Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Колхикум-дисперт ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Колхикум-дисперт ТАБЛЕТКА 0,5МГ №50

50 000 so'mdan
(1348)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
colchicin
Ishlab chiqaruvchi
ФАРМАСЕЛЕКТ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Противоподагрическое средство
Dori tafsilotlari
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapeptiv guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar 
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati

5 yil

 

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor retsepti boʻyicha. 

Dori shakli: 

qobiq bilan qoplangan tabletkalar

 

Tarkibi:

Qobiq bilan qoplangan har bir tabletka, 0,52-2,42 mg kuzgi savrinjon urugʻining quruq ekstraktini (50-150:1) saqlaydi, bu kolxitsinga qayta hisoblanganda 0,5 mg alkaloidlar yigʻindisiga toʻgʻri keladi.

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, makkajoʻxori kraxmali, talk, kopovidon, stearin kislotasi 50, magniy stearati, shellak, akatsiya, povidon K25, magniy oksidi, makrogol 6000, saxaroza, titan dioksidi (Ye171), natriy karmelloza, Opalyuks AS 250000 (saxaroza, ponso 4R (Ye124), sariq xinolin (Ye104), titan dioksidi (Ye171), povidon), karnaub mumi.

 

Taʼrifi: 

dumaloq, ikkiyoqlama qavariq, och qizil rangdan toʻq qizil ranggacha boʻlgan, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

 

Farmakoterapeptiv guruhi:

siydik kislotasini metabolizmiga taʼsir qilmaydigan podagraga qarshi preparatlar.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Kolxitsinning podagraga qarshi taʼsiri yalligʻlanish oʻchogʻiga leykotsitlar migratsiyasini pasayishi va siydik kislotasi tuzlari mikrokristallarini fagotsitozini susayishi bilan bogʻliq. Shuningdek antimitotik taʼsirga ham ega, anafaza va metafaza bosqichida xujayralarning boʻlinishini (toʻliq yoki qisman) bostiradi, neytrofillarning degranulyatsiyasini oldini oladi. Amiloid fibrillalarni hosil boʻlishini pasaytirib, amiloidoz rivojlanishiga qarshilik qiladi. 

Kolxitsin qonda va toʻqimalardagi siydik kislotasining konsentratsiyasiga taʼsir qilmaydi. 

 

Qoʻllanilishi
  • Oʻtkir podagra xurujini oldini olish va davolash; 
  • Kattalar va 4 yoshdan katta bolalarda oilaviy oʻrta yor dengizi isitmasi (davriy kasallik) ni davolash; 
  • Perikarditni davolash va ishemik yurak kasalligini oldini olish; 
  • Bexchet kasalligini davolash uchun qoʻllanadi. 

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Kolxikum-Dispert® tabletkalari ichga, chaynamasdan, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi.

Kolxikum-Dispert® preparati ogʻriq qoldiruvchi samaraga ega emas va boshqa sabablar oqibatida chaqirilgan ogʻriqni yengillashtirish uchun ishlatish mumkin emas. 

Hatto agar patsiyentlar oʻzlarini yaxshi his qilsalar ham, kolxitsinni ularga tayinlangan holda qabul qilishlari kerak. Patsiyentlar, shifokor bilan maslahatlashmasdan, dozani oʻzgartirishlari yoki davolashni toʻxtatishlari mumkin emas. 

Agar kolxitsinning dozasi oʻtkazib yuborilgan boʻlsa: 

  • podagrani davolash uchun, patsiyent profilaktik davolash olayotgan boʻlmasa, oʻtkazib yuborilgan dozani imkon boʻlishi bilan qabul qilishi kerak. 
  • podagrani davolash uchun, profilaktik dozalarni qabul qilayotgan boʻlsa, oʻtkazib yuborilgan dozani darhol qabul qiling, soʻngra oʻn ikki soatdan keyin yana qabul qiling, soʻngra esa dastlabki dozalash sxemasini tiklang. 

Podagrani oldini olish yoki davriy kasallikni davolash uchun, dozani imkon boricha tezroq qabul qilish kerak, soʻngra esa odatdagi davolash jadvaliga qaytish kerak. Biroq, agar dozasi oʻtkazib yuborilgan boʻlsa, patsiyent ikki marta katta dozani qabul qilishi mumkin emas. 

