Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Кордарон АМП

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Кордарон АМП 150МГ/3МЛ №6

64 000 so'mdan
(5471)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Кордарон АМП 150МГ/3МЛ №6
Xususiyatlari
Xalqaro nomlanishi
AMIODARONE
Ishlab chiqaruvchi
(Sanofi , Франция)
Chiqarilish shakli
ампулы
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Dori shakli
Tarkibi
Taʼrifi
Farmakoterapevtik guruhi
Farmakodinamikasi
Farmakokinetikasi
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Nojoʻya taʼsirlari
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Moskelmaslik holatlari
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli

eritma, vena ichiga yuborish uchun 

Tarkibi

(3 ml) 1 ampulada quyidagilarni saqlanadi:

faol modda:  
amiodaron gidroxloridi 150 mg
yordamchi moddalar:  
benzil spirti (Ye1519) 60 mg
polisorbat 80 (Ye433) 300 mg
inyeksiya uchun suv 3,0 ml gacha

 

Taʼrifi

suspendirlangan zarrachalarni deyarli saqlamaydigan tiniq och sariq rangli suyuqlik 

Farmakoterapevtik guruhi

III sinf antiaritmik preparat. 

Farmakodinamikasi

Antiaritmik faolligi:

  • balandligi va rivojlanish tezligini oʻzgartirmasdan kardiotsit potensiali taʼsir davomiyligini uzaytirish (Vaughan Williams boʻyicha III sinf). Taʼsir potensiali     3-fazasining davom etish muddatini tanlab uzaytirish,  natriy va kalsiy okimlarini oʻzgartirmasdan kaliy okimini sekinlashtirish;
  • sinus tuguni avtomatizmini va oʻtkazuvchanligini kamaytirish xisobiga bradikardiya chaqiruvchi taʼsir; bu taʼsirni atropin bilan yoʻqotib boʻlmaydi;
  • alfa va beta- adrenoretseptorlarga tormozlovchi taʼsir;
  • ayniqsa tezlashgan ritmda namoyon boʻluvchi sinoaurikulyar, aurikulyar va tugun (AV) oʻtkazuvchanligini sekinlashtirish;
  • qorinchalardagi oʻtkazuvchanlik oʻzgarmaydi;
  • boʻlmacha, sinus tuguni va qorinchalardagi miokardning refrakterlik davrini uzaytirish va qoʻzgaluvchanligini pasaytirish;
  • kollateral aurikulo-ventrikulyar oʻtkazuvchi yoʻllardagi  oʻtkazuvchanlikni susaytirib,  refrakterlik davrini koʻpaytirish;
  • faqat vena ichiga yuborilganda kuzatiladigan miokard qisqaruvchanligini pasaytirish.
  • manfiy inotrop taʼsirga ega emas.

Elektroimpuls terapiyaga refrakter qorinchalar fibrillyatsiyasi sababchi boʻlgan yurak toʻxtashidagi yurakoʻpka reanimatsiyasi

Gospitaldan tashqari elektroimpuls terapiyaga refrakter qorinchalar fibrillyatsiyasi sababchi boʻlgan yurak toʻxtashi bor bemorlarga amiodaronni vena ichiga yuborishni xavfsizlik va samaradorligi ikki hil ikkitomonlama koʻr tadqiqotlarda oʻrganilgan: ARREST tadqiqoti, bu tekshiruv davrida amiodaronni platsebo bilan solishtirilgan, va  ALIVE tadqiqoti, bu tekshiruv davrida esa amiodaronni lidokain bilan solishtirilgan .

Gospitalizatsiyagacha yashagan bemorlar proporsiyasi ikkala tadqiqot uchun baholashning birlamchi parametri sifatida koʻrilgan.

 – ARREST tadqiqotida 504 ta gospitaldan tashqari qorinchalar fibrillyatsiyasi natijasida kelib chiqqan yurak toʻxtashi yoki kamida 3 ta defibrillyatsiya urinishlari va adrenalinga rezistent gemodinamik samaradorsiz qorinchalar taxikardiyasi bor bemorlar qatnashib,

Ular 2 guruhga randomizatsiyalangan va 20 ml 5% glyukoza eritmasi bilan suyultirilgan   300 mg amiodaronli eritmani tayyorlanganidan soʻng darhol pereferik vena ichiga yuborilgan (246 ta bemor) yoki platsebo (258 ta bemor) yuborilgan.

197 ta (39%) gospitalizatsiyagacha yashab ulgurgan bemorlar orasida amiodaron ishonarli ravishda muvafaqiyatli reanimatsiya va gospitalizatsiya ehtimolini koʻpaytirgan:                44% amiodaron guruhida

va 34% platsebo guruhida (r=0,03).

