Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Колтрол ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Колтрол ТАБЛЕТКА №30

10 900 so'mdan
(2517)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Atorvastatin
Ishlab chiqaruvchi
AGIO PHARMACEUTICALS
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Гиполипидемические препараты (статины)
Dori tafsilotlari
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Qo'llanilishi
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Farmakologik ta'sir
Nojo'ya samaralari
Dozirovkasi
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
O'ta yuqori sezuvchanlik, jigarning faol kasalliklari, “jigar” transaminazalari faolligini noaniq genezli oshishi (3 martadan ko'pga), kontratseptsiyani advekat usullaridan foydalanmaydigan reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlik, laktatsiya davri, 18 yoshgacha bo'lgan bolalarga mumkin emas. Atorvastatinni reproduktiv yoshdagi ayollarga, faqat agar u homilador emasligi aniq ma'lum bo'lsa va preparatni homila uchun potentsial xavfi to'g'risida xabardor bo'lsagina buyurish mumkin. Ehtiyotkorlik bilan: alkogolizm, anamnezda jigar kasalliklari, elektrolit muvozanatli og'ir darajali buzilishlari, endokrin va metabolik buzilishlar, arterial gipotenziya, gemorragik insulьt, og'ir darajali o'tkir infektsiyalar (sepsis), nazorat qilinmaydigan tutqanoq, katta jarrohlik aralashuvlari, jarohatlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
 
Qo'llanilishi
Atorvastatinni umumiy xolesterin, PZLP (past zichlikdagi lipoproteinlar) xolesterini apolipoprotein V va triglitseridlarni miqdori oshgan patsiyentlarni davolash uchun parhezga qo'shimcha sifatida, shuningdek birlamchi giperxolesterinemiya (nasliy geterozigot va nasliy bo'lmagan giperxolesterinemiya), majmuaviy (aralash) giperlipidemiyali (Fredrikson bo'yicha IIa va IIb turi), plazmada triglitseridlarni oshgan miqdori (Fredrikson bo'yicha III turi) bo'lgan bemorlarda parhez yetarli darajada samara ko'rsatmagan hollarda YuZLP (yuqori zichlikdagi lipoproteinlar) miqdorini oshirish uchun buyuriladi. Atorvastatin shuningdek, gomozigot nasliy giperxolesterinemiyali patsiyentlarda parhezga yoki boshqa dorilarsiz chora tadbirlarga yetarli reaktsiya bo'lmagan hollarda umumiy xolesterin va YuZLP xolesterini miqdorini pasaytirish uchun ham ko'rsatilgan.
 
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Таркиби:
Tabletkalar 10 mg
Har bir qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: atorvastatin kalьtsiy tuzi ko'rinishidagi 10 mg atorvastatin;
yordamchi moddalar: laktoza – 50 mg, makkajo'xori kraxmali - 43,43 mg, mikrokristallik sellyuloza – 25 mg, natriy metil p-gidroksibenzoati - 0,20 mg, natriy propil p-gidroksibenzoati - 0,02 mg, natriy kroskarmeloza – 7 mg, magniy stearati – 2 mg, distillangan suv.
Tabletkalar 20 mg
Har bir qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: atorvastatin kalьtsiy tuzi ko'rinishidagi 20 mg atorvastatin;
yordamchi moddalar: laktoza – 100 mg, makkajo'xori kraxmali - 86,86 mg, mikrokristall sellyuloza – 50 mg, natriy metil p-gidroksibenzoati - 0,40 mg, natriy propil p-gidroksibenzoati - 0,04 mg, natriy kroskarmelozasi – 14 mg, magniy stearati – 4 mg, distillangan suv.

Farmakologik ta'sir
Atorvastatin - statinlar guruhiga mansub gipolipidemik vositadir. Qon plazmasida xolesterin va lipoproteinlar darajasini pasaytiradi. Gomozigot oilaviy giperxolesterinemiyasi bo'lgan bemorlarda PZLP darajasini pasaytiradi, ularni odatda gipolipidemik dori vositalari bilan davolab bo'lmaydi. Umumiy xolesterin, PZLP xolesterini, apolipoprotein V va triglitseridlarni darajasini pasaytiradi; yuqori zichlikdagi lipoproteinlar xolesterinini va apolipoproteini va apolipoprotein A darajasini oshishini chaqiradi. Boshqa gipolipidemik dori vositalari bilan davolanishga chidamli bo'lgan gomozigot nasliy giperxolesterinemiyali bemorlarda PZLP darajasini pasaytiradi. Ishemik asoratlarni (shu jumladan, miokard infarktidan o'limni rivojlanishi), miokard ishemiyasi belgilari bilan kechuvchi stenokardiya sababli takroriy qayta gospitalizatsiya xavfini pasaytiradi. Kantserogen va mutagen ta'sir ko'rsatmaydi. Terapevtik samara davolash boshlangandan keyin 2 haftadan so'ng aniqlanadi, 4 haftadan keyin maksimal darajaga erishadi va davolanishni hamma davri davomida saqlanadi. Asosan jigarda CYP3A4, CYP3A5 va CYP3A7 ta'sirlari ostida faol metabolitlarni hosil qilib metabolizmga uchraydi. Plazma oqsillari bilan jadal bog'lanishi oqibatida gemodializ orqali chiqarilmaydi. Jigarning alkogolli sirrozi bo'lgan bemorlarda jigar yetishmovchiligida preparatning qondagi kontsentratsiyasi ahamiyatli darajada oshadi. Buyrak yetishmovchiligi preparatning plazmadagi kontsentratsiyasiga ta'sir qilmaydi.
 