Podagra 

Oʻtkir podagra hurujlarini davolash 

Podagra hurujini davolash uchun Kolxikum-Dispert® preparatini tavsiya etilgan dozasi, hurujning birinchi belgilarida 1,0 mg (2 tabletka), soʻngra esa bir soatdan keyin 0,5 mg (1 tabletka) ni tashkil etadi. Yanada yuqoriroq dozalarini qoʻllash samaradorligi isbotlanmagan. Podagra hurujini davolash uchun tavsiya etilgan maksimal doza 1 soat davomida 1,5 mg ni tashkil etadi. Kolxikum-Dispert® preparatini podagra hurujini bartaraf qilish uchun profilaktik davolash vaqtida qoʻllash mumkin va shuning uchun dozasi hurujning birinchi belgilari paydo boʻlganida 1,0 mg (2 tabletka) dan oshmasligi kerak, soʻngra esa bir soatdan keyin 0,5 mg (1 tabletka) qabul qilinadi. Soʻngra 12 soat davomida pauza qilish va Sizga tavsiya etilgan profilaktik dozani qabul qilish kerak. 

Oʻtkir podagra hurujlarini oldini olish 

Kattalar va 16 yoshdan katta oʻsmirlarda podagra hurujlarini oldini olish uchun Kolxikum-Dispert® preparatining tavsiya etilgan dozasi 0,5 mg tashkil etadi, kuniga bir yoki ikki marta qabul qilinadi. Podagra hurujlarini oldini olish uchun maksimal tavsiya etiladigan doza sutkada 1,0 mg tashkil etadi. 

Oʻrta yer dengizi oilaviy isitmasi 

Kattalarga tavsiya etiladigan dozasi sutkada 1,0 mg dan 2,0 mg gacha boʻlgan dozani tashkil etadi.

Davolash samarali boʻlishi uchun zarurat boʻyicha va oʻzlashtira olinishiga qarab, preparatning dozasi sutkada 0,5 mg dan maksimal tavsiya etilgan sutkalik dozagacha oshirilishi mumkin. Agar nojoʻya samaralar paydo boʻlsa, dozasi kuniga 0,5 mg dan kamaytirilishi kerak. Umumiy sutkalik doza 1 yoki 2 marta qabul qilinishi kerak. 

Bolalar uchun tavsiya etiladigan doza 

Oʻrta yer dengizi oilaviy isitmasi 

Kolxikum-Dispert® preparatining davolash uchun tavsiya etiladigan dozasi yoshga bogʻliq. Navbatdagi kunduzgi dozani kuniga bir marta yoki ikki marta qabul qilish mumkin: 

4-5 yoshdagi bolalar: kuniga 0,5 mg dan 1,0 gacha 

5-10 yoshdagi bolalar: kuniga 1,0 mg dan 1,5 mg gacha 

12 yoshdan oshgan oʻsmirlar: kuniga 1,5 mg dan 2 mg gacha dozada qabul qilinadi. 

Bolalar preparatni shifokorning nazorati ostida qabul qilishlari kerak.

Perikarditni davolash 

Oʻtkir perikarditni davolash uchun Kolxikum-Dispert® preparatining tavsiya etiladigan dozasi bir yoki ikki kun davomida kuniga 2-4 tabletkani tashkil etadi va keyinchalik 6 oy davomida kuniga 1-2 tabletkaga oʻtiladi. 

Qaytalanuvchi perikarditni oldini olish uchun kolxitsinning dozasi 1-2 tabletkani tashkil etadi har kuni qabul qilinadi. Davolash kursining davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi. 

 

Yurak ishemik kasalligini oldini olish 

Yurak ishemik kasalligini oldini olish uchun Kolxikum-Dispert® preparatining tavsiya etiladigan dozasi kuniga 1-2 tabletkani tashkil etadi. Davolash kursining davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi. 

Bexchet kasalligi 

Bexchet kasalligini davolash uchun Kolxikum-Dispert® preparatining tavsiya etiladigan dozasi kuniga 2-4 tabletkani tashkil etadi. Davolash kursining davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi. 

Buyrak faoliyati buzilganida tavsiya etiladigan dozalari 

Podagra 

Oʻtkir podagra hurujini oldini olish 

Buyrak faoliyatini yengil (kreatinin klirensi (KK) 50-80 ml/min) va oʻrtacha (KK 30-50 ml/min) darajada buzilishi boʻlgan patsiyentlarda podagra hurujlarini oldini olish uchun tavsiya etilgan dozani oʻzgartirish talab etilmaydi. biroq, buyrak faoliyatini jiddiy buzilishlari boʻlgan patsiyentlarda boshlangʻich doza kuniga 0,5 mg ni tashkil etishi kerak va dozani hir qanday oshirilishi sinchkov monitoring ostida bajarilishi kerak. 