Klinik natijaga tegishli boshqa prognostik faktorlarni toʻgʻrilashdan keyin keltirilgan gosptalizatsiyadan keyingi yashab qolish koʻrsatkichining oshishi amiodaron guruhida 1,6 ni tashkil qilgan platsebo guruhiga nisbatan (95% DI: 1,1 – 2,4; r=0,02).

Amiodaron guruhida platsebo guruhiga nisbatan gipotenziyali bemorlar soni koʻproq uchragan  (59%,  48% ga nisbatan, r=0,04) yoki bradikardiyali bemorlar soni (41%, 25% ga nisbatan, r=0,004).

– ALIVE tadqiqotida 347 qorinchalar fibrillyatsiyasi  defibrillyatsiya urinishlari va adrenalinga rezistent holatli bemorlar  ikki guruhga randomizatsiya yoʻli bilan boʻlingan: birinchi guruh amiodaron (tahmin qilingan tana vaznining 5 mg/kg, 30 ml 5% glyukozы eritmasida eritilgan) va  ikkinchi guruh lidokain platsebosi yoki  lidokain (1,5 mg/kg ni    10 mg/ml miqdorida) va amiodaron platsebosi, tarkibida huddi shu eritmani saqlovchi (polisorbat 80). 347 ta  bemorlar orasida amiodaron ishonarli ravishda muvafaqiyatli reanimatsiya va gospitalizatsiya ehtimolini koʻpaytirgan: 22,8%  amiodaron guruhida         (180 tadan 41 ta bemor)

va 12% lidokain guruhida (167 ta bemordan 20 tasi), r=0,09.

Gospitalizatsiyagacha davolash natijasining hamma faktorlarni hisobga olganda lidokain olgan bemorlarga nisbatan amiodaron olgan bemorlarda gospitalizatsiyagacha yashab qolish munosabati 2,49 ni tashkil qilgan (95% DI: 1,28 – 4,85; r=0,007).

Bradikardiyani davolash uchun atropin yuborish yoki arterial bosimni korreksiyasi uchun dopamin yuborish zaruriyati boʻlgan ikki terapevtik guruh bemorlar soni orasidagi farq aniqlanmagan.

Defibrillyatsiya va yuqorida keltirilgan dori vositalar qoʻllanilishidan keyingi asistoliya holatili bemorlar soni lidokain guruhida  koʻproq boʻlgan (28,9%) amiodaron guruhiga nisbatan (18,4%), r=0,04.

 

Farmakokinetikasi

Kordaronning qondagi miqdori vena ichiga yuborilgandan keyin juda tez pasayadi, toʻqimalardagi miqdorining ortishi esa retseptor oʻrinlari miqdoriga bogʻliq. Maksimal faolligi 15inchi daqiqaga kelib namoyon boʻladi. Taʼsir qilish muddati – 4 soat. 

Qoʻllanilishi

Yurak ritmining ogʻir buzilishlari holatlar, peroral qoʻllash imkoniyati yoʻq boʻlganida, hususan:

  • tezlashgan qorinchalar ritmi paytidagi boʻlmachalar ritmini buzilishi;
  • Volf-Parkinson-Uayt sindromi bilan bogʻlik taxikardiya.
  • dokumentlashtirilgan simptomatik, hayot uchun xavfli, mehnatga layoqatsizlikka olib keluvchi qorinchalar ritmini buzilishi.

Refrakter qorinchalar fibrillyatsiyasi sababchi boʻlgan yurak toʻxtashidagi yurak-oʻpka reanimatsiyasi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Amiodaron markaziy venaga yuboriladi, faqat yurak toʻhtashidagi yurak-oʻpka reanimatsiyasidagina markaziy venaga yuborish imkonit boʻlmagan holatda pereferik venaga yuboriladi (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang).

Peroral preparatlar qoʻllanish imkoniyatisiz ogʻir aritmiya, refrakter qorinchalar fibrillyatsiyasi sababchi boʻlgan yurak toʻxtashidagi yurak-oʻpka reanimatsiyasidan tashqari.

Markaziy vena ichi infuziyasi

Boshlanich dozasi:

Oʻrtacha 5mg/kg dozani 250 ml glyukoza eritmasida iloji boricha infuzomat yordamida vena ichiga 20 minutdan 2 soatgacha boʻlgan muddatda yuboriladi, muolajani 24 soat ichida 2-3 marta qaytarsa boʻladi. Preparat taʼsiri davomiyligining qisqaligi tufayli yuborishni davom ettirish talab qilinadi.

