Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Клацид СР

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Клацид СР ТАБЛЕТКА 500мг №14

98 000 so'mdan
(3930)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Clarithromycin
Ishlab chiqaruvchi
ЭББОТ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Антибиотики
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi. 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati.
Dorixonalardan berish tartibi.
Dori shakli: 

qobiq bilan qoplangan, taʼsiri uzaytirilgan tabletkalar

 

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: 500 mg klaritromitsin;

yordamchi moddalar: suvsiz limon kislotasi, natriy alginati, natriy kalsiy alginati, laktoza (monogidrat), povidon K-30, talk, stearin kislotasi, magniy stearati;

qobigʻi: gipromelloza, makrogol 400, makrogol 8000, titan dioksidi (Ye 171), xinolin sarigʻi (Ye 104), sorbin kislotasi.

 

Taʼrifi: 

oval shaklli, sariq rangli, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

 

 

Farmakoterapevtik guruhi. 

Tizimli qoʻllash uchun mikroblarga qarshi vositalar. Makrolidlar.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi.

Klaritromitsin – yarimsintetik makrolidlar guruhiga mansub antibiotikdir. Klaritromitsinning antibakterial taʼsiri, uni sezgir bakteriyalarning 50S-ribosomal subbirligi bilan bogʻlanishi va oqsillarning biosintezini susaytirishi bilan belgilanadi.

Mikrobiologiyasi

Preparat in vitro sharoitlarda aerob va anaerob grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarning keng doirasiga, shu jumladan gospital shtammlarga qarshi yuqori samaradorlikni namoyon qiladi. Klaritromitsinning minimal ingibitsiya qiluvchi konsentratsiyasi (MIK) eritromitsinning MIK ga nisbatan, odatda ikki marta past.

Klaritromitsin in vitro sharoitlarda Legionella pneumophila va Mycoplasma pneumoniae ga qarshi yuqori samarali. Klaritromitsin Helicobacter pylori ga nisbatan bakteritsid taʼsir koʻrsatadi. In vitro va in vivo sharoitlarda oʻtkazilgan tadqiqotlar antibiotik mikobakteriyalarning klinik ahamiyatli shtammlariga nisbatan samarali ekanligini koʻrsatdi. In vitro sharoitlardagi tadqiqotlar Enterobacteriaceae va Pseudomonas shtammlari, laktoza ishlab chiqarmaydigan grammanfiy bakteriyalar kabi, klaritromitsinga sezgir emasligini koʻrsatgan.

Klaritromitsin in vitro sharoitda va klinik amaliyotda quyidagi mikroorganizmlarning koʻpchilik shtammlariga nisbatan faol.

Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Staphylococcus aureus, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Listeria monocytogenes.

Aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Haemophilis imfluezae, Haemophilis parainfluenzae, Moraxella catarrhalis, Neisseria gonorhoeae, Legionella pneumophila.

Boshqa mikroorganizmlar: Mycoplasma pneumoniae, Chlamydia pneumoniae (TWAR).

Mikobakteriyalar: Mycobacterium leprae, Mycobacterium kansasi, Mycobacterium chelonae, Mycobacterium forluitum, Mycobacterium avium complex (MAC), shu jumladan Mycobacterium avium, Mycobacterium intracellulare.

Mikroorganizmlarning beta-laktamazalari klaritromitsinning samaradorligiga taʼsir qilmaydi. Stafilokokklarning koʻpchilik metitsillin – va oksatsillinga rezistent shtammlari klaritromitsinga sezgir emas.

In vitro sharoitlarda klaritromitsin bunday mikroorganizmlarning koʻpchilik shtammlariga nisbatan faol, ammo uni qoʻllashning klinik samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.

Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Streptococcus agalactiae, Streptococci (C, F, G guruhlari), Viridans group streptococci.

Aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Bordetella pertussis, Pasteurella mullocida.

Boshqa mikroorganizmlar: Chlamydia pneumoniae.

Anaerob grammusbat mikroorganizmlar: Clostridium perfringens, Peptococcus niger, Propionibacterium acnes

Anaerob grammanfiy mikroorganizmlar: Bactariodas melaninogenicus.

Spiroxetalar: Borrelia burgdorleri, Treponema pallidum.

Kampilobakteriyalar: Camplilobacter jejuni.

Klaritromitsin bakteriyalarning bir necha shtammlariga qarshi bakteritsid taʼsir koʻrsatadi: Haemophilis imfluezae, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae, Moraxella (Branhamella) catarrhalis, Neisseria gonorhoeae, H. pilori, Camplilobacter spp.

Klaritromitsinning odam organizmidagi asosiy metaboliti mikrobiologik faol 14-ON-klaritromitsindir. Koʻpchilik mikroorganizmlar uchun metabolitining mikrobiologik faolligi asosiy moddaga (substansiya) nisbatan unga teng yoki 1-2 marta kuchsiz, H.influenzae dan tashqari, unga nisbatan metabolitining samarasi 2 marta yuqori. In vitro va in vivo sharoitlarida asosiy substansiya va uning asosiy metaboliti H.influenzae ga qarshi, mikroorganizmning shtammiga qarab yoki additiv, yoki sinergik samara koʻrsatadi.

 

Farmokinetikasi

Taʼsiri uzaytirilgan tabletkalarning kinetikasi klaritromitsinning 250 mg va 500 mg li darhol ajralib chiquvchi tabletkalari bilan solishtirilgan. Ekvivalent dozalar qoʻllanganida soʻrilishining kattaligi ekvivalent boʻlgan. Mutloq biokiraolishligi taxminan 50%. Preparat koʻp marta qabul qilinganida toʻplanib qolishi aniqlanmagan va odam organizmidagi metabolizmining xarakteri oʻzgarmagan.

Taqsimlanishi, metabolizmi va chiqarilishi

In vitro

In vitro sharoitlarda oʻtkazilgan tadqiqotlar 0,45-4,5 mkg/ml konsentratsiyalarda klaritromitsinni odam qon plazmasi bilan bogʻlanishi oʻrtacha 70% ni tashkil qilishini koʻrsatdi. 45,0 mkg/ml konsentratsiyada bogʻlanishni 41% gacha kamayishi bogʻlanishni toʻyinishidan dalolat beradi, ammo bu faqat terapevtik konsentratsiyalardan ahamiyatli darajada yuqori konsentratsiyalarda amalga oshgan.

In vivo

Hayvonlarda oʻtkazilgan tadqiqotlar markaziy nerv tizimidan tashqari organizmning barcha toʻqimalarida klaritromitsinning konsentratsiyalari qon zardobidagi konsentratsiyadan bir necha marta yuqori boʻlishini koʻrsatdi. Eng yuqori konsentratsiyalar jigar va oʻpkada qayd etilgan, u yerda toʻqima va plazmadagi konsentratsiyalar nisbati 10 dan 20 gacha yetgan.

Sogʻlom shaxslar.

Taʼsiri uzaytirilgan tabletkalar ichga ovqatdan keyin kuniga 500 mg dan qabul qilinganidan keyin klaritromitsin va 14-ON-klaritromitsinning qon plazmasidagi muvozanatli maksimal konsentratsiyalari (Cmax) muvofiq ravishda 1,3 va 0,48 mkg/ml ni tashkil qiladi. Preparat va uning metabolitining yarim chiqarilish davri muvofiq 5,3 va 7,7 soatni tashkil qiladi. Kuniga 1000 mg klaritromitsin SR qabul qilinganidan keyin (2 tabletka 500 mg dan) klaritromitsin va 14-ON-klaritromitsinning muvozanatli maksimal konsentratsiyalari oʻrtacha muvofiq ravishda 2,4 mkg/ml va 0,67 mkg/ml ni tashkil qiladi. Asosiy substansiya va uning asosiy metabolitining yarim chiqarilish davri muvofiq 5,8 va 8,9 soatni tashkil qiladi. Kuniga 500 mg va 1000 mg qabul qilinganida Tmax ga 6 soat oʻtgach erishiladi. 14-ON-klaritromitsinning muvozanatli konsentratsiyalari klaritromitsinning dozasiga proporsional oshmaydi, klaritromitsin va uning asosiy metabolitining yarim chiqarilish davri, dozani oshirish bilan oshadi. Klaritromitsinning farmakokinetikasini bir tekis boʻlmagan xarakteri yuqori dozalar qoʻllanganida 14-gidrooksillangan va N-demetillangan metabolitlarni hosil boʻlishi bilan bogʻliq. Klaritromitsinning dozasini taxminan 40% siydik bilan, 30% ichak orqali  chiqariladi.

