Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
КЛОТРИМАЗОЛ СВЕЧИ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

КЛОТРИМАЗОЛ СВЕЧИ 100МГ №10

3 500 so'mdan
(1874)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
CLOTRIMAZOLE
Ishlab chiqaruvchi
ТОРИМЕД ФАРМ
Chiqarilish shakli
СУПП
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Qoʻllanilishi
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Dori shakli:
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Qoʻllanilishi

Candida guruhi zamburugʻlari tomonidan chaqirilgan vaginitlarni davolash uchun qoʻllaniladi.

  • Candida va Trichomonas vaginalis turi zamburugʻlari tomonidan chaqirilgan genital infeksiyalar, shu shumladan nistatinga rezistent shtammlari tomonidan chaqirilgan infeksiyalarda qoʻllaniladi.
  • klotrimazolga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan genital superinfeksiyalar.
  • tugʻruqdan oldin tugʻruq yoʻllari sanatsiyasida qoʻllanadi.

 

Tarkibi:

Har bir vaginal tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 100 mg klotrimazol

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, adipin kislotasi, natriy gidrokarbonati, magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, natriy laurilsulfati.

 

Taʼrifi: 

oq rangli, ikki tomonlama qavariq, chetlari kesilgan, uzunchoq shaklli, bir cheti yumaloqlangan va toʻgʻri, boshqa cheti kesilgantabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

ginekologik, infeksiyaga qarshi va antiseptik preparatlar, imidazol va triazol hosilalari (zamburugʻlarga qarshi vositalar).

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Taʼsir etish mexanizmi va farmakodinamik samaralari

Klotrimazol mikroorganizmlarni oʻsishini va boʻlinishini susaytiradi va konsentratsiyaga qarab, fungistatik yoki fungitsid taʼsir koʻrsatadi. Klotrimazolning taʼsir mexanizmi ergosterol sinteziga taʼsir etish, shuningdek zamburugʻlar devoridagi fosfolipidlarni bogʻlab, xujayra membranasi oʻtkazuvchanligini oʻzgartirishni oʻz ichiga oladi. Klotrimazol oqsillar, yogʻlar, DNK va polisaxaridlar sintezini ingibitsiya qiladi (susaytiradi), hujayradagi nuklein kislotalarini parchalaydi va kaliyni chiqib ketishini tezlashtiradi. U yana zamburugʻlarning oksidlovchi va peroksidlovchi fermentlar faolligini zamburugʻlarning, triglitseridlari va fosfolipidlari sintezini ingibitsiya qiladi.

Yuqoriroq konsentratsiyalarda klotrimazol sterollar sinteziga bogʻliq boʻlmagan mexanizmlar orqali hujayra membranalarini shikastlanishini chaqiradi.

Klotrimazol Candida albicans blastoporlarini mitseliyaning invaziv shakllariga aylanishini oldini oladi. Xujayralar membranalari faoliyatini oʻzgarishi xujayralar nobud boʻlishi natijasi hisoblanadi va u dori vositasining mikroorganizmlardagi ekspozitsiyasiga bogʻliq.

Faollik spektri

Klotrimazolning faollik spektri zamburugʻlarga qarshi va antibakterial faollikning keng spektri bilan tavsiflanadi. Oʻsishni susaytiradi va nobud boʻlishiga olib keladi:

  • dermatofitlar (Epidermophyton floccosum, Microsporum canis, Trichophyton mentagrophytes, Trichophyton rubrum),
  • achitqilar (Candida spp., Cryptococcus neoformans),
  • dimorf zamburugʻlar (Coccidioidea immitis, Histoplasma capsulatum, Paracoccidioides brasiliensis),
  • sodda hayvonlar (Trichomonas vaginalis).

Klotrimazol shuningdek baʼzi grammusbat bakteriyalarga nisbatan ham faol.

Oʻzining antimikotik taʼsiriga qoʻshimcha klotrimazol shuningdek grammusbat (streptokokklar/stafilokokklar Gardnerella vagiinals) va grammanfiy mikroorganizmlar (bakteroidlar (Bacteroides)) ga nisbatan faol. Laktobakteriyalar (Lactobacilli)ga taʼsir etmaydi.

