Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Кораксан® ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Кораксан® ТАБЛЕТКА 7,5мг №28

240 000 so'mdan
(4000)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Tavsif
Кораксан® ТАБЛЕТКА 7,5мг №28
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
Chiqarilish shakli
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
QOʻLLASH MUMKIN BOʻLMAGAN HOLATLAR
BOSHQA PRЕPARATLAR BILAN OʻZARO TAʼSIRI
TARKIBI
FARMAKOTЕRAPЕVTIK GURUHI  
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
QOʻLLANILISHI
QOʻLLASH USULI VA DOZALASH TARTIBI
NOJOʻYa SAMARALAR
MAXSUS KOʻRSATMALAR
DOZANI OSHIRIB YUBORILISHI
SAQLASH BOʻYICHA TAVSIYALAR
SAQLASH MUDDATI
BЕRISH TARTIBI
QOʻLLASH MUMKIN BOʻLMAGAN HOLATLAR

 

Qanday holatlarda Koraksanni qabul qilish mumkin emas:

  • ivabradin yoki Koraksanning har qanday boshqa ingrediyentiga allergiyada;
  • davolash boshlanguniga tinch holatda yurak qisqarishlari soni juda kamligida (minutiga 70 zarbdan kam);
  • agar sizda kardiogen shok boʻlsa (statsionarda davolanish lozim boʻlgan holat);
  • yurak qisqarishlari soni buzilishida;
  • yurak xurujida;
  • juda past arterial bosimda;
  • nostabil stenokardiyada (juda tez-tez koʻkrak sohasida ogʻriq, jismoniy yuklama yoki usiz roʻy beradigan ogʻir shakli);
  • yurak yetishmovchiligining yaqinda boʻlgan yomonlashuvida;
  • agar sizda elektrostimulyatorga qaramlik boʻlsa;
  • jigarning ogʻir darajali kasalliklarida;
  • agar siz zamburugʻli infeksiyalarni davolashga moʻljallangan preparatlar (ketokonazol, intrakonazol kabi), makrolid antibiotiklar (peroral djozamitsin, klaritromitsin, telitromitsin yoki eritromitsin), OITV-infeksiyasini davolashg uchun moʻljallangan preparatlar (nelfinavir, ritonavir kabi) yoki nefazodon (depressiyani davolash uchun preparat) yoki diltiazem, verapamil (yuqori arterial bosimni yoki stenokardiyani davolash uchun qoʻllaniladi) qabul qilayotgan boʻlsangiz;
  • homiladorlikda;
  •  homilador boʻlishi mumkin boʻlgan va samarali kontratsepsiya  vositalarini ishlatmaydigan ayollarga;
  • agar siz homilador boʻlsangiz yoki homilador boʻlishni rejalashtirayotgan boʻlsangiz;
  • emizish davrida.

 

BOSHQA PRЕPARATLAR BILAN OʻZARO TAʼSIRI

Agar siz boshqa har qanday preparatlarni qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishingiz kerak boʻlsa, shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.

Agar siz quyida sanab oʻtilgan preparatlardan birini qabul qilayotgan boʻlsangiz shifokorni albatta xabardor qiling, chunki Koraksanning dozasini toʻgʻrilash yoki monitoring oʻtkazish talab etilishi mumkin:

  • flukonazol (zamburugʻlarga qarshi preparat);
  • rifampitsin (antibiotik);
  • barbituratlar (uyquni buzilishi yoki tutqanoqda);
  • fenitoin (tutqanoqda);
  • Hypericum perforatum  yoki teshik dalachoy (depressiyaning gomeopatik davosi);
  • yurak qisqarishlari sonini buzilishi yoki boshqa buzilishlarni davolash uchun qoʻllanadigan, QT oraliqni uzaytiruvchi preparatlar, yaʼni:
  • xinidin, dizopiramid, ibutimid, sotalol, amiodaron (yurak ritmining buzilishini davolashda);
  • bepridil (stenokardiyani davolashda);
  • bezovtalik, shizofreniya yoki boshqa psixozlarni davolash uchun preparatlarning baʼzi turlari (pimozid, ziprazidon, sertindol kabi);
  • bezgakni davolash uchun preparatlar (meflokin yoki galofantrin kabi);
  • vena ichiga eritromitsin (antibiotik);
  • pentamidin (antiparazitar preparat);
  • sizaprid (gastroezofageal reflyuksda);
  • furosemid, gidroxlortiazid, indapamid kabi qonda kaliy miqdorini pasaytiradigan diuretiklarning baʼzi turlari: (shishlarni, yuqori arterial bosimni davolash uchun qoʻllanadi).