Patsiyentlar

Klaritromitsin va uning 14-ON-klaritromitsin metaboliti organizmning toʻqima va suyuqliklarida keng taqsimlanadi. Klaritromitsin peroral qabul qilinganidan keyin orqa miya suyuqligidagi miqdori yuqori boʻlmaydi (gematoensefalik toʻsiq meʼyoriy holatda boʻlganidagi qon zardobidagining 1-2% darajasida). Klaritromitsinning toʻqimalardagi konsentratsiyasi qon zardobidagidan odatda bir necha marta yuqori.

Jigar funksiyasining buzilishi.

Jigar funksiyasining oʻrtacha yoki ogʻir buzilishlari boʻlgan, ammo buyraklarning funksiyasi saqlangan patsiyentlarda klaritromitsinning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Buyrak funksiyasini buzilishi.

Buyraklar funksiyasining buzilishi boʻlganida klaritromitsin va 14-ON-klaritromitsinning qon plazmasida minimal va maksimal konsentratsiyasi, yarimchiqarilish davri va egri chizigʻi osti  maydoni oshadi. Eliminatsiya konstantasi va “konsentratsiya-vaqti” siydik bilan chiqarilishi kamayadi. Bu koʻrsatkichlarning oʻzgarish darajasi buyraklar funksiyasining buzilish darajasiga bogʻliq – buzilish qanchalik ogʻir boʻlsa, koʻrsatkichlarning oʻzgarishi ham shunchalik yaqqol boʻladi.

Keksa patsiyentlar.

Keksa patsiyentlarda klaritromitsin va 14-ON-klaritromitsinning qondagi darajasi yuqori boʻladi, chiqarilishi yoshlardagiga nisbatan sekin. Keksa odamlarda farmakokinetikaning oʻzgarishi, patsiyentning yoshi bilan emas, balki birinchi navbatda buyraklarning funksiyasini buzilishi bilan bogʻliq.

 

Qoʻllanilishi

Klaritromitsinga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan infeksiyalarni davolash:

(kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga [aynan kattalar uchun preparatlar, masalan, tabletkalar, vena ichiga yuborish uchun dori shakllari, kattalar uchun granulalar]/6 oylikdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga [bolalar uchun peroral suspenziya])

Quyi nafas yoʻllarining infeksiyalari (bronxit, pnevmoniya va boshqalar) (“Maxsus koʻrsatmalar” va “Farmakodinamikasi” sezuvchanlikni aniqlash yuzasidan testlarga taalluqli ga qarang)

Yuqori nafas yoʻllarining infeksiyalari (sinusit, faringit va boshqalar)

Teri va yumshoq toʻqimalarning infeksiyalari (follikulit, saramasli yalligʻlanish, teri osti yogʻ kletchatkasini yalligʻlanishi va boshqalar) (“Maxsus koʻrsatmalar” va “Farmakodinamikasi” ga qarang) ni davolashda qoʻllanadi.

Odontogen infeksiyalarda qoʻllanadi.

Antibakterial vositalarni muvofiq ravishda qoʻllash yuzasidan rasmiy Milliy tavsiyalarni eʼtiborga olish lozim.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Kattalar

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun klaritromitsinning tavsiya qilingan dozasi ovqatlanish vaqtida kuniga 1 marta 500 mg ni tashkil qiladi. Ogʻirroq infeksiyalarda dozani kuniga 1000 mg (500 mg dan 2 tabletka) gacha oshirish mumkin.

Odatdagi davolash davomiyligi 5 dan 14 kungacha boʻlgan muddatni tashkil qiladi, kasalxonadan tashqari pnevmoniya va sinusit bundan mustasno boʻlib, ular 6-14 kun davolashni talab etadi.

Odontogen infeksiyalar

Odontogen infeksiyalarni davolash uchun tavsiya qilingan doza 5 kun davomida kuniga 1 marta 500 mg ni tashkil qiladi.

Tabletkalarni butunligicha, chaynamasdan yutish kerak.

Buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda qoʻllanishi:

Ogʻir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam) boʻlgan patsiyentlarda standart tavsiya etilgan doza sutkada bir marta 250 mg ni tashkil etadi. Taʼsir etuvchi moddasi sekin ajralib chiqadigan tabletkalarni boʻlish mumkin emasligi tufayli, ularning oʻrniga darhol ajralib chiqadigan tabletkalarni qoʻllash kerak. Ancha ogʻirroq infeksiyalarda tavsiya etiladigan doza – sekin ajralib chiqadigan tabletka 500 mg sutkada bir marta. Oʻrtacha ogʻirlik darajasidagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 30-60 ml) boʻlgan patsiyentlar dozaga tuzatish kiritishga muhtoj emaslar.

Bolalar

12 yoshgacha boʻlgan bolalarda klaritromitsin tabletkalarini qoʻllash oʻrganilmagan.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Kattalar va bolalarda klaritromitsin bilan davolash bilan bogʻliq eng koʻp uchraydigan va keng tarqalgan nojoʻya reaksiyalar qorin sohasida ogʻriq, diareya, koʻngil aynishi, qusish va taʼm bilishni oʻzgarishini oʻz ichiga oladi. Bu nojoʻya reaksiyalar odatda oʻrtacha darajada namoyon boʻladi va makrolid antibiotiklarning maʼlum boʻlgan xavfsizlik profili bilan toʻgʻri keladi.

Klinik tadqiqotlar vaqtida, mikobakterial infeksiyalari boʻlgan yoki boʻlmagan patsiyentlar guruhlari orasida ovqat hazm qilish tizimi tomonidan nojoʻya reaksiyalarini uchrash tezligida ahamiyatli farqlar aniqlanmagan.

Quyidagi jadvalda klaritromitsin moddasi darhol ajralib chiqadigan shakli (IR), ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun granulalar, vena ichiga inyeksiya qilish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizatsiya qilingan kukun (IV), ajralib chiqishi modifikatsiya qilingan tabletkalar (MR) va ajralib chiqishi uzaytirilgan tabletkalar (ER) dori shakllari ishlatilganda klinik sinovlar vaqtida va postmarketing hisobotlarda aniqlangan nojoʻya reaksiyalari keltirilgan.

Klaritromitsinni xech boʻlmaganda, qabul qilish bilan bogʻliq boʻlishi mumkin boʻlgan nojoʻya reaksiyalari aʼzolar tizimi boʻyicha va paydo boʻlish tezligi boʻyicha taqsimlangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), va tez-tezligi nomaʼlum boʻlgan (postmarketing kuzatuvlarda aniqlangan nojoʻya reaksiyalar; mavjud boʻlgan maʼlumotlardan uchrash tezligini aniqlash mumkin emas). Har bir guruh chegarasida nojoʻya reaksiyalar, agar ogʻirligini baholash mumkin boʻlgan boʻlsa, koʻrinishlarining ogʻirligini kamayib borishi tartibida berilgan.