Ushlab turuvchi:

10-20 mg/kg (oʻrtacha 600-800 mg dan 1200 mg gacha) 24 soat ichida 250 ml glyukoza eritmasida,  bir necha kun mobaynida. Infuziya yuborishni birinchi kunidanoq ogʻiz orqali yuborishga sekin-asta oʻtkazish kerak (sutkasiga 3 tabletkadan), keyinchalik dozasi sutkasiga 4-5 tabletkagacha oshirilishi mumkin.

Elektrik defibrillyatsiyaga refrakter qorinchalar fibrillyatsiyasi sababchi boʻlgan yurak toʻxtashidagi yurak-oʻpka reanimatsiyasi davrida pereferik venaga yuboriladigan infuziya

Qoʻllanish usuli va vaziyatni hisobga olgan holda preparat  markaziy venoz kateter orqali yuborish tavsiya etiladi, agar imkoniyat boʻlsa; aks holda preparat eng yirik pereferik venaga yuborilishi mumkin.

– Boshlangʻich vena ichiga yuboriladigan doza 300 mg (yoki 5 mg/kg), 20 ml 5% glyukoza eritmasi bilan suyultirilganidan keyin oqimli ravishda yuboriladi.

– Agar fibrillyatsiya toʻxtamasa, bu holda qoʻshimcha vena ichiga 150 mg (yoki 2,5 mg/kg) yuboriladi.

– Boshqa preparatlar bilan birga bitta shprisda yuborish mumkin emas! 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Bu preparatni quyidagi vaziyatlarda qoʻllash mumkin emas:

  • Siyrak yurak ritmi, sinoatrial blokada, yurak ritmini sunʼiy yurgizuvchisi bilan holatni toʻgʻrilash hollaridan tashqari.
  • Sinus tugunining kuchsizligi sindromi, ritmni sunʼiy yurgizuvchisi bilan holatni toʻgʻirlash hollaridan tashqari (sinus tugunini toʻxtashi xavfi).
  • Oʻtkazuvchanlikning ogʻir buzilishlari (shu jumladan, bi va trifassikulyar blokadalar)
  • Giperterioz, amiodaronni holatni yomonlashtirishi mumkinligi tufayli.
  • Yodga yoki amiodaronga, yoki yordamchi moddalardan biriga maʼlum boʻlgan allergiya.
  • Kollaps
  • Ogʻir gipotenziya
  • 3 yoshgacha boʻlgan bolalar, tarkibida benzil spirt saqlagani tufayli
  • Homiladorlikning II va III uch oyliklari.
  • Emizish.
  • “Piruet” turi taxikardiyani chiqarish qobiliyatiga ega boʻlgan preparatlar bilan qoʻshish.
  • I sinf antiaritmik preparatlar (xinidin, gidroxinidin, dizopiramid).
  • III sinf antiaritmik preparatlari (sotalol, dofetilid, ibutilid).
  • Sultoprid.
  • Bepridil, sisaprid, difamanil, vena ichiga eritromitsin, mizolastin, moksifloksatsin, vena ichiga vinkamitsin, spiramitsin kabi boshqa preparatlar.

(“Boshqa dori vositalari bilan oʻzaro taʼsiri va oʻzaro taʼsirining boshqa turlari”ga qarang).

Bu qoʻllash uchun mumkin boʻlmagan holatlar refrakter qorinchalar fibrillyatsiyasi sababchi boʻlgan yurak toʻxtashidagi yurak-oʻpka reanimatsiyasiga tegishli emas.

Ehtiyotkorlik choralari

– Elektrolit balansini buzilishi, ayniqsa gipokaliyemiya, chunki u proaritmik samaralarni rivojlanishiga zamin yaratishi mumkin. Gipokaliyemiya amiodaron bilan davolanishdan oldin korretsiya qilinishi kerak.

– Shoshilinch terapiya holatlari bundan mustasno, bunday holatlarda Kordaron vena ichi inyeksiyasi sifatida faqat statsionarda va doimiy nazorat (EKG, arterial bosim) ostida qoʻllanishi mukin.

Anasteziya

Operatsiya oldidan anasteziolog yoki xirurgni bemor amiodaron qabul qilayotgani haqida ogohlantirishingiz kerak. Amiodaron bilan uzoq muddat davolash mahalliy va umumiy anesteziyaga xos gemodinamik xavfi (bradikardiya, gipotenziya, yurak qon xaydashining pasayishi va oʻtkazuvchanlikning buzilishi) ni kuchaytirishi mumkin.