Oʻtkir podagra hurujini davolash 

Buyrak faoliyatini yengil (KK 50-80 ml/min) va oʻrtacha (KK 30-50 ml/min) darajada buzilishi boʻlgan patsiyentlarda podagra hurujini davolash uchun tavsiya etilgan dozani oʻzgartirish talab etilmaydi, biroq patsiyentlar kolxitsinning kuzatilishi mumkin boʻlgan noxush samaralarini yaxshilab kuzatishlari kerak. Biroq, buyrak faoliyatini jiddiy buzilishlari boʻlgan patsiyentlarda, podagra hurujini davolash uchun dozani bekor qilish mumkin boʻlmagan bir paytda, davolash kursini 2 haftada koʻpi bilan bir marta takrorlash kerak. Takroriy davolash kurslarini oʻtkazish lozim boʻlgan podagra hurujlari boʻlgan patsiyentlar uchun muqobil davolash buyurilishi kerak. Gemodializdagi patsiyentlar uchun podagra hurujini davolash uchun umumiy tavsiya etiladigan doza 0,5 mg (1 tabletka) ga olib kelinishi kerak. bunday patsiyentlar uchun davolash kursi koʻpi bilan 2 haftada takrorlanishi kerak. 

Shuning uchun, podagra hurujini Kolxikum-Dispert® preparati bilan davolash profilaktika uchun kolxitsin qabul qilayotgan buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda tavsiya etilmaydi. 

Oʻrta yer dengizi oilaviy isitmasi 

Oʻrtacha va ogʻir darajadagi buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlar va gemodializdagi patsiyentlar uchun preparatni dozalashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Bu patsiyentlar uchun preparatning dozasi kamaytirilishi kerak. Yengil (KK 50-80 ml/min) va oʻrtacha (KK 30-50 ml/min) darajadagi buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda kolxitsin qabul qilishning salbiy oqibatlarini sinchiklab kuzatish kerak. Agar zarur boʻlsa, dozasini kamaytirish kerak. Ogʻir darajadagi (KK 30 ml/min dan kam) buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlar uchun davolash sutkada 0,5 mg doza bilan boshlanadi; dozani har qanday oshirilishi kolxitsinning salbiy oqibatlarini aniqlash maqsadida patsiyentni nazorati ostida bajarilishi kerak. Dializdagi patsiyentlar uchun umumiy tavsiya etiladigan boshlangʻich doza kuniga 0,5 mg (tabletka) tashkil etishi kerak. Qabul qilishlar soni faqat sinchkov monitoring kuzatuvida oshirilishi mumkin. 

Jigar yetishmovchiligida dozaga tuzatish kiritish 

Podagra 

Oʻtkir podagra hurujini oldini olish 

Jigar faoliyatini yengil va oʻrtacha darajada buzilishlari boʻlgan patsiyentlarda podagra hurujlarini oldini olish uchun tavsiya etilgan dozani oʻzgartirish talab etilmaydi, ammo patsiyentlar kolxitsin qabul qilishning salbiy oqibatlarini sinchiklab kuzatishlari kerak. ogʻir darajadagi jigar yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda preparatning dozasini pasaytirish koʻrib chiqilishi kerak. 

Oʻtkir podagra hurujini davolash 

Jigar faoliyatini yengil va oʻrtacha darajada buzilishi boʻlgan patsiyentlarda podagrani davolash uchun tavsiya etilgan dozani oʻzgartirish talab etilmaydi, ammo patsiyentlar kolxitsin qabul qilishni salbiy oqibatlarini sinchiklab kuzatishlari kerak. Biroq, jiddiy buzilishlari boʻlgan patsiyentlarda, podagra hurujini davolash uchun dozani bekor qilish mumkin boʻlmagan bir paytda, davolash kursini 2 haftada koʻpi bilan bir marta takrorlash kerak. Podagra hurujlari boʻlgan, takroriy davolash kurslarini oʻtkazish zarur boʻlgan patsiyentlarga muqobil davolash buyurilishi kerak. 

Shuning uchun, profilaktika uchun kolxitsin qabul qilayotgan, jigar yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda podagrani davolash uchun Kolxikum-Dispert® preparatini qoʻllash tavsiya etilmaydi. 

Oʻrta yer dengizi oilaviy isitmasi 

Yengil va oʻrtacha darajadagi jigar yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda kolxitsinning salbiy oqibatlarini sinchiklab kuzatish kerak. Dozani pasaytirish ogʻir darajadagi jigar yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda koʻrib chiqilishi kerak. 