 

TARKIBI

Koraksanda nima saqlanadi

­ Taʼsir etuvchi modda ­ ivabradin.

Koraksan 5 mg: plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletka 5 mg ivabradin saqlaydi (5,390 mg ivabradin gidroxloridiga mos keladi).

Koraksan 7,5 mg: plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletka 7,5 mg ivabradin saqlaydi (8,085 mg ivabradin gidroxloridiga mos keladi).

­ Tabletka yadrosining boshqa ingrediyentlari: laktoza monogidrati, magniy stearati (Ye470V), makkajoʻxori kraxmali, maltodekstrin, suvsiz kolloid kremniy dioksidi (Ye551); plyonka qobiqning boshqa ingrediyentlari: gipromelloza (Ye464), titan dioksidi (Ye171), makrogol 6000, glitserin (Ye422), magniy stearati (Ye470V), temir II oksidi (Ye172), temir III oksidi (Ye172).

 

Koraksan qanday koʻrinishda va oʻram tarkibi

5 mg Koraksan tabletkalari, zargʻaldoq-pushti rangli, uzunchoq shaklli, plyonka qobiq bilan qoplangan, har bir tomonida boʻlish chizigʻi boʻlgan, bir tomonida “5” raqami va ikkinchi tomonida …. belgisi bosilgan tabletkalar.

7,5 mg Koraksan tabletkalari, zargʻaldoq-pushti rangli, uchburchak shaklli, plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida “7,5” raqami va ikkinchi tomonida …. belgisi bosilgan tabletkalar.

 

Tabletkalar oʻramlarda (kontur uyali oʻram) 14, 28, 56, 84, 98, 100 yoki 112 tabletka saqlovchi, chop etilgan kalendar bilan chiqariladi.

Savdoda barcha oʻramlari ham boʻlmasligi mumkin.

 

FARMAKOTЕRAPЕVTIK GURUHI  

Kardiologik davolash, yurak tizimining boshqa preparatlari,

 

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI

Farmakodinamik xususiyatlari

Taʼsir mexanizmi

Ivabradin yurak qisqarish sonini pasaytiruvchi, sinus-boʻlmacha tugunining spontan diastolik depolyarizatsiyasida muhim rol oʻynovchi va YUQS boshqaruvchi yurak ritmining If oqimini tanlab va spetsifik ingibirlovchi. Yurakka taʼsiri sinus tuguniga spetsifik taʼsiri bilan bogʻliq. Ushbu agent boʻlmaga ichki, atrioventrikulyar yoki yurak qorinchalarining ichki oʻtkazuvchi vaqtiga ham, miokardning qisqarish qobiliyatiga ham, yurak qorinchalari repolyarizatsiyasiga ham taʼsir koʻrsatmaydi.

Ivabradin yurak If oqimi bilan koʻp tomonlama oʻxshash boʻlgan Ih toʻr parda oqimi bilan ham oʻzaro taʼsir qilishi mumkin. Koʻrish tizimining vaqtinchalik ajratish qobiliyatida ishtirok etadi. Chunki toʻr pardani keskin yorugʻlik bilan ragʻbatlantirishi reaksiyasini qisqartiradi. Alohida hollarda (masalan, yorugʻlikning tez oʻzgarishi) ivabradin elektrik impuls Ih ni qisman ingibirlaydi, bu baʼzan baʼzi patsiyentlarda yorugʻlikni his qilishni yuzaga kelishiga olib keladi. Bu yorugʻlik hislari (fosfenlar) chegaralangan koʻrish maydonida qisqa vaqtli yuqori yorugʻlik xissi tarzida taʼriflangan.  