Kombinatsiyalar (Boshqa dori vositalari bilan oʻzaro taʼsiri va oʻzaro taʼsirning boshqa shakllariga qarang):

  • beta-adrenoretseptorlarning blokatorlari, sotalol (qarshi koʻrsatilgan kombinatsiya) va esmololdan (qoʻllashda ehtiyotkorlikni talab qiluvchi kombinatsiya) tashqari;
  • verapamil va diltiazem faqat refrakter qorinchalar fibrillyatsiyasi sababchi boʻlgan yurak faoliyatining toʻxtashidagi yurak-oʻpka reanimatsiyasida hayot uchun xavf tugʻdiruvchi qorinchalar aritmiyalarini oldini olish holida ishlatilishi mumkin. 
Nojoʻya taʼsirlari

Nojoʻya taʼsirlari aʼzolar va tizimlar boʻyicha, shuningdek namoyon boʻlishining tez-tezligiga qarab quyidagicha tasniflangan:

Juda tarqalganlar (≥ 10%); tarqalganlar (≥ 1%, ≤10%); tarqalmaganlar (≥ 0,1%, ≤1%); kam (≥ 0,01%, ≤0,1%); juda kam (<0,01%).

Yurak-qon tomir tizimi:

Tarqalgan: bradikardiya.

Tarqalmagan: oʻtkazuvchanlikni buzilishi (sinoatrial blokada, turli darajadagi atrioventrikulyar blokada).

Juda kam: ayrim xollarda (sinus tugunining disfunksiyasi, keksa bemorlar) yaqqol bradikardiya,

– proaritmogen taʼsir

Meʼda-ichak tizimi tomonidan:

Juda tarqalgan: koʻngil aynishi

Tomirlar tizimi tomonidan:

Juda kam: vaskulit.

Yuborish joyidagi reaksiyalar:

Tarqalgan: pereferik vena ichiga yuborilgan vaqtda yalligʻlanish reaksiyalari paydo boʻlishi mumkin (yuzaki flebit), yuborish joyidagi mahalliy reaksiyalar rivojlanishi mumkin, yaʼni ogʻriq, eritema, shish, nekroz, transsudatsiya, infiltratsiya, yalligʻlanish, flebit va sellyulit.

Jigar tomonidan:

Zardob transaminazalarning yuqori darajasi bilan namoyon boʻluvchi jigarning disfunksiyasi aniqlangan. Quyidagi koʻrinishlar xaqida xabar berilgan:

Juda kam tarqalgan:

– transaminazalar darajasini alohida va odatda oʻrtacha (normal qiymatlardan 1,5-3 marta yuqori) oshishi, doza kamaytirilganidan yoki hatto spontan pasayadi.

– zardobda transaminazalarning oshgan darajasi va/yoki sariqlik bilan boʻlgan oʻtkir gepatit,

– kamdan kam hollarda oʻlimga olib keluvchi, bunday hollarda davolashni toʻxtatish kerak.

– uzoq muddatli (ichga qabul qilish shakli bilan) davolashda surunkali gepatitlar haqida xabarlar bor. Gistologik koʻrinishi psevdoalkogol gepatitga oʻxshash boʻladi. Klinik simptomlari va laboratoriya oʻzgarishlari minimal boʻlishi mumkin (jigar oʻlchamlarini doimiy boʻlmagan oshishi, transaminazalar darajasi norma bilan solishtirilganda 1,5-5 martagacha oshgan), shuning uchun davolash davomida muntazam jigar faoliyatini nazorat qilish tavsiya etiladi. 6 oydan koʻproq davomiylikdagi davolashdan keyin kuzatiluvchi transaminazalar darajasini oʻrtacha oshishi, surunkali jigar buzilishlarini koʻrsatishi mumkin. Klinik va laborator nuqsonlar odatda preparat bekor qilinganidan keyin orqaga qaytadi, biroq, oʻzgarishlarning qaytmasligi haqida bir necha xabarlar ham bor.

Immun tizimi tomonidan:

Juda  kam: anafilaktik shok.

Nerv tizimi tomonidan:

Juda kam: yaxshi sifatli bosh suyagi ichki gipertenziyasi (miyaning psevdooʻsmasi)

Nafas tizimi tomonidan:

Juda kam:

– oʻtkir respirator distress-sindromning bir necha hollari taʼriflangan, asosan interstitsial pnevmonit bilan birga, baʼzida oʻlimga olib keluvchi va darhol jarroxlik muolajasidan soʻngi holatda (oʻpka suʼniy ventilyatsiyasini qoʻllash davrida yuqori konsentratsiyadagi kislorod taʼsirida deb taxmin qilinadi). Amiodaron bilan davolashni toʻxtatish va kortikosteroidlar buyurishni afzal tomonlarini koʻrib chiqish kerak.

