi patsiyentlarda

Keksa yoshdagi patsiyentlar uchun preparatni dozalash ehtiyotkorlik bilan (ayniqsa yurak kasalliklari mavjud boʻlganida) va tez-tez shifokor nazorati ostida amalga oshirilishi zarur.

L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati va boshqa dori preparatlarini qabul qilish

Agar Siz boshqa dori preparatlarini qabul qilayotgan/qoʻllayotgan yoki yaqin orada qabul qilgan/qoʻllagan boʻlsangiz yoki qabul qilishingiz/qoʻllashingiz mumkin boʻlsa, davolovchi shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.

L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati quyidagi dori moddalari yoki preparatlar guruhlarining samarasiga taʼsir koʻrsatadi:

  • Diabetga qarshi preparatlar (qonda qand darajasini pasaytiruvchi dori preparatlari)

Agar Sizda diabet boʻlsa, qonda qand darajasini muntazam ravishda, asosan tireoid gormonlar bilan davolash boshlanishida, tekshirish lozim. Davolovchi shifokor tomonidan qonda qand darajasini pasaytiruvchi dori preparatlari dozasiga tuzatish kiritish zarurati yuzaga kelishi mumkin, chunki levotiroksin mazkur preparatlar taʼsirini pasaytirishi mumkin.

  • Kumarin hosilalari (antikoagulyantlar):

L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati va kumarin hosilalari (masalan, dikumarol) birga qabul qilinganida qon ivishi koʻrsatkichlarini muntazam nazorat qilish lozim. Davolovchi shifokor tomonidan antikoagulyantlar dozasini pasaytirish zarurati yuzaga kelishi mumkin, chunki levotiroksin mazkur preparatlar taʼsirini kuchaytirishi mumkin.

 

L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati taʼsiriga quyidagi dori preparatlari taʼsir koʻrsatadi:

  • qonda lipidlar miqdorini pasaytiruvchi preparatlar, qonda kaliy konsentratsiyasini pasaytirish uchun preparatlar (ionalmashinuvchi qatronlar):

Qonda lipidlar miqdorini pasaytirish uchun preparatlarni (masalan, kolestiramin, kolestipol va kolesevelam) yoki qonda kaliy konsentratsiyasini pasaytirish uchun preparatlarni (polistiren sulfon kislotasining kalsiyli va natriyli tuzlari) L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati qabul qilinganidan keyin 4 soatdan 5 soatgacha vaqt oʻtgach qabul qilish lozim. Mazkur dori preparatlari levotiroksinni ichakdan kelib tushishini soʻndiradi va shu tarzda uning samaradorligini pasaytiradi.

  • Sevelamer va lantan karbonati:

Sevelamer va lantan karbonati (dializda boʻlgan patsiyentlarda qonda fosfatlar darajasini pasaytirish uchun preparatlar) levotiroksin soʻrilishini va samaradorligini pasaytirishi mumkin. Davolovchi shifokor qalqonsimon bez funksiyasini odatdagidan koʻra tez-tez tekshirishi kerak (shuningdek “L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qabul qilishda maxsus ehtiyotkorlik choralari” boʻlimiga qarang).

  • Alyuminiy saqlovchi antatsid preparatlari, shuningdek temir saqlovchi va kalsiy saqlovchi preparatlar:

L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini alyuminiy saqlovchi antatsid preparatlari (antatsidlar, sukralfat), shuningdek temir saqlovchi va kalsiy saqlovchi preparatlar qabul qilinishiga qadar eng kamida 2 soat oldin qabul qilish lozim. Mazkur dori preparatlari levotiroksinni ichakdan kelib tushishini soʻndiradi va shu tarzda uning samaradorligini pasaytiradi.

  • Propiltiouratsil, glyukokortikoidlar, beta-blokatorlar:

Propiltiouratsil (qalqonsimon bezning giperfunksiyasini davolash uchun preparat), glyukokortikoidlar (buyrak usti bezi poʻstlogʻi gormonlari, “kortizon”) va β-blokatorlar (yurak qisqarishlari tez-tezligini kamaytiruvchi va arterial bosimni pasaytiruvchi preparatlar) levotiroksinni uning yanada samaraliroq shakliga – liotironinga aylanishini soʻndirishi va shu tarzda L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati samaradorligini pasaytirishi mumkin.