Klaritromitsinni qabul qilinganda xabar berilgan nojoʻya reaksiyalar

MedDRA boʻyicha aʼzolar tizimi sinfi

Juda tez-tez (≥1/10)

Tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha)

Tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha)

Tez-tezligi nomaʼlum* (mavjud maʼlumotlar asosida uchrash tezligini aniqlash mumkin emas)

Infeksion va parazitar kasalliklar

   

Sellyulit¹, kandidoz, gastroenterit², infeksiya³, vaginal infeksiya

Soxtamembranoz kolit, saramasli yalligʻlanish

Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar

   

Leykopeniya, neytropeniya4, trombotsitopeniya³, eozinofiliya4

Agranulotsitoz, trombotsitopeniya

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

   

Anafilaktoid reaksiya¹, oʻta yuqori sezuvchanlik

Anafilaktik reaksiya, angionevrotik shish

Modda almashinuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlar

   

Anoreksiya, ishtahani pasayishi

 

Ruhiyatni buzilishlari

 

Uyqusizlik

Xavotirlik, asabiylik³

Psixotik buzilishlar, ongni chalkashishi, depersonalizatsiya, depressiya, dezoriyentatsiya, gallyutsinatsiyalar, gʻayrioddiy tush koʻrishlar, maniya

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

 

Dizgevziya, bosh ogʻrigʻi

Xushdan ketish¹, diskineziya¹, bosh aylanishi, uyquchanlik, tremor

Mushak spazmlari, agevziya, parosmiya, anosmiya, paresteziya

Eshitish va muvozanat aʼzosi tomonidan buzilishlar

   

Vertigo, eshitishni buzilishi, quloqlarda jaranglash

Karlik

Yurak tomonidan buzilishlar

   

Yurak urishini toʻxtab qolishi¹, yurak boʻlmachalarini xilpillashi¹, EKG da QT intervalini uzayishi, ekstrasistoliya¹, yurak urishini xis qilish

Ikki tomonga yoʻnalgan taxikardiya, yurak qorinchalari taxikardiyasi, qorinchalar fibrillyatsiyasi

Qon tomirlari tomonidan buzilishlar

 

Vazodilatatsiya¹

 

Qon quyilishi

Nafas tizimi, koʻkrak qafasi va koʻks oraligʻi aʼzolari tomonidan buzilishlar

   

Astma¹, burundan qon ketishi², oʻpka qon tomirlari emboliyasi¹

 

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan buzilishlar

 

Diareya, qusish, dispepsiya, koʻngil aynishi, qorin sohasida ogʻriq

Ezofagit¹, gastroezofagal reflyuks kasalligi², gastrit, proktalgiya², stomatit, glossit, qorinni dam boʻlishi4, qabziyat, ogʻizni qurishi, kekirish, meteorizm

Oʻtkir pankreatit, tilning rangini oʻzgarishi, tishlarning rangini oʻzgarishi

Jigar va oʻt chiqarish yoʻllari tomonidan buzilishlar

 

Jigarning funksional sinamalarini meʼyordan siljishi

Xolestaz4, gepatit4, alaninaminotransferaza darajasini oshishi, aspartataminotransferaza darajasini oshishi, gamma-glutamiltransferaza darajasini oshishi

Jigar yetishmovchiligi, gepatotsellyulyar sariqlik

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar

 

Toshma, gipergidroz

Bullyoz dermatit¹, qichishish, eshakemi, makulo-papulyoz toshma³

Teridagi ogʻir nojoʻya reaksiyalar (TONR) (masalan, oʻtkir tarqalgan ekzantematoz pustulyoz (OʻTEP) Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, eozinofiliya va tizimli koʻrinishlar (DRESS) bilan kechuvchi dori oqibatidagi toshma (DRESS), akne

Skelet-mushak va biriktiruvchi toʻqima tomonidan buzilishlar

 

   

Mushak spazmlari³, mushak rigidligi¹, mushaklarda ogʻriq²

Rabdomioliz², miopatiya

Buyrak va siydik chiqarish yoʻllari tomonidan buzilishlar

   

Qonda kreatinin konsentratsiyasini oshishi¹, qonda mochevina konsentratsiyasini oshishi¹

Buyrak yetishmovchiligi, interstitsial nefrit

Umumiy buzilishlar va preparatni yuborish joyidagi reaksiya

Yuborilgan joyda flebit¹

Yuborilgan joyda ogʻriq1, yuborilgan joyda yalligʻlanish1

Lohaslik, gipertermiya³, asteniya, koʻkrakda ogʻriq4, et uvishishi4 , toliqish4

 

Laborator va instumental maʼlumotlar

   

Albumin-globulin nisbatini oʻzgarishi¹, qonda ishqoriy fosfataza darajasini oshishi4, qonda laktat-degidrogenaza darajasini oshishi4

Xalqaro meʼyorlashtirilgan nisbatni oshishi, protrombin vaqtini oshishi, siydik rangini oʻzgarishi

*Ushbu reaksiyalar soni aniqlanmagan patsiyentlar populyatsiyasidan ixtiyoriy ravishda xabar olinganligi tufayli, bunday reaksiyalarning tarqalganlik darajasini ishonchli baholash yoki tibbiy preparatni qoʻllash bilan bogʻliq sabab-oqibat bogʻliqligini har doim ham aniq aniqlab boʻlmaydi. Klaritromitsinni qoʻllashning umumiy tajribasi 1 milliarddan ortiq patsiyent-kunni tashkil qiladi.

**Rabdomioliz toʻgʻrisidagi baʼzi xabarlarda, klaritromitsin rabdomioliz chaqirishi mumkin boʻlgan boshqa dori vositalari (masalan, statinlar, fibratlar, kolxitsin va allopurinol) bilan bir vaqtda qabul qilingan.

1Faqat infuziya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizatlangan kukun dori shakli qoʻllanilgandagi noxush reaksiyalar toʻgʻrisidagi xabarlar

2Faqat taʼsiri uzaytirilgan tabletkalar dori shakli qoʻllanilganda olingan noxush reaksiyalar toʻgʻrisidagi xabarlar

3Faqat ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun granulalar dori shakli qoʻllanilganda olingan noxush reaksiyalar toʻgʻrisidagi xabarlar

4Faqat darxol ajralib chiqadigan tabletkalar dori shakli qoʻllanilganda olingan noxush reaksiyalar toʻgʻrisidagi xabarlar.

 

Bolalardagi nojoʻya reaksiyalarning tarqalganlik darajasi, turi va ogʻirligi kattalardagiga mos keladi deb taxmin qilinadi.

Immun tizimini buzilishi boʻlgan patsiyentlar

Mikobakterial infeksiyalarni davolash uchun klaritromitsinning yuqori dozalarini uzoq muddat davomida qoʻllagan, OITS boʻlgan bemorlarda va immun tizimida buzilishlar boʻlgan patsiyentlarda preparatni qoʻllash bilan bogʻliq nojoʻya reaksiyalar va OITV-infeksiyasi yoki yondosh kasallikning simptomlarini har doim xam ajratish mumkin emas.

Klaritromitsinni 1000 mg sutkalik dozada qabul qilgan katta yoshdagi bemorlarda eng koʻp uchragan nojoʻya samaralari koʻngil aynishi, qusish, taʼm bilashni oʻzgarishi, qorin sohasida ogʻriq, diareya, toshma, meteorizm, bosh ogʻrigʻi, qabziyat, eshitishni buzilishi, shuningdek zardobda ALT va AST darajasini oshishi boʻlgan.

Dispnoe, uyqusizlik va ogʻizni qurishi kam hollarda yuz bergan.