Nojo'ya samaralari

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – uyqusizlik, bosh og'rig'i, astenik sindrom; loxaslik, bosh aylanishi; kam hollarda – periferik neyropatiya; juda kam hollarda – amneziya, paresteziya, gipesteziya, depressiya.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – ko'ngil aynishi, diareya, abdominal og'riq, dispepsiya, meteorizm, qabziyat; kam hollarda – qusish, anoreksiya; juda kam hollarda – gepatit, pankreatit, xolestatik sariqlik.
Tayanch-harakat apparati tomonidan: tez-tez – mialgiya, belda og'riq, artralgiya; kam hollarda – mushaklarni tirishishi, miozit; juda kam hollarda – miopatiya, rabdomioliz.
Allergik reaktsiyalar: kam – eshakemi, qichishish, teri toshmasi, bullyoz toshmasi; juda kam – anafilaksiya, ko'p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan, Stivens-Djonson sindromi), Layell sindromi.
Qon yaratish a'zolari tomonidan: kam hollarda – trombotsitopeniya.
Moddalar almashinuvi tomonidan: kam hollarda – gipo- yoki giperglikemiya, zardob KFK faolligini oshishi.
Endokrin tizimi tomonidan: qandli diabet – rivojlanish tez-tezligi xavf omillarini bo'lish yoki bo'lmasligiga bog'liq (och qoringa glyukoza ≥5,6, tana vazni indeksi >30 kg/m2, triglitseridlar darajasini oshishi, anamnezida gipertenziya).
Boshqalar: kam hollarda – quloqlarda shovqin, toliqish, seksual buzilishlar, periferik shishlar, tana vaznini oshishi, ko'krakda og'riq, alopetsiya, interstitsial kasalliklarni, ayniqsa uzoq qo'llanganda rivojlanish hollari; juda kam hollarda – gemorragik insulьt (bir vaqtda SYP3A4 ingibitorlari bilan va katta dozalarda qo'llanganda), ikkilamchi buyrak yetishmovchiligi kuzatilishi mumkin.

Dozirovkasi

Ichga, kunning har qanday vaqtida, ovqatni qabuliga bog'liq bo'lmagan holda qo'llanadi. Davolashni boshlashdan oldin qonda lipidlarni kamayishini ta'minlovchi parhezga o'tish va davolanishni hamma davri davomida unga rioya qilish lozim.
Yurak ishemik kasalligini oldini olishda kattalar uchun boshlang'ich doza – 10 mg sutkada
1 martani tashkil qiladi. Dozani plazmada lipidlar ko'rsatkichlarini nazorati ostida kamida 2-4 haftalik interval bilan o'zgartirish lozim. Maksimal sutkalik doza –
1 qabulga80 mg ni tashkil qiladi. Siklosporin bilan bir vaqtda qabul qilinganda atorvastatinni maksimal sutkalik dozasi 10 mg ni tashkil qiladi; klaritromitsin bilan – 20 mg, itrakonazol bilan – 40 mg ni tashkil qiladi.
Birlamchi giperxolesterinemiyada va majmuaviy (aralash) giperlipidemiyada 10 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi. Samara 2 hafta davomida namoyon bo'ladi, maksimal samara
4 hafta davomida kuzatiladi.
Gomozigot oilaviy giperxolesterinemiyada 80 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi (PZLP miqdorini 18-45 % ga pasaytiradi). Davolashni boshlashdan oldin bemorga standart giperxolesterinemik parhezni buyurish kerak, u unga davolanish vaqtida rioya qilish kerak. Jigar yetishmovchiligida dozani pasaytirish kerak. 10 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan bolalarga (faqat bolalar va hayz ko'ruvchi qizlar) geterozigot oilaviy giperxolesterinemiyada boshlang'ich doza – 10 mg sutkada 1 marta buyuriladi. Dozani
4 hafta va undan ko'p vaqtdan erta oshirish mumkin emas. Maksimal sutkalik doza – 20 mg ni tashkil qiladi (20 mg dan yuqori dozani qo'llanilishi o'rganilmagan).
Keksa yoshdagi shaxslarga va buyrak kasalliklari bo'lgan bemorlarga dozalash tartibini o'zgartirish talab qilinmaydi.
Jigar funktsiyasini buzilishlari bo'lgan bemorlarga preparatni organizmdan chiqarilishni sekinlashish sababli, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Jigar funktsiyasini klinik va laboratoriya ko'rsatkichlarini sinchkovlik bilan nazorat qilish va ularni ahamiyatli patologik o'zgarishlarida dozani kamaytirish yoki preparatni bekor qilish kerak.