Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
КОРГЛИКОН РАСТВОР

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

КОРГЛИКОН РАСТВОР ДЛЯ ИНФУЗИИ 0,06% 1МЛ №10

8 160 so'mdan
(3380)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
CORGLYCONE
Ishlab chiqaruvchi
ЗДОРОВЬЕ
Chiqarilish shakli
Р-Р Д/ИНФ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 
Tarkibi: 
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.

Dori shakli: 

inyeksiya uchun eritma

 

Tarkibi: 

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 0,6 mg korglikon;

yordamchi moddalar: xlorbutanol gemigidrat, inyeksiya uchun suv.

 

Taʼrifi: 

tiniq, biroz sargʻish rangli, oʻziga xos kuchsiz hidli suyuqlik.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

yurak glikozidlari

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Korglikon yurak glikozidlari guruhiga mansub va oʻzining spetsifik samaralar boʻyicha strofantinga yaqin, lekin uzoqroq taʼsirga ega. Korglikon dori vositasining taʼsir mexanizmi kardiomiotsitlarning Na+-K+– ATF-azasini blokadasi, miofibrillalarning qisqaruvchanlik jarayonini energetik taʼminlashga taʼsiri bilan bogʻliq. Preparat musbat miotrop taʼsir, manfiy xrono- va dromotrop samalarga ega, yurak glikozidlari va Gis tutami boʻyicha oʻtkazuvchanlikni sekinlashtiradi. Preparat gemodinamikani yaxshilaydi, simpatoadrenal tizim faolligini pasaytiradi. Preparat markaziy nerv tizimiga sedativ taʼsirga ega.

Farmakokinetikasi

Preparatning samarasi vena ichiga yuborilgandan 3-5 minutdan keyin kuzatiladi, 30 minut davomida maksimumga erishadi. Preparat qon plazmasi oqsillari bilan bogʻlanmaydi, organizmda metabolizmga uchraydi. Asosan siydik bilan oʻzgarmagan koʻrinishda chiqariladi. Deyarli kumulyativ taʼsirga ega emas. Organizmdan yarim chiqarilish davri (asosan buyrak orqali) – taxminan 28 soatni tashkil qiladi.

 

Qoʻllanilishi

Oʻtkir va surunkali yurak yetishmovchiligida (angishvonagul preparatlarini oʻzlashtiraolmaslikda) qoʻllanadi.

 

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Korglikon vena ichiga yuboriladi. yuborish sekin 5-6 minut davomida (preparatni faqat 10-20 ml 0,9% li natriy xloridi eritmasida suyultirilsin) sutkada 1-2 marta amalga oshiriladi. Kattalarga 0,5-1 ml, 2 yoshdan 5 yoshgacha boʻlgan bolalarga – 0,2-0,5 ml; 6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga – 0,5-0,75 ml dan yuborilsin. Sutkada 2 marta yuborilganda inyeksiyalar oʻrtasidagi interval 8-12 soatni tashkil qiladi.

Kattalar uchun vena ichiga maksimal dozasi: bir martalik – 1 ml, sutkalik – 2 ml ni tashkil qiladi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: preparat avtomatizm va oʻtkazuvchanlikka, ayniqsa tez yuborilganda taʼsiri hisobiga yurak ritmi buzilishlarini (ekstrasistoliya, atrioventrikulyar blokada, bradiaritmiya, yurak qorinchalari aritmiyalari, AV-oʻtkazuvchanlikni sekinlashishi) chaqirishi mumkin.

Ovqat-hazm qilish yoʻllari tomonidan: koʻngil aynishi, qusish, diareya, ogʻizni qurishi, anoreksiya, epigastral sohada diskomfort.

Nerv tizimi va sezgi aʼzolari tomonidan: ongni chalkashishi, qoʻl-oyoqlarda ogʻriq va paresteziya, holsizlik, uyqusizlik, bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, rang ajratishni buzilishi, uzoq vaqt qoʻllanilganda – koʻrish maydonlarini tushib qolishi, koʻrish oʻtkirligini pasayishi.

Teri tomonidan: anafilaktik shok, toshma.

