Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
КУРОСУРФ АМПУЛЫ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

КУРОСУРФ АМПУЛЫ 120мг/мл 1,5мл №1

2 400 000 so'mdan
(4500)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
Chiesi Farmaceutici S.p
Chiqarilish shakli
АМП
Farma. Guruh
Сурфактант( Препарат для профилактики и лечения респираторного дистресс-синдрома новорожденных)
Dori tafsilotlari
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Dori shakli: 
Tarkibi:
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Taʼrifi:

Ishlab chiqarishdagi norma: oqdan deyarli oq rangligacha boʻlgan suspenziya.

Saqlashdagi norma: oqdan sariq rangligacha boʻlgan suspenziya.

 

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Respirator tizim kasalliklarini davolash uchun boshqa vositalar. Oʻpka surfaktantlari.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Oʻpka surfaktanti alveolalarning ichki yuzasini qoplab turuvchi va oʻpkada sirt tarangligini pasaytirish qobiliyatiga ega boʻlgan, substansiyalar, asosan fosfolipidlar va spetsifik proteinlarning aralashmasi hisoblanadi. Bu samara alveolalarni barqarorlashtirib, ekspirator fazasining oxirida alveolalarni yopishib qolishini bartaraf qiladi, butun nafas sikli davomida bir maromda ushlab turiladigan adekvat gaz almashinuviga yordam beradi. In vitro sharoitida Kurosurf minimal sirt tarangligini Wilhelmy uslubi boʻyicha oʻlchanganda ≤4 mN/m gacha pasaytiradi. Oʻpka surfaktantining har qanday sabablarga koʻra tanqisligi chala tugʻilgan bolalarda respirator distress sindromi (RDS) yoki gialin qobigʻi kasalligi (GQK) nomi bilan yuritiladigan ogʻir respirator yetishmovchilikka olib keladi. RDS chala tugʻilgan chaqaloqlarning oʻtkir oʻlimi va oʻtkir kasallanishi asosiy sababi hisoblanadi va u uzoq respirator va nevrologik asoratlarga olib kelishi mumkin. Kurosurf ekzogen surfaktantni endotraxeal yuborish yoʻli bilan oʻpkaning endogen surfaktanti tanqisligini toʻldirish uchun ishlab chiqilgan. Kurosurfning sirt faolligi unga oʻpkada va havo-suyuqlik boʻlimlari yuzasida bir hil taqsimlanish imkonini beradi. Hayvonlarda chaqirilgan surfaktant tanqisligining turli modellarida Kurosurfning fiziologik va terapevtik samaralari taʼriflangan. In vivo sharoitidagi bir nechta farmakodinamik tadqiqotlarda Kurosurf oʻpka komplayensini, oʻpkadagi gaz almashinuvini, chala tugʻilgan quyonlarni yashab qolish koʻrsatkichini yaxshilagan.

Gisterektomiya qilingan va darhol oʻldirilgan chala tugʻilgan quyonlarda Kurosurfni qoʻllash oʻpka hajmini sezilarni darajada oshishini chaqirgan.

Chala tugʻilgan quyonlarda traxeal kateter orqali Kurosurfni yuborilgandan keyin kislorod bilan 100% ventilyatsiya qilinishi oʻpkaning davriy xajmini va oʻpka-koʻkrak qafasi komplayensini nazorat guruhi hayvonlari bilan solishtirilganda ahamiyatli darajada oshishiga olib kelgan.

Farmakokinetikasi

Yangi tugʻilgan quyonlarda endotraxeal yuborilgandan keyin Kurosurf yarim chiqarilish davri 67 soat atrofida boʻlgan14S-nishonlangan dipalmitoil-fosfatidilxolin koʻrinishida asosan oʻpkada ushlanib qolgan. Yuborilgandan keyin 48 soatdan soʻng surfaktant lipidlarini faqat qoldiqlarigina oʻpkadan boshqa zardob va aʼzolarda aniqlanishi mumkin.