Immuniteti susaygan patsiyentlarda laborator koʻrsatkichlarni normal koʻrsatkichlardan ahamiyatli darajada sijishlarini (yaʼni keskin oshishi yoki pasayishi) tahlil qilib, ular baholangan. Klaritromitsinni 1000 mg dozada har kuni qabul qilgan 2-3% patsiyentlarda ALT va AST miqdorini ancha oshishi, shuningdek qonda leykotsitlar va trombotsitlar sonini kamayishi qayd etilgan. Bir nechta patsiyentlarda qonda mochevina miqdorini oshishi kuzatilgan.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Makrolid antibiotiklariga va preparatning boshqa biron-bir komponentlariga yuqori sezuvchanlik

Quyidagi preparatlarning birontasi bilan bir vaqtda qoʻllash: astemizol, sizaprid, pimozid, terfenadin, chunki bu QT intervalini uzayishiga va yurak aritmiyalarining, shu jumladan yurak qorinchalari taxikardiyasi, yurak qorinchalari fibrillyatsiyasi va turdagi piruet qorinchalar taxikardiyasini rivojlanishiga olib kelishi mumkin (“Dorilarning oʻzaro taʼsiri” ga qarang)

Klaritromitsinni va shoxkuya alkaloidlari (masalan, ergotamin yoki digidroergotamin) bilan birga qabul qilish mumkin emas, chunki bu ergotoksiklikka olib kelishi mumkin (“Dorilarning oʻzaro taʼsiri” ga qarang).

Klaritromitsinni peroral qoʻllash uchun midazolam bilan birga qoʻllash mumkin emas (“Dorilarning oʻzaro taʼsiri” ga qarang).

Anamnezida QT intervalini uzayishi (QT intervalini tugʻma yoki aniqlangan orttirilgan uzayishi boʻlgan) yoki yurak qorinchalari aritmiyalari, shu jumladan ikki tomonga yoʻnalgan yurak qorinchalari taxikardiyasi boʻlgan patsiyentlarga klaritromitsinni buyurish mumkin emas (“Maxsus koʻrsatmalar” va “Dorilarning oʻzaro taʼsiri” ga qarang).

Klaritromitsinni gipokaliyemiyasi boʻlgan patsiyentlarga buyurish mumkin emas (QT intervalining uzayishi xavfi).

Bir vaqtning oʻzida jigar va buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarga klaritromitsinni buyurish mumkin emas.

Miopatiya, shu jumladan rabdomiolizni rivojlanish xavfi yuqori boʻlganligi sababli, klaritromitsinni CYP3A4 tomonidan ahamiyatli darajada metabolizmga uchraydigan (lovastatin yoki simvastatin) GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari (statinlar) bilan bir vaqtda qoʻllash mumkin emas (“Maxsus koʻrsatmalar”ga qarang).

Klaritromitsin (CYP3A4 ning boshqa kuchli ingibitorlari) ni kolxitsin bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas (“Maxsus koʻrsatmalar” va “Dorilarning oʻzaro taʼsiri” ga qarang).

Tikagrel yoki ranolazin bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Oʻzaro taʼsirning ogʻir oqibatlari rivojlanishi mumkinligi sababli quyidagi preparalarni qoʻllash qatʼiyan mumkin emas.

Sisaprid, pimozid, astemizol, terfenadin

Klaritromitsin va sizapridni bir vaqtda qabul qilgan patsiyentlarda sizapridning miqdorini oshishi aniqlangan. Bu QT intervalni uzayishiga va yurak aritmiyalari, shu jumladan yurak qorinchalari taxikardiyasi, yurak qorinchalari fibrillyatsiyasi va piruet turdagi qorinchalar taxikardiyasiga olib kelishi mumkin. Shunga oʻxshash koʻrinishlar klaritromitsin va pimozidni bir vaqtda qabul qilgan patsiyentlarda ham aniqlangan (“Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar” ga qarang).

Makrolidlarni qabul qilinganda terfenadinning metabolizmini oʻzgarishi haqida xabarlar mavjud, bu ayrim hollarda QT intervalni uzayishi bilan birga yurak aritmiyalarini, yurak qorinchalari taxikardiyasi, yurak qorinchalari fibrillyatsiyasi va ikki tomonlama yoʻnalgan taxikardiyani chaqiradi (“Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar” ga qarang). 14 ta sogʻlom koʻngillilarda oʻtkazilgan bir tadqiqotning natijalariga koʻra, klaritromitsin va terfenadinni birga qabul qilish, zardobda terfenadinning kislotali metabolitining miqdorini ikki-uch marta oshishiga, shuningdek QT intervalini uzayishiga olib kelgan, bu klinik jihatdan koʻrinishlarga olib kelmagan. Shunga oʻxshash samara astemizol va boshqa makrolidlarni bir vaqtda qabul qilganda kuzatilgan.

Shoxkuya alkaloidlar

Postmarketing tadqiqotlar klaritromitsin va ergotamin yoki digidroergotaminni bir vaqtda qoʻllash vazospazm va qoʻl-oyoqlar va boshqa toʻqimalar, shu jumladan markaziy nerv tizimining ishemiyasi bilan xarakterlanuvchi oʻtkir ergotizm belgilari bilan assotsiatsiyalangan. Klaritromitsin va shoxkuya alkaloidlarini bir vaqtda qoʻllash mumkin emas (“Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar” ga qarang).

Midazolamni peroral qabul qilish

Midazolamni klaritromitsin bilan (500 mg tabletkalar kuniga 2 marta) bir vaqtda qabul qilinganida midazolamning AUC koʻrsatkichi, midazolam peroral qabul qilinganidan keyin 7 marta oshgan. Midazolamni va klaritromitsinni bir vaqtda peroral buyurish mumkin emas.

GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari (statinlar):

Klaritromitsinni lovastatin yoki simvastatin bilan birga qoʻllash mumkin emas (“Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar” ga qarang), chunki bu statinlar CYP3A4 tomonidan sezilarli darajada metabolizmga uchraydi, klaritromitsinni mavjudligi esa ularning plazmadagi konsentratsiyasini oshishini chaqiradi, shu sababli miopatiya, shu jumladan rabdomioliz xavfi oshadi. Klaritromitsinni yuqorida koʻrsatilgan statinlar bilan bir vaqtda qabul qilgan patsiyentlarda rabdomiolizni paydo boʻlishi hollari haqida xabarlar mavjud. Agar klaritromitsinsiz davolashning iloji boʻlmasa, klaritromitsinni qabul qilish vaqtida lovastatin yoki simvastatinni qabul qilish toʻxtatiladi.

Klaritromitsin va statinlarni bir vaqtda qabul qilishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Agar klaritromitsin va statinlarni bir vaqtda qabul qilish zarurati boʻlsa, statinlarning iloji boricha minimal dozasini buyurish kerak. CYP3A tomonidan metabolizmga uchramaydigan statinni, masalan fluvastatinni buyurish imkoniyatini koʻrib chiqish kerak. Bemorlarda miopatiyaning belgilari va simptomlarini kuzatish kerak.

Boshqa dori vositalarini klaritromitsinning farmakokinetikasiga taʼsiri.

CYP3A ni induksiyalovchi preparatlar (masalan, rifampitsin, fenitoin, karbamazepin, fenobarbital, dalachoy) klaritromitsinning metabolizmini induksiyalashi mumkin. Bu klaritromitsinning terapevtik miqdoridan pasayishiga olib kelishi mumkin, buning natijasida uning samaradorligi kamayishi mumkin. Bundan tashqari, CYP3A ga klaritromitsinning ingibitsiya qiluvchi taʼsirini oshishi sababli CYP3A induktori miqdorini nazorat qilish talab etilishi mumkin (shuningdek buyurilgan CYP3A4 ingibitori haqida muvofiq maʼlumotga qarang). Maʼlumki, rifambutin va klaritromitsinni bir vaqtda qabul qilish zardobda rifambutin miqdorini oshishi va klaritromitsinning miqdorini kamayishi, shuningdek uveit rivojlanishi xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.

Maʼlumki, quyidagi preparatlar klaritromitsinning qonda aylanib yurgan konsentratsiyasini oʻzgartirishi mumkin yoki oʻzgarishi mumkin deb taxmin qilinishi maʼlum. Klaritromitsinning dozaga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin. Shuningdek davolashning boshqa usullarini koʻrib chiqish kerak.