 

Farmakodinamik samarasi

 

Yurak qisqarishi sonining spetsifik va dozaga bogʻliq holda pasayishi ivabradinning odamdagi asosiy farmakodinamik hususiyati hisoblanadi. Kuniga 2 marta 20 mg gacha boʻlgan dozalarda qabul qilishda YUQS ning pasayishi taxlili ogʻir darajali bradikardiyaning (40 zarb/min dan kamroq) rivojlanish xavfini qisqartiruvchi plato samarasining rivojlanish tendensiyasini koʻrsatadi.

Odatdagi tavsiya etilgan dozada yurak qisqarishi sonining kamayishi tinch va jismoniy ogʻirlik holatida taxminan 10 zarb/min ni tashkil qiladi. Bu yurakka yuklamani kamayishi va miokardni kislorodga ehtiyojini pasayishiga olib keladi. Ivabradin yurakning ichki oʻtkazuvchanligiga ham, qisqarish qobiliyatiga ham (manfiy inotrop taʼsirisiz), qorinchalarning repolyarizatsiyaga ham taʼsir koʻrsatmaydi:

Klinik elektrofiziologik tadqiqotlarda ivabradin atrioventrikulyar va qorinchalarning ichki oʻtkazuvchanligiga ham, toʻgʻirlangan QT oraligʻiga ham taʼsir koʻrsatmaydi;

Chap qorincha faoliyatining buzilishi bor patsiyentlarda (30 dan 45% gacha chap qorinchadan otilib chiqayotgan qon xajmi ivabradin CHQOCHQXga salbiy taʼsir koʻrsatmagan.

 

FARMAKOKINЕTIKASI

 

Ivabradin organizmga tushishi bilan tabletkadan tez ajraladi va suvda yaxshi eriydi (>10 mg/ml). Ivabradin S-enantiomer boʻlib, in-vivo biologik oʻzgaruvchanlikka moyilligini koʻrsatmadi. Ivabradinning N-demetillangan metaboliti odamda asosiy faol metaboliti ekanligi aniqlangan.

 

Soʻrilishi va biokirishaolishligi 

Ivabradin peroral qabul qilinganda tez va deyarli toʻliq soʻriladi, uning plazmadagi choʻqqi miqdoriga och qoringa qabul qilinganida taxminan 1 soatdan soʻng yetadi. Plyonka qobiq bilan qoplangan ivabradin tabletkalarining mutloq biokirishaolishligi ichak va jigardan birinchi oʻtish samarasi natijasida taxminan 40% ni tashkil qiladi.

Ovqat qabul qilinishi soʻrilishini taxminan 1 soatga kechiktiradi va plazmada ekspozitsiyani 20-30% ga oshiradi. Tabletkani ekspozitsiyaning ichki shaxsiy oʻzgaruvchanligini pasaytirish uchun ovqat vaqtida qabul qilish tavsiya etiladi.

 

Taqsimlanishi

Ivabradin plazma oqsillari bilan taxminan 70% bogʻlanadi va statsionar holatdagi patsiyentlarda taqsimlanish hajmi 100 l ga yaqin. Tavsiya etilgan dozada bir kunda 2 marta 5 mg dan muntazam qabul qilishida plazmadagi maksimal konsentratsiyasi 22 ng/ml (CV = 29%) ni tashkil qiladi. Turgʻun holatda plazmadagi oʻrtacha konsentratsiyasi 10 ng/ml (CV = 38%) ni tashkil qiladi.

 

Biotransformatsiyasi

Ivabradin jigar va ichakda faqat sitoxrom R450 3A4 (CYP 3A4) bilan oksidlanish yoʻli bilan ahamiyatli darajada metabolizmga uchraydi. N-demetillangan metabolit (S 18982) asosiy faol metaboliti hisoblanadi, uning ekspozitsiyasi dastlabki birikmadan taxminan 40%ni tashkil qiladi. Bu faol metabolitining metabolizmida shuningdek CYP 3A4 ham ishtirok etdi. Ivabradin  CYP 3A4ga nisbatan kam affinitetga ega, u CYP 3A4 ga klinik relevant induksiya yoki ingibirlanish koʻrsatmaydi, va shu tariqa u CYP 3A4 substratining metabolizmi yoki uning plazmadagi konsentratsiyasini oʻzgartirish qobiliyatiga ega ekanligining ehtimoli kam. Va aksincha, kuchli ingibitorlar va induktorlar ivabradinning plazmadagi konsentratsiyasiga ahamiyatli darajada taʼsir etishi mumkin.