Boshqalar: gipokaliyemiya, ginekomastiya (uzoq vaqt qoʻllaganda); allergik reaksiyalar, shu jumladan eshakemi, qichishish; yuborish joyidagi oʻzgarishlar.

 

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatning komponentlariga, shuningdek boshqa yurak glikozidlariga yuqori sezuvchanlik. Diastolik funksiya buzilishlaridagi yurak yetishmovchiligi, oʻtkir miokard infarkti, turli darajadagi atrioventrikulyar blokada, bradikardiya, ekstrasistoliya, ritm yurgizuvchisi implantatsiyasiz sinus tuguni zaifligi sindromi, nostabil stenokardiya, karotid sinusining oʻta yuqori sezuvchanlik sindromi, oʻtkir miokardit, endokardit, gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya, konstriktiv perikardit, aortaning koʻkrak sohasi anevrizmasi, alohida mitral stenoz, WPW sindromi, giperkalsiyemiya, gipokaliyemiya, glikozidli intoksikatsiyada qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Adrenomimetik vositalar. Efedrin gidroxloridi, adrenalin gidroxloridi yoki noradrenalin gidrotartrati, shuningdek selektiv beta-adrenomimetik vositalarni yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qoʻllash yurak aritmiyalarini yuzaga kelishiga olib keladi. 

Kalsiy antagonistlari (ayniqsa verapamil), xinidin, eritromitsin, tetratsiklin, amiodaron preparatni chiqarilishini sekinlashtiradi va qon plazmasidagi konsentratsiyasini oshiradi. Bir vaqtda qoʻllash zarurati boʻlganida Korglikonning dozasi 2 marta kamaytiriladi.

Aminain va boshqa fenotiazin hosilalari. Yurak glikozidlarining taʼsiri kamayadi.

Antixolinesteraz preparatlar. Antixolinesteraz preparatlarni yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qoʻllaganda bradikardiya kuchayadi. Zarurati boʻlganida atropin sulfatini yuborib uni bartaraf etish yoki susaytirish mumkin. 

Glyukokortikosteroidlar. Glyukokortikosteroidlar bilan uzoq vaqt davolash oqibatida gipokaliyemiya yuzaga kelganda yurak glikozidlarining noxush samaralari kuchayishi mumkin.

Diuretik vositalar. Diuretik vositalarni yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qoʻllaganda yurak glikozidlarining taʼsiri kuchayadi. Ularni bir vaqtda qoʻllaganda optimal dozalashga rioya qilish kerak.

Kaliy preparatlari. Kaliy preparatlari taʼsiri ostida yurak glikozidlarining noxush samaralari kamayadi.

Kalsiy preparatlari. Yurak glikozidlari bilan davolaganda kalsiy preparatlarini parenteral qoʻllash xavfli, chunki kardiotoksik samaralar kuchayadi.

Insulin. Insulin bilan bir vaqtda qoʻllaganda glikozidli intoksikatsiya xavfi oshadi.

Etilendiamintetrasirka kislotasining dinatriyli tuzi (EDTA). Yurak glikozidlarining samaradorligi va toksikligini pasayishi kuzatiladi.

Kortikotropin preparatlari. Kortikotropin taʼsiri ostida yurak glikozidlarining taʼsiri kuchayishi mumkin.

Ksantin hosilalari. Kofein yoki teofillin preparatlari yurak ritmini buzilishlari xavfini oshiradi.

Natriy adenozinotrifosfat. Natriy adenozinotrifosfatni yurak glikozidlari bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas.

Ergokalsiferol. Ergokalsiferol chaqirgan gipervitaminozda giperkalsiyemiya rivojlanishi bilan bogʻliq yurak glikozidlarining taʼsiri kuchayishi mumkin.

Narkotik analgetiklar. Fentanil va yurak glikozidlarining majmuasi arterial gipotenziyaning sababi boʻlishi mumkin.

Paratsetamol. Bu oʻzaro taʼsirning klinik ahamiyati yetarlicha oʻrganilmagan, lekin paratsetamol taʼsiri ostida yurak glikozidlarini buyrak orqali chiqarilishini kamayishi haqida maʼlumotlar bor.

