Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Комбиспазм ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Комбиспазм ТАБЛЕТКА №20

10 000 so'mdan
(1985)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Tavsif
Комбиспазм ТАБЛЕТКА №20
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
Chiqarilish shakli
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Nojoʻya taʼsirlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlar
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli 
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Nojoʻya taʼsirlari

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan: koʻngil aynishi, qusish, anoreksiya, diskomfort hissi (epigastriy sohasida ogʻriqlar va spazmlar), meteorizm, ishtahani pasayishi. Kam hollarda: meʼda-ichak yoʻllarini, qon ketishi, perforatsiya bilan asoratlangan eroziv-yarali shikastlanishlari, aftoz stomatit, ezofagit. Ayrim hollarda nospetsifik yarali kolit, Kron kasalligi.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, kuchli toliqish. Kam hollarda: his qilishni yoki koʻrishni buzilishi (koʻrishni noaniqligi, diplopiya), quloqlarni shangʻillashi, taʼsirchanlik, tirishishlar, uyquni buzilishi, depressiya, xavotirlik hissi, ruhiy buzilishlar;

Dermatologik reaksiyalar: teri toshmasi, eshakemi, bullez toshmalar, ekzema, eritrodermiya, sochlarni toʻkilishi, fotosensibilizatsiya boʻlishi mumkin;

Jigar faoliyati tomonidan: jigar faoliyatini buzilishi, shu jumladan gepatit (sariqlik bilan yoki sariqliksiz kechuvchi gepatit);

Qon yaratish tizimi tomonidan: ayrim hollarda – trombotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz, gemolitik anemiya, aplastik anemiya;

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, koʻkrak qafasi sohasida ogʻriqlar, arterial gipertenziyani yakka hollarda rivojlanishi kuzatilgan, yurak yetishmovchiligi aniqlangan;

Allergik va immunopatologik reaksiyalar: kam hollarda – bronxial astma xurujlari, tizimli anafilaktik (anafilaktoid) reaksiyalar boʻlishi mumkin.

 

Dori shakli: 

tabletkalar

 

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: paratsetamol – 500 mg, ditsikloverin gidroxloridi – 20 mg

yordamchi moddalar: makkajoʻxori kraxmali, metilgidroksibenzoat, propil gidroksibenzoat, povidon, magniy stearati, tozalangan talk, suvsiz kolloid kremniy, natriy kraxmal glikolyati, tozalangan suv.

 

Taʼrifi:

 dumaloq bir tekis, oq rangli, bir tomoni riskali qobiq bilan qoplanmagan tabletkalar. 

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

spazmolitik vosita.

 

 

Farmakologik xususiyatlar

Kombispazm  majmuaviy preparatdir. Preparatning taʼsiri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning farmakologik xususiyatlari bilan belgilanadi.

Paratsetamol ogʻriqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi taʼsir koʻrsatadi. Ogʻriqni qoldiruvchi taʼsir mexanizmi, asosan gipotalamusdagi termoregulyatsiya markazida prostaglandinlar sintezini ingibitsiya qilish bilan bogʻliq. Paratsetamolning isitmani tushiruvchi taʼsiri, termoregulyatsiyaning gipotalamik markazlariga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsiri bilan bogʻliq, buning natijasida qon tomirlarni kengayishi va kuchli terlash tufayli, tanadan issiqlikni ajralib chiqishi kuchayadi.

Ditsikloverin gidroxloridi xolinolitik, miotrop, spazmolitik taʼsir koʻrsatadi. Meʼda-ichak yoʻllari silliq mushaklarining spazmini bartaraf qiladi va u bilan bogʻliq boʻlgan ogʻriq sindromini kamaytiradi.

Farmakokinetikasi

Paratsetamol ichga qabul qilinganida yaxshi va tez soʻriladi. Plazmadagi choʻqqi konsentratsiyasiga 30-90 minutdan keyin erishiladi. Organizmning deyarli barcha toʻqimalariga kiradi, yoʻldosh orqali oson oʻtadi va koʻkrak suti bilan ajralib chiqadi. Jigarda metabolizmga uchraydi, metabolitlari farmakologik jihatdan faol emas, ammo toʻplanganida jigar nekroziga olib kelishi mumkin. Asosan metabolitlari koʻrinishida buyraklar orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 1,5 soatdan 3 soatgacha boʻlgan oraliqda oʻzgarib turadi. Jigar faoliyati buzilganida preparatning organizmdan chiqarilishi sekinlashadi, bu esa organizmda metabolitlarini toʻplanishiga yordam beradi. 

Ditsikloverin gidroxloridi ichga qabul qilinganda meʼda-ichak yoʻllarida tez soʻriladi. Jigarda metabolizmga uchraydi, asosan buyraklar orqali chiqariladi.

 

Qoʻllanilishi
  • kuchsiz yoki oʻrtacha ifodalangan ogʻriq sindrom: bosh va tish ogʻrigʻi, tomoq ogʻrigʻi, podagradagi ogʻriq, OʻRVI dagi ogʻriqlar, nevralgiya, radikulit, lyumbago, dismenoreya (hayz koʻrish siklini buzilishi);
  • shamollash va boshqa infeksion-yalligʻlanish kasalliklarida tana haroratini oshishi;
  • sanchiqlarda (ichak, jigar, buyrak) qoʻllanadi. 