  • Amiodaron, yodlangan rentgenokontrast moddalar:

Amiodaron (yurak ritmi buzilishlarini davolash uchun preparat) va yodlangan rentgenkontrast moddalar (rentgenologik tashhis qoʻyish uchun maʼlum bir preparatlar) yod miqdori yuqori boʻlishi oqibatida qalqonsimon bez faolligi oshishini ham, pasayishini ham keltirib chiqarishi mumkin. Qalqonsimon bezda tireoid gormonlarini nazoratsiz hosil qiluvchi ehtimol aniqlanmagan zonalari (avtonomiya) boʻlgan tugunsimon boʻqoqda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Zarurat boʻlganida davolovchi shifokor L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati dozasiga tuzatish kiritadi.

  • Quyidagi dori preparatlari L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati taʼsirini kuchaytirishi mumkin:
  • salitsilatlar (isitmani tushiruvchi va ogʻriqsizlantiruvchi preparatlar);
  • dikumarol (qonda tromblar hosil boʻlishini soʻndiruvchi preparat);
  • furosemidning (siydik haydovchi vosita) yuqori dozalari (250 mg);
  • klofibrat (qonda lipidlar darajasini pasaytirish uchun preparat);
  • fenitoin (tirishishlarda va yurak ritmi buzilishlarida davolash uchun preparat).
  • Kontratseptivlar yoki oʻrnini bosuvchi gormonal terapiya uchun preparatlar:

Kontratseptiv gormonal preparatlar (“pilyulalar”) qabul qilinganida yoki menopauza yuzaga kelganidan keyingi davrda oʻrnini bosuvchi gormonal terapiya davrida levotiroksinga ehtiyoj oshishi mumkin.

  • Sertralin, xlorokin/proguanil:

Sertralin (depressiyalarni davolash uchun preparat) va xlorokin/proguanil (bezgak va revmatoid kasalliklarni davolash uchun preparatlar) levotiroksin samaradorligini pasaytiradi.

  • Barbituratlar, rifampitsin, karbamazepin:

Barbituratlar (tirishishlarni davolash, anesteziya uchun preparatlar, uxlatuvchi preparatlarning maʼlum turi), rifampitsin (antibiotik) va karbamazepin (tirishishlarni davolash uchun preparat) levotiroksin taʼsirini susaytirishi mumkin.

  • Proteaza ingibitorlari (OITV-infeksiyasini davolash uchun preparatlar):

Levotiroksin va proteaza ingibitorlari (lopinavir, ritonavir) birga qabul qilinganida davolovchi shifokor kasallik simptomlarini sinchkovlik bilan kuzatishi va qalqonsimon bez funksiyasini nazorat qilishi kerak. Lopinavir/ritonavir birga qabul qilinganida levotiroksin taʼsiri pasayishi mumkin.

  • Tirozinkinaza ingibitorlari (imatinib va sunitinib):

Imatinib va sunitinib (surunkali miyeloid leykozni davolash uchun preparatlar) bilan davolash gipotireozli patsiyentlarda levotiroksinga boʻlgan ehtiyojni oshishiga olib keladi.

L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini ovqat va ichimliklar bilan birga qabul qilish

L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini ayniqsa kalsiyga boy boʻlgan oziq-ovqat (masalan sut va sutli mahsulotlar) bilan qabul qilish mumkin emas, chunki bu levotiroksinning soʻrilishini sezilarli ravishda kamaytirishi mumkin.

Agar Siz tarkibida soya boʻlgan mahsulotlarni isteʼmol qilsangiz, davolovchi shifokor qonda tireoid gormonlar darajasini yanada tez-tez nazorat qilishi kerak. Soyali parhez qoʻllanilishi davrida va parhez yakunida preparat dozasiga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin (noodatiy yuqori dozalar talab qilinishi mumkin), chunki tarkibida soya boʻlgan mahsulotlar levotiroksinni ichakda soʻrilishini buzishi va shu tarzda uning samaradorligini pasaytirishi mumkin.

Homiladorlik, emizish va fertillik

Agar Siz homilador yoki emizsangiz, homilador boʻlganingizni taxmin qilsangiz yoki homilador boʻlishni rejalashtirayotgan boʻlsangiz, mazkur dori preparatini qoʻllashdan oldin davolovchi shifokorga yoki dorixona xodimiga maslahat olish uchun murojaat qilish lozim.