 

Chiqarilishi

Ivabradinni plazmadan asosiy yarim chiqarilish davri 2 soatni (AUC maydonidan 70-75%), soʻngi yarim chiqarilish davri esa – 11 soatni tashkil qiladi. Umumiy klirens taxminan 400 ml/min ni, buyrak klirensi – taxminan 70 ml/min ni tashkil qiladi. Metabolitlari ekskretsiyasi siydik va axlat bilan bir xil darajada sodir boʻladi. Peroral dozaning taxminan 4% siydik bilan oʻzgarmagan holda chiqariladi.

 

Toʻgʻri chiziqli/toʻgʻri chiziqli boʻlmagan.

Ivabradinni kinetikasi xamma peroral dozalari uchun 0,5 dan 24 mg gacha toʻgʻri chiziqli hisoblanadi.

 

QOʻLLANILISHI

Yurakning ishemik kasalligini davolash

Normal sinus ritmli yurak ishemik kasalligi bilan kasallangan katta yoshdagi patsiyentlarda surunkali stabil stenokardiyani simptomatik davolashda. Ivabradin quyidagilarda qoʻllanadi:

beta-blokatorlarni oʻzlashtiraolmasligi boʻlgan patsiyentlarga yoki ularni qoʻllash mumkin boʻlmagan hollarda.

yoki beta-blokatorlarning optimal dozasini qabul qilish bilan xolati butunlay nazorat qilinmaydigan patsiyentlarda beta-blokatorlar bilan majmuada qoʻllanadi.

 

Surunkali yurak yetishmovchiligini davolash

Kattalarda klinik koʻrinishlari mavjud va YUQS minutiga ≥ 70 zarbi boʻlgan surunkali yurak yetishmovchiligi bilan sinus ritmdagi yurak-tomir xodisalarini (yurak-tomir oʻlimi xolati yoki yurak yetishmovchiligining yomonlashishi sababli gospitalizatsiya xollari) pasaytirishda.

 

Stabil stenokardiya (odatda “stenokardiya” deb ataluvchi) haqida: 

Stabil stenokardiya – bu yurak kasalligi boʻlib, yurak yetarli miqdorda kislorod olmagan hollarda paydo boʻladi. Odatda 40-50 yoshlarda rivojlanadi. Stenokardiyaning eng tarqalgan simptomi – koʻkrak sohasida ogʻriq va diskomfort. Stenokardiya ayniqsa, yurak qisqarishlar soni oshganda, yaʼni jismoniy yuklamalar, emotsional hayajonlar, sovuqda va ovqatdan soʻng paydo boʻladi. Stenokardiya bilan kasallangan odamlarda yurak qisqarishlarini tezlashishi yurak sohasida ogʻriqlar paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin.

 

Surunkali yurak yetishmovchiligi haqida

Surunkali yurak yetishmovchiligi – bu yurak kasalligi boʻlib, sizning yuragingiz organizm uchun kerakli miqdordagi qonni oʻtkaza olmay qolganida yuzaga keladi. Yurak yetishmovchiligining eng koʻp tarqalgan simptomlari hansirash, charchoqlik, tez toliqish va toʻpiqni shishishi.

 

QOʻLLASH USULI VA DOZALASH TARTIBI

Koraksanni qabul qilishda doimo shifokor yoki farmatsevtning koʻrsatmalariga amal qiling. 

Agar sizda shubha tugʻilsa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. 

Koraksanni ovqat vaqtida qabul qilish kerak.

 

Agar Siz stabil stenokardiyani davolayotgan boʻlsangiz 

Boshlangʻich doza Koraksan 5 mg tabletkasidan sutkada ikki martadan oshmasligi kerak. Agar Siz shunda ham stenokardiya simptomlarini sezsangiz va sutkada ikki marta 5 mg li  dozani yaxshi oʻzlashtirsangiz, dozani oshirish mumkin. Tutib turuvchi doza sutkada ikki marta 7,5 mg dan oshmasligi kerak. Sizga kerakli dozani shifokor aniqlaydi. Odatiy doza ertalab bir tabletkani va kechqurun bir tabletkani tashkil qiladi. Baʼzi xollarda (masalan, agar Siz keksa yoshda boʻlsangiz) shifokor dozaning yarmini buyurishi mumkin, yaʼni Koraksan 5 mg tabletkasining yarmini (2,5 mg ivabradinga mos keladi) ertalab va  5 mg tabletkani yarmini esa kechqurun.