– ogʻir respirator yetishmovchiligida bronxospazm va/yoki apnoe holati, ayniqsa bronxial astma bilan kasallangan bemorlarda.

Teri qoplamlari tomonidan:

Juda kam: terlash, sochlarning toʻkilishi.

Tomirlar tizimi tomonidan:

Tarqalgan: odatda oʻrtacha va oʻtib ketuvchi arterial bosimning pasayishi. Ogʻir gipotenziya va sirkulyator shok holatlari qayd etilgan, ayniqsa dozani oshirib yuborishdan keyin yoki tezlik bilan vena ichiga yuborilganda.

Juda kam: qizib ketish hissi 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

 “Piruet” turi taxikardiyasining chaqirish qobiliyatiga ega boʻlgan preparatlar.

Bu ogʻir aritmiya antiaritmik preparatlar kabi, shuningdek boshqa sinflarga kiruvchi qator dori vositalari tomonidan chaqirishi mumkin. Gipokaliyemiya, bradikardiya yoki tugʻma yoki ortirilgan QT intervalini uzayishi zamin tayyorlovchi omillardir.

“Piruet” turi taxikardiyani chaqirish qobiliyatiga boʻlgan dori vositalari, avvalambor I va III sinf antiaritmik preparatlar va ayrim neyroleptiklardir.

Qoʻllash mumkin boʻlmagan kombinatsiyalar

  • “Piruet” turi taxikardiya chaqirish qobiliyatiga ega boʻlgan preparatlar;
  • Ia sinfi antiaritmik preparatlar (xinidin, gidroxinidin, dizopiramid);
  • III sinfi antiaritmik preparatlar (sotolol, dofetimid, ibutimid);
  • Bepiridil, pisaprid, difaminil, vena ichiga eritromitsin, mizolastin, moksifloksatsin, vena ichiga vinkamin, vena ichiga spiramitsin.
  • Sultoprid

Qorinchalar ritmi buzilishi xavfi ortadi (≪piruet≫ turidagi taxikardiya).

Bu qoʻllash uchun mumkin boʻlmagan holatlar elektrik defibrillyatsiyaga jabob bermaydigan yurak toʻxtashidagi yurak-oʻpka reanimatsiyasiga tegishli emas.

Nomaqbul kombinatsiyalar

  • Siklosporin

Jigarda siklosporin metabolizmini pasayishi tufayli, qonda uning darajasi oshadi, nefrotoksiklik xavfini oshiradi.

Amiodaron bilan davolash davomida va u bekor qilinganidan keyin qonda siklosporinning darajasini aniqlashni oʻtkazish, jigar faoliyatini nazorat qilish va amiodaron bilan davolash vaqtida va preparat bekor qilinganidan keyin siklosporinning dozasini toʻgʻirilash kerak.

  • Diltiazemning inyeksion shakli

Bradikardiya va atrioventrikulyar blokadaning rivojlanishi xavfi. Agarda kombinatsiyadan saqlanishni iloji boʻlmasa, bemorning klinik holatini sinchiklab nazorat qilish va toʻxtovsiz EKG monitorinini oʻtkazish kerak.

  • Verapamilning inyeksion shakli

Bradikardiya va atrioventrikulyar blokada xavfi bor.

Agarda bir vaqtda majmuada qoʻllash zaruriyati boʻlsa, albatta qattiq klinik va EKG nazoratini oʻtkazish kerak.

  • «Piruet» turidagi taxikardiyani chaqiradigan antiparazitar preparatlar (galofantrin, pentamidin, lumefantrin).

Qorinchalar aritmiyasining yuqori xavfi, ayniqsa “piruet” turi taxikardiyasini. Iloji boricha “piruet” turi taxikardiyasini chaqirish qobiliyatiga ega boʻlgan  antibakterial preparatni bekor qilish lozim. Agarda kombinatsiyadan saqlanish imkoniyati boʻlmasa, oldindan QT intervalini baholash, va albatta elektrokardiografik monitoring oʻtkazish kerak.

  • “Piruet” turi taxikardiyani chaqirish qobiliyatiga ega boʻlgan neyroleptiklar:

Ayrim fenotiazinli neyroleptiklar (xlorpromazin, siamemazin, levomepromazin, tioridazin, trifluoperazin), benzamidlar (amisulpirid, sulpirid, tiaprid, veraliprid), buterofenonlar (droperidol, galoperidol), boshqa neyroleptiklar (pimozid).