Efavirens, nevirapin, rifampitsin, rifambutin va rifapentin

Efavirens, nevirapin, rifampitsin, rifabutin va rifapentin kabi sitoxrom R450 metabolik tizimining kuchli induktorlari klaritromitsinning metabolizmini kuchaytirishi mumkin, shu tariqa uning plazmadagi miqdorini kamaytirib, ayni vaqtda mikrobiologik faollik namoyon etuvchi metaboliti – 14(R)-gidroksiklaritromitsin (14-ON-klaritromitsin) ning miqdorini oshiradi. Klaritromitsin va 14-ON-klaritromitsinning turli bakteriyalarga mikrobiologik taʼsiri farq qilishi sababli, klaritromitsinni enzimlarning induktorlari bilan bir vaqtda qabul qilish kutilgan terapevtik samaraga toʻsqinlik qilishi mumkin.

Etravirin

Etravirin qabul qilinganda klaritromitsinning ekspozitsiyasi pasayadi, uning faol metaboliti – 14-ON-klaritromitsinning konsentratsiyasi esa oshadi. 14-ON-klaritromitsin Mycobacterium avium majmuasi (MAS) ga nisbatan kamroq samarali ekanligi tufayli, preparatning ushbu patogenga boʻlgan umumiy samaradorligi oʻzgarishi mumkin. Shu boisdan, MAS ni davolash uchun davolashning muqobil usullarini koʻrib chiqish kerak.

Flukonazol

Sogʻlom koʻngillilar tomonidan kuniga bir marta 200 mg flukonazol va kuniga ikki marta 500 mg klaritromitsinni bir vaqtda qabul qilish klaritromitsinning oʻrtacha muvozanat konsentratsiyasini (Smax), shuningdek egri chiziq ostidagi maydoni (AUC) ni muvofiq 33% va 18% ga oshishiga olib kelgan. Flukonazol bilan birga qabul qilinganligi sababli, faol metaboliti 14-ON-klaritromitsinning muvozanat konsentratsiyalariga taʼsiri qayd etilmagan. Dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Ritonavir

Farmakokinetikani oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar, har sakkiz soatda 200 mg ritonavirni va har 12 soatda klaritromitsinni bir vaqtda qabul qilish klaritromitsinning metabolizmini ahamiyatli darajada ingibitsiya qilinishiga olib kelishini koʻrsatdi. Ritonavir bilan birga qabul qilinganda klaritromitsinning Smax koʻrsatkichi 31% ga oshgan, Smin koʻrsatkichi 182% ga oshgan, AUC koʻrsatkichi 77% ga oshgan. 14-ON-klaritromitsinni hosil boʻlishini deyarli toʻliq ingibirlanishi aniqlangan. Klaritromitsinning ahamiyatli darajadagi terapevtik doirasi sababli, buyrak funksiyasi normal boʻlgan patsiyentlarda dozani kamaytirish talab etilmaydi. Shunday boʻlsada, buyrak funksiyasini buzilishi boʻlgan patsiyentlarga dozani quyidagi toʻgʻrilashlar tavsiya etilgan: CLCR koʻrsatkichi minutiga 30 dan 60 ml gacha boʻlgan patsiyentlarda klaritromitsinning dozasi 50% ga kamaytirilishi kerak. CLCR koʻrsatkichi minutiga 30 ml dan kam boʻlgan patsiyentlarda klaritromitsinning dozasi 75% ga kamaytirilishi kerak. Ritonavir bilan bir vaqtda qabul qilinganda, klaritromitsinning dozasi kuniga 1 g dan oshmasligi kerak.

Buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda OITV-proteazaning boshqa ingibitorlari, shu jumladan atazanavir va sakvinavir bilan farmakokinetik kuchaytiruvchi sifatida ritonavir qoʻllanganda doza shu tariqa toʻgʻrilanadi (Dorilarning ikki tomonlama yoʻnalgan oʻzaro taʼsiri ga qarang).

Klaritromitsinni boshqa dori vositalarining farmakokinetikasiga taʼsiri.

Antiaritmik vositalar

Postmarketing hisobotlarining natijalariga koʻra, klaritromitsinni xinidin yoki dizopiramid bilan bir vaqtda qabul qilinganda piruet turdagi taxikardiya rivojlanishi hollari qayd etilgan.

Klaritromitsinni ushbu preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilinganda, QT-intervalini uzayishini aniqlash maqsadida elektrokardiogrammani monitoringini oʻtkazish kerak. Shuningdek klaritromitsinni bunday preparatlar bilan qabul qilish vaqtida ularning zardobdagi miqdorini nazorat qilish kerak. Postmarketing hisobotlarda klaritromitsin va dizopiramidni bir vaqtda qabul qilinganda gipoglikemiya hollari qayd etilgan. Shu sababli, klaritromitsin va dizopiramidni bir vaqtda qabul qilinganda qonda glyukoza miqdorini nazorat qilish kerak.

Peroral gipoglikemik vositalar va insulin

Nateglinid va repaglinid kabi, ayrim gipoglikemik preparatlar bilan bir vaqtda qoʻllanganda, CYP3A enzimi ingibitsiya qilinishi mumkin va gipoglikemiyani chaqirishi mumkin. Glyukoza miqdorini sinchkovlik bilan nazorat qilish tavsiya etiladi.

CYP3A bilan oʻzaro taʼsiri

CYP3A ingibitori sifatida maʼlum boʻlgan klaritromitsinni, asosan CYP3A taʼsiri ostida metabolizmga uchraydigan dori preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilish ham terapevtik, ham nojoʻya taʼsirlarini kuchaytirishi yoki uzaytirishi bilan birga bunday preparatlarning konsentratsiyasini oshirishi mumkin. Klaritromitsinni CYP3A enzimi substrati, ayniqsa, agar bunday CYP3A enzimi substrati tor terapevtik diapazonga ega boʻlgan (masalan, karbamazepin) yoki substrat asosan bu enzim taʼsiri ostida metabolizmga uchraydigan boshqa preparatlarni qabul qilayotgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Klaritromitsinni bir vaqtda qabul qilinganda preparatlarning, asosan CYP3A taʼsiri ostida metabolizmga uchraydigan preparatlarning dozasiga tuzatish kiritish kerak, imkoniyati boʻlganida ularning plazmadagi miqdorini nazorat qilish kerak.

Maʼlumki, quyidagi preparatlar va preparatlar sinfi yoki CYP3A izoenzimi taʼsiri ostida metabolizmga uchraydi, yoki ehtimol ular taʼsiri ostida metabolizmga uchraydi: alprazolam, astemizol, karbamazepin, silostazol, sizaprid, siklosporin, dizopiramid, shoxkuya alkaloidlari, lovastatin, metilprednizolon, midazolam, omeprazol, peroral antikoagulyantlar (masalan, varfarin), atipik antipsixotik vositalar (masalan, kvetiapin), pimozid, xinidin, rifabutin, sildenafil, simvastatin, takrolimus, terfenadin, triazolam va vinblastin. Ushbu roʻyhat yakuniy emas. Sitoxrom R450 tizimida boshqa izoenzimlar orqali shunday usulda oʻzaro taʼsirlashadigan preparatlarga fenitoin, teofillin va valproat kiradi.

Omeprazol

Klaritromitsin (har 8 soatdan 500 mg) va omeprazol (har kuni 40 mg) qabul qilgan sogʻlom koʻngillilarda oʻtkazilgan tadqiqot natijalari mavjud. Klaritromitsin bilan bir vaqtda qabul qilinganda omeprazolning plazmadagi muvozanat konsentratsiyasini oshishi (Smax, AUC0-24 va t1/2 muvofiq 30%, 89% va 34% ga) oshishi kuzatilgan. Meʼdada rN koʻsatkichining oʻrtacha qiymati omeprazolni alohida qabul qilganda 5,2 ni, klaritromitsin bilan birga qabul qilinganda 5,7 ni tashkil qilgan.