 

Agar Siz surunkali yurak yetishmovchiligini davolayotgan boʻlsangiz.  

Odatda Koraksanning tavsiya etilgan boshlangʻich dozasi – 5 mg tabletkadan kuniga ikki marta, zarurati boʻlsa dozani kuniga ikki marta 7,5 mg gacha oshirish mumkin. Siz qaysi dozadan davolanishni boshlashingiz kerakligini shifokoringiz hal qiladi.

Qabul qilishni odatdagi tartibi: bir tabletkadan ertalab va kechqurun. Baʼzi xollarda (masalan, keksa yoshdagi patsiyentlarga) shifokor dozaning yarmini buyurishi mumkin, yaʼni Koraksan 5 mg tabletkasining yarmini (2,5 mg ivabradinga mos keladi) ertalab va  yarmini esa kechqurun.

 

Agar Siz Koraksan qabul qilishni unutgan boʻlsangiz

Agar Siz Koraksan qabul qilishni unutgan boʻlsangiz, keyingi dozani odatdagi vaqtda qabul qiling. Unutgan dozangizning oʻrnini qoplash uchun uni ikki marta oshirmang.

Tabletkalar joylangan blisterda kalendar chop etilgan, u sizga Koraksanni soʻngi marta qachon qabul qilganingizni eslab qolishga yordam beradi.

 

Agar Siz Koraksan qabul qilishni toʻxtatayotgan boʻlsangiz:

Stenokardiya yoki surunkali yurak yetishmovchiligini davolash odatda bir umr davom etadi, siz bu preparatni qabul qilishni toʻxtatishdan avval oʻzingizning shifokoringiz bilan maslahatlashishingiz kerak.

Agar Siz Koraksan oʻta kuchli yoki oʻta kuchsiz taʼsir koʻrsatayapti deb hisoblasangiz, shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

 

Agar Sizda preparatni qabul qilish boʻyicha qoʻshimcha savollar tugʻilsa, shifokoringiz yoki farmatsevtga murojaat qiling.

 

Koraksanning taʼsir mexanizmi qanday?

Koraksanning asosiy taʼsiri YUQSni minutiga bir necha zarbga kamaytirishdan iborat. Bu yurakni kislorodga boʻlgan ehtiyojini kamaytiradi, ayniqsa stenokardiya huruji boʻlishining ehtimoli eng yuqori boʻlgan vaziyatlarda. Shu tariqa Koraksan stenokardiya hurujlari sonini nazorat qilish va kamaytirishga yordam beradi.

Bundan tashqari, yurak qisqarishlari sonining oshishi yurak faoliyatiga va surunkali yurak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda kasallik kechishiga yomon taʼsir koʻrsatadi, ivabradinning spetsifik taʼsiri esa yurak qisqarishlari sonini kamaytirishga yoʻnaltirilgan boʻlib, yurak faoliyati va bu patsiyentlarda kasallikni kechishini yaxshilashga yordam beradi.

 

NOJOʻYa SAMARALAR

Barcha dori preparatlari kabi Koraksan ham, barcha patsiyentlarda boʻlmasa ham, nojoʻya reaksiyalarni chaqirishi mumkin.

 

Quyida sanab oʻtilgan boʻlishi mumkin boʻlgan nojoʻya samaralarning tez-tezligi kuyidagi tizim boʻyicha aniqlanadi:

juda keng tarqalgan (10 tadan 1 patsiyentdan koʻprogʻida yuzaga keladi)

tarqalgan (10 tadan 1 patsiyentdan kamrogʻida yuzaga keladi)

tarqalmagan (100 tadan 1 patsiyentdan kamrogʻida yuzaga keladi)

kam (1000 tadan 1 patsiyentdan kamrogʻida yuzaga keladi)

juda kam (10000 tadan 1 patsiyentdan kamrogʻida yuzaga keladi)

maʼlum emas (mavjud maʼlumotlardan baholab boʻlmaydi)