Qorincha aritmiyalarining yuqori xavfi, xususan “piruet” turi taxikardiyasi.

  • Metadont:

Qorinchalar aritmiyasining yuqori xavfi, ayniqsa “piruet” turi taxikardiyasini. EKG va klinik nazorat talab qilinadi.

Ehtiyotkorlikni talab qiluvchi kombinatsiyalar

  • Peroral antikoagulyantlar
  • Plazmada antikoagulyantlarning konsentratsiyasini oshishi tufayli, antikoagulyant samarasini va qon ketishi xavfini kuchayishi.
  • Protrombin darajasini va MHO (INR) nisbatini tezroq tekshirish kerak. Antikoagulyantning dozasini amiodaron bilan davolash davomida xam, u bekor qilinganidan keyin xam toʻgʻirlash kerak.
  • Beta-blokatorlar, sotalol (qoʻllash mumkin boʻlmagan kombinatsiya) va esmololdan (qoʻllashda extiyotkorlikni talab qiluvchi kombinatsiya) tashqari.
  • Yurakning avtomatizmini oʻtkazuvchanligini va qisqarish qobiliyatini buzilishlari (kompensator simpatik mexanizmlarining bostirilishi). Klinik va EKG monitoring.
  • Beta blokatorlar yurak yetishmovchiigida (bisopralol, karvedilol, metopralol)
  • Yaqqol bradikardiya xavfi bilan qisqaruvchanlik va oʻtkazuvchanlikni buzilishi (sinergik samara).
  • Qorinchalar aritmiyalari xavfini oshishi, xususan “piruet” turi taxikardiyaning muntazam klinik va elektrokardiografik nazorat.
  • Yurak glikozidlari
  • Avtomatizm (xaddan ziyod bradikardiya) va AV-oʻtkazuvchanlikni buzilishi. Digoksin qoʻllanganida klirensini pasayishi tufayli, qonda uning darajasi oshadi.
  • Klinik va kardiografik nazorat, qondagi digoksin konsentratsiyasini oʻlchash va zarurati boʻlganida –dozani toʻgʻrilash talab qilinadi.
  • Diltiazemning peroral shakllari
  • Bradikardiya va atrioventrikulyar blokadaning xavfi, ayniqsa va keskin bemorlarda.
  • Klinik va kardiografik nazorat kerak.
  • Verapamilning peroral qabul qilish shakli
  • Bradikardiya va atrioventrikulyar blokada xavfi bor, ayniqsa keksa yoshdagi bemorlarda.
  • Klinik va EKG nazorati zaruriyati bor.
  • Esmalol
  • Yurakning avtamatizmini, oʻtkazuvchanligini va qisqaruvchanlik qobiliyatini buzilishi (kompensator simpatik mexanizmlarning (bostirilishi). Klinik va kardiografik nazorat kerak.
  • Gipokaliyemiya chaqiruvchi vositalar: kaliy-chaqiruvchi diuretiklar (monodavolashda yoki kombinatsiyada), ragʻbatlantiruvchi xarakterli surgilar, glyukokortikoidlar (tizimli qoʻllash), tetrakosaktid, vena ichiga amfoteratsin V.
  • Ritmning qorinchali buzilishlari xavfini kuchayishi, xususan “piruet” turi taxikardiyani (gipokaliyemiya zamin yaratuvchi omildir). Klinik va kardiologik nazorat, laboratoriya taxlillari tavsiya qilinadi.
  • Lidokain
  • Amiodaron tomonidan jigarda lidokain metiobolizmini pasaytirishi tufayli, nevrologik va kardiologik nojoʻya samaralarning extimoli bilan, plazmada lidokainning konsentratsiyasini oshishini xavfi. Klinik va EKG –nazorat, zarurati boʻlganida amiodaron bilan davolash davomida va u bekor qilinganidan keyin lidokainning dozasini toʻgʻirlash.
  • Orlistat
  • Plazmada amiodaron va uning faol metabolitining konsentratsiyasini pasayishini xavfi, klinik va zarurati boʻlganida, EKG-nazorati.
  • Fenitoin (va, ekstrapolyatsiya boʻyicha, fosfenitoin).
  • Plazmada fenitoin konsentratsiyasini, dozasini oshirib yuborilishini –avvalambor nevralogik belgilari bilan oshishi (jigarda fenitoinning metabolizmini pasayishi). Klinik nazorat, plazmada fenitoin darajasini oʻlchash va zarurati boʻlganida, dozani toʻgʻrilash tavsiya qilinadi.
  • Simvastatin
  • Rabdomioliz kabi nojoʻya taʼsirlari dozaga bogʻliq xavfini oshishi (xolesterin darajasini pasaytiruvchi preparatning jigardagi metabolizmini pasayishi). Simvastatinning dozasi sutkada 20 mg dan oshmasligi kerak. Agarda shunday dozada terapevtik samaraga erishib boʻlmasa, bunday oʻzaro taʼsirga kirishmaydigan boshqa statinga oʻtish kerak.
  • Takrolimus
  • Takrolimus metabolizmini amiodaron taʼsirida ingibirlanishi oqibatida qondagi takrolimus miqdorining oshishi.

