Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Купид 36

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Купид 36 ТАБЛЕТКА 20мг №1

23 000 so'mdan
(3831)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Tadalafil
Ishlab chiqaruvchi
КАДИЛА ФАРМАСЬЮТИКАЛЗ ЛТД
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Средства улучшающее эректильную функцию.
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik hususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

 

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: tadalafil – 20 mg;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza kukuni, gidroksipropilsellyuloza, natriy laurilsulfati, natriy kroskarmelloza, magniy stearati, opadray II 32K520009 sariq, tozalangan suv.

 

Taʼrifi: 

bodomsimon shaklli, bir tomonida “20” gravirovkasi va boshqa tomoni silliq boʻlgan, sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

potensiyani muvofiqlashtirish uchun qoʻllanadigan vosita.

 

 

Farmakologik hususiyatlari

Ereksiyani buzilishini davolash uchun qoʻllanadigan preparat. Tadalafil ereksiyani va jinsiy aloqani samarali oʻtishini yaxshilaydi.

SGMF ning spetsifik fosfodiesteraza 5 turini (FDE5) qaytuvchan selektiv ingibitori hisoblanadi. Jinsiy qoʻzgʻalish azot oksidining mahalliy ajralib chiqishini chaqirganida, tadalafil tomonidan FDE5 ni ingibitsiya boʻlishi jinsiy olatning gʻovak tanasida sGMF ning darajasini oshishiga olib keladi.

Natijada arteriyalardagi silliq mushaklarni boʻshashishi va jinsiy olat toʻqimalariga qonni oqib kelishi yuz beradi va bu ereksiyani chaqiradi. Jinsiy ragʻbatlantirish boʻlmaganida tadalafil samara koʻrsatmaydi.

Preparat 36 soat davomida taʼsir qiladi. Samarasi preparat qabul qilinganidan soʻng, jinsiy qoʻzgʻalish boʻlganida 16 minut oʻtgan zahoti namoyon boʻladi. Tadalafil sogʻlom shaxslarda platseboga nisbatan, sistolik hamda diastolik bosimini yotgan (oʻrtacha maksimal pasayishi muvofiq 1,6/0,8 mm sim. ust. ni tashkil qiladi) va turgan holatda (oʻrtacha maksimal pasayishi muvofiq 0,2/4,6 mm sim. ust. ni tashkil qiladi) ishonchli darajada oʻzgartirmaydi. Yurak qisqarishlari sonini (YUQS) ishonchli darajada oʻzgartirmaydi.

Tadalafilning bir martalik dozasini koʻrish faoliyatiga taʼsirini baholash yuzasidan oʻtkazilgan tadqiqotda, koʻrish oʻtkirligi, koʻz ichki bosimi yoki qorachiqning oʻlchamiga biron-bir taʼsiri kuzatilmagan.

Platsebo-nazoratli tekshirishlarda preparatni sutkalik dozada 6 oy davomida qabul qilgan erkaklar spermasining hususiyatlariga klinik jihatdan sezilarli taʼsiri kuzatilmagan.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilingandan soʻng tadalafil tez soʻriladi. Maksimal konsentratsiyaga (Smax) oʻrtacha 2 soatdan keyin erishadi. Soʻrilish darajasi va tezligi ovqat qabul qilishga bogʻliq emas. 2,5 dan 20 mg gacha boʻlgan dozalar diapozonida “konsentratsiya-vaqt” egri chizigʻi ostidagi maydoni (AUC) dozaga proporsional ravishda oshadi. Plazmadagi muvozanatli konsentratsiyasiga (Sss), preparat sutkada 1 marta qabul qilinganida 5 kun davomida erishadi.

Tadalafil organizmning toʻqimalarida taqsimlanadi. Taqsimlanish hajmi (Vd) taxminan 63 l ni tashkil qiladi. Terapevtik konsentratsiyalarda tadalafilning 94% plazma oqsillari bilan bogʻlanadi.

CYP3A4 izofermenti ishtirokida metabolizmga uchraydi. Asosiy metaboliti metilkatexolglyukuroniddir.

Sogʻlom shaxslarda ichga qabul qilinganida tadalafilning oʻrtacha klirensi soatiga 2,5 l ni, oʻrtacha yarim chiqarilish davri (T1/2) – 17,5 soatni tashkil qiladi. Nofaol metabolitlar koʻrinishida asosan ahlat bilan (taxminan 61%) va kamroq darajada siydik bilan (taxminan 36%) chiqariladi.