 

Ushbu preparatni qabul qilish bilan bogʻliq, eng koʻp tarqalgan nojoʻya reaksiyalari dozaga qaram va uning taʼsir mexanizmi bilan bogʻliq boʻladi:

 

Juda keng tarqalgan:

Yorugʻlikni sezish tuygʻulari (koʻpincha yoritilishni keskin oʻzgarishlari bilan chaqirilgan qisqa muddatli yuqori yorugʻlikni his qilish). Ular shuningdek, yorugʻlik manbai atrofida  kamalak doiralari, rangli oʻt chaqnashi, tasvirni dekompozitsiyasi yoki koʻp martali tasvirlanish kabi taʼriflanadi.

Odatda davolashning birinchi ikki oyida yuzaga keladi, soʻng ular davolash vaqtida yoki davolash toʻxtatilganidan keyin qaytalanishi yoki toʻxtashi mumkin.

 

Tarqalgan: 

Yurak faoliyatida oʻzgarishlar (simptomi: yurak ritmining sekinlashuvi). Odatda davolashning birinchi 2-3 oyligida yuzaga keladi.

Shuningdek boshqa nojoʻya koʻrinishlar haqida ham xabar qilingan:

 

Tarqalgan: 

Yurak qisqarishi ritmini buzilishi, yurak urushini anomal xis qilish, boshqarib boʻlmaydigan arterial bosim, bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi va koʻrishni buzilishi (koʻrishni xiralashishi).

 

Tarqalmagan:

Yurakni tez urushi va qoʻshimcha yurak qisqarishlarini paydo boʻlishi, koʻngil aynishi, qabziyat, diareya, qorinda ogʻriq, bosh aylanishi (vertigo), nafasning qiyinlashishi (hansirash), mushak tirishishlari va laborator koʻrsatkichlarning oʻzgarishi: qonda siydik kislotasi miqdorini oshishi, eozinofillar miqdori oshishi (oq qon tanachalari turi) va qonda kreatin miqdorini oshishi (mushak toʻqimasida ishlab chiqariladi), teri toshmalari, angioshish (yuz, til yoki tomoqni shishi, nafas yoki yutinishni qiyinlashishi), arterial bosimni pasayishi, hushdan ketish, charchoqlik, xolsizlik, EKGda anomaliyalar, koʻzda ikkilanish, koʻrishni buzilishi.

 

Kam:

Eshakemi, qichishish, terini qizarishi, umumiy lohaslik.

 

Juda kam:

Muntazam boʻlmagan yurak qisqarishi.

 

Agar siz oʻzingizda biron bir nojoʻya samaralarni kuzatsangiz, bu  haqida shifokoringiz yoki farmatsevtga habar bering, shu jamladan bu ilovada sanab oʻtilmagan boʻlishi mumkin boʻlgan nojoʻya samaralar toʻgʻrisida ham gap bormoqda.

Nojoʻya samaralari xaqida maʼlumot bersangiz, ushbu dori preparatini xavfsizlik profili xaqida koʻproq maʼlumot toʻplashga yordam berasiz.

 

MAXSUS KOʻRSATMALAR

Maxsus ehtiyotkorliklar:

Quyidagi hollarda Koraksanni qabul qilishni boshlashdan avval shifokoringiz yoki farmatsevtni ogohlantiring:

  • yurak qisqarishlari sonining buzilishida (aritmiya, yurak yurishining tezlashishi, koʻkrakda ogʻriqning kuchayishi kabi) yoki boʻlmachalarning turgʻun fibrillyatsiyasi   shaklida (aritmiya turlaridan birida), “QT intervali uzayishi sindromi” nomli elektrokardiogramma (EKG) dagi anomaliyalar;
  • agar sizda yurak boʻlmachalari fibrillyatsiyasining simptomlari kuzatilsa (tinch holatda pulsning noodatiy yuqori urushi (minutiga 110 zarbdan ortiq) yoki tez­tezligini oʻlchash qiyin boʻlgan sababsiz notekis puls);
  • agar siz yaqinda insult (“miya zarbasi”) oʻtkazgan boʻlsangiz;
  • past yoki oʻrtacha past arterial bosimda;
  • nazorat qilib boʻlmaydigan arterial bosimda, ayniqsa gipotenziv davolashning oʻzgartirish hollarida;
  • ogʻir darajali yurak yetishmovchiligi yoki “Giss tutami oyoqchalari blokadasi” nomli EKG dagi anomaliyalar bilan yurak yetishmovchiligida;
  • toʻr pardaning surunkali shikastlanishida,
  • oʻrtacha ogʻirlak darajadagi jigar kasalliklarida;
  • ogʻir darajali buyrak kasalliklarida.