Homiladorlik va laktatsiya davrida tireoid gormonlari bilan tegishli davolash ayniqsa muhim. Shu sababli uni davolovchi shifokor kuzatuvi ostida uzluksiz davom ettirish zarur. Preparatni homiladorlik davrida keng qoʻllanilishiga qaramay, levotiroksinning homiladorlikni kechishiga va homila yoki yangi tugʻilgan chaqaloq salomatligiga noxush taʼsiri hozirgi vaqtga qadar aniqlanmagan.

Qalqonsimon bez funksiyasini homiladorlik vaqtida ham, undan keyin ham nazorat qilish lozim. Qonda estrogen (ayollar jinsiy gormoni) darajasi yuqori boʻlganligi sababli homiladorlik davrida tireoid gormoniga ehtiyoj oshishi mumkin, bu davolovchi shifokor tomonidan dozaga tuzatish kiritishni talab qilishi mumkin.

Homiladorlik davrida L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qalqonsimon bez giperfunksiyasini davolash uchun preparatlar (tireostatiklar) bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas, chunki bu tireostatiklarning ancha yuqori dozalari qoʻllanilishi zaruratiga olib keladi. Tireostatiklar (levotiroksindan farqli ravishda) yoʻldosh orqali homila qon oqimiga oʻtishi va homilada qalqonsimon bez gipofunksiyasiga olib kelishi mumkin. Shu sababli homiladorlik davrida qalqonsimon bez giperfunksiyasini tireostatiklarning faqat past dozalari bilan davolash lozim.

Koʻkrak sutiga ajraladigan tushadigan tireoid gormonining miqdori hatto levotiroksinning yuqori dozalari bilan davolanganda ham juda kam boʻladi va demak, preparat xavfli emas.

Homiladorlik va laktatsiya davrida shifokor qalqonsimon bez supressiyasi bilan oʻtkaziladigan testni amalga oshirmasligi kerak.

Erkaklar yoki ayollarda fertillikni buzilishlari haqidagi ilmiy dalillar mavjud emas. Bu haqidagi biron-bir shubhalar yoki koʻrsatmalar yoʻq.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga taʼsiri

L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga taʼsiri haqidagi tadqiqotlar oʻtkazilmagan.

L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qanday qoʻllash kerak

Mazkur dori preparatini shifokorning tavsiyalariga qatʼiy muvofiq qoʻllash lozim. Agar Sizda shubhalar mavjud boʻlsa, davolovchi shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing.

Individual sutkalik doza tadqiqot natijalari boʻyicha davolovchi shifokor tomonidan aniqlanishi kerak.

Dozalash

Individual ravishda davolanish uchun taʼsir etuvchi moddasi miqdori turlicha boʻlgan masalan, davolashni boshlash, kattalarda dozani oshirish, shuningdek bollarni davolash uchun boʻlinadigan tabletkalar mavjud.

Mavjud simptomatikaga bogʻliq ravishda davolovchi shifokor quyidagi tavsiyalarga amal qiladi:

  • Qalqonsimon bez gipofunksiyasini davolash uchun katta yoshdagilar avval boshida sutkada 25–50 mkg natriy levotiroksinni qabul qilishi kerak. Shifokor koʻrsatmasi boʻyicha ushbu doza 2-4 haftalik intervallar bilan natriy levotiroksinning 25–50 mkg dan 100–200 mkg (L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatining 1–2 tabletkasiga mos keladi) sutkalik dozasigacha oshirilishi mumkin.
  • Boʻqoqni olib tashlash boʻyicha oʻtkazilgan jarrohlik operatsiyasidan keyin boʻqoq qaytalanishini oldini olish va xavfsiz boʻqoqni davolash uchun sutkada 75–200 mkg natriy levotiroksinni (L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatining 2 tabletkasigacha) qabul qilish lozim;
  • Qalqonsimon bezning yuqori funksiyasini davolash fonida tireostatiklar bilan yordamchi (qoʻshimcha, birga) davolash sifatida sutkada 50–100 mkg natriy levotiroksinni (L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatining ½–1 tabletkasiga mos keladi) qabul qilinadi.
  • Qalqonsimon bezning xavfli oʻsmasi yuzasidan oʻtkazilgan jarrohlik aralashuvidan keyin sutkada 150–300 mkg natriy levotiroksinni (L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatining 1½–3 tabletkasiga mos keladi) qabul qilish lozim.
  • Qalqonsimon bez supressiyasi bilan oʻtkaziladigan test yordamida qalqonsimon bez funksiyasi oʻrganilganida radiologik tadqiqot (ssintigrafiya) oʻtkazilishiga qadar 14 kun davomida sutkada 200 mkg natriy levotiroksinni (L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatining 2 tabletkasiga mos keladi) qabul qilish zarur.

