Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Климаксан ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Климаксан ТАБЛЕТКА №40

15 000 so'mdan
(4601)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
МАТЕРИЯ МЕДИКА ХОЛДИНГ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Гомеопатические средства
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi (1 tabletkaga):
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

 gomeopatik tabletkalar

 

Tarkibi (1 tabletkaga):

Faol moddalar: Cimicifuga racemosa (Cimicifuga) S200; Lachesis mutus (Lachesis) S50; Apis mellifica (Apis) S200.

Yordamchi moddalari: laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati.

 

Taʼrifi:

 oqdan to deyarli oq rangligacha boʻlgan, yassitsilindrik shaklli, faskali tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 gomeopatik vosita.

 

 

Qoʻllanilishi

Klimakterik sindromining koʻrinishlarini (taʼsirchanlik, emotsional labillik, uyquni buzilishi, bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, yurak urishi, terlash, “qizish” hissi) simptomatik davolash vositasi sifatida qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Bir qabul qilishga – 1 tabletka (ogʻizda toʻliq erib ketgunicha ushab turiladi, faqat ovqatlanish vaqtida emas). Kuniga 2 marta qabul qilinadi: ertalab va kechqurun.

Simptomlarning ogʻirligiga qarab preparat qabul qilishni kuniga 3-4 martagacha oshirish mumkin.

Preparatni qoʻllashni tavsiya qilingan davomiyligi 6 oyni tashkil qiladi. Shifokorning tavsiyasi boʻyicha takroriy davolash kurslarini oʻtkazish mumkin.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Allergik reaksiyalar boʻlishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Hozirgi vaqtgacha boshqa dori vositalari bilan nomutanosiblik hollari qayd etilmagan.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Preparatning tarkibiga laktoza monogidrati kiradi, shuning uchun uni tugʻma galaktozemiyasi, glyukoza yoki galaktozani kam soʻrilishi sindromi yoki tugʻma laktoza yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarga buyurish tavsiya etilmaydi.

Preparat bilan davolash kursini oʻtkazish davrida 2 oyda kamida 1 marta davolashni toʻgʻrilash mumkinligi maqsadida davolovchi shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Doza tasodifan oshirib yuborilganida preparatning tarkibiga kiruvchi toʻldiruvchilari bilan bogʻliq boʻlgan dispeptik koʻrinishlar boʻlishi mumkin.

 

Chiqarilish shakli

Gomeopatik tabletkalar.

20 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va alyumin folga kontur uyali oʻramda.

1 yoki 2 kontur uyali oʻramdan davlat va rus tillaridagi qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan, 25oS dan yuqori boʻlmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.