Sildenafil, tadalafil va vardenafil

Ushbu fosfodiesteraza ingibitorlarining har biri hech boʻlmaganda CYP3A tomonidan qisman metabolizmga uchraydi, u oʻz navbatida klaritromitsin tomonidan ingibitsiya qilishiga mumkin. Sildenafil, tadalafil yoki vardenafilni klaritromitsin bilan bir vaqtda qabul qilish, ehtimol fosfodiesteraza ingibitorining ekspozitsiyasini oshishini chaqirsa kerak. Sildenafil, tadalafil yoki vardenafilni klaritromitsin bilan bir vaqtda qabul qilganda bu preparatlarning dozasiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin.

Teofillin, karbamazepin

Klinik tadqiqotlarning natijalari, klaritromitsinni bilan bir vaqtda qabul qilinganda teofillin va karbamazepinning qonda aylanib yuradigan konsentratsiyasini biroz, ammo statistik ishonchli ravishda (r≤0,05) oshishini koʻrsatgan.

Tolterodin

Tolterodin asosan sitoxrom R450 ning 2D6-izoformasi (CYP2D6) tomonidan metabolizmga uchraydi. Ammo CYP2D6 fermenti boʻlmagan subpopulyatsiyada metabolizm CYP3A tomonidan amalga oshiriladi. Bunday populyatsiyada CYP3A ingibitsiya qilinishi zardobda tolterodinning ahamiyatli darajada oshishini chaqiradi. Bunday hollarda klaritromitsin kabi CYP3A ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilinganda tolterodinning dozasini kamaytirish talab etilishi mumkin.

Triazolbenzodiazepinlar (masalan, alprozolam, midazolam, triazolam)

Tabletka shaklidagi klaritromitsin (kuniga ikki marta 500 mg) bilan bir vaqtda midazolamni vena ichiga yuborilganda AUC 2,7 marta va peroral yuborilganda 7 marta oshishini koʻrsatuvchi maʼlumotlar mavjud. Midazolam va klaritromitsinni peroral bir vaqtda qabul qilish mumkin emas. Agar klaritromitsin qabul qilinganda midazolam vena ichiga yuborilsa, zarurati boʻlganida dozaga tuzatish kiritish uchun patsiyentning koʻrsatkichlarini sinchkovlik bilan kuzatish kerak. Shunga oʻxshash ehtiyotkorlik choralari CYP3A yordamida metabolizmga uchraydigan boshqa benzodiazepinlar, shu jumladan triazolam va alprazolamga ham taalluqlidir. Chiqarilishi CYP3A ga bogʻliq boʻlmagan benzodiazepinlar (temazepam, nitrazepam, lorazepam) uchun klaritromitsin bilan oʻzaro taʼsirining ehtimoli kam.

Klaritromitsin va triazolamni bir vaqtda qabul qilganda markaziy nerv tizimi tomonidan noxush koʻrinishlar (masalan, uyquchanlik va ongni chalkashishi) dan dalolat beruvchi postmarketing xabarlari mavjud. Markaziy nerv tizimi tomonidan farmakologik samaralarni kuchayishi mumkinligini eʼtiborga olib, patsiyentni kuzatish kerak.

Oʻzaro taʼsirning boshqa turlari

Kolxitsin

Kolxitsin CYP3A uchun ham, r-glikoproteinining efflyuks tashuvchisi uchun ham substrat hisoblanadi. Klaritromitsin va boshqa makrolidlar CYP3A va r-glikoprotein ingibitori ekanligi maʼlum. Klaritromitsin va kolxitsinni bir vaqtda qabul qilingan hollarda r-glikoprotein va CYP3A ni klaritromitsin tomonidan ingibirlanishi kolxitsinning ekspozitsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Klaritromitsin va kolxitsinni birga qabul qilganda, ayniqsa keksa patsiyentlarda, shu jumladan buyrak yetishmovchiligi fonida kolxitsinli toksiklik haqida postmarketing xabarlari mavjud. Baʼzi patsiyentlarda oʻlim hollari kuzatilgan. Klaritromitsin va kolxitsinni birga qabul qilish mumkin emas (“Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar”, “Maxsus koʻrsatmalar”ga qarang).

Digoksin

Digoksin r-glikoprotein tashuvchisi uchun substrat hisoblanadi. Maʼlumki, klaritromitsin r-glikoprotein ingibitori hisoblanadi. Klaritromitsin va digoksinni bir vaqtda qabul qilgan hollarda r-glikoproteinni klaritromitsin tomonidan ingibitsiya qilinishi, digoksinning ekspozitsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Postmarketing kuzatuvlarning natijalari ham digoksin va klaritromitsinni bir vaqtda qabul qilinganda zardobda digoksinning konsentratsiyasini oshishini tasdiqlaydi. Bunda baʼzi patsiyentlarda digoksinli intoksikatsiyaning klinik belgilari, shu jumladan potensial fatal aritmiyalar namoyon boʻlgan. Digoksin  va klaritromitsinni bilan bir vaqtda qabul qilinganda zardobda digoksinning konsentratsiyasini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak.

Zidovudin

Tabletka shaklidagi klaritromitsinni va zidovudinni OITV-infeksiyalangan katta patsiyentlar tomonidan bir vaqtda peroral qabul qilinganda zidovudinning muvozanatli konsentratsiyasini pasayishiga olib kelishi mumkin. Klaritromitsin zidovudin bilan bir vaqtda peroral qabul qilinganda zidovudinni soʻrilishiga taʼsir qilishi sababli, har bir preparatni qabul qilish orasida toʻrt soatlik tanaffusni taʼminlagan holda, bu oʻzaro taʼsir ahamiyatli darajada bartaraf etilishi mumkin. OITV-infeksiyalangan bolalarda klaritromitsinning suspenziyasini zidovudin yoki dideoksiinozin bilan bir vaqtda qabul qilinganda bunday oʻzaro taʼsir paydo boʻlmaydi. Klaritromitsinni vena ichiga yuborilganda bunday oʻzaro taʼsirning ehtimoli juda kam.

Fenitoin va valproat

Klaritromitsin kabi CYP3A ingibitorlari va metabolizmida amaliy jihatdan CYP3A ishtirok etmaydigan preparatlar (masalan, fenitoin va valproat) oʻrtasida oʻzaro taʼsirlar haqida spontan va chop etilgan xabarlar mavjud.

Bunday preparatlarni klaritromitsin bilan bir vaqtda buyurilganda qon zardobida ularning miqdorini nazorat qilish tavsiya etiladi. Zardobda bu preparatlarning miqdorini oshishi haqida xabar berilgan.

Dori preparatlari bilan ikki tomonlama yoʻnalgan oʻzaro taʼsiri

Atazanavir

Klaritromitsin ham, atazanavir ham CYP3A substrati va ingibitori hisoblanadi. Ushbu preparatlar oʻrtasida ikki tomonlama yoʻnalgan oʻzaro taʼsir mavjudligi tasdiqlangan. Klaritromitsin (kuniga ikki marta 500 mg) va atazanavirni (kuniga bir marta 400 mg) bir vaqtda qabul qilish, klaritromitsinning ekspozitsiyasini ikki marta oshishi, 14-ON-klaritromitsinning ekspozitsiyasini 70% ga pasayishi va atazanavirning AUC ni 28% ga oshishiga olib keladi. Klaritromitsinning terapevtik diapazoni kengligi tufayli buyrak funksiyasi normal boʻlgan patsiyentlarda uning dozasini kamaytirish talab etilmaydi. Kreatinin klirensi minutiga 30 dan 60 ml gacha boʻlganda klaritromitsinning muvofiq dori shaklini qoʻllash yoʻli bilan klaritromitsinning dozasi 75% ga kamaytirilishi kerak. Proteaza ingibitorlari bilan birga qoʻllanganda klaritromitsinning dozasi kuniga 1000 mg dan oshmasligi kerak.