Ayrim klinik vaziyatlardagi farmakokinetikasi – yengil (kreatinin klirensi (KK) minutiga 51 ml dan 80 ml gacha boʻlgan) yoki oʻrtacha ogʻirlikdagi ((KK) minutiga 30 ml dan 50 ml gacha boʻlgan) buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda AUC sogʻlom shaxslardagiga nisbatan yuqori boʻladi. Ogʻir darajadagi buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda (KK < 30 ml/min) preparatni qoʻllanishi oʻrganilmagan. Jigar faoliyatini yengil yoki oʻrtacha darajada ifodalangan buzilishlari boʻlgan patsiyentlarda tadalafilning farmakokinetikasi sogʻlom shaxslardagi bilan oʻxshash boʻladi.

Faqat yoshga qarab preparatning dozasini boshqarish asoslangan hisoblanmaydi. Shunday boʻlsa ham, ayrim keksa yoshdagi odamlarda dori vositasiga nisbatan yuqori sezuvchanlikni inobatga olish kerak.

Qandli diabet bilan xastalangan bemorlarda dozasini muvofiqlashtirish asoslangan hisoblanmaydi.

 

Qoʻllanilishi

Jinsiy olatni qoniqarli jinsiy aloqa uchun yetarli boʻlgan ereksiyasiga erishaolmaslik yoki saqlay olmaslik hususiyati bilan ifodalanuvchi ereksiyani buzilishida qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Ichga buyuriladi. Erkaklarga preparatni 20 mg dozada taxmin qilingan jinsiy faollikdan oldin, ovqatlanishdan qatʼiy nazar qabul qilish tavsiya etiladi. Patsiyentlar preparatni qabul qilgandan keyin 36 soat davomida jinsiy aloqani amalga oshirishga urinib koʻrishlari mumkin. Tavsiya qilinadigan maksimal qabul qilishlar soni sutkada 1 martani tashkil kiladi.

Keksa erkaklar va buyrak (KK >30 ml/min) hamda jigar faoliyatini buzilishlari boʻlgan patsiyentlar uchun dozani tanlash talab qilinmaydi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Juda tez-tez: bosh ogʻrigʻi, dispepsiya.

Boʻlishi mumkin: belda ogʻriq, mialgiya, burunni bitishi, yuzni qizib ketishi.

Umumiy (butun organizm boʻyicha) nojoʻya taʼsirlar: asteniya, yuzni shishi, toliqish, ogʻriqlar boʻlishi mumkin.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: stenokardiya, koʻkrak qafasida ogʻriq, gipotenziya, miokard infarkti, ortostatik gipotenziya, lipillashi, xushdan ketishlar, taxikardiya.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: jigar faoliyatini tahlillarida oʻzgarishlar, ogʻizni qurishi, disfagiya, ezofagit, gastrit, GGTPni oshishi, ichni tez-tez suyuq kelishi, koʻngil aynishi, qorin boʻshligʻining yuqori qismida ogʻriq, qusish.

Tayanch-harakat apparati tomonidan: artralgiya, boʻyin sohasida ogʻriq.

Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, giposteziya, uyqusizlik, paresteziyalar, uyquchanlik, bosh aylanishi.

Nafas tizimi tomonidan: hansirash, burundan qon ketishi, faringit.

Teri qoplamlari tomonidan: qichishish, toshma, terlash.

Koʻrish aʼzolari tomonidan: koʻrishni noaniqligi, rang ajratishni oʻzgarishi, konʼyunktivit (shu jumladan konʼyunktivani giperemiyasi), koʻzlarda ogʻriq, koʻz yoshi oqishini kuchayishi, qovoqlarni shishi.