 

Nojoʻya taʼsirlari

Kolxikum-Dispert® preparatini qabul qilganda kolxitsinning salbiy oqibatlarini sinchiklab kuzatish kerak.

Kolxitsinni qabul qilish bilan bogʻliq boʻlgan jiddiy toksik koʻrinishlar miyelosupressiya, DVS-sindrom va jigar, buyrak, qon-tomirlar va markaziy nerv tizimini shikastlanishini oʻz ichiga oladi. 

Bu koʻrinishlar koʻproq haddan tashqari toʻplanganida yoki dozasi oshirib yuborilganida kuzatiladi. 

Quyidagi nojoʻya reaksiyalar kolxitsinni qabul qilganda qayd etilgan, ammo ular odatda davolash vaqtinchali toʻxtatilganidan soʻng yoki dozasi kamaytirilganidan soʻng orqaga qaytadi: 

Meʼda-ichak buzilishlari: 

Koʻngil aynishi, qusish, diareya, qorin, xiqildoq va halqum sohasida ogʻriq. 

Qon va limfa tizimlari tomonidan buzilishlar: 

Agranulotsitoz, suyak koʻmigi yetishmovchiligi, aplastik anemiya, gemolitik anemiya, pansitopeniya, trombotsitopeniya, leykopeniya, neytropeniya; 

Immun tizimi tomonidan buzilishlar 

Allergik reaksiyalar; 

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar 

Neyromiopatiya, bosh aylanishi, sensor-motor neyropatiya. 

Teri va teri osti toʻqimalari tomonidan buzilishlar 

Qichishish, purpura, terini achishish hissi, alopetsiya, tirnoqlarni shikastlanishi. 

Skelet-mushak buzilishlari, biriktiruvchi toʻqima va suyaklar tomonidan buzilishlar 

Rabdomioliz, miopatiya, mushaklarni zaifligi, mushaklarda ogʻriq, skelet mushaklarini oʻtkir nekrozi, KFK oshishi. 

Buyraklar va siydik chiqarish yoʻllari tomonidan buzilishlar 

Buyraklar faoliyatini buzilishi 

Gepatobiliar tizimi 

ALT va AST darajasini oshishi 

Reproduktiv tizimi

Azoospermiya, oligospermiya.

Uzoq muddat davolashdan soʻng mushaklarni boʻshligi, toshma, alopetsiya, neyropatiya, toksik gepatit va oliguriya hamda gematuriya bilan kechuvchi toksik gepatit, va agranulotsitoz va aplastik anemiya bilan kechuvchi suyak koʻmigi yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin. 

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • Yurak-qon tomir tizimi faoliyatini ogʻir darajadagi buzilishlari; 
  • Meʼda-ichak yoʻllari faoliyatini ogʻir darajadagi buzilishlari; 
  • Ogʻir darajadagi jigar yetishmovchiligi; 
  • Ogʻir darajadagi buyrak yetishmovchiligi; 
  • Suyak koʻmigida qon yaratilishini yaqqol susayishi; 
  • Homiladorlik va laktatsiya davri; 
  • Preparatning taʼsir etuvchi moddasi yoki har qanday komponentiga oʻta yuqori sezuvchanlik; 
  • Buyrak yoki jigar yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarga P-GP ingibitorlari yoki CYP3A4 ning kuchli ingibitorlari (fosamprenavirdan tashqari, barcha proteaza ingibitorlari kiradi) bilan birga qoʻllash mumkin emas. 

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Kolxikum-Dispert® preparatini qabul qilganda, koʻpchilik dori vositalari yoki boshqa moddalar kolxitsin bilan oʻzaro taʼsir qilishi mumkinligini, ayrim oʻzaro taʼsirlar fatal boʻlishi mumkinligini bilish kerak. 

Muhim! Shuning uchun har qanday boshqa dori vositalari, ayniqsa antibiotiklarni qabul qilganda, ularni qabul qilishdan oldin albatta shifokoringiz bilan maslahatlashish kerak. Greypfrut va greypfrut sharbati ham dori vositasi bilan oʻzaro taʼsir qilishi mumkin, shuning uchun ularni kolxitsin bilan davolanish vaqtida isteʼmol qilish mumkin emas. 

Kolxitsin V12 vitaminining oʻzlashtirilishini kamaytirishi mumkin. 

