Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
КЛОТРИМАЗОЛ КРЕМ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

КЛОТРИМАЗОЛ КРЕМ 1% 15Г №1

3 000 so'mdan
(1447)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
CLOTRIMAZOLE
Ishlab chiqaruvchi
УЗБЕКИСТАН
Chiqarilish shakli
КРЕМ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli

sirtga qo‘llash uchun surtma

Farmakologik xususiyatlari

Sirtga qo‘llash uchun imidazol hosilalari guruhiga mansub zamburug‘larga qarshi vosita, mikrob devorining xujayra membranasining tarkibiy qismi bo‘lgan ergosterolning sintezini pasaytiradi va uning strukturasi va xususiyatlarini o‘zgarishiga olib keladi.

Kichik konsentrasiyalarda fungistatik, katta (20 mg/ml dan ortiq) konsentrasiyalarda esa – fungisid, ayni paytda nafaqat proliferasiyalanuvchi xujayralarga ta‘sir qiladi.

Fungisid konsentrasiyalarda mitaxondrial va peroksidaz fermentlar bilan o‘zaro ta‘sir qiladi, buning natijasida vodorod peroksidining konsentrasiyasini toksik darajagacha oshishi yuz beradi, bu ham zamburug‘ hujayralarining parchalanishga yordam beradi.

Patogen dermatofitlar (Trichophyton rubrum, Trichophyton mentagrophytes, Epidermophyton floccosum, Microsporum canis), achitqisimon va mog‘or zamburug‘lari (Candida spp., Torulopsis glabrata, Rhodotorula spp., Pityrosporum orbiculare) ga nisbatan faol.

Farmakokinetikasi

Klotrimazol teri va shilliq qavatlar orqali yomon so‘riladi va deyarli tizimli ta‘sir ko‘rsatmaydi. Epidermisning shox qavatida to‘planadi, tirnoqlarning keratiniga kiradi. Epidermisning chuqur qavatlaridagi konsentrasiyasi dermatofitlar uchun minimal bostiruvchi konsentrasiyasidan yuqoriroq.

Qo‘llanilishi
  • terining, shu jumladan teri burmalari va oyoq panjasining dermatofitlar, achitqisimon (Candida spp.), mog‘or va boshqa zamburug‘lar va klotrimazolga sezgir bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan kasalliklari: dermatomikoz, dermatofitiya, trixofitiya, epidermofitiya, mikrosporiya, kandidomikoz, barmoqlar orasining zamburug‘li eroziyasi, zamburug‘li paronixiya;
  • ikkilamchi piodermiyalar bilan asoratlangan mikozlar, majmuaviy davolash tarkibida;
  • kepaksimon temiratki, rang-barang temiratki, eritrazmada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari

Sirtga.

Kattalarga boshqa tavsiyalar bo‘lmasa, surtmani bir kunda 2-3 marta oldindan tozalangan va terining quruq jarohatlangan sohalariga yupqa qilib surtish tavsiya qilinadi. Kaft o‘lchamiga teng yuzasi maydoniga bir martalik doza – 5 mm uzunlikdagi surtmaning ustunchasi. Muvaffaqiyatli davolash uchun surtmani muntazam qo‘llash lozim.

Davolashning davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi va kasallikning og‘irligi va joylashishiga bog‘liq. To‘liq sog‘ayishga erishish uchun surtma bilan davolashni yallig‘lanishning o‘tkir simptomlarini yo‘qolishi yoki sub‘ektiv shikoyatlarni kamayishi bilan darrov to‘xtatish tavsiya etilmaydi. Davolashning davomiyligi o‘rtacha taxminan 4 haftani tashkil qilishi lozim.

Kepaksimon temiratki asosan 1-3 hafta davomida, eritrazma esa 2-4 hafta davomida tuzaladi.

Oyoq terisidagi zamburug‘li kasalliklarida davolashni kasallik simptomlari bartaraf qilingandan keyin taxminan 2 hafta davom ettirish tavsiya qilinadi.

Bolalarda 2 yoshdan boshlab preparat yuqorida ko‘rsatilgan dozalarda qo‘llanadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Mahalliy reaksiyalar: achishish, shish, terini ta‘sirlanishi va qipiqlanishi, paresteziyalar, eritematoz toshmalar, qavariqlarni paydo bo‘lishi.

Allergik reaksiyalar: qichishish, eshakemi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Klotrimazolga yoki yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik (I uch oyligi), 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Amfoterisin V, nistatin, natamisin bir vaqtda qo‘llanganida klotrimazolning samaradorligini pasaytiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Ko‘zning shilliq qavatiga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda jigarning funksional holatini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish kerak.

O‘ta yuqori sezuvchanlik yoki ta‘sirlanishning belgilari paydo bo‘lganida davolash to‘xtatiladi.

4 hafta davomida samara bo‘lmasa tashhisni tasdiqlash kerak.

Bolalarda katta yuzalarga surtishdan saqlanish kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Sirtga qo‘llanganida preparatning faol komponentini past tizimli so‘rilishi deyarli dozani oshirib yuborilishini yo‘qqa chiqaradi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan, 15oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

Dorixonalardan berish tartibi

м