Kurosurfni toʻgʻridan-toʻgʻri maqsadli aʼzoga biofizik samaralar yuz beradigan alveola yuzasida yuboriladi. Katta va yangi tugʻilgan quyonlarda 14S-DRRS ni (dipalmitoil-fosfatidil-xolin-Kurosurf) bir marta endotraxeal yuborilgandan keyin birinchi uch soatda radionishonlangan komponentning taxminan 50% tezda chiqarib tashlanadi. 24 soatdan keyin, yangi tugʻilgan quyonlardagi 20% chiqarilishiga nisbatan, katta quyonlarning oʻpkasidan radionishonlangan DRRS ning taxminan 45%chiqariladi. Yangi tugʻilgan quyonlarda Kurosurf-14S-DRRS alveolyar boʻshliqdan oʻpkaning parenximasiga oʻtadi va keyin yana alveolaga chiqariladi, ayni paytda katta quyonlarda DRRS ning katta qismi bu siklni oʻtmaydi. Oʻpkadan yarim chiqarilish davri katta quyonlarda 25 soatni va yangi tugʻilgan quyonlarda 67 soatni tashkil qiladi. 14S-DRRS ning alveolyar makrofaglardagi konsentratsiyasi yangi tugʻilgan va katta quyonlarning oʻpkasidagi konsentratsiyasini ≤2% ni tashkil qiladi. Yangi tugʻilgan quyonlarni zardobi, jigari, buyraklari va miyasidagi 14S-DRRS ning 48 soatdan keyin aniqlanadigan miqdori, umumiy yuborilgan 14S-DRRS ning 0,32% dan 0,52% gachani tashkil qiladi. Kurosurf preparatida surfaktant bilan bogʻliq proteinlarning metabolik darajasi toʻgʻrisida maʼlumotlar yoʻq. Odamlarda Kurosurfni soʻrilishi, biotransformatsiyasi yoki chiqarilishini aniqlash uchun farmakokinetik tadqiqot oʻtkazilmagan. Kurosurfda fosfolipidlarni borligini baholash uchun klinika oldi tadqiqotlari oʻtkazilgan.

 

Qoʻllanilishi

Chala tugʻilgan chaqaloqlarda respirator distress-sindromini (RDS) davolash. Homila pardalari yorilgandan keyin uzoq vaqt oraligʻidan (3 haftadan ortiq) soʻng tugʻilgan RDS boʻlgan bolalar davolashga optimal javob bermaydi. Tugʻilganida tana vazni 600 g dan kam boʻlgan bolalarda dori vositasini qoʻllash tajribasi yoʻq. RDS rivojlanish xavfi yoki surfaktant tanqisligi maʼlum boʻlgan gestatsion yoshi 24-31 haftalik chala tugʻilgan bolalarda profilaktik qoʻllash uchun buyuriladi.

 

 

Dori shakli: 

endotraxeal yuborish uchun suspenziya 80 mg/ml.

 

Tarkibi:

1,5 ml li 1 flakon quyidagilarni saqlaydi:

Faol komponent: Alfa Poraktant – 120 mg.

Yordamchi moddalar: natriy xloridi, inyeksiya uchun suv.

3,0 ml li 1 flakon quyidagilarni saqlaydi:

Faol komponent: Alfa Poraktant – 240 mg.

Yordamchi moddalar: natriy xloridi, inyeksiya uchun suv.

1 ml suspenziyaning tarkibi:

Faol modda: Alfa Poraktant – 80 mg (fosfolipidlarning umumiy miqdorini taxminan 74 mg ga muvofiq keladi).

Yordamchi moddalar: natriy xloridi, inyeksiya uchun suv.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Dozalash

Shoshilinch terapiya

Tavsiya qilinadigan boshlangʻich 100-200 mg/kg (1,25-2,5 ml/kg) dozani RDS tashxisi qoʻyilgandan keyin, iloji boricha tezroq bir martalik doza koʻrinishida yuboriladi. Qoʻshimcha doza 100 mg/kg (1,25 ml/kg) 12 soatlik interval bilan yuboriladi; qoʻshimcha doza shuningdek, agar RDS ni sababchisi yangi tugʻilgan bolalarda avj olmaydigan yoki ogʻirlashuvirespirator holat hisoblansa (maksimal umumiy doza 300-400 mg/kg) ham qoʻllanadi.

