Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Кюпен Форте

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Кюпен Форте АМПУЛЫ 30мг/мл 1мл №5

19 700 so'mdan
(4285)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ketorolac
Ishlab chiqaruvchi
AVISON PHARMACEUTICALS PVT LTD
Chiqarilish shakli
АМП
Farma. Guruh
Нестероидные противосполительные препараты
Dori tafsilotlari
Dozirovkasi
Dozani oshirib yuborilishi
Maxsus saqlash sharoitlari
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Farmakologik ta'sir
Farmakokinetikasi
Nojo'ya samaralari
Maxsus shartlar
Qo'llanilishi
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Dozirovkasi

Preparat kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga kon'yunktivaga instillyatsiya holida qo'llanadi.
Operatsiyadan oldin: operatsiyadan oldin 3 soat davomida 1 tomchidan 5 marta tomiziladi.
Operatsiyadan keyingi davrda: operatsiyadan so'ng darhol 1 tomchidan kuniga 3 marta tomiziladi; keyinchalik 1 tomchidan kuniga 4 marta davolanish uchun kerak bo'ladigan vaqt davomida (7-10 kun) tomiziladi.
Yallig'lanishli og'riq sindromini davolashda, mavsumiy allergik kon'yunktivitda ko'zlardagi sanchiqni yo'qotish uchun: 1 tomchidan kuniga 4 marta klinik jihatdan sog'ayguncha tomiziladi, ammo 10 kundan oshmasligi kerak.

Dozani oshirib yuborilishi
Qo'llash usuliga rioya qilinganida dozani oshirib yuborilishi mumkin emas. Patsiyentning holati yomonlashganida yoki allergik reaktsiyalar rivojlanganida preparatni qo'llashni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Maxsus saqlash sharoitlari

25oS dan yuqori bo'lmagan haroratda, quruq, qorong'i joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati
2 yil.
Flakon ochilgandan so'ng ichidagi eritmani bir oy davomida ishlatish mumkin.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Har bir ml eritmada quyidagilar saqlanadi:
faol modda: ketorolak trometamini: 4 mg va 5 mg;
yordamchi moddalar: benzalkoniy xloridi, natriy xloridi, natriy EDTA, polisorbat, gipromellyuloza, in'ektsiya uchun suv.

Farmakologik ta'sir
Preparat yaqqol og'riq qoldiruvchi va araxidon kislotasining metabolizmidagi asosiy ferment – siklooksigenazaning faolligini susayishi bilan bog'liq, o'rtacha yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi, Bu yallig'lanish va og'riqning patogenezida muhim rolь o'ynaydigan ko'zning old kamerasi suyuqligidagi prostaglandinlarning darajasini pasayishiga olib keladi. Preparat ko'z ichki bosimiga ta'sir qilmaydi. Ko'zga instillyatsiya qilinganida tizimli so'rilishi juda past.
 
Farmakokinetikasi
Ketorolak trometamini eritmasi ko'z tomchilari holida instillyatsiya qilinganida tizimli so'rilishi juda pastdir. Ketorolak ko'z to'qimalarida faol ravishda taqsimlanadi, bunda katta qismi shox parda va skleraning to'qimalarida ushlanib qoladi. Ko'z to'qimalarida Smax, tomizilgandan so'ng 0,5-1 soatdan keyin aniqlanadi, ko'zning rangdor pardasi va kipriksimon tana bundan mustasnodir, u yerda Smax, tomizilgandan so'ng 4 soatdan keyin aniqlanadi.
 
Nojo'ya samaralari

Instillyatsiyadan keyin o'tkinchi achishish va sanchish, allergik reaktsiyalar, shox pardani shishi, yuza keratit bo'lishi mumkin.
14 kundan ortiq qo'llanganida shox pardaning butunligini shikastlanishi: shox pardani yupqalashishi, eroziyasi, yara hosil bo'lishi va perforatsiya; “quruq ko'z” sindromi, ko'z infektsiyalari rivojlanishi mumkin.
Nazoratsiz uzoq muddat qo'llanganida ayrim patsiyentlarda tizimli nojo'ya samaralar – bosh og'rig'i, uyquchanlik, arterial bosimni oshishi kuzatilishi mumkin.

Maxsus shartlar

Anamnezida qon ivish darajasi past bo'lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi.
Yumshoq kontakt linzalardan foydalanganda, linzalarni instillyatsiyadan 5 minut oldin yechish va dori tomizilganidan so'ng 15 minutdan keyin yana qo'yish mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo'llash mumkin emas.
Mashinalarni boshqarish va ishlatish qobiliyatiga ta'siri
Applikatsiyadan so'ng ko'rish o'tkirligi vaqtinchalik yo'qoladigan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak; preparat tomizilgan zahoti ko'rish o'tkirligini talab etuvchi, murakkab texnikalar, stanoklar yoki biron-bir murakkab uskunalar bilan ishlash yoki mashinalarni boshqarish tavsiya etilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.

Qo'llanilishi

Katarakta bartaraf qilingandan so'ng va ko'zning old qismida o'tkazilgan boshqa jarrohlik aralashuvlaridan so'ng, operatsiyadan keyingi davrda og'riqni kamaytirish va yallig'lanishni oldini olish uchun qo'llanadi.
Ko'zning old qismi noinfektsion kasalliklarida (shu jumladan, surunkali noinfektsion kon'yunktivitda) yallig'lanishli og'riq sindromida qo'llanadi.
Mavsumiy allergik kon'yunktivitda ko'zlardagi sanchiqni bartaraf qilish uchun qo'llanadi.
Katarakta ekstraktsiyasi operatsiyasi vaqtida miozni bartaraf etish uchun qo'llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

ketorolakka va boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalarga yuqori sezuvchanlikda;
miyaga qon quyilganida;
homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llash mumkin emas;
preparatni 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga buyurish tavsiya etilmaydi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Zarurat bo'lganida preparatni, tarkibida antibiotiklar, beta-blokatorlar, karboangidraza ingibitorlarini saqlovchi ko'z tomchilari va midriatiklar bilan birga qo'llash mumkin; tomizishlar orasidagi vaqt kamida 5 minut bo'lishi kerak. Steroidlar bilan majmuada qo'llanganida jarohatni bitish vaqti uzayadi.
Boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar, pentoksifillin, antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo'llanganida operatsiyadan keyingi qon ketishini havfi oshadi.