Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
КУРАНТИЛ-SR ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

КУРАНТИЛ-SR ТАБЛЕТКА 25МГ №120

55 000 so'mdan
(2388)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
SR PHARMACEUTICAL INDS
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Kurantil® N 25 oʻzi nima va u nima uchun qoʻllanadi
Kurantil® N 25 preparatini qabul qilishdan oldin nimalarni bilan kerak
Kurantil® N 25 ni qanday qabul qilish kerak
BOʻLISHI MUMKIN BOʻLGAN NOJOʻYa TAʼSIRLARI
Kurantil® N 25 qanday saqlanadi
Oʻram ichidagisi va boshqa maʼlumotlar
Kurantil® N 25 oʻzi nima va u nima uchun qoʻllanadi

Kurantil® N 25 trombotsitlar agregatsiyasiga tormozlovchi taʼsir koʻrsatadi va mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi. Preparat qon tomirlarni kengaytiruvchi yengil taʼsir koʻrsatadi va immun tizimini faollashtiradi.

Kurantil® N 25

  • bosh miyada qon aylanishini ishemik tipdagi buzilishlarini davolash va oldini olish uchun
  • dissirkulyator ensefalopatiyada
  • arterial va venoz trombozni, shu jumladan uning asoratlarini oldini olish uchun
  • yurak klapanlarini protezlash operatsiyasidan keyingi tromboemboliyani oldini olish uchun
  • asoratlangan homiladorlikda yoʻldosh yetishmovchiligini oldini olish uchun
  • mikrotsirkulyatsiyani buzilishlarida majmuaviy davolash doirasida
  • interferon va immunomodulyatorning stimulyatori sifatida gripp va respirator yoʻllarning oʻtkir infeksiyalarida davolash va oldini olish uchun qoʻllanadi
Kurantil® N 25 preparatini qabul qilishdan oldin nimalarni bilan kerak

Kurantil® N 25 ni qoʻllash mumkin emas:

  • dipiridamol yoki ushbu dori preparatining har qanday boshqa komponentlariga (6.1.-boʻlimda keltirilgan) allergiya boʻlganida
  • yaqinda oʻtkazilgan miokard infarktidan keyin
  • agar Sizda nostabil stenokardiya boʻlsa
  • agar Sizda koronar arteriyalarining tarqoq stenoz chaqiruvchi aterosklerozi oʻrin tutsa
  • agar Sizda subaortal stenoz boʻlsa
  • agar Sizda dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi oʻrin tutsa
  • agar Sizda arterial gipotenziya, kollaps boʻlsa
  • agar Sizda yurak ritmini ogʻir buzilishlari oʻrin tutsa
  • agar Sizda gemorragik diatez boʻlsa
  • agar Sizda qon ketishiga moyilligi boʻlgan kasalliklar (meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yarasi va boshqalar) boʻlsa.

Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari

Kurantil® N 25 preparatini qabul qilishdan oldin maslahat uchun shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.

Bolalar

Klinik qoʻllash tajribasi yetarlicha boʻlmaganligi tufayli, Kurantil® N 25 preparatini 12 yoshdan kichik bolalarda qoʻllash mumkin emas.

Kurantil® N 25 preparatini boshqa dori preparatlarini qoʻllanilishi

Agar hozirgi vaqtda Siz qabul qilayotganlar/qoʻllayotgan, qabul qilgan/yaqin oʻtmishda qoʻllagan yoki har qanday boshqa dori vositalarini qabul qilgan/qoʻllagan boʻlsangiz, bu haqida shifokor yoki dorixona xodimiga xabar bering.

Agar Siz quyidagi dori vositalaridan birontasini qabul qilayotgan boʻlsangiz, shifokorni yoki dorixona xodimini ogohlantirish tavsiya etiladi,

  • Arterial bosimni pasaytirish uchun dori preparatlari
  • Ksantin hosilalari (masalan, kofe va choy tarkibidagi moddalar)
  • Asetilsalitsin kislotasi (aspirin) yoki klopidogrel (qonni suyultirish uchun)
  • Varfarin yoki qon ivishini bartaraf etuvchi boshqa dori preparatlari
  • Xolinesteraza ingibitorlari (mushak kuchsizligida qoʻllanadigan vosita)
  • Antatsid preparatlar (dispepsiyada qoʻllanadigan vosita)
  • Adenozin (yurak kasalliklarida yoki kardiologik tekshiruvlarda qoʻllanadigan vosita)
  • Digoksin (yurak kasalliklarida qoʻllanadigan vosita)
  • Fludarabin (leykozning ayrim turlarida qoʻllanadigan vosita)

Homiladorlik va laktatsiya davri

Homiladorlikda yoki emizishda, shu jumladan ehtimol yoki rejalashtirilgan homiladorlikda ushbu preparatni qoʻllashdan oldin maslahat uchun shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.