Tireoid gormonining ancha past dozalarini qoʻllash shuningdek yetarlicha boʻlishi mumkin.

Qalqonsimon bez funksiyasi pasaygan (tugʻma va orttirilgan gipotireoz) bolalarda

  • Qalqonsimon bez funksiyasini pasayishini (tugʻma va orttirilgan gipotireozni) uzoq muddat davomida davolanganda samarani bir maromda ushlab turuvchi doza odatda sutkada tana yuzasining kvadrat metriga 100–150 mkg levotiroksinni tashkil etadi.
  • Normal ruhiy va jismoniy rivojlanishi uchun organizmda levotiroksinni oʻrnini tezda toʻldirish muhim ahamiyatga ega boʻlgan yangi tugʻilgan chaqaloqlar va qalqonsimon bez funksiyasini tugʻma pasayishi boʻlgan chaqaloqlar uchun tavsiya etiladigan boshlangʻich doza dastlabki 3 oy davomida sutkada tana vaznining har kilogrammiga 10–15 mkg levotiroksinni tashkil etadi. Soʻngra shifokor dozani individual ravishda – klinik maʼlumotlariga (ayniqsa qonda qalqonsimon bez gormonining darajasiga) bogʻliq ravishda tanlashi kerak.
  • Qalqonsimon bez funksiyasining orttirilgan pasayishi boʻlgan bolalar uchun tavsiya etiladigan boshlangʻich doza sutkada 12,5–50mkglevotiroksinni tashkil etadi. Har 2–4 haftada shifokor ushbu dozani gormon oʻrnini toʻldirish toʻliq boʻladigan toʻliq dozaga erishilguncha bosqichma-bosqich oshirib borishi kerak. Bunda shifokor uchun qonda qalqonsimon bez gormonining darajasi alohida ahamiyatga ega boʻladi.

Keksa patsiyentlar, yurak ishemik kasalligi boʻlgan patsiyentlar va qalqonsimon bez gipofunksiyasi boʻlgan patsiyentlarda

Qalqonsimon bez gormonlari bilan davolashni keksa patsiyentlar, yurak ishemik kasalligi boʻlgan patsiyentlar va qalqonsimon bezning ogʻir yoki uzoq muddatli gipofunksiyasi boʻlgan patsiyentlarda oʻta ehtiyotkorlik bilan boshlash lozim. Bu preparatni eng kam dozadan boshlash va uni asta-sekin, katta vaqt intervallari bilan, qalqonsimon bez gormonlari yuzasidan tez-tez nazoratni amalga oshirgan holda oshirib borish lozimligini anglatadi.

Tana vazni past boʻlgan patsiyentlar va katta oʻlchamdagi tugunsimon boʻqogʻi boʻlgan patsiyentlarda

Toʻplangan tajriba shuni koʻrsatadiki, tana vazni past boʻlganida va katta oʻlchamdagi tugunsimon boʻqoq mavjud boʻlganida preparatning pastroq dozasi ham yetarlicha boʻladi.

Tabletkani boʻlish boʻyicha izoh

Tabletkalarni ikkita teng boʻlakka ajratish mumkin.

Tabletkani boʻlinish chizigʻi yuqoriga qaragan holda qattiq tekis yuzaga joylashtiring. Barmoq bilan tabletkaga bosganingizdan keyin u ikkita boʻlakchaga ajraladi.

Qoʻllash usuli

Toʻliq sutkalik dozani koʻp miqdordagi suyuqlik, imkon qadar bir stakan suv bilan ichish lozim. Preparatni och qoringa, nonushtadan kamida yarim soat oldin qabul qilish lozim.