Agar koʻrsatilgan sabablardan biri sizda kuzatilsa, unda Koraksanni qabul qilishni boshlashdan oldin, yoki Koraksan bilan davolash jarayonida shifokoringiz bilan maslahatlashing.

 

Bolalar

Koraksan bolalar va oʻsmirlar (18 yoshgacha) qabul qilishi uchun moʻljallanmagan.

 

Koraksanni ovqat va suyuqlik bilan qabul qilish:

Koraksan bilan davolanish vaqtida greypfrut sharbatini isteʼmol qilish mumkin.

 

Homiladorlik va emizish davri:

Agar siz homilador boʻlsangiz yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan boʻlsangiz, Koraksanni qabul qilmang (“Qanday hollarda Koraksanni qabul qilish mumkin emas” boʻlimiga qarang).

Agar siz homilador boʻlsangiz va Koraksanni qabul qilgan boʻlsangiz, shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Agar siz homilador boʻlishingiz mumkin  boʻlsa yoki samarali kontratsepsiya  vositalarini ishlatmasangiz, Koraksanni qabul qilmang. (“Koraksanni qanday xolatlarda qabul  qilish mumkin emas” boʻlimiga qarang).

 

Agar emiziyotgan boʻlsangiz, Koraksanni qabul qilmang (“Qanday hollarda Koraksanni qabul qilish mumkin emas” boʻlimiga qarang).

Agar siz emizayotgan boʻlsangiz yoki emizishni rejalashtirayotgan boʻlsangiz, bu haqda shifokorni ogohlantiring, chunki sizga Koraksan buyurilgan boʻlsa, emizishni toʻxtatish zarur.

Agar siz homilador boʻlsangiz yoki emizayotgan boʻlsangiz, agar oʻzingizni homilador deb hisoblasangiz yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan boʻlsangiz, preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

 

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish:

Koraksan vaqtinchalik yorugʻlik hissi paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin (koʻrish maydonida vaqtinchalik yorugʻlikning oshishi, “Boʻlishi mumkin boʻlgan nojoʻya samaralar”ga qarang). Agar bu holat sizda roʻy bersa, yoritilishni keskin oʻzgarish ehtimoli mavjud boʻlganida, ayniqsa tunda boshqarishda avtotransportni haydashda yoki mexanizmlarni boshqarishda ehtiyot boʻling.

 

Koraksan laktoza saqlaydi

Agar sizda qandning baʼzi turlarini oʻzlashttiraolmaslik boʻlsa, ushbu preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

 

DOZANI OSHIRIB YUBORILISHI

Koraksanni haddan tashqari katta dozasini qabul qilgandan soʻng yurak qisqarishlari sonini haddan tashqari pasayishining oqibatida siz charchoqlik yoki hansirashni his etishingiz mumkin. Bunday holda darhol davolovchi shifokoringizga murojaat qiling.

 

 

SAQLASH BOʻYICHA TAVSIYALAR

 

30 °S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

Bolalar olaolmaydigan va koʻrmaydigan joyda saqlansin.

Karton qutida va kontur uyali oʻramda koʻrsatilgan “ …gacha yaroqli” yaroqlilik muddati oʻtgandan soʻng qabul qilinmasin:. Yaroqlilik muddatini koʻrsatishda koʻrsatilgan oyning oxirgi kuni nazarda tutiladi.

Dori vositasini oqava suvga yoki maishiy chiqindiga tashlash mumkin emas. Qabul qilinishi tugagan dorilarni qanday yoʻq qilishni farmatsevtdan soʻrang. Bu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yoʻnaltirilgan.

 

SAQLASH MUDDATI

3 yil.

 

BЕRISH TARTIBI

Shifokorning buyurtmasi boʻyicha qabul qilish uchun dori vositasi.