 

Maxsus koʻrsatmalar 

Keksa yoshdagi patsiyentlar va kuchsizlangan patsiyentlarga, shuningdek yurak-qon tomir tizimining ogʻir boʻlmagan funksional buzilishlari yoki buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarga kolxitsinni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Meʼda-ichak yoʻllari faoliyatini buzilishlari boʻlgan patsiyentlarda kolxitsinning, diareya, koʻngil aynishi, qusish va qorinda ogʻriqni yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin boʻlgan, antimitotik taʼsiri bilan bogʻliq boʻlgan simptomlarni kuchayishi rivojlanishi mumkin. Buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda suyak koʻmigi faoliyatini buzilishi, agranulotsitoz, neyromiopatiya, miopatiya yoki rabdomioliz paydo boʻlishi mumkin. Siklosporinlar va makrolidlarni Kolxikum-Dispert® preparati bilan bir vaqtda qoʻllash ushbu simptomatikani ogʻirlashtirishi mumkin. 

Galaktozani oʻzlashtirolmaslik, fruktozani oʻzlashtirolmaslik, laktaza yetishmovchiligi, saxaraza-izomaltaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi kabi kam uchraydigan nasliy muammolari boʻlgan patsiyentlar ushbu dori vositasini qabul qilishlari mumkin emas. Allergik reaksiyalar atsetilsalitsil kislotasiga beriluvchan boʻlgan patsiyentlarda koʻproq rivojlanadi. 

Avtomobilni haydash va mashinalar va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri.

Taʼsir qilmaydi. 

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Oʻtkir intoksikatsiya va oʻlim holatlari ichga 0,5 mg/kg dan ortiq dozalarda qabul qilinganida kuzatilgan. Birinchi simptomlari 2 dan 12 soatgacha boʻlgan yashirin davridan keyin paydo boʻladi va gemorragik gastroenterit, qorinda ogʻriq, diareya, koʻngil aynishi va elektrolitlar muvozanatini buzilishi va leykotsitoz bilan kechuvchi qusishdan iborat boʻladi. 

Keyinchalik, ichga qabul qilingandan soʻng 24 soatdan 72 soatgacha boʻlgan davrda oʻpkalarni shikastlanishi, buyrak yetishmovchiligi, gepatotsellyulyar shikastlanishlar, mushaklarni shikastlanishi va kardiomiopatiya bilan kechuvchi koʻp aʼzolarni yetishmovchiligi paydo boʻlishi mumkin. Natijada agranulotsitoz, leykopeniya, trombotsitopeniya, tarqoq trombogemorragik sindrom va shok bilan kechuvchi qon-tomir yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin. 

Nerv tizimi tomonidan dozani oshirib yuborilish simptomlari tirishishlar, alahsirash, mushaklarni boʻshligi, neyropatiya va yuqoriga koʻtariluvchi falajdan iborat. Oʻlim nafas yetishmovchiligi, qon-tomir yetishmovchiligi yoki suyak koʻmigi yetishmovchiligi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. 

Davolash 

Kolxitsinning dozasi oshirib yuborilganida, meʼda yuvilishi kerak, buni 60 minut davomida oʻtkazgan afzal, va faollashtirilgan koʻmir qabul qilish kerak. Diareyani davolash kerak emas, chunki bu kolxitsinni asosiy chiqarilish yoʻli hisoblanadi. 

Davolash faqat simptomatik boʻlishi mumkin, bu yurak-qon tomir tizimining faoliyatini barqarorlashtirishga qaratilgan. Plazmani oʻrnini bosuvchi vositalar yoki natriy xloridining izotonik eritmasiga glyukoza va elektrolitlar (asosan, kaliy) qoʻshib vena ichiga tomchilab yuboriladi, EKG monitoring oʻtkaziladi. Miokardning qisqaruvchanligini tutib turish uchun digoksin buyurish mumkin. Zarurat boʻlganida antibiotikoterapiya oʻtkaziladi. Orqa miya suyuqligining bosimi oshganida deksametazon koʻrsatilgan; lyumbal punksiya oʻtkazish zarurati tugʻilishi mumkin. Qorinda spazmlar kuzatilganida atropin, papaverin buyuriladi. Opiatlar qoʻllash mumkin emas. Oksigenoterapiya yoki sunʼiy nafas oʻtkazish zarurati tugʻilishi mumkin. 

 

Chiqarilish shakli

20 qobiq bilan qoplangan tabletkadan Al/PVX/PVDX blisterda, 1 blister qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutida. 

25 qobiq bilan qoplangan tabletkadan Al/PVX/PVDX blisterda, 2 blister qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutida. 

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlik va namlikdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.