Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
КЕТОТИФЕН ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

КЕТОТИФЕН ТАБЛЕТКА 1МГ №30

3 223 so'mdan
(3048)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
KETOTIFEN
Ishlab chiqaruvchi
ЗДОРОВЬЕ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

 tabletkalar

 

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: ketotifenga qayta hisoblaganda 1 mg ketotifen fumarati;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati, talk, suvsiz kolloid kremniy dioksidi.

 

Taʼrifi: 

oq rangli biroz kulrang tusli rangli tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 tizimli qoʻllash uchun gistaminga qarshi vositalar

 

 

Farmakologik xususiyatlari

bronxodilatatsiyalovchi boʻlmagan astmaga qarshi vositalar guruhiga kiradi. Uning taʼsir mexanizmi gistaminni va boshqa mastotsidlar mediatorlarini ajralib chiqishini tormozlashi, N1 – retseptorlari gistaminlarini bloklashi va fosfodiesteraza fermentini susaytirishi bilan bogʻliq, buning natijasida bulut xujayralarida sAMFni miqdori oshadi. TFO (trombotsito-faollashtiruvchi omil) samarasini susaytiradi. Mustaqil qoʻllanganda bronxial astma xurujlarini bartaraf etmaydi, ularni vujudga kelishini ogohlantiradi va ularning davomiyligini va jadalligini qisqarishiga olib keladi, bunda ayrim hollarda, ular toʻliq yoʻqoladi.

Farmakokinetikasi

Ovqat hazm qilish yoʻlidan deyarli toʻliq soʻriladi. Maksimal plazmali darajasiga 2-4 soatdan soʻng erishiladi. 2 mg ni tashkil qiladigan maksimal sutkalik dozani qabul qilgandan keyin muvozanat holatga erishiladi. Qonning plazma oqsillari bilan bogʻlanishi taxminan 75%. Taqsimlanish hajmi – 2,7 l/kg.

Qabul qilingan dozaning taxminan 60% jigarda uch yoʻl bilan metabolizmga uchraydi: dimetillanish, N-oksidlanish, N-glyukurokonʼyugatsiyalanish, shunday metabolitlarga: ketotifen – N-glyukuronid (farmakologik, faol boʻlmagan), norketotifen (farmakologik faol, oʻzgarmagan ketotifen faolligiga oʻxshash), N-oksid ketotifen va 10-gidroksi-ketotifen (farmakologik faolligi nomaʼlum).

Ikki bosqichda chiqariladi, qisqa yarim chiqarilishi davri 3 soatdan 5 soatgacha va davomli – 21 soat. Taxminan 1% oʻzgarmagan holatda siydik bilan 48 soat davomida, 60-70% – metabolitlar holida chiqariladi.

 

Qoʻllanilishi

Farmakodinamikasi

Ketotifen siklogeptotiofenonlar guruhiga kiradi va yaqqol antigistamin samaraga ega. U

Bronxial astma, asosan atopik turini profilaktik davolash.

Allergik holatlarni, shu jumladan allergik rinit va konʼyunktivitni simptomatik davolashda qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Preparatni ovqat vaqtida, suv bilan ichga qabul qilinadi.

Dozalash

Kattalarga: 1 tabletka (1 mg) dan sutkada 2 marta. Ertalab va kechqurun ovqat vaqtida buyuriladi. Preparatni qoʻllashning birinchi kunlari vujudga keladigan, kuchli sedativ samara kuzatiladigan patsiyentlar, Ketotifenni sutkada 1 tabletkadan faqat kechqurun qabul qilishlari lozim.

Zarurati boʻlgan hollarda sutkalik dozani sutkada 4 tabletka (4 mg) dan 2 martagacha oshirish mumkin. Yuqoriroq dozani qabul qilganda terapevtik samarani tez boshlanishiga erishish mumkin.

3 yoshgacha boʻlgan bolalar: 1 tabletka (1 mg) dan sutkada 2 marta, ertalab va kechqurun, ovqat vaqtida.

Davolash davomiyligi

Davolash uzoq muddatli hisoblanadi, bunda terapetik samaraga bir necha haftadan soʻng erishiladi. Davolash 2-3 oydan kam boʻlmasligi lozim, asosan birinchi haftada sogʻligʻi yaxshilanmagan patsiyentlarda. Birga kechadigan broxodilatator bilan davolash: ketotifenni bronxodilatatorlar bilan bir vaqtda qoʻllash, bronxodilatatorlarni qoʻllash tez-tezligini kamaytirish mumkin.

Preparatni toʻxtatish

Ketotifen bilan davolashni astma simptomlarini qaytalanishi xavfidan saqlanish uchun asta-sekin, 2-4 hafta davomida toʻxtatish lozim.

Keksa yoshli patsiyentlar

Keksa yoshli patsiyentlar uchun alohida tavsiyalar mavjud emas.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Nojoʻya reaksiyalar tez-tezligi boʻyicha quyidagi tarzda tasniflanadi: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000), tez-tezligi nomaʼlum (mavjud boʻlgan maʼlumotlarga asoslanib baxo berish mumkin emas).

Infeksiyalar va invaziyalar: tez-tez emas – sistit.