Homiladorlikda va emizishda Kurantil® N 25 ni faqat xavf va foyda nisbati shifokor tomonidan sinchkov baholangandan keyingina qoʻllash mumkin.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat koʻrsatish qobiliyatiga taʼsiri

Kurantil® N 25 toʻgʻri qoʻllanganida ham avtotransport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat koʻrsatishga bilvosita taʼsir qilishi mumkin, chunki qon bosimini tushib ketishi natijasida reaksiya buzilishi mumkin.

Kurantil® N 25 laktoza saqlaydi

Ushbu dori preparati laktoza saqlaydi. Agar Sizda qandning biron bir turlarini oʻzlashtiraolmaslik aniqlangan boʻlsa, ushbu preparatni qoʻllashdan oldin davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Kurantil® N 25 ni qanday qabul qilish kerak

Doimo ushbu dori preparatini davolovchi shifokor tavsiyalariga muvofiq qabul qiling. Agar Siz nimagaadir ishonch hosil qilmasangiz, shifokorga yoki dorixona ishchisiga murojaat qiling.

Tavsiya etiladigan doza:

Trombotsitlar agregatsiyasi kamayishi uchun sutkada 75-225 mg (Kurantil® N 25 plyonka qobiq bilan qoplangan preparatining 3-9 tabletkalari), dipiridamolni bir qancha qabulga taqsimlangan qabul qilish tavsiya etiladi. Ogʻir holatlarda dipiridamolning dozasi sutkada 600 mg gacha oshirilishi mumkin.

Bosh miyada qon aylanishini buzilishini oldini olish va davolash uchun Kurantil® N 25 plyonka qobiq bilan qoplangan preparatini sutkada 3-6 marta (225-450 mg dipiridamol) qabul qilish tavsiya etiladi.

Dipiridamolning maksimal dozasi 450 mg ni tashkil qiladi (Kurantil® N 25 plyonka qobiq bilan qoplangan preparatning 18 tabletkasiga toʻgʻri keladi) gripp va boshqa oʻtkir respirator virusli infeksiyalarni oldini olish uchun, ayniqsa epidemiya vaqtida, quyidagicha qabul qilish tartibi tavsiya etiladi: sutkada 50 mg dipiridamol (Kurantil® N 25 plyonka qobiq bilan qoplangan preparatining 2 tabletkasi) 7 kunda 1 marta 4-5 hafta davomida qabul qilinadi.

Respirator virusli infekisyalar bilan tez-tez kasallanuvchi patsiyentlarda qayta kasallanishda oldini olish uchun, Kurantil® N 25 ni quyidagicha qabul qilish tavsiya etiladi:

sutkada 100 mg dipiridamol (Kurantil® N 25 plyonka qobiq bilan qoplangan preparatning 2 tabletkasidan 2 marta) 8-10 hafta davomida haftada 1 marta qabul qilinadi.

Bolalarda qoʻllanilishi

12 yoshdan kichik bolalarga Kurantil® N 25 preparatini qoʻllash tajribasi yetarlicha boʻlmaganligi uchun tavsiya etilmaydi.

Qoʻllash usuli

Davolashni asta-sekin oʻsib boruvchi dozadan boshlash kerak, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarni esa, sindirmasdan, och qoringa, suyuqlik bilan qabul qilish kerak.

Davolash davomiyligi va doza individual ehtiyoj va oʻzlashtiraolinishiga qarab belgilanadi.

Davolash davomiyligi

Kurantil® N 25 uzoq davolash uchun toʻgʻri keladi.

Agar Siz Kurantil® N 25 preparatini keragidan ortiq miqdorda qabul qilgan boʻlsangiz

Agar Siz ushbu preparatni keragidan ortiq miqdorini qabul qilgan boʻlsangiz, darhol davolovchi shifokorga yoki shifoxonaga murojaat qiling. Hatto oʻramida tabletkalar qolmagan boʻlsa ham, oʻzingiz bilan dori preparatining oʻramini olib oling.

Agar Siz Kurantil® N 25 ni qabul qilishni unutgan boʻlsangiz

Oʻtkazib yuborilgan dozani oʻrnini qoplash uchun ikki barobar dozani qoʻllamang.

Agar Sizda ushbu preparatni qoʻllash boʻyicha keyinchalik savollar paydo boʻlsa, shifokoringizga va dorixona xodimiga murojaat qiling.

