Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Ксилат р-р

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Ксилат р-р д/инф. 400мл №1

48 000 so'mdan
(5471)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Ксилат р-р д/инф. 400мл №1
Xususiyatlari
Xalqaro nomlanishi
XYLITOL,SODIUM ACETATE,SODIUM CHLORIDE,CALCIUM CHLORIDE,POTASSIUM CHLORIDE,MAGNESIUM CHLORIDE
Ishlab chiqaruvchi
(Юрия-Фарм , Украина)
Chiqarilish shakli
раствор для инфузии
Farma. Guruh
Средства, применяемые при отравлениях и интоксикациях
Dori tafsilotlari
Tarkibi
Farmakoterapevtik guruhi
Farmakodinamikasi
Farmakokinetikasi
Qo‘llanilishi
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozani oshirib yuborilishi
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nomutanosiblik
Saqlash sharoiti
Saqlash muddati
Dorixonalardan berish tartibi.
Tarkibi

Faol moddalar: 1 ml eritma 50 mg ksilitol, 2,6 mg natriy asetati trigidrati (natriy asetatga qayta hisoblaganda), 6 mg natriy xloridi, 1,0 mg kalsiy xloriddigidrati (Kalsiy xloridga qayta hisoblaganda), 3,0 mg kaliy xloridi, 1,0 mg magniy xlorid geksagidrati (magniy xloridga qayta hisoblaganda);

Yordamchi moddalar: in‘eksiya uchun suv.

Dori shakli. Infuziya uchun eritma

Asosiy fizik-kimyoviy xususiyatlari tiniq rangsiz suyuqlik. Preparatning ion tarkibi: Na+ – 134,4 mmol/l, K+ – 4mmol/l, Sa++ – 0,9 mmol/l, Mg++ -1,1 mmol/l, Cl – 110,6 mmol/l, CH3COO – 31,7 mmol/l saqlaydi.Energetik qiymati – 200 kkal/l; Nazariy osmolyarligi – 610 mOsmol/l, rN – 6,0-7,6.

Farmakoterapevtik guruhi

Qon o‘rnini bosuvchi va perfuzion eritmalar. Elektrolitlar eritmalari. Elektrolitlar boshqa preparatlar bilan majmuada.

Farmakodinamikasi

Preparatning asosiy ta‘sir qiluvchi moddalari ksilitol va natriy asetatidir. Ksilitol besh atomli spirt bo‘lib, vena ichiga yuborilganda umumiy metabolizmga tez kirishadi, 80% jigarda o‘zlashtiriladi va glikogen ko‘rinishida to‘planadi.

Yaqqol antiketogen ta‘sir ko‘rsatadi, metabolizmi bo‘yicha insulinga qaram bo‘lmagan energiya manbaidir.

Ksilitol – bu odamda karbonsuvlar almashinuvining tabiiy oraliq mahsulotidir, shuning uchun kam toksiklikka ega va yaxshi o‘zlashtiriladi. Fruktozaga nisbatan jigarda nukleotidlarni (ATF, ADF, AMF) pasayishini chaqirmaydi, shuningdek fruktozani o‘zlashtira olmaydigan yoki fruktoza-1,6-difosfat fermentining tanqisligi bo‘lgan bemorlarga yuborish uchun xavfsizdir.

Natriy asetati sekin ta‘sir qiluvchi ishqorlashtiruvchi vositalarga kiradi. U preparatning metabolizmi hisobiga asoslarning to‘planishini chaqiradi va N+ ortiqcha to‘planishi sekin kuzatiladigan metabolik asidozning ko‘rinishlarida ko‘rsatilgan (masalan, buyrak va nafassiz asidoz tanqisligida). Natriy gidrokarbonati eritmasidan farqli ravishda natriy asetati qo‘llanganida, metabolik asidozni to‘g‘rilash sekinroq yuz beradi, shuning uchun rN ning keskin tebranishlarini chaqirmaydi.

Farmakokinetikasi

Natriy asetati 1,5-2 soat davomida natriy gidrokarbonatining ekvivalent miqdoriga to‘liq metabollanadi, bosh miyaning xujayrali interstisial shish ko‘rinishlarini va trombositlar va eritrositlarning agregasiyasini oshishini chaqirmaydi.  Asetatning metabolizmida kislorodga bo‘lgan talab, laktatning metabolizmiga nisbatan ahamiyati kam bo‘lib, bu turli kelib chiqishga ega bo‘lgan og‘ir shokni davolash uchun muhim ahamiyatga ega.

Ksilat® tarkibi bo‘yicha ko‘p komponentli, polifunksional, giperosmolyar eritmalar guruhiga mansub bo‘lib, antiketogen, gemodinamik, dezintoksikasion,  reologik,  energetik, ishqoriylashtiruvchi, osmodiuretik ta‘sirlarga ega.

Qo‘llanilishi

Intoksikasiyani kamaytirish, mikrosirkulyasiyani yaxshilash uchun, qandli diabet va boshqa glyukozani yo‘qotilishining buzilishlarida karbonsuvlarga bo‘lgan talabni qisman qoplash uchun, travmatik, operasion, gemolitik va kuyish shoklarida (qon va siydikning osmolyarligini hisobga olib), operasiyadan oldingi tayyorgarlik va operasiyadan keyingi davrda, o‘tkir qon yo‘qotilishida, shuningdek kuyish kasalligida, cho‘zilgan yiringli jarayonlarda, turli infeksion kasalliklar va surunkali toksik gepatitlarda qo‘llanadi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Giperosmolyar koma, anuriya. Suyuqlikni quyish mumkin bo‘lmagan hollarda (shishlar, miyaga qon quyilish, tromboemboliya, yurak-tomir dekompensasiyasi, III darajali arterial gipertenziya) Ksilat® ni yuborish mumkin emas. Preparatni umumiy suvsizlanishlarda va suv-tuz almashinuvi buzilgan hollarda qo‘llash tavsiya etilmaydi