Klotrimazol in vitro sharoitida substratdagi 0,5-10 mkg/ml konsentratsiyada korinobakteriyalar, grammusbat kokklarni enterokokklardan tashqari, koʻpayishini susaytiradi.

Klotrimazolning samarasiniin vitro sharoitida tekshirilganda uning keng doirali fungistotik va fungitsid faolligi aniqlangan. U dermatofitlarningmitseliysiga grizeofulvinga oʻxshab taʼsir koʻrsatadi (Trichophyton, Microsporum, Epidermophyton), ajralib koʻpayotgan zamburugʻlar (Candida) ga taʼsiri esa, poliyenlar (amfoteritsin V va nistatin) ga oʻxshashdir.

Klotrimazol 1 mkg/ml dan kam konsentratsiyalarda Trichophyton rubrum, Trichophyton mentagrophytes, Epidermophyton floccosum, Microsporum canis ning koʻpchilik shtammlarini rivojlanishini susaytiradi.

3 mkg/ml konsentratsiyasi koʻpchilik boshqa patogenlar: Pityrosporum orbiculare, Aspergillus fumigatus, Candida species, shu qatori Candida albicans, Staphylococcus aureus, Streptococcus pyogenes larning baʼzi shtammalari, shuningdek Proteus vulgaris va Salmonella ning baʼzi shtammlari rivojlanishini susaytiradi.

Klotrimazol Sporothrix, Crytococcus, Cephalosporium, Fusarium ga nisbatan faol.
100 mkg/ml konsentratsiyalari Trichomonas vaginalis ga qarshi samaralidir.

Klotrimazolga rezistent zamburugʻlar juda ham kam uchraydi; faqat Candida guilliermondii ning ayrim shtammlari toʻgʻrisida maʼlumotlar bor.

Candida albicans va Trichophyton mentagrophytes passajidan keyin Klotrimazolga sezgir zamburugʻlarda chidamlilik rivojlangani toʻgʻrisida maʼlumotlar berilmagan. Kimyoviy mutatsiya natijasida poliyenli antibiotiklarga chidamli boʻlgan S. albicans shtammlarida chidamlilik holatlari ham taʼriflanmagan.

Farmakokinetikasi

Soʻrilishi va taqsimlanishi

Vaginal qoʻllanganidan keyingi farmakokinetik tadqiqotlar, Klotrimazolning faqat ozgina miqdori (dozaning 3-10%) soʻrilishini koʻrsatdi. Soʻrilgan Klorimazolning jigardagi tez kechadigan metabolizmi sababli, farmakologik faol boʻlmagan metabolitlarga aylanishi natijasida 500 mg dozada vaginal qoʻllangandan keyin Klotrimazolning plazmadagi choʻqqi konsentratsiyasi 10 mg/ml kam boʻlgan, bu intravaginal qoʻllangan Klotrimazol aniqlab boʻladigan tizimli samaralar va nojoʻya taʼsirlarga olib kelmasligidan dalolat beradi.

Metabolizmi va chiqarilishi

Klotrimazol jigarda faol boʻlmagan moddalargacha metbolizmga uchraydi va buyrak, ichak orqali organizmdan chiqarib yuboriladi.

Klinik tadqiqotlar

Tegishli maʼlumotlar yoʻq.

Xavfsizligi boʻyicha klinika oldi maʼlumotlari

Boshqa boʻlimlarga kiritilgandan tashqari, shifokor uchun qoʻshimcha (klinika oldi) maʼlumotlar yoʻq.

 

 

Dori shakli:

 vaginal tabletkalar

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Agar simptomlar 7 kun davomida saqlanayotgan boʻlsa, patsiyentda shifokor tomonidan davolash kerak boʻlgan kasallik boʻlishi mumkin.

Davolash, zarurati boʻlsa takroran oʻtkazilishi mumkin, lekin qaytalanuvchi infeksiyalar yashirin patologiya borligini koʻrsatishi mumkin.

Bir paytning oʻzida tashqi jinsiy aʼzolar (jinsiy lablar, vulva) infeksiyalari mavjud boʻlganida, intravaginal davolashni krem koʻrinishida Klotrimazolni mahalliy tashqi qoʻllash bilan birga olib borish tavsiya etiladi (majmuaviy terapiya).