BOʻLISHI MUMKIN BOʻLGAN NOJOʻYa TAʼSIRLARI

Har qanday vositalar kabi ushbu preparat ham, garchi ular hammada ham paydo boʻlmasa ham nojoʻya taʼsirlar chaqirishi mumkin.

Kurantil® N 25 preparatii terapevtik dozalarda qoʻllanganida, odatda kutilmagan dori reaksiyalari yengil va oʻtkinchi xarakterga ega.

Baʼzida qusish, ich ketishi, shu jumladan bosh aylanishi, koʻngil aynishi, bosh ogʻrigʻi (shu jumladan qon tomirlarini oʻzgarishi oqibatidagi bosh ogʻrigʻi) va mushaklarda ogʻriq oʻrin tutishi mumkin. Odatda bu nojoʻya samaralar Kurantil® N 25 preparati uzoq muddat qoʻllanganida yoʻqoladi.

Kurantil® N 25 oʻzining potensial qon tomirlarni kengaytiruvchi taʼsiri natijasida yuqori dozalarda qon bosimini pasayishini, qizib ketish hissi va yurak urishini tezlashishini, ayniqsa qon tomirlarni kengaytiruvchi boshqa vositalarni qabul qiluvchi shaxslarda chaqirishi mumkin.

Qisqa vaqtli teri toshmalari va eshakemi tipidagi yuqori sezuvchanlik reaksiyalari kuzatilishi mumkin. Yakka hollarda jarrohlik aralashuvlari vaqtida yoki undan keyin qon ketishga yuqori moyillik kuzatilgan.

Dipiridamol oʻt pufagi toshlari tarkibida boʻlishi mumkinligi koʻrsatilgan.

Quyidagi nojoʻya taʼsirlarning yakka hollari qayd etilgan:

  • yurak ishemik kasalligini zoʻrayishi
  • stenokardiya
  • miokard infarkti.

 

Nojoʻya taʼsirlari haqida maʼlumotlar

Har qanday nojoʻya taʼsirlar paydo boʻlganida shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Bu shuningdek ushbu ilova-varaqada taʼriflanmagan har qanday nojoʻya taʼsirlarga taalluqlidir. Siz nojoʻya taʼsirlar haqida, shuningdek bevosita “Berlin–Xemi AG” kompaniyasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasiga: Toshkent shahri, 100015, Afrosiyob koʻchasi, 12-uy (biznes-markazi) manziliga xabar berishingiz mumkin. Nojoʻya taʼsirlar haqida xabar bergan holda Siz mazkur dori preparatining xavfsizligi toʻgʻrisida koʻproq maʼlumot toʻplashga yordam berishingiz mumkin.

Kurantil® N 25 qanday saqlanadi

Ushbu dori vositasini bolalar olaolmaydigan joyda saqlash kerak.

Yaroqlilik muddati: 3 yil.

Ushbu dori vositasini taxlanadigan karton qutida va shisha flakon etiketkasidagi “goden do” soʻzlaridan keyin koʻrsatilgan yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin ishlatilmasin. Yaroqlilik muddati koʻrsatilgan oyning oxirgi kuniga toʻgʻri keladi.

30oS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

Hech qanday dori preparatlarni kanalizatsiyaga yoki maishiy chiqindilarga tashlamang. Keraksiz dori preparatini qanday utilizatsiya qilish boʻyicha dorixona xodimi bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.

Oʻram ichidagisi va boshqa maʼlumotlar

Kurantil® N 25 preparatining tarkibi

Preparatning taʼsir etuvchi moddasi dipiridamol hisoblanadi.

Qobiq bilan qoplangan bir tabletkada 25 mg dipiridamol saqlanadi.

Boshqa komponentlar: makkajoʻxori kraxmali, laktoza monogidrati, kraxmal glikolyatining natriyli tuzi, jelatin, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, gipromelloza, talk, makrogol 6000, titan dioksidi (Ye 171) va xinolin sarigʻi (Ye 104), simetikon emulsiyasi

Kurantil® N 25 preparatining tashqi koʻrinishi va oʻram ichidagisi

Yassitsilindrik, dumaloq, plyonka qobiq bilan qoplangan sariq rangli, deyarli yassi parallel yuzali tabletkalar.

Kurantil® N 25 polietilen qobiqli 30 ml li rangsiz shisha flakonlar joylangan qutilarda chiqariladi.

Bir original oʻramda 120 qobiq bilan qoplangan tabletkalar saqlanadi.

Dori vositasi retsept boʻyicha beriladi.