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Preparatni fosfat- va karbonat saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas. Ksilat® boshqa preparatlar uchun erituvchi-tashuvchi bo‘lmasligi kerak.  Preparatlarni qo‘shish fizik-kimyoviy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Gemodinamik samaraga erishish uchun Ksilat® kattalarga minutiga 40-60 tomchi tezlikda vena ichiga tomchilab yuboriladi. Zarurati bo‘lganida preparat daqiqasiga 30 tomchi tezlikda tomchilab yuborish yo‘li bilan sinama o‘tkazilganidan keyin, oqim bilan yuborishga yo‘l qo‘yiladi. Oldin 15 tomchi yuboriladi, 3 daqiqadan keyin reaksiyalar kuzatilmasa,  preparatni oqim bilan yuboriladi.

Preparatning antiketogen xususiyatlari yuborish tezligi ksilitolni yo‘qotilish tezligiga teng bo‘lganida namoyon bo‘ladi.

Jigar kasalliklarida preparat jigar faoliyatining ko‘rsatkichlari nazorati ostida qo‘llanadi.  Surunkali buyrak yetishmovchiligi bor bemorlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash zarur; preparatni yuborganda buyraklar faoliyatini tekshirib turish zarur. Garchi Ksilat® o‘t haydovchi samaraga ega bo‘lsa ham, uni o‘t-tosh kasalligida yuborish shifokorning sinchkov nazorati ostida amalga oshirilishi kerak. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga Ksilat® preparatini yuborish qondagi qandning miqdorini nazorati ostida amalga oshirilishi kerak.

Organizmning umumiy suvsizlanishida  va suv-tuz almashinuvi buzilganda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.

Homilador va emizikli ayollarga Ksilat® ni qo‘llash mumkinligi haqida tekshiruvlar o‘tkazilmagan.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati.

Preparat faqat shifoxona sharoitida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalarga vena ichiga tomchilab, minutiga 50-70 tomchidan, ya‘ni 2,1-3,0 ml/kg/soat yoki 150-210 ml/soat tezlik bilan yuboriladi.

Maksimal doza: kattalarga – sutkada 2100 ml yoki sutkada 1 kg tana vazniga 1,5 g ksilitol.

Infuziyaning maksimal tezligi – 210 ml/soat (minutiga 70 tomchi) = 1 soatda1 kg tana vazniga 0,15 g ksilitol;

– surunkali va toksik gepatitlarda – kattalarga 400 mg dan (5-6 ml/kg) tomchilab (jigar faoliyatining ko‘rsatkichlarini nazorat qilish kerak), sutka davomida bir marta yoki ikki marta yuboriladi (sutkalik dozasini 2 martaga bo‘lib yuborish mumkin);

– bemorlarni, shu jumladan qandli diabeti bo‘lganlarni parenteral ovqatlantirish uchun – kattalarga 600-1000 ml dan (1 kg tana vazniga 10-15 ml), sutka davomida bir marta  yoki ikki marta (sutkalik dozasini 2 martaga bo‘lib yuborish mumkin);

– travmatik, kuyish, operasiyadan keyingi va gemolitik shokda – kattalarga – 600-1000 ml dan (1 kg tana vazniga 10-15 ml), sutka davomida bir marta yoki ikki marta (sutkalik dozasini 2 martaga bo‘lib yuborish mumkin);

Operasiyadan oldingi davrda va turli jarrohlik muolajalardan keyin kattalarga 400-600 ml dozada (6-10 ml/kg), tomchilab, sutkasiga bir marta yoki ikki marta (sutkalik dozasini 2 martaga bo‘lib yuborish mumkin), har kuni 3-5 kun davomida yuboriladi.

O‘tkir qon yo‘qotishlarda-kattalarga 1000-1400 ml (20 ml/kg) dan. Bunday holatda Ksilat® preparatining infuziyasini “Tez yordam” maxsus mashinasida, shifoxonagacha bosqichda o‘tkazish tavsiya qilinadi.

Bolalar.

Bolalarda preparatni qo‘llash mumkinligi haqida tekshiruvlar o‘tkazilmagan.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasi oshirib yuborilganida ko‘ngil aynishi, ichakning dam bo‘lishi, ich ketishi, qorinda og‘riq, suv-elektrolit muvozanatning buzilishi kuzatilishi mumkin (gipertonik reaksiya ko‘rinishida; bunday holda arterial bosimni nazorati ostida gipotenziv vositalar yuboriladi).

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar, qichishish, eshakemi ham, kam – taxikardiya, tana haroratini ko‘tarilishi, yuborilgan joyda periferik venalarning ta‘sirlanishi. Gipertonik reaksiya paydo bo‘lishi mumkin (bunday holda arterial bosimni nazorati ostida gipotenziv vositalar yuboriladi); ko‘ngil aynishi, qaltirash.  Elektrolitlar almashinuvining buzilishi, laktoasidoz, gipergidratasiya, shishlar, giperoksaluriya, giperurekemiya, jigar sinamalarining o‘zgarishi, asidoz (jumladan sut kislotali asidoz).

Nomutanosiblik

Preparatni fosfat- va karbonat saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas. Preparatlarni qo‘shish fizik-kimyoviy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Agarda qo‘shishning zarurati bo‘lsa, u holda sterillikka rioya qilish, sinchiklab aralashtirish va preparatlarning o‘zaro ta‘sirini nazorat qilish kerak.

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.  Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Saqlash muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi.

Resept bo‘yicha