Profilaktika

Bir martalik 100-200 mg/kg dozani tugʻilgandan keyin iloji boricha tezroq (asosan birinchi 15 minut davomida) yuborish lozim. Keyinchalik birinchi dozadan keyin har 6-12 soatda 100 mg/kg yuboriladi, soʻngra RDS ning doimiy davom etuvchi persistitsiya belgilari boʻlgan va oʻpka sunʼiy ventilyatsiyasi holatida boʻlgan bolalarda (maksimal umumiy doza 300-400 mg/kg) yuboriladi.

Qoʻllash usuli

Preparat faqat statsionar sharoitida, chala tugʻilgan bolalarni davolash va reanimatsiyasi boʻyicha tajribaga ega boʻlgan shifokor tomonidan qoʻllanishi kerak. Oʻpkaning sunʼiy ventilyatsiyasi holatida (OʻSV) boʻlgan intubatsiya qilingan bolalarda endotraxeal yuborishni yangi tugʻilgan chaqaloqlar uchun ixtisoslashtirilgan boʻlimlarda yurak qisqarishlari sonini (YUQS) muntazam monitoringi, arterial qon tomir havzasida qislorodning konsentratsiyasini yoki qonni kislorod bilan taʼminlanishini doimiy monitoringi bilan oʻtkaziladi. Kurosurf qoʻllashga tayyor preparat koʻrinishida flakonlarda keltiriladi, uni sovutgichda 2-8oS boʻlgan haroratda saqlanadi. Preparatni qoʻllashdan oldin xona haroratigacha isitiladi, masalan qoʻlda bir necha minut ushlab, ehtiyotkorlik bilan burab, chayqatmasdan bir xil suspenziya hosil boʻlgunicha ilitiladi.

Flakondan Kurosurfni steril shpris bilan tortib olinadi.

Kurosurfni:

  1. bolani OʻSV apparatidan chiqarib olib yuborish mumkin.

Bolani OʻSV apparatidan shu zahoti chiqarib olish va suspenziyani endotraxeal kateter orqali toʻgʻridan-toʻgʻri traxeyaning pastki qismiga 1,25 mg/kg dan 2,5 ml/kg gacha (100-
200 mg/kg) bir martalik bolyus koʻrinishida yuborish kerak. Nafas beruvchi qopi yordamida taxminan bir minut davomida oʻpka ventilyatsiyasi oʻtkaziladi, keyin bolani yana preparatni yuborishdan oldingi koʻrsatkichlarga koʻra, OʻSV apparatiga ulanadi. Zarurat boʻlganida keyingi dozani (1,25 mg/kg) xuddi shunday tarzda; yoki

  1. bolani OʻSV apparatidan chiqarib olmasdan yuboriladi.

Suspenziyani 1,25 dan 2,5 ml/kg gacha (100-200 mg/kg) boʻlgan dozada kateterning aspiratsiya porti orqali va endotraxeal trubkadan oʻtkazib toʻgʻridan-toʻgʻri bir martalik bolyus koʻrinishida yuboriladi. Zarurat boʻlganida keyingi dozani (1,2 ml/kg) xuddi shunday tarzda yuboriladi.

  1. uchinchi yuborish yoʻli endotraxeal trubka orqali tugʻruq zalida mexanik ventilyatsiyani boshlashdan avval bunday hollarda ekstubatsiyadan keyin nafas beruvchi qopcha yordamida bilan ventilyatsiya qoʻllanadi va keyinchalik tugʻruq zalida yoki kechroq yangi tugʻilganlar uchun boʻlimga joylashtirilgandan keyin bir variant kabi SRAR ga oʻtiladi (Intubation SURfactant Extubation-INSRE).