Qondagi takrolimus miqdorini, buyraklar faoliyati koʻrsatkichlarini tekshirib turish kerak va takrolimus miqdorini toʻgʻrilash kerak.

Bradikardiya chaqiruvchi preparatlar:

Koʻpchilik preparatlar bradikardiya chaqirish qobiliyatiga egadirlar. Ayniqsa bu  Ia sinfiga mansub antiaritmik preparatlar, beta-blokatorlar, baʼzi antiaritmik preparatlarning  III sinfiga, baʼzi kalsiy kanallari blokatorlari, digitalis preparatlari , pilokarpin va antixolinesteraz agentlariga tegishlidir.

Haddan ziyod bradikardiya xavfi (kumullyativ taʼsir).

Eʼtiborga olish kerak boʻlgan kombinatsiyalar

Bradikardiya chaqiruvchi vositalar: kalsiya kanallarining blokatorlari (diltiazem, verapamil), beta-adrenoretseptorlarning blokatorlari (sotaloldan tashqari), klonidin, guanfatsin, angishvonagul preparatlari, mefloxin, xolinesteraza ingibitorlari (donezepil, galantamin, rivastigmin, takrin, ambemonium, piridostigmin, neostigmin), pilokarpin.

Xaddan ziyod bradikardiyaning xavfi (kumulyativ samaralari).

 

Moskelmaslik holatlari

2-dietilgeksil-ftalat (DEGF) yordamida plastifitsirlangan PVX dan tayyorlangan meditsina asbobi yoki meditsina materialini amiodaronning inyeksion eritmasi ishtrokida  ishlatganda DEGF ajralib chiqishi mumkin.

DEGFni minimal taʼsiri uchun eritmani DEGF saqlamaydigan asbobga  yakunlangan suyultirilishini yuborish tavsiya etiladi.

Maxsus koʻrsatmalar

Qoʻllanish usuliga bogʻliq

Markaziy vena ichi infuziyasi

Amiodaron inyeksiya uchun eritmasini markaziy venaga yuborish kerak, pereferik venaga yuborish yuzaki flebit chaqirishi mumkinligi tufayli.

Amiodaron inyeksiya uchun eritmasini tayyor suyultirilgan holda sekin infuziya sifatida yuboriladi. Konsentratsiyasi suyultirilmagan inyeksiyaning eng sekin yuborilishi ham gipotenziyaga olib kelib, yurak yetishmovchiligini kuchaytirishi va ogʻir oʻpka yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin (“Nojuya taʼsiri” boʻlimiga qarang).

Qorinchalar refrakter fibrillyatsiyasi sababchi boʻlgan yurak toʻxtashi paytidagi yurak-oʻpka reanimatsiyasi vaqtida pyereferik vena ichiga yuborish

– Odatda pereferik vena orqali yuborish tavsiya etilmaydi, gemodinamik xavf rivojlanishi tufayli (ogʻir gipotenziya, tomir yetishmovchiligi); imkon qadar markaziy venaga yuborishdan foydalanish kerak.

– Agarda markaziy venoz kateter bor boʻlsa, uniishlatish tavsiya etiladi, aks holda preparatni maksimal qon oqimli eng yirik pereferik venaga yuboriladi.

– Bemorni iloji boricha tezroq arterial bosim va EKG nazorati uchun intensiv terapiya boʻlimiga yotqizish kerak.

– Boshqa preparatlar bilan birga bitta shprisda aralashtirmaslik kerak.

– Gemodinamik adekvat yurak faoliyati tiklanishidan soʻng amiodaron bilan davolash davom ettirilishi tavsiya etilsa, markaziy vena ichiga arterial bosim va EKG ning doimiy nazorati ostida preparatni sekin infuziya sifatida yuboriladi.

Amiodaron bilan bogʻliq

Yurak qontomir tizimi tomonidan

– Yurak ritmi buzilishining qoʻshimcha yangi turi paydo boʻlishi yoki mavjud yurak ritmi buzilishining zoʻrrayishi toʻgʻrisida maʼlumot berilgan (“Nojuya taʼsiri” boʻlimiga qarang).

