Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Клин Энема

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Клин Энема РАСТВОР 60мл №1

6 000 so'mdan
(1315)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Clean Enema
Ishlab chiqaruvchi
НАБИКАСИМ ИНДАСТРИС
Chiqarilish shakli
Р-Р
Farma. Guruh
Слабительные препараты
Dori tafsilotlari
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati 
Dorixonalardan berish tartibi
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: diareya, qorindagi ogʻriq.

Davolash: preparatni qoʻllashni toʻxtatish kerak.

 

Chiqarilish shakli

68 va 135 ml rangsiz va hidsiz KLEEN eritmasini saqlovchi, bir marta qoʻllanadigan, qoʻllashga tayyor, huqna uchun eritma.

 

Saqlash sharoiti

15ºS-30ºS haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati 

3 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Yuqori sezuvchanlik, toʻgʻri ichakdan qon ketish (sababi gemorroy boʻlmagan), kolo- yoki ileostoma, oʻtkir appenditsitga gumonda qoʻllash mumkin emas.

 

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Aniqlanmagan.

 

 

Maxsus koʻrsatmalar

Agar sizda koʻngil aynishi, qusish yoki qorindagi ogʻriq kuzatilsa, preparatni shifokor koʻrsatmasisiz qoʻllamang.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin. 

 

 

Dori shakli:

 huqna uchun eritma

 

Tarkibi:

Har 120 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

natriy bifosfatiU.S.P. ……………………..19,20 g,

natriy fosfati U.S.P. …………………………7,2 g,

yordamchi moddalar:

natriy benzoati U.S.P., distillangan suv  V.R. q.s. 135 ml.

Har 60 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

natriy bifosfatiU.S.P. ………………………9,60 g,

natriy fosfati U.S.P. …………………………3,6 g,

yordamchi moddalar:

natriy benzoati U.S.P., distillangan suv  V.R. q.s. 68 ml.

 

Taʼrifi:

 tiniq rangsiz va hidsiz eritma

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

surgi vosita.

 

Farmakologik xususiyatlari

Ichak peristaltikasini ragʻbatlantiradi va surgi taʼsir koʻrsatadi. KLIN enema qoʻllanganidan keyin 5 minut ichida ichakni boʻshashini taʼminlaydi. KLIN enema ichakni xavfsiz tozalashini va pastga tush chambar ichakni ogʻriqsiz va spazmsiz toʻliq boʻshatilishini taʼminlaydi.

 

Qoʻllanilishi

KLIN enema qabziyatni davolash uchun, rektal tekshiruvdan oldin ichakni tozalash uchun, qorin boʻshligʻi rentgenografiyasiga bartaraf qilish, kichik chanoq aʼzolarida va qorin boʻshligʻida jarrohlik amaliyotlarni oʻtkazishga tayyorlash uchun qoʻllanadi. Jarrohlik amaliyoti, homiladorlikda, tugʻruqdan oldingi, tugʻruqdan keyingi, shuningdek umumiy jarrohlik amaliyotdan keyingi davolashda ichakni boʻshatish uchun qoʻllanadi. 

 

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Kattalargabir flakondan (taxminan 120 ml) yoki shifokor koʻrsatmasi boʻyicha buyuriladi.

2 yoshdan katta boʻlgan bolalarga: kattalarga moʻljallangan dozaning yarmisi (taxminan 60 ml) yoki shifokor tavsiyasi boʻyicha buyuriladi.

Qoʻllash boʻyicha koʻrsatmalar

Muolajani bajarish uchun odamni zaruriy holati chap yon boshga yotib va oʻng oyogʻini tizza boʻgʻinni bukib yoki tizza-tirsak holatida boshini va qorinni pastga qaratib turiladi. Bu ikki holatda huqna uchligi toʻgʻri ichakka yengil kiradi.

Huqnani oʻtkazish usuli

Qoʻllashdan avval moylangan uchlikdan himoyalovchi qalpoqchasini oling. 

Ehtiyotkorlik va ohista qindik sohasi yoʻnalishi boʻyicha toʻgʻri ichakka kiriting. Flakonni ichidagi suyuqlik batamom chiqib ketguncha siqing. Soʻngra uchlikni toʻgʻri ichakdan oling. 

Ballon siqilgandan keyin va muolaja yakunlangandan keyin flakonda suyuqlikning maʼlum miqdori qolib ketishi mumkin, ballonni oxirigacha boʻshatish shart emas, chunki unda oz miqdorda suyuqlikning qoʻshimcha hajmi saqlanadi, u preparatning kerakli dozasini taʼminlaydi. Bemor to ich kelishiga kuchli qistovlar paydo boʻlguncha, yaʼni taxminan 2-5 minut mobaynida shu holatda qolishi kerak. 

KLIN enema toʻgʻri va xavfsiz qoʻllash uchun muolaja talablarga muvofiq koʻrsatmalar boʻyicha bajarilishi talab qilinadi.

Muolajani ehtiyotkorlik va moyillik bilanqindik sohasi yoʻnalishi boʻyicha toʻgʻri ichakka kiritilishini tibbiyot xodimi unutmaslik kerak lozim. Ichak teshilishi mumkinligi va toʻgʻri ichak sensor innervatsiyasi yetarli boʻlmaganligi tufayli kiritishda ehtiyotkorlik zarur.

 

 

Nojoʻya taʼsirlari

Diareya, qorinda ogʻriq, elektrolitlarni yoʻqotilishi.