 

Nojoʻya taʼsirlari

Klinik tadqiqotlarda va postmarketing davrida kuzatiladigan noxush nojoʻya samaralar quyidagi jadval sifatida tizim aʼzolarisinfi va namoyon boʻlish tez-tezligiga muvofiq jamlangan: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 va <1/10); tez-tez emas (≥1/1,000 dan <1/100 ga); kam hollarda (≥1/10,000 dan <1/1,000); juda kam hollarda (<1/10,000); noʼmalum (mavjud maʼlumotlar asosida baxolash mumkin emas).

Guruhlar boʻyicha tizimlash

Nojoʻya reaksiyalar

Tez-tezligi

Infeksiyalar va invaziyalar

Sepsis

tez-tez emas

Nerv tizimi buzilishlari

boshmiyaga qon quyilishi

tez-tez emas

Yurak tomonidan buzilishlar

bradikardiya

kam hollarda

Qon tomirlari tomonidan buzilishlar

gipotenziya

kam hollarda

Nafas tizimi, koʻkrak qafasi aʼzolari va koʻks oraligʻi tomonidan

bronx oʻpka displaziya

kam hollarda

pnevmotoraks

tez-tez emas

oʻpkadan qon ketishi

kam hollarda

giperoksiya

nomaʼlum

chaqaloqlar sianozi

nomaʼlum

apnoe

nomaʼlum

Laboratoriya va instrumental tadqiqotlar natijalariga taʼsiri

kislorod bilan toʻyinishni pasayishi

kam hollarda

EKG dagi oʻzgarishlar

nomaʼlum

Jarohatlar, intoksikatsiyalar va manipulyatsiya asoratlari

endotraxeal intubatsiya asoratlari

nomaʼlum

Apnoe va sepsis chaqaloqlarni rivojlanib yetilmaganligi oqibati boʻlishi mumkin.

Kurosurf yuborilgandan keyin intrakranial qon quyilishi hollari oʻrtacha arterial qon bosimini pasayishi va arterial qon tomir havzasida oksigenatsiyaning ilk choʻqqisi (RaO2) bilan bogʻliq. Preparat yuborilgandan keyin darhol RaOning yuqori choʻqqisini, OʻSV apparatini koʻrsatkichlarini muvofiqlashtirish orqali bartaraf etish tavsiya qilinadi. Oʻtkazilgan klinik tadqiqotlarda Kurosurfni (boshqa surfaktantlar kabi) qabul qilgan bolalarda arterial yoʻlni ochiq qolish hollari sonini oshishiga biroz tendensiyani boʻlishi kuzatilgan.

Kurosurfning oqsil komponentlariga nisbatan antitelalarni hosil boʻlish holatlari kuzatilgan boʻlib, hozirgi vaqtgacha bu holat klinik ahamiyatga ega boʻlmagan. Chala tugʻilgan chaqaloqlarda serebral qon ketishlar va serebral ishemiya holatlarini nisbatan koʻproquchrash holatlari mavjud, oʻtkazilgan jadal davolanishga qaramay,periventikulyar leykomalyatsiya va arterial yoʻlni ochiq qolishi va homila sirkulyatsiyasini persistensiyasi kabi gemodinamik buzilishlar toʻgʻrisida xabar qilingan. Bunday bolalarda shuningdek pnevmoniya va bakteriyemiya (yoki septitsemiya) kabi infeksiyalarni rivojlanishining yuqori xavfi mavjud.

Perinatal davrda tirishishlar boʻlishi mumkin. Chala tugʻilgan bolalarda shuningdek koʻpincha gematologik va elektrolit buzilishlar rivojlanadi, ular kasallikni ogʻirligi va mexanik ventilyatsiyaga qarab chuqurlashishi mumkin. Muddatdan oldingi tugʻruq asoratlari manzarasini kasallikni ogʻirlashuvi va mexanik ventilyatsiyani qoʻllanishi, qayta ventilyatsiyani zarurati bilan bogʻliq quyidagi buzilishlar: pnevmotoraks, interstitsial oʻpka emfizemasi va oʻpkadan qon ketishi toʻldiradi. Va nihoyat kislorodni uzoq vaqt yuqori konsentratsiyalarda qoʻllash va mexanik ventilyatsiya muddatdan oldin tugʻruqlarda bronxoʻpka displaziyasini va retinopatiyani rivojlanishiga  olib keladi.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatnining faol substansiyasiga yoki toʻldiruvchilariga oʻta yuqori sezuvchanlik.

Spetsifik qarshi koʻrsatmalari nomaʼlum.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Aniqlanmagan.

 

 

Maxsus koʻrsatmalar

Kurosurf preparati bilan davolashni boshlashdan oldin bolaning umumiy holatini barqarorlashtirish kerak. Asidoz, gipotenziya, anemiya, gipoglikemiya va gipotermiyani muvofiqlashtirish tavsiya qilinadi.

Reflyuks hollarida Kurosurfni yuborishni toʻxtatish va zarurati boʻlganida OʻSV apparatida choʻqqi inspirator bosimini endotraxeal trubkani tozalash uchun zarur boʻlgan darajagacha oshirish lozim.

Bolalarda shilliqni toʻplanib qolish oqibatida endotraxeal trubkani tiqilib qolish hollarida preparatni yuborilganda yoki yuborgandan keyin darhol ventilyatsiya sezilardi darajada yomonlashadi, bu preparatni yuborishdan oldin bolada oʻpkada shilliq sekretsiyasi boʻlganida yuz beradi. Preparatni yuborishdan oldin shilliqni soʻrib olinishi endotraxeal trubkani tiqilib qolish ehtimolini pasaytirishi mumkin. Endotraxeal trubkada obstruksiyani bartaraf etish mumkin boʻlmagan hollarda trubkani darhol almashtirish zarur.

Preparat yuborilgandan keyin, hayot uchun xavf tugʻdiruvchi sharoitdan tashqari hollarda, kamida 6 soat davomida traxeobronxial sekretni aspiratsiyasini oʻtkazish tavsiya qilinmaydi.

Bradikardiya, arterial gipotenziya va qonni kislorod bilan toʻyinishini pasayishi hollari paydo boʻlganda Kurosurfni yuborishni toʻxtatish va YUQS normallashtirish boʻyicha zaruriy choralarni oʻtkazish kerak, undan keyin davolashni davom ettirish mumkin. Bolaning holati barqarorlashgandan keyin hayotiy muhim faoliyatlarni monitoringi zarur.

Kurosurfni qoʻllangandan keyin oʻpka komplayensi (koʻkrak kafasini hajmini oshishi) va oksigenatsiya tezda muvofiqlashtirish yaxshilanishi mumkin, shuning uchun OʻSV apparati koʻrsatkichlarini tezda talab qilinadi.

Alveolalarda gaz almashinuvini yaxshilanishi arterial tarmoqda kislorod konsentratsiyasini tezda oshishiga olib kelishi mumkin; shuning uchun giperoksiyadan saqlanish uchun yutiladigan kislorodning konsentratsiyasini tezda muvofiqlashtirish talab qilinadi. Qonda oksigenatsiyani tegishli koʻrsatkichlarini bir maromda ushlab turish uchun qonda davriy gaz tahliliga qoʻshimcha RaOyoki kislorod bilan toʻyinishini uzoq vaqt monitoring qilish tavsiya qilinadi.

Keyingi davolanish uchun bunday qurilmalar boʻlgan boʻlimlarda uzoq vaqt nazal pozitiv bosimni (nCPAP)ishlatish mumkin.

Surfaktant qabul qiladigan bolalar infeksiyasi belgilarini borligicha sinchkov nazorat qilinishlari kerak. Infeksiyaning ilk belgilari paydo boʻlganida bolaga antibiotiklar bilan muvofiq davolash buyurilishi kerak.

Kurosurf bilan davolanishga qoniqarsiz javob boʻlgan hollarda yoki holatni tezda ortga qaytishida, preparatning keyingi dozasini qoʻllashdan oldin ochiq arterial yoʻl yoki oʻpkaning pnevmoniya kabi boshqa kasalliklariga oʻxshash organizmni yetilishi asoratlariga eʼtiborni qaratish tavsiya qilinadi.