– Amiodaronning aritmogen effekti ahamiyatli darajada koʻpchilik antiaritmik preparatlarga nisbatan  kamroqdir va bu effekt koʻpincha baʼzi dori vositalari bilan boʻlgan majmualarda yoki elektrolit balansi buzilishlarida  namoyon boʻladi (“Boshqa dori vositalari bilan oʻzaro taʼsiri va oʻzaro taʼsirining boshqa turlari”ga qarang).

Oʻpka tizimi tomonidan

Amiodaronning inyeksion shakli qoʻllanilganda interstitsial pnevmopatiyalar(pulmonitlar) uchrash holatlari qayd etilgan.

Alohida yoki umumiy ahvolning ogʻirlashuvi bilan kechadigan dispnoe yoki quruq yoʻtal, interstitsial pnevmopatiya koʻrinishidagi oʻpka zaharlanishidan dalolat beradi va bunday holat rentgenologik nazoratni talab qiladi (“Nojuya taʼsiri” boʻlimiga qarang).

Bundan tashqari,  jarrohlik muolajasidan keyingi davrda  amiodaron qabul qilgan ayrim bemorlarda oʻtkir respirator distress-sindrom holatlari qayd etilgan.

Shu tufayli, bunday bemorlarni oʻpka suʼniy ventilyatsiyasi oʻtkazilayotgan vaqtda qattiq nazorat qilish zarur.

Gepatobiliar tizimi tomonidan taʼsirlari

Amiodaron inyeksion shakli bilan davolanishning birinchi sutkalari davomida baʼzida oʻlim holatlariga olib keluvchi ogʻir gepatotsellyulyar yetishmovchilik rivojlanishi mumkin.

Shu sababli avval davolanish boshida  jigar faoliyatini doimiy nazorat qilish, keyinchalik esa amiodaron bilan davolash vaqtida doimiy tekshirish tavsiya etiladi (“Nojuya taʼsiri” boʻlimiga qarang).

Homiladorlik

Hayvonlardagi tajribalarda preparatning teratogen taʼsiri aniqlanmagan. Hayvonlarda teratogen samarasi boʻlmaganida odamlarda rivojlanish nuqsonlarini kutmaslik kerak. Haqiqatda xozirgi vaqtda odamlarda rivojlanish nuqsonlarini chaqirish qobiliyatiga ega boʻlagn moddalar, ikki tur hayvonlardagi yaxshi nazoratli sinovlar davomida teratogenlik namoyon qiladilar.

Hozirgi vaqtda klinika amaliyotida, amiodaron homiladorlikning birinchi uch oyligida qoʻllanganida rivojlanish nuqsonlariga olib kelishini baxolash uchun yetarli maʼlumotlar yoʻq.

Preparatni homiladorlikning ikkinchi uch oyligidan boshlab qoʻllash mumkin emas.

Emizish

Amiodaron va uning organizmdagi almashish mahsulotlari, shuningdek, yod, ularning ona plazmasidagi konsentratsiyasidan yuqori konsentratsiyalarda koʻkrak sutiga chiqariladi. Agarda ona ushbu preparatni olayotgan boʻlsa, bolada gipotireozning rivojlanishini xavfi tufayli emizish mumkin emas.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin. 

Dozani oshirib yuborilishi

Amiodaron preparatining inyeksion shaklida qoʻllanilishi vaqtidagi dozani oshirib yuborish holatlari maʼlum emas. Amiodaronning peroral shaklining yuqori dozalarini qabul qilish boʻyicha maʼlumotlar kam. Sinusli bradikardiyaning, qorinchalar ritmi buzilishining bir necha hollari, xususan ≪piruet≫ ≪torsade de pointes≫ turi qorinchalar taxikardiyasi va jigarning shikastlanishi taʼriflangan. Davolash simptomatik boʻlishi kerak. Preparatning farmakokinetik profilini xisobga olib, bemorning holatini yetarlicha uzoq vaqt davomida nazorat qilish tavsiya etiladi, ayniqsa yurak ritmini monitoringi muxim. Na aminodaron, na uning metabolitlari dializ davomida yoʻqotilmaydi. 

Saqlash sharoiti

25°S dan pastroq haroratda, quruq va yorugʻlikdan himoyalangan joyda saqlansin. 

Yaroqlilik muddati

2 yil. 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha beriladi.

Faqat statsionar va shoshilinch yordam sharoitida qoʻllash uchun.