Nomutanosiblik

Bir sigʻimda boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Buyrak funksiyasini buzilishi boʻlgan shaxslarda, keksa yoshdagi shaxslarda, holsizlangan bemorlarda, elektrostimulyator inplantatsiya qilingan bemorlarda dozani sinchkovlik bilan tanlash kerak. Korglikonni qoʻllaganda elektrolit muvozanatni nazorat qilish kerak. Buyrakning ajratish funksiyasi buzilishlarida glikozidli intoksikatsiya yuzaga kelishini oldini olish uchun dozani kamaytirish kerak. Gipokaliyemiya, gipomagniyemiya, giperkalsiyemiya, yurak boʻshliqlarini yaqqol kengayishida, oʻpka kasalligi tufayli yurak patologiyalarida, alkalozda, shuningdek keksa yoshdagi shaxslarda ham glikozidli intoksikatsiya rivojlanishi ehtimoli oshadi. 

Vena ichiga tez yuborilganda bradiaritmiyalar, yurak qorinchalari taxikardiyasi, atrioventrikulyar blokada rivojlanishi va yurak toʻxtashi mumkin. Bu samarani oldini olish uchun sutkalik dozani 2-3 marta yuborishga taqsimlash mumkin. Davolashni elektrokardiogrammani doimiy nazorati ostida olib boriladi. Tireotoksikozda va yurak boʻlmachalari xilpillashiga oʻtishi mumkinligi tufayli boʻlmachalar ekstrasistoliyasida preparatni buyurib, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Homiladorlik yoki emizish davrida qoʻllanishi.

Homiladorlik yoki emizish davrida preparatni qoʻllash mumkin emas.

Bolalar.

2 yoshdan oshgan bolalarda qoʻllanadi.

Avtotransportni boshqarganda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlaganda reaksiya tezligiga taʼsir koʻrsatish qobiliyati

Korglikonni qoʻllash vaqtida avtotransportni boshqarish yoki psixomotor reaksiyalarning tezligini talab etuvchi boshqa mexanizmlar bilan ishlash tavsiya etilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari:

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: aritmiyalar, shu jumladan bradikardiya, atrioventrikulyar blokada, yurak qorinchalari taxikardiyasi yoki ekstrasistoliyasi, yurak qorinchalari fibrillyatsiyasi;

Ovqat hazm qilish yoʻllari tomonidan: anoreksiya, koʻngil aynishi, qusish, diareya;

Markaziy nerv tizimi va sezgi aʼzolari tomonidan: bosh ogʻrigʻi, yuqori toliqish, bosh aylanishi, kam hollarda – rang ajratishni buzilishi, koʻrish oʻtkirligini pasayishi, skotomalar, makro- va mikropsiya, juda kam hollarda – ongni chalkashishi, sinkopal holat.

Davolash. Glikozidli intoksikatsiya rivojlanganda, aritmiyalar yuzaga kelganda kaliy preparatlarni vena ichiga tomchilab yuborish kerak, insulinsiz yuborgan afzal (qon zardobida kaliyning konsentratsiyasi 5 mEq/l boʻlganda yuborishni toʻxtatish kerak). AV-oʻtkazuvchanlikni buzilishlarida kaliy preparatlarini yuborish mumkin emas. Yaqqol bradikardiyada atropin sulfati eritmasi yuboriladi. Oksigenoterapiya koʻrsatilgan. Antidot sifatida unitiol buyuriladi (birinchi 2 kun teri ostiga bemorning 10 kg tana vazniga 0,05 g preparat (1 ml 5% li eritma) hisobidan sutkada 3-4 marta yuboriladi, soʻngra Korglikonning kardiotoksik taʼsiri toʻxtaguncha sutkada 1-2 marta yuboriladi). Davolash simptomatik.

 

Chiqarilish shakli

1 ml dan ampulalarda, 10 ampuladan qutida; 5 ampuladan blisterda; 2 blisterdan qutida; 10 ampuladan blisterda, 1 blisterdan qutida.

 

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda, original oʻramida saqlansin.