Kalsiy kanallari blokatorlari

Arterial gipotenziya paydo boʻlishi xavfi sababli, metabolizmida CYP3A4 ishtirok etuvchi kalsiy kanallarining blokatorlari (masalan, verapamil, amlodipin, diltiazem) bilan klaritromitsinni birga ehtiyotkorlik bilan buyurish tavsiya etiladi. Oʻzaro taʼsir qon plazmasida klaritromitsinning ham va kalsiy kanallari blokatorining ham konsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Klaritromitsin va verapamilni bir vaqtda qabul qilgan patsiyentlarda arterial gipotenziya, bradiaritmiya va laktatatsidozni paydo boʻlishi haqida xabarlar mavjud.

Itrakonazol

Klaritromitsin ham, itrakonazol ham CYP3A substrati va ingibitori hisoblanadi, shuning uchun ushbu preparatlar orasida ikki tomonlama yoʻnalgan oʻzaro taʼsir paydo boʻladi. Klaritromitsin plazmada itrakonazolning miqdorini oshishini chaqirishi, itrakonazol esa plazmada klaritromitsinning miqdorini oshishini chaqirishi mumkin. Itrakonazol va klaritromitsinni bir vaqtda qabul qilayotgan patsiyentlar kuchaygan yoki taʼsiri uzaytirilgan farmakologik oʻzaro taʼsirning belgilari yoki simptomlarini aniqlash uchun sinchkovlik bilan kuzatuv ostida boʻlishlari kerak.

Sakvinavir

Klaritromitsin ham, sakvinavir ham CYP3A substrati va ingibitori hisoblanadi. Ushbu preparatlar oʻrtasida ikki tomonlama yoʻnalgan oʻzaro taʼsir mavjudligi tasdiqlangan. 12 ta sogʻlom koʻngillilarda oʻtkazilgan tadqiqotlar klaritromitsinni (kuniga ikki marta 500 mg) va sakvinavirni (yumshoq jelatin kapsula shaklida, kuniga uch marta 1200 mg) bir vaqtda qabul qilish, sakvinavirni alohida qabul qilishga nisbatan sakvinavirning muvozanatli AUC va Cmax koʻrsatkichlarini muvofiq 177% va 187% ga oshishini koʻrsatgan. Klaritromitsinni alohida qabul qilishga nisbatan, birga qabul qilinganda klaritromitsinning AUC va Cmax koʻrsatkichlari taxminan 40% ga oshgan. Tadqiqot natijalari tekshirilayotgan dozalarda va dori shakllarida qoʻllanganda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Yumshoq jelatin kapsula shaklidagi dorilarning oʻzaro taʼsiri samaralari sakvinavirning qattiq jelatin kapsulalari shaklidagi kuzatiladigan samaralarga mos kelmasligi mumkin. Faqat sakvinavirni qoʻllagandagi dorilarning oʻzaro taʼsiri samaralari sakvinavir va ritonavir bilan majmuaviy davolashdagi samaralarga mos kelmasligi mumkin. Agar sakvinavir ritonavir bilan birga qoʻllansa, ritonavirni klaritromitsinga boʻlishi mumkin boʻlgan taʼsirini eʼtiborga olish kerak (“Dorilarning oʻzaro taʼsiri”ga qarang).

 

Maxsus koʻrsatmalar

Klaritromitsinni homilador ayollarga, ayniqsa homiladorlikning I uch oyligida foyda/xavf nisbatini sinchkovlik bilan baholamasdan buyurish mumkin emas.

Antibiotiklarni uzoq muddat qoʻllanishi sezgir boʻlmagan bakteriyalar va zamburugʻlarning oshiqcha oʻsishini chaqirishi mumkin. Superinfeksiya paydo boʻlganida klaritromitsinni qoʻllashni toʻxtatish va muvofiq davolashni boshlash kerak.

Klaritromitsinning katta qismi jigar orqali chiqariladi. Shuning uchun jigar funksiyasini buzilish boʻlgan patsiyentlarga bu antibiotikni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Shuningdek klaritromitsinni oʻrtacha va ogʻir darajadagi buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarga buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Ogʻir buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda preparatni extiyotkorlik bilan qoʻllash kerak.

Klaritromitsinni qoʻllaganda jigar funksiyasini buzilishi, shu jumladan jigar fermentlarining yuqori darajasi, va sariqlik bilan yoki usiz kechuvchi gepatotsellyulyar va/yoki xolestatik gepatit xaqida xabar berilgan. Jigar funksiyasini bu buzilishi ogʻir darajali va odatda qaytuvchan boʻlishi mumkin. Ayrim xollarda oʻlim bilan yakunlangan jigar yetishmovchiligi xaqida xabar berilgan, u asosan jiddiy asosiy kasalliklar va/yoki yoʻldosh medikamentoz davolash bilan assotsiatsiyalangan. Gepatitning anoreksiya, sariqlik, siydikni toʻqlashishi, qorin soxasida qichishish yoki ogʻriq kabi koʻrinishlari va simptomlari paydo boʻlganida klaritromitsinni qoʻllashni darxol toʻxtatish kerak.

Deyarli barcha antibakterial preparatlar, shu jumladan klaritromitsinni qoʻllaganda, Clostridium difficile (CDAC) tomonidan chaqirilgan yengil ogʻirlik darajasidan fatal yakunlanadigan soxtamembranoz kolitgacha boʻlgan diareyani rivojlanishi haqida xabar berilgan. Antibiotiklar qoʻllanganidan keyin diareyasi boʻlgan barcha patsiyentlarda Clostridium difficile chaqirgan diareyani rivojlanishi mumkinligini doimo yodda tutish kerak. Bundan tashqari, anamnezni sinchiklab toʻplash kerak, chunki antibakterial preparatlar qoʻllanganidan keyin 2 oy oʻtgach Clostridium difficile tomonidan chaqirilgan diareyani rivojlanishi toʻgʻrisida xabar qilingan.

Kolxitsin

Klaritromitsin va kolxitsinni birga qabul qilinganda, ayniqsa keksa patsiyentlarda, shu jumladan buyrak yetishmovchiligi fonida kolxitsinli toksiklik haqida postmarketing xabarlari mavjud. Ayrim patsiyentlarda oʻlim hollari kuzatilgan (“Dorilarning oʻzaro taʼsiri”ga qarang). Klaritromitsin va kolxitsinni birga qabul qilish mumkin emas (“Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar”ga qarang).

Klaritromitsin va vena ichiga inyeksiya shaklidagi triazolam va midazolam kabi triazolbenzadiazepinlarni bir vaqtda extiyotkorlik bilan qoʻllash kerak (“Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar”ga qarang).

QT intervalini uzayishi

Yurak aritmiyasi va ikki tomonlama yoʻnalgan taxikardiya (torsades de pointes) xavfidan dalolat beruvchi miokardning repolyarizatsiya davrini va QT intervalini uzayishi makrolidlar, shu jumladan klaritromitsin bilan davolanish vaqtida kuzatilgan (“Nojoʻya taʼsiri” ga qarang). Quyidagi vaziyatlar yurak qorinchalari aritmiyasi (jumladan ikki tomonlama yoʻnalgan taxikardiya (torsades de pointes)) xavfiga olib kelishi mumkinligi tufayli, klaritromitsinni quyidagi guruh patsiyentlarida ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak:

  • Yurak ishemik kasalligi, ogʻir yurak yetishmovchiligi, oʻtkazuvchanlikni buzilishi yoki klinik ahamiyatli bradikardiyasi boʻlgan patsiyentlar.
  • Gipomagniyemiya kabi elektrolit balansi buzilishlari boʻlgan patsiyentlar.

Klaritromitsinni gipokaliyemiyasi boʻlgan patsiyentlarga berish mumkin emas (“Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar” ga qarang).

  • QT intervalini uzayishini chaqirishi mumkin boʻlgan tibbiy preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilayotgan patsiyentlar (“Dorilarning oʻzaro taʼsiri” ga qarang).
  • Klaritromitsinni astemizol, sizaprid, pimozid va terfenadin bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas (“Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar” ga qarang).
  • Klaritromitsinni QT intervalini tugʻma yoki orttirilgan uzayishi yoki anamnezida yurak qorinchalari aritmiyalari boʻlgan patsiyentlarda qoʻllash mumkin emas (“Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar” ga qarang).

Pnevmoniya

Makrolidlarga Streptococcus pneumoniae ni rezistentligi boʻlishi mumkinligi tufayli, nogospital pnevmoniyani davolash uchun klaritromitsin buyurilganida sezgirlikka sinama oʻtkazish muximdir. Gospital pnevmoniyada klaritromitsinni boshqa muvofiq antibiotiklar bilan majmuada qoʻllash kerak.

Teri va yumshoq toʻqimalarning yengil va oʻrtacha ogʻirlik darajasidagi infeksiyalari

Ushbu infeksiyalar koʻpincha Staphylococcus aureus va Streptococcus pyogenes mikroorganizmlari tomonidan chaqirilgan boʻlib, ulardan har biri makrolidlarga rezistent boʻlishi mumkin. Shuning uchun sezgirlikka sinama oʻtkazish muxim. Beta-laktam antibiotiklarni qoʻllash mumkin boʻlmagan hollarda (masalan, allergiya), birinchi tanlov preparatlari sifatida boshqa antibiotiklar, masalan, klindamitsin qoʻllanishi mumkin.

Xozirgi vaqtda makrolidlar faqat ayrim teri va yumshoq toʻqimalarning infeksiyalarini, masalan: Corinobacterium minutissimum tomonidan chaqirilgan (eritrazma), acne vulgaris, saramasli yalligʻlanishni davolashda va penitsillinlar bilan davolashni qoʻllash mumkin boʻlmagan vaziyatlarda rol oʻynaydi.

Anafilaksiya, teridagi ogʻir nojoʻya reaksiyalari (TONR) (masalan, oʻtkir tarqalgan ekzantematoz pustulyoz (OʻTEP)), Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz va DRESS kabi ogʻir oʻtkir oʻta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari rivojlanganida, klaritromitsin bilan davolashni darxol toʻxtatish va shu zaxoti muvofiq davolashni boshlash kerak. Sitoxrom CYP3A4 fermentining induktorlari bilan bir vaqtda buyurilganida klaritromitsinni extiyotkorlik bilan qoʻllash kerak (“Boshqa dori vositalari bilan oʻzaro taʼsiri va oʻzaro taʼsirning boshqa turlari”ga qarang).

Klaritromitsin va boshqa makrolidlar, shuningdek linkomitsin va klindomitsin orasida kesishgan rezistentlik boʻlishi mumkinligiga eʼtibor berish kerak.

GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari (statinlar)

Klaritromitsinni lovastatin yoki simvastatin bilan majmuada qoʻllash mumkin emas (“Qoʻllash mumkin boʻlmagan xolatlar” ga qarang).

Klaritromitsinni boshqa statinlar bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak. Klaritromitsin va statinlarni bir vaqtda qabul qilgan patsiyentlarda rabdomiolizning rivojlanishi xaqida xabar berilgan. Bunday patsiyentlarda miopatiyaning belgilari va simptomlari borligiga kuzatish kerak.

Agar klaritromitsin va statinlarni bir vaqtda qoʻllash zarurati boʻlgan hollarda statinning qayd etilgan eng minimal dozasini buyurish kerak. CYP3A metabolizmiga bogʻliq boʻlmagan statinni, masalan, fluvastatinni qoʻllash imkoniyatni koʻrib chiqish kerak (“Dorilarning oʻzaro taʼsiri”ga qarang).

Peroral gipoglikemik vositalar/Insulin

Klaritromitsin va peroral gipoglikemik vositalarni (masalan,  sulfonilmochevina hosilalari) va/yoki insulinni bir vaqtda qabul qilganda yaqqol gipoglikemiyani chaqirishi mumkin. Glyukozaning darajasini sinchiklab monitoringini oʻtkazish tavsiya qilinadi.

Peroral antikoagulyantlar

Klaritromitsin va varfarinni bir vaqtda qabul qilganda jiddiy qon ketishini paydo boʻlishi va XMN (xalqaro meʼyorlashtirilgan nisbat) koʻrsatgichlarini va protrombin indeksini ahamiyatli oshishini xavfi bor. Patsiyentlar bir vaqtda klaritromitsin va peroral antikoagulyantlarni qabul qilayotgan vaqtlarida XMN koʻrsatgichini va protrombin vaqtini tez-tez nazorat qilish kerak.

Klaritromitsinni boshqa ototoksik preparatlar, ayniqsa aminoglikozidlar bilan ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak. Davolash vaqtida va davolangandan keyin vestibulyar apparati va eshitish aʼzosi faoliyatlarini monitoringini amalga oshirish kerak.

Yordamchi moddalar

Taʼsiri uzaytirilgan tabletka shaklidagi klaritromitsinning tarkibiga laktoza kiradi. Kam uchraydigan galaktozani nasliy oʻzlashtiraolmaslik, laktaza yeishmovchiligi va glyukozo-galaktoz malabsorbsiya sindromi boʻlgan patsiyentlarda preparatni qoʻllash mumkin emas.

Homiladorlikda va laktatsiya davrida qoʻllanishi

Homiladorlik Klaritromitsinni homiladorlik davrida qoʻllashning xavfsizligi aniqlanmagan. Preparatni homiladorlik vaqtida, ayniqsa homiladorlikning birinchi uch oyligida foyda/xavf nisbatini sinchiklab baholamasdan qoʻllash mumkin emas.

Laktatsiya Klaritromitsinni emizish davrida qoʻllashning xavfsizligi aniqlanmagan. Klaritromitsin koʻkrak sutiga chiqariladi.

Bolalar.

Klaritromitsin tabletkalarini 12 yoshgacha boʻlgan bolalarda qoʻllash oʻrganilmagan. Shu yoshgacha boʻlgan bolalarga preparatning suspenziya shaklini qoʻllash kerak.

Avtomobil va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri.

Klaritromitsinni avtomobil va texnikani boshqarish qobiliyatiga taʼsiri haqida maʼlumotlar yoʻq. Agar patsiyent avtomobil va texnikani boshqarmoqchi boʻlsa, patsiyent ushbu dori preparatini qabul qilganda bosh aylanishi, vertigo, gallyutsinatsiyalar, ongni chalkashishi va dezoriyentatsiya paydo boʻlishi mumkinligini eʼtiborga olishi kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari

Mavjud boʻlgan xabarlar klaritromitsinning dozasini oshirib yuborilishi meʼda-ichak yoʻllari tomonidan belgilarni paydo boʻlishini chaqirishi mumkinligini koʻrsatdi. Anamnezida bipolyar psixozi boʻlgan bir patsiyentda, u 8 gramm klaritromitsin qabul qilgan, aqliy holatini buzilishi, paranoidal xulq, gipokaliyemiya va gipoksemiya rivojlangan.

Davolash

Dozani oshirib yuborilishi bilan birga kechuvchi nojoʻya reaksiyalarni meʼdani yuvish va simptomatik davolash yordamida davolash kerak. Boshqa makrolidlar bilan boʻlgan hollardagi kabi, gemodializ yoki peritoneal dializ klaritromitsinning qon zardobdagi darajasini sezilarli oʻzgartirishini ehtimoli kam.

 

Chiqarilish shakli

Qobiq bilan qoplangan, ajralib chiqishi modikatsiyalangan tabletkalar.

5 ta tabletkadan blisterda, 1 blisterdan ilova-varaqa bilan birga karton qutida.

7 ta tabletkadan blisterda, 1 yoki 2 blisterdan ilova-varaqa bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati.

3 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi.

Retsept boʻyicha.