Kiritishdan oldin vaginal tabletkalarni keyinchalik toʻliq erib ketishi uchun hoʻllash kerak, aks holda tabletkaning erimagan boʻlakchalari qindan toʻkilib ketishi mumkin. Erimagan tabletka boʻlakchalarini qinda quruqlik his etuvchi ayollar sezib, qolishlari mumkin. Buni oldini olish uchun tabletkani qinga uyqudan oldin, iloji boricha chuqurroq kiritish lozim.

Hayz koʻrish davrida tabletkalarni hayz ajralmalari bilan yuvilib ketish xavfi tufayli, davolash oʻtkazilmasligi kerak. Davolash hayz koʻrish boshlangunicha tugatilishi lozim.

Klotrimazol vaginal tabletkalar preparati bilan davolanish vaqtida tamponlar, sprinsevaniya qilish, spermitsid vositalari va boshqa intravaginal qoʻllaniladigan preparatlarni ishlatmaslik kerak.

Klorimazol preparati bilan davolanish vaqtida vaginal infeksiya rivojlangan hollarda, jinsiy aloqa qilishdan voz kechish tavsiya qilinadi, chunki jinsiy sherikka kasallik yuqishi mumkin.

Kiritish usuli

Vaginal qoʻllash uchun.

Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar.

1 tabletkadan kuniga 2 marta 3 kun davomida yoki 1 tabletkadan kuniga 1 marta 6-7 kun davomida, uyqudan oldin kiritgan maʼqulroq.

Bolalar

12 yoshdan katta bolalarga Klotrimazol vaginal tabletkalarini huddi kattalardagidek grafik boʻyicha buyuriladi.

Klotrimazol vaginal tabletkalarini 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga buyurish mumkin emas.

Keksa patsiyentlar

Tegishli maʼlumotlar yoʻq.

Buyrak yetishmovchiligi

Tegishli maʼlumotlar yoʻq.

Jigar yetishmovchiligi

Tegishli maʼlumotlar yoʻq.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Klinik tadqiqotlar maʼlumotlari

Tegishli maʼlumotlar yoʻq.

Post marketing maʼlumotlar

Uchrash tez-tezligiga qarab nojoʻya reaksiyalarning quyidagi tasnifidan foydalanilgan:

juda tez-tez (≥1/10),

tez-tez (≥1/100 <1/10 gacha),

baʼzida (≥1/1000<1/100 gacha),

kam hollarda (≥1/10000<1/1000 gacha),

juda kam hollarda (<1/10 000),

nomaʼlum (hozirgi vaqtdan kelib olingan maʼlumotlarga koʻra, tez-tezligini baholab boʻlmaydi).

 

Immun tizim tomonidan buzilishlar

Nomaʼlum: allergik reaksiyalar (eshakemi, dispnoe, arterial gipotenziya, sinkope bilan namoyon boʻlgan).

Teri va teri osti toʻqimalari tomonidan buzilishlar

Nomaʼlum: qichishish, toshmalar, pufakchali toshmalar, poʻst tashlash diskomfort/ogʻriq, shish, achishish, taʼsirlanish.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Klotrimazol yoki preparatning boshqa komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik.

 

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Kontratseptivlar

Laboratoriya tadqiqotlari Klotrimazol vaginal tabletkalar preparati bir vaqtda qoʻllanilganda kontratseptivlarning lateksini shikastlanishiga olib kelishi mumkinligini koʻrsatadi. Demak, bunday kontratseptivlarning samaradorligi pasayishi mumkin. Patsiyentlarga, hech boʻlmaganda, ushbu preparat qoʻllanilgandan keyin besh kun davomida saqlashning boshqa muqobil choralarini qoʻllashni tavsiya etish kerak.

Takrolimus, sirolimus

Vaginal qoʻllash uchun Klotrimazol preparati bilan ichga qabul qilinadigan takrolimus (FK-506; immunodepressant) ni birga qoʻllash plazmada takrolimusning miqdorini oshishiga olib kelishi mumkin. Bunday oʻzaro taʼsir sirolimus bilan bir paytda qoʻllanganda ham kuzatiladi. Patsiyentlarda takrolimus yoki sirolimusning dozalarini oshirib yuborilishi simptomlari borligini, zarurat boʻlganida qon plazmasida ushbu preparatlarning darajasini aniqlash yoʻli bilan sinchkov nazorat qilish kerak.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Koʻzga tegishiga yoʻl qoʻymang va yutib yubormang.

Davolashni boshlanishi

Agar patsiyent birinchi marta kandidozli vaginit simptomlarini his qilayotgan boʻlsa, shifokorga murojaat qilishi kerak.

Quyidagi holatlarda vaginal tabletkalarni qoʻllashdan oldin tibbiy maslahat olish zarur:

  • oxirgi 6 oy mobaynida ikkitadan ortiq vaginit infeksiyasi kuzatilgan.
  • anamnezda jinsiy yoʻl orqali yuqadigan kasalliklar boʻlgan yoki jinsiy yoʻl orqali yuqadigan kasalligi boʻlgan sherik bilan jinsiy aloqa.
  • homiladorlik yoki taxmin qilingan homiladorlik.
  • 12 yoshgacha boʻlgan yoki 60 yoshdan oshganlar.
  • imidazollar yoki boshqa zamburugʻlarga qarshi vaginal preparatlarga anamnezda yuqori sezuvchanlik.

Agar patsiyentda quyidagi simptomlardan birortasi boʻlsa, vaginal tabletkalarni qoʻllamaslik va shifokorga murojaat qilish kerak:

  • nomuntazam vaginal qon ketishlari,
  • normal boʻlmagan qon ketishlari (qindan qon ketishlari) yoki qonli ajralmalar,
  • vulva yaralari yoki vaginal yaralar, pufakchalar yoki yarachalar,
  • qorinning past qismida ogʻriq va yoki dizuriya,
  • davolanish bilan bogʻliq boʻlgan, qizarish, taʼsirlanish va shish kabi har qanday nojoʻya holatlar,
  • isitma (harorat 38oS va yuqori) yoki et uvishishi,
  • koʻngil aynishi yoki qusish,
  • diareya (ich ketishi),
  • qindan chiqayotgan ajralmalarning yoqimsiz hidi,
  • belda ogʻriq,
  • yelkada qoʻshilgan ogʻriq.

Homiladorlikda va laktatsiya davrida qoʻllanishi

Fertillik

Klotrimazolning odam fertilligiga taʼsiri toʻgʻrisida tadqiqotlar olib borilmagan, lekin hayvonlarda oʻtkazilgan tadqiqotlar, preparat fertillikka biron bir taʼsir koʻrsatishini namoyish etmagan.

Homiladorlik

Klotrimazolni homilador ayollarda qoʻllash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar cheklangan.

Hayvonlarda reproduktiv toksik taʼsirini oʻrganish yuzasidan tadqiqot bevosita yoki bilvosita nomaqbul samaralarini aniqlamagan. Ehtiyotkorlik choralari koʻrinishida Klotrimazol preparatini homiladorlikning birinchi uch oyligida qoʻllash mumkin emas.

Laktatsiya

Hayvonlarda maʼlum boʻlgan farmakologik/toksikologik maʼlumotlar koʻrsatadiki, klotrimazol/metabolitlari sutga ajralib chiqishini namoyish etdi. Klotrimazol bilan davolanayotgan paytda emizishni toʻxtatish kerak.

Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Preparat transport vositalari yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsir etmaydi yoki juda kam taʼsir qiladi.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati oʻtgandan keyin qoʻllamaslik kerak.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari va belgilari: bosh aylanishi, koʻngil aynishi, qusish.

Davolash. Tasodifan ichga qabul qilinganda simptomatik davolashni amalga oshirish kerak.

 

Chiqarilish shakli

Vaginal tabletkalar 100 mg.

6 tabletkadan alyuminiy folga va PVX plyonka kontur uyali oʻramda.

1 (1x6) ta kontur uyali oʻramdan qoʻllan boʻyicha oʻriqnomasi bilan karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

15-25oS haroratda, quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

36 oy.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.