Preparatni ovqatdan oldin yoki keyin qabul qilgandan koʻra och qoringa qabul qilgan afzalroq.

Chaqaloqlarga toʻliq sutkalik dozani birinchi ovqatlanishdan eng kamida yarim soat oldin berish lozim. Tabletkani koʻp boʻlmagan miqdordagi (10–15 ml) suvda eritish va hosil qilingan suspenziyani (har gal u yangi tayyorlangan boʻlishi kerak!) qoʻshimcha miqdordagi (5–10 ml) suyuqlik bilan chaqaloqqa berilishi lozim.

Qoʻllash davomiyligi

Qalqonsimon bez gipofunksiyasida va qalqonsimon bezda uning xavfli oʻsmasi yuzasidan oʻtkazilgan jarrohlik aralashuvidan keyin L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati odatda butun umr davomida qabul qilinadi. Xavfsiz boʻqoqda va boʻqoqning qaytalanishini oldini olishda bir necha oy yoki yildan to butun umrga qadar davomida qabul qilinadi. Qalqonsimon bezning yuqori funksiyasini davolash fonida yordamchi (qoʻshimcha, birga) davolash sifatida L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati tireostatiklar (qalqonsimon bezning yuqori funksiyasini soʻndiruvchi dori vositalari) qabul qilinishi yakunlamaguncha qabul qilinadi. Qalqonsimon bez funksiyasi normal boʻlganida xavfsiz boʻqoqni davolash uchun 6 oydan ikki yilgacha boʻlgan davolash davri zarur boʻladi. Agar L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparati bilan davolash ushbu vaqt davomida kutilgan natijani bermasa, davolovchi shifokor boshqa davolash usulidan foydalanish ehtimolini koʻrib chiqishi lozim.

L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi dori preparati dozasi oshirib yuborilganida nima qilish kerak

Dozani oshirib yuborilishi belgilari “Kuzatilishi mumkin boʻlgan nojoʻya taʼsirlar” 4-boʻlimida taʼriflangan. Bunday simptomlar yuzaga kelganida davolovchi shifokorga murojaat qilish lozim.

Agar Siz L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi dori preparatini qabul qilishni unutgan boʻlsangiz

Agar Siz preparatning juda kam dozasini qabul qilgan boʻlsangiz yoki preparat qabul qilinishini oʻtkazib yuborgan boʻlsangiz, oʻtkazib yuborilgan dozani oʻrnini qoplash uchun ikki barobar dozani qabul qilmang. Keyingi tabletkani odatdagi vaqtda, belgilangan qabul qilish davriyligiga rioya qilgan holda qabul qilish lozim.

Agar Siz L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi dori preparatini qabul qilishni toʻxtatgan boʻlsangiz

Davolash muvaffaqiyatli boʻlishi uchun L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini buyurilgan dozalarda muntazam qabul qilish lozim. Davolashni oʻz hoxishingizcha har qanday vaziyatlarda ham oʻzgartirish, toʻxtatib qoʻyish yoki yakunlash mumkin emas, chunki kasallik simptomlari qayta boshlanishi mumkin.

Ushbu preparatni qoʻllash boʻyicha qoʻshimcha savollar yuzaga kelganida, davolovchi shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qilish lozim.

Boʻlishi mumkin boʻlgan nojoʻya taʼsirlar

Barcha dori preparatlari kabi mazkur preparat, garchi hamma patsiyentlarda rivojlanmasa ham, nojoʻya taʼsirlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Doza darajasi taʼsirini oʻzlashtiraolmaslik, dozani oshirib yuborilishi

Agar ayrim hollarda doza darajasi taʼsiri patsiyent tomonidan oʻzlashtiraolinmasa yoki dozani oshirib yuborilishi yuzaga kelsa, u holda ayniqsa davolash boshlanishida doza oʻta tez oshib ketgan taqdirda, qalqonsimon bez yuqori faolligining tipik belgilari yuzaga kelishi mumkin:

  • yurakni tez urib ketishi;
  • yurak ritmini buzilishi, ayniqsa yurak qisqarishlari tez-tezligini oshishi (taxikardiya);
  • koʻkrakda siqilish hissi bilan kechuvchi ogʻriq (stenokardiya);
  • mushak zaifligi va mushak tirishishlari;
  • qizib ketish hissi, koʻp terlash;
  • titroq (tremor);
  • bezovtalik, uyqusizlik;
  • diareya, tana vaznini kamayishi;
  • bosh ogʻrigʻi;
  • hayz buzilishlari.