Homila pardasi yorilgandan keyin uzoq vaqt oʻtgach (3 haftadan koʻp) tugʻilgan bolalar preparat bilan oʻrinbosar davolanishni yomon qabul qiladilar, bu esa oʻpka gipoplaziyasi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin va ekzogen surfaktantga optimal javob namoyon etmasligi mumkin.

Preparatni yuborish RDS ogʻirligini yoki uni paydo boʻlishini pasaytirishi mumkin, ammo davolash oʻlimni va muddatdan oldingi tugʻruq bilan bogʻliq kasalliklarni toʻliq bartaraf qilishini taxmin qilish mumkin emas, chunki muddatdan oldin tugʻilgan toʻliq yetuk boʻlmagan bolalar boshqa asoratlarga uchrashi mumkin. Kurosurf qoʻllangandan keyin 2 dan 10 minutgacha davom etadigan miyaning elektrik faolligini tranzitor depressiya holatlari aniqlangan. Bu faqat bitta tekshirishda kuzatilgan boʻlib, uning taʼsiri aniq emas.

Preparatni tugʻruq zalida mos qurilmalar boʻlganida profilaktik maqsadda qoʻllashni quyidagi tavsiyalarga muvofiq oʻtkazish lozim.

  • 27 haftadan kichik gestatsion yoshdagi deyarli hamma chaqaloqlarni profilaktika (tugʻilgandan keyin 15 minut davomida) qilish tavsiya qilinadi.
  • 26 va <30 haftadan katta gestatsion yoshdagi chaqaloqlarda, agar tugʻruq zalida intubatsiyaga zarurat boʻlsa va ona prenatal davrda kortikosteroidlarni qabul qilmagan boʻlsa, profilaktika qilish tavsiya qilinadi:
  • Kortikosteroidlarni prenatal davrda qoʻllanganda surfaktantni faqat RDS rivojlanganda qoʻllash lozim.

Chala tugʻilgan chaqaloqlarda xavf omillarini eʼtiborga olgan holda, profilaktika qilish shuningdek quyidagi omillar boʻlganida: onada perinatal asfiksiya, qandli diabetni boʻlishi, bolani erkak jinsida, RDS ga oilaviy moyillikni, kesarevo kesishi operatsiyasi, koʻp homilalik homiladorlikda ham profilaktika tavsiya etiladi. Muddatdan oldin tugʻilishning qolgan hamma hollarida iloji boricha surfaktantni erta yoki hayotiy koʻrsatmalar boʻyicha selektiv qoʻllash tavsiya qilinadi.

100-200 mg/kg dan boshqa boshlangʻich dozalarni samaralar toʻgʻrisida, har 12 soatda qoʻllashga nisbatdan tez-tez qoʻllanishi yoki Kurosurfni RDS tashxisi qoʻyilgandan keyin 15 soatdan soʻng qoʻllanishi toʻgʻrisida maʼlumotlar yoʻq.

Kurosurfni muddatdan oldin tugʻilgan ogʻir gipotenziyasi boʻlgan bolalarda qoʻllanishi tekshirilmagan.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtgacha Kurosurf preparatini qoʻllanganda dozani oshirib yuborilish holatlari aniqlanmagan.

Shunga qaramay, dozani oshirib yuborilish hollarida va faqat aniq klinik koʻrinishlarida (nafas, ventilyatsiya yoki oksigenatsiya tomonidan) mumkin qadar maksimal suspenziyani aspiratsiyasini oʻtkazish kerak, bir maromda ushlab turuvchi tadbirlar, xususan suv-elektrolit muvozanatini bir maromda ushlab turishi lozim.

 

Chiqarilish shakli

Preparat 1,5 ml dan xlorbutilli tiqin bilan berkitilgan, alyumin qopqoq bilan yopilgan va plastik qopqoq bilan berkitilgan rangsiz shisha flakonda. Bir flakon penoplastli futlyarda qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Qorongʻi joyda, 2 dan 8oS gacha boʻlgan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

18 oy.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.

Statsionar sharoitida maxsus klinikalarda qoʻllash uchun.