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Tabletkalarni chaynamasdan, butunligiga, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan ichga qabul qilish kerak. Preparatni ovqatdan oldin qabul qilish maʼqulroq. Meʼdaning sezuvchanligi yuqori boʻlganida preparat ovqatdan keyin qabul qilish lozim.

Kattalarga 1 tabletkadan sutkada 2-3 marta buyuriladi. Maksimal bir martalik doza       2 tabletkani tashkil etadi. Maksimal sutkalik doza 2 tabletkadan sutkada 3 marta buyuriladi. 

12 yoshdan oshgan tana vazni 30 kg dan ortiq boʻlgan bolalarga ½ tabletkadan sutkada          3 marta buyuriladi. Navbatdagi har bir qabul qilishlar oraligʻidagi vaqt – kamida          4 soatni tashkil etishi kerak.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • anamnezida aspirin yoki boshqa nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalariga nisbatan angionevrotik shish va bronxospastik reaksiyalar (“aspirin astmasi”), bronxial astma xurujlari;
  • meʼda-ichak yoʻllarini zoʻrayish bosqichidagi eroziv-yarali shikastlanishlari (shu jumladan peptik yara, Kron kasalligi, nospetsifik yarali kolit);
  • homiladorlik va laktatsiya davri;
  • 12 yoshgacha boʻlgan bolalar;
  • qon yaratish faoliyatini buzilishi;
  • koʻruv nervini kasalliklari, nafas yoʻllarini surunkali obstruktiv kasalliklari, burun poliplari, pichan isitmasi;
  • buyraklar va jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari, rang ajratishni buzilishi, glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tugʻma tanqisligida qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Kaliy tejovchi diuretiklar bilan bir vaqtda qoʻllanganida, qonda kaliyning miqdori oshishi mumkin. Bilvosita antikoagulyantlar bilan bir vaqtda buyurilganida qon ketishi rivojlanishi mumkin. Preparat litiy, digoksin va siklosporinning qondagi konsentratsiyasini oshirishi mumkin, shuning uchun ular bilan birga qoʻllanganida, oxirgilarning dozasini toʻgʻrilash kerak. Metotreksat bilan davolashni boshlashdan 24 soat oldin yoki davolash toʻxtatilganidan keyin preparat buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki bunda uning zaharli taʼsirini rivojlanish xavfi oshadi. 

Jigarning mikrosomal fermentlarini induksiya qiluvchi dori vositalar (barbituratlar va ayrim tutqanoqqa qarshi vositalar, shu jumladan, fenobarbital, fenitoin, karbamazepin, benzonal), spirt saqlovchi dori vositalari, rifampitsin bilan birga qabul qilinganida preparatning gepatotoksik taʼsiri kuchayadi. Fenotiazinlar bilan birga qoʻllanganida haddan ziyod kuchli gipotermiya, azidotimidin bilan – neytropeniya rivojlanishi mumkin. Preparat xloramfenikolning zaharliligini oshiradi, bilvosita antikoagulyantlar, difenin, peroral gipoglikemik preparatlarning taʼsirini kuchaytirishi mumkin, “halqali” va tiazid diuretiklarning diuretik va natriyuretik taʼsirini susaytiradi. Boshqa nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparatlar, shuningdek glyukokortikoidlar bilan birga qoʻllanganida nojoʻya taʼsirlari tezlashadi va kuchayadi. 

 

Maxsus koʻrsatmalar

Anamnezida meʼda-ichak yoʻllarining eroziv-yarali shikastlanishlari boʻlgan bemorlarga, shuningdek jigar, buyraklar, qon hosil qilish aʼzolari faoliyatini yaqqol buzilishlari boʻlgan patsiyentlarga buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Preparat yuqori dozalarda qoʻllanganida trombotsitlar agregatsiyasini susaytirishi mumkin, shuning uchun gemostazining buzilishi boʻlgan patsiyentlarni sinchiklab kuzatish kerak. 

Preparatni keksalarda, surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipertoniyasi, porfiriyasi boʻlgan bemorlarga, shuningdek bevosita jiddiy jarrohlik aralashuvlaridan keyin ehtiyotkorlik bilan qoʻllash lozim. 

Preparat bilan davolanish davrida jigar, buyraklar faoliyatini va periferik qon manzarasini nazorat qilish kerak. Preparatni qoʻllash vaqtida preparatning gepatotoksik taʼsirini kuchayishi mumkinligi tufayli, alkogolni isteʼmol qilish mumkin emas.

Avtotransportni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri.

Bemorlar preparatni qabul qilish vaqtida diqqatni yuqori jamlash va tezkor ruhiy va harakat reaksiyalarini talab qiluvchi ishlarni bajarishdan (masalan, avtomobilni haydash) saqlanishlari kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan soʻng ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: allergik reaksiyalar, bosh ogʻrigʻi, psixomotor qoʻzgʻalishlar, bosh aylanishi boʻlishi mumkin. 

Davolash: meʼdani yuvish, simptomatik davolash oʻtkaziladi.

 

Chiqarilish shakli 

Tabletkalar blisterlarda. 10 blisterdan qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.