Isitma, qusish, shuningdek bosh miya ichki bosimini oshishi (ayniqsa bolalarda) kabi xos boʻlmagan belgilar ham kuzatilishi mumkin.

L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatining taʼsir etuvchi moddasiga yoki boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik

Levotiroksin yoki L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatining har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik mavjud boʻlganida, teri allergik reaksiyalari yoki nafas yoʻllari tomonidan allergik reaksiyalar yuzaga kelishi mumkin. Yuqori sezuvchanlik reaksiyalari yuzaga kelganida preparat qabul qilinishini toʻxtatish va darhol shifokorga murojaat qilish lozim.

Nojoʻya taʼsirlar yuzaga kelganida bu haqida davolovchi shifokorga xabar bering. U sutkalik doza pasaytirilishi kerak-kerakmasligini belgilaydi yoki tabletkalarni qabul qilish bir necha kunga toʻxtatib turilishi kerak. Nojoʻya taʼsir bartaraf etilgandan keyin darhol preparat dozasini ehtiyotkorlik bilan tanlangan holda davolashni qayta boshlash tavsiya etiladi.

Nojoʻya taʼsirlar yuzaga kelishi haqidagi xabar

Har qanday nojoʻya taʼsirlar yuzaga kelganida bu haqida shifokor yoki dorixona xodimiga xabar qiling. Bu ushbu ilova-varaqada koʻrsatilmagan har qanday nojoʻya taʼsirlarga taalluqlidir. Siz shuningdek nojoʻya taʼsirlar haqida “Berlin-Xemi AG” kompaniyasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasiga, Toshkent shahar, 100015, Afrosiyob koʻchasi, 12-uy (biznes-markaz) manzili boʻyicha bevosita xabar qilishingiz mumkin. Nojoʻya taʼsirlar haqida xabar bergan holda, Siz mazkur dori preparatining xavfsizligi haqida koʻproq axborot toʻplashga yordam berishingiz mumkin.

L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatini qanday saqlash kerak

Ushbu preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlang.

Mazkur preparatdan blisterda va karton qutida koʻrsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin foydalanilmasin. Yaroqlilik muddati koʻrsatilgan oyning oxirgi kuni tugaydi.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

25°C dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

Hech qanday dori preparatlarini oqava suvlarga tashlamang. Kerak boʻlmaydigan dori preparatini qanday qilib utilizatsiya qilish xususida dorixona xodimi bilan maslahatlashing. Ushbu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.

 

Oʻram ichidagisi va qoʻshimcha maʼlumot

L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi dori preparatining tarkibi:

Taʼsir etuvchi modda: natriy levotiroksini x H2O.

Bitta tabletkada 106,4–113,6 mikrogramm natriy levotiroksini x H2O (100 mikrogramm natriy levotiroksiniga mos keladi).

Boshqa komponentlar:

kalsiy gidrofosfati digidrati, mikrokristall sellyuloza, kraxmal glikolyatining natriyli tuzi (A tipdagi), dekstrin, uzun zanjirli parsial glitseridlar.

L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi preparatining tashqi koʻrinishi va oʻram ichidagisi

L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi bir tomonida boʻlinish chizigʻi boʻlgan va ikkinchi tomonida “100” bosma yozuvi tushirilgan deyarli oq rangdan to och sargʻish ranggacha, diametri 6 mm boʻlgan dumaloq, bir oz qavariq tabletkalardan iborat.

Tabletkani teng dozali ikki qismga boʻlish mumkin.

Birlamchi oʻrami alyuminiy laminatsiyalangan folgadan [OPA (yoʻnaltirilgan poliamid) 25 mkm/alyuminiy 45 mkm/PVX (polivinilxlorid) 60 mkm] va germetizatsiyalovchi qoplamali qattiq alyumin folgadan (20 mkm) iborat.

L-Tiroksin 100 Berlin-Xemi savdoga 25, 50 va 100 tabletkali original oʻramlarda keladi.

Bozorda barcha oʻlchamdagi oʻramlar mavjud boʻlavermasligi mumkin.

Retsept boʻyicha beriladi.