Eshitish aʼzolari tomonidan: eshitishni toʻsatdan pasayishi yoki yoʻqolishi, quloqlarni shangʻillashi,

Urogenital tizimi tomonidan: ereksiyani kuchayishi, jinsiy olatni toʻsatdan ereksiyasi.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • tadalafilga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • tarkibida har qanday organik nitratlarni saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish;
  • bolalar va 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarda qoʻllash mumkin emas;
  • yurak kasalliklari bilan xastalangan, jinsiy faollik mumkin boʻlmagan erkaklar;
  • arterial boʻlmagan oldingi ishemik optik neyropatiya (ABOION) oqibatida bir koʻzning koʻrish faoliyati yoʻqolgan patsiyentlarga, ushbu huruj ilgari FDE-5 ingibitoriga taʼsir qilishi bilan bogʻliq boʻlgan yoki boʻlmaganligidan qatʼiy nazar;
  • FDE-5 ingibitorlari, shu jumladan tadalafilni riotsiguat kabi guanilatsiklaza stimulyatorlari bilan birga qoʻllash mumkin emas, chunki bu holat simptomatik gipotenziyaga olib kelishi mumkin.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Boshqa preparatlarni tadalafilga taʼsiri

CYP3A4 ning selektiv ingibitori ketokonazol AUC ni 107% ga oshiradi, rifampitsin esa uni 88% ga kamaytiradi. Maxsus oʻzaro taʼsirlari oʻrganilmaganligiga qaramay, ritonavir va sakvinavir kabi proteaza ingibitorlari, shuningdek eritromitsin va itrakonazol kabi CYP3A4 ingibitorlari tadalafilning faolligini oshiradi deb taxmin qilish mumkin.

Antatsid (magniy gidroksidi/alyuminiy gidroksidi) va tadalafil bir vaqtda qabul qilinganida, tadalafilning AUC koʻrsatkichini oʻzgarishisiz, uning soʻrilish tezligini kamaytiradi.

N2-gistamin retseptorlarining blokatori nizatidinni qabul qilish natijasida meʼda shirasining rN koʻrsatgichini oshishi, tadalafilning farmakokinetikasiga taʼsir koʻrsatmaydi.

Tadalafilni boshqa preparatlariga taʼsiri

Tadalafil nitratlarning gipotenziv taʼsirini kuchaytiradi. Bu nitratlar va tadalafilni azot oksidi va sGMF metabolizmiga additiv taʼsiri natijasida yuz beradi. Shuning uchun nitratlarni qoʻllash vaqtida preparatni buyurish mumkin emas.

Tadalafil, metabolizmi sitoxrom R450 izofermentlari ishtirokida yuz beradigan preparatlarning klirensiga klinik ahamiyatli taʼsir koʻrsatmaydi.

Varfarinning protrombin vaqtiga nisbatan taʼsiriga taʼsir qilmaydi va atsetilsalitsil kislotasining taʼsiri fonidagi qon ketishi davomiyligini uzaytirmaydi.

Tadalafilni antigipertenziv preparatlar, shu jumladan kalsiy kanallarining blokatorlari (amlodipin), angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari (enalapril), beta-adrenoblokatorlar (metoprolol), alfa-adrenoblokatorlar, tiazid diuretiklar (bendoflyuazid), angiotenzin II retseptorlarining blokatorlari bilan klinik ahamiyatli oʻzaro taʼsir koʻrsatmaydi. Preparatni antigipertenziv preparatlar bilan birga yoki ularsiz qabul qilgan patsiyentlarda nojoʻya koʻrinishlari boʻyicha farqlar aniqlanmagan. Preparat bir marta qabul qilinganida etanolning qondagi konsentratsiyasiga, etanolni kognitiv faoliyatga taʼsiri va arterial bosimga (AB) taʼsiri aniqlanmagan. Bundan tashqari, tadalafil etanol bilan birga qabul qilinganidan soʻng 3 soatdan keyin uning qondagi konsentratsiyasini oʻzgarishi kuzatilmagan. Tadalafil teofillinning farmakokinetikasi va farmakodinamikasiga klinik jihatdan sezilarli taʼsir koʻrsatmaydi.

 

Riotsigulat

Klinika oldi tadqiqotlari, FDE-5 ingibitorlari va riotsigulat birga qoʻllanganida qoʻshimcha gipotenziv taʼsir qilishini koʻrsatdi. Klinik tadqiqotlarda riotsigulat FDE-5 ingibitorlarining gipotenziv taʼsirini oshirish uchun buyurilgan.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Ogʻir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (KK <30 ml/min) va ogʻir darajadagi jigar yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda preparatni oʻta ehtiyotkorlik bilan va juda zarur boʻlgan hollarda qoʻllash kerak.

Oʻrtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi (KK minutiga 31 ml dan 50 ml gacha) boʻlgan patsiyentlarni preparat bilan davolash fonida yengil darajadagi buyrak yetishmovchiligi (KK minutiga 51 ml dan 80 ml gacha) boʻlgan patsiyentlar yoki sogʻlom koʻngillilarga nisbatan belda ogʻriq koʻproq aniqlangan. KK < 50 ml/min boʻlgan patsiyentlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Jinsiy faollik yurak-qon tomir kasalliklari boʻlgan patsiyentlar uchun potensial xavfga ega. Shuning uchun erektil disfunksiyani, shu jumladan preparatni qoʻllash bilan davolashni yurakning, jinsiy faollik tavsiya qilinmaydigan, kasalliklari boʻlgan erkaklarda oʻtkazish mumkin emas.

Yurak-qon tomir kasalliklari boʻlgan patsiyentlarda jinsiy faollik kuzatilganida quyidagi asoratlar rivojlanishini potensial havfini hisobga olish lozim:

  • oxirgi 90 kun davomida miokard infarkti;
  • nostabil stenokardiya yoki jinsiy aloqa vaqtida paydo boʻladigan stenokardiya;
  • oxirgi 6 oy davomida rivojlangan surunkali yurak yetishmovchiligi (NYHA tasnifi boʻyicha II va undan yuqori funksional sinf);
  • yurak ritmini nazorat qilib boʻlmaydigan buzilishlari;
  • arterial gipotenziya (AB 90/50 mm sim. ust. kamroq) yoki nazorat qilib boʻlmaydigan arterial gipertenziya;
  • oxirgi 6 oy davomida oʻtkazilgan insult.

Preparatni priapizmga moyilligi boʻlgan patsiyentlarda (masalan, oʻroq-hujayrali anemiyada, koʻp sonli miyeloma yoki leykemiyada) yoki jinsiy olatning anatomik deformatsiyasi (masalan, angulyatsiyada, kavernoz fibrozda yoki Peyron kasalligida) ehtiyotkorlik bilan qoʻllash lozim. Patsiyentda 4 soat va undan koʻp davom etgan ereksiya holatlari kuzatilaganida darhol shifokorga murojat qilishi kerak. Priapizmni oʻz vaqtida davolamaslik jinsiy olat toʻqimasini shikastlanishiga olib keladi, buning natijasida potensiyani uzoq muddatli yoʻqolishi yuz berishi mumkin.

Preparatni erektil disfunksiyani davolashni boshqa turlari bilan majmuaviy qoʻllash havfsizligi va samaradorligi oʻrganilmagan. Shuning uchun bunday majmualarni qoʻllash tavsiya qilinmaydi.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri – maxsus tavsiyalar yoʻq.

Bir yoki har ikkala koʻzda koʻrish faoliyati toʻsatdan yoʻqolganida, shifokorlar barcha FDE-5 ingibitorlari, shu jumladan tadalafilni qabul qilishni toʻxtatish va shifokorga murojaat qilish kerakligini bemorlarga maslahat berish kerak.

Eshitish faoliyati toʻsatdan pasayganida yoki yoʻqolganida, shifokorlar FDE-5 ingibitorlari, shu jumladan tadalafilni qabul qilishni toʻxtatish va zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerakligini bemorlarga maslahat berish kerak.

Shifokorlar tadalafil alfa-blokatorlar va antigipertenziv preparatlarning hususiyatini kuchaytirishi va arterial bosimni pasaytirishi mumkinligini patsiyentlar bilan muhokama qilishlari kerak.

Shifokorlar, alkogolning (masalan, 5 birlik yoki yuqori) ahamiyatli miqdorini tadalafil bilan birga qabul qilish ortostatik belgilar va simptomlarni oshirishi, shu bilan birga yurak qisqarishlari sonini oshirishi, turgan holatda arterial bosimni pasaytirishi, bosh aylanishi va bosh ogʻrigʻini chaqirishi mumkinligi haqida maʼlumot berishlari kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan soʻng ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Sogʻlom koʻngillilarga sutkada 500 mg dan bir marta va erektil disfunksiyasi boʻlgan patsiyentlarga sutkada 100 mg gacha boʻlgan dozada koʻp marta qoʻllanganida nojoʻya samaralari preparatni kichik dozalarda qoʻllanganidek boʻlgan.

Davolash: standart simptomatik davolashni oʻtkazish kerak.

 

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka, 20 mg. 1 tabletkadan blisterda. 1 blisterdan qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori boʻlmagan haroratda saklansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.