Immun tizimi tomonidan: juda kam hollarda – terining ogʻir reaksiyalari, koʻp shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi.

Metabolik buzilishlar: kam hollarda – ishtahani oshishi tufayli tana vaznini oshishi.

Ruhiy buzilishlar: tez-tez – psixomotor qoʻzgʻaluvchanlik, jizzakilik, uyqusizlik, havotirlik, asabiylik.

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas – ogʻizni qurishi.

Gepatobiliar tizimi tomonidan: juda kam hollarda – jigar fermentlari miqdorini oshishi, gepatit.

Davolashni boshida ogʻizni qurishi va bosh aylanishi kelib chiqishi mumkin, biroq ular odatda davolash paytida oʻtib ketadi. Ayrim hollarda MNT tomonidan qoʻzgʻaluvchanlik, jizzakilik, uyqusizlik va havotirlik kabi stimulyatsiya simptomlari kuzatiladi, ayniqsa bolalarda.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Ketotifenga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Ketotifenni va peroral diabetga qarshi vositalarni bir vaqtda qoʻllashda qaytuvchan trombotsitopeniyani rivojlanishi xavfi mavjud. Bunday bemorlarga trombotsitlar sonini nazorat qilish uchun aniqlash tavsiya etiladi.

Atropin, atropinsimon taʼsirga ega vositalar va ketotifenni bir vaqtda qoʻllanganda, siydikni tutilishi, konstipatsiya, ogʻizni qurishi kabi, nojoʻya taʼsirlarni kelib chiqishi xavfi oshadi.

Ketotifen markaziy nerv tizimini susaytiruvchi boshqa dori vositalarining (sedativ, uyqu vositalari) samarasini kuchaytirishi mumkin.

Ketotifenni boshqa antigistamin vositalar bilan bir vaqtda qoʻllash ularning samarasini oʻzaro potensiyalanishiga olib kelishi mumkin.

Etanol ketotifenni markaziy nerv tizimiga depressiv samarasini kuchaytirish mumkin.

 

 

Maxsus koʻrsatmalar

Preparat oʻtkir allergik reaksiyalarni va astmada nafas yetishmovchiligi xurujlarini davolashda samarasiz hisoblanadi.

Preparatni maksimal terapevtik samarasi bir necha hafta davomida tizimli qabul qilishdan keyin boshlanadi.

Gipofizar-buyrak usti tizimi faoliyatini normalllashuvi 1 yilgacha davom etishi mumkin. Shuning uchun ketotifenni qoʻllashni birinchi xaftalarida avvalgi davolashni davom ettirish tavsiya etiladi va uni asta–sekin, uzoq vaqt davomida bekor qilish lozim.

Ketotifen bilan uzoq muddat davolashni boshida boshqa astmaga qarshi preparatlar bilan, asosan kortikosteroidlar davolashni toʻsatdan toʻxtatish mumkin emas. Steroidli qaramlik boʻlgan patsiyentlarda adrenokortikal yetishmovchilikni rivojlanishi kuzatilishi mumkin.

Interkurent infeksiya holatida, maxsus infeksiyaga qarshi davolashni oʻtkazish zarur.

Preparat bilan davolashda, tirishishlarni kelib chiqishini hisobga olib, shifokor nazorati ostida boʻlishlari zarur.

Ketotifenni anamnezida tirishishlari boʻlgan patsiyentlarga, tirishishlarni kelib chiqishini hisobga olib, ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.

Ketotifen bilan davolash vaqtida alkogolni isteʼmol qilish mumkin emas, chunki u ketotifenni markaziy nerv tizimiga depressiv samarasini kuchaytirishi mumkin.

Preparatni allergiyani aniqlash uchun teri sinamalarini oʻtkazishdan 10-14 kun oldin toʻxtatish lozim.

Agar ketotifen bilan davolashni toʻxtatish zarur boʻlsa, astma simptomlarini takroran kelib chiqishini oldini olish uchun dozani asta–sekin 2-4 hafta davomida kamaytirib boriladi.

Jigar faoliyati buzilgan patsiyentlarga Ketotifenni qoʻllashda ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish lozim.

Peroral gipoglikemik preparatlar bilan bir vaqtda qoʻllash trombotsitopeniyani chaqirishini hisobga olib, ushbu majmuadagi preparatlardan saqlanish lozim yoki agar aynan shunday davolash tavsiya etilgan boʻlsa, trombotsitlar miqdorini sinchkovlik bilan nazorat qilish lozim.

Homiladorlik va emizish davrida qoʻllanilishi.

Homiladorlarda nazoratli klinik tadqiqotlar oʻtkazilmaganligi uchun, Ketotifen preparatini faqat ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potensial xavfdan oshsagina qoʻllash mumkin.

Ketotifen koʻkrak sutiga oʻtadi, shuning uchun ayollarga preparatni qoʻllashni zarurati boʻlgan hollarda, emizishni toʻxtatish lozim.

Bolalar.

Preparatni 3 yoshdan boshlab bolalarni davolash uchun qoʻllaniladi.

Klinik kuzatuvlarni natijalari ketotifenni farmakokinetik oʻziga xosligi katta yoshli patsiyentlarga nisbatan bolalar uchