Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
КЛИНИНГ ЭНЕМА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

КЛИНИНГ ЭНЕМА РАСТВОР 180МЛ №1

6 000 so'mdan
(2253)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ГОЛДЕН МЕДИКАЛ ФАРМ
Chiqarilish shakli
Р-Р
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Qoʻllanilishi
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati 
Dorixonalardan berish tartibi
Qoʻllanilishi

Klining Enema qabziyatni davolash uchun, rektal tekshiruvdan oldin ichakni tozalash uchun, qorin boʻshligʻi rentgenografiyasida, kichik chanoq aʼzolarida va qorin boʻshligʻida jarrohlik amaliyotlarni oʻtkazishga tayyorlash uchun qoʻllanadi. Jarrohlik amaliyoti, homiladorlikda, tugʻruqdan oldingi, tugʻruqdan keyingi, shuningdek umumiy jarrohlik amaliyotdan keyingi davolashda ichakni boʻshatish uchun qoʻllanadi. 

 

 

Dori shakli:

 hoʻqna uchun eritma

 

Tarkibi:

har 120 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

natriy fosfati 7,2 g,

natriy bifosfati 19,20 g,

yordamchi moddalar: natriy benzoati, tozalangan suv.

 

Taʼrifi:

 tiniq, hidsiz eritma.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

surgi vositasi.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Ichak peristaltikasini ragʻbatlantiradi va surgi taʼsir koʻrsatadi. Klining Enema qoʻllanganidan keyin 5 minut ichida ichakni boʻshashini taʼminlaydi. Preparat ichakni xavfsiz tozalashini va pastga tushuvchi chambar ichakni ogʻriqsiz va spazmsiz toʻliq boʻshatilishini taʼminlaydi.

 

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Kattalarga: bir flakondan (taxminan 120 ml) yoki shifokor koʻrsatmasi boʻyicha buyuriladi.

2 yoshdan katta boʻlgan bolalarga: kattalarga moʻljallangan dozaning yarmi (taxminan 60 ml) yoki shifokor tavsiyasi boʻyicha buyuriladi.

Qoʻllash boʻyicha koʻrsatmalar

Muolajani bajarish uchun odamni zaruriy holati chap yon boshga yotib va oʻng oyogʻini tizza +boʻgʻimini bukib yoki tizza-tirsak holatida boshini va qorinni pastga qaratib turiladi. Bu ikki holatda hoʻqna uchligi toʻgʻri ichakka yengil kiradi.

Hoʻqnani oʻtkazish usuli

Qoʻllashdan avval moylangan uchlikdan himoyalovchi qalpoqchasini oling. 

Ehtiyotkorlik va ohista qindik sohasi yoʻnalishi boʻyicha toʻgʻri ichakka kiriting. Flakonni ichidagi suyuqlik batamom chiqib ketguncha siqing. Soʻngra uchlikni toʻgʻri ichakdan oling. 

Flakon siqilgandan keyin va muolaja yakunlangandan keyin flakonda suyuqlikning maʼlum miqdori qolib ketishi mumkin, flakonni oxirigacha boʻshatish shart emas, chunki unda oz miqdorda suyuqlikning qoʻshimcha hajmi saqlanadi, u preparatning kerakli dozasini taʼminlaydi. Bemor to ich kelishiga kuchli qistovlar paydo boʻlguncha, yaʼni taxminan 2-5 minut mobaynida shu holatda qolishi kerak. 

Preparat toʻgʻri va xavfsiz qoʻllash uchun muolaja talablarga muvofiq koʻrsatmalar boʻyicha bajarilishi talab qilinadi.

Muolajani ehtiyotkorlik va mayinlik bilan kindik sohasi yoʻnalishi boʻyicha toʻgʻri ichakka kiritilishini tibbiyot xodimi unutmaslik kerak. Ichak teshilishi mumkinligi va toʻgʻri ichak sensor innervatsiyasi yetarli boʻlmaganligi tufayli kiritishda ehtiyotkorlik zarur.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Diareya, qorinda ogʻriq, elektrolitlarni yoʻqotilishi.

 

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Yuqori sezuvchanlik, toʻgʻri ichakdan qon ketish (sababi gemorroy boʻlmagan), kolo- yoki ileostoma, oʻtkir appenditsitga gumon boʻlganda qoʻllash mumkin emas.

 

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Aniqlanmagan.

 

 

Maxsus koʻrsatmalar

Agar sizda koʻngil aynishi, qusish yoki qorindagi ogʻriq kuzatilsa, preparatni shifokor koʻrsatmasisiz qoʻllamang.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: diareya, qorinda ogʻriq.

Davolash: preparatni qoʻllashni toʻxtatish kerak.

 

 

Chiqarilish shakli

Hoʻqna uchun eritma, 120 ml dan polietilen flakonlarda.

 

 

Saqlash sharoiti

15ºS dan 30ºS gacha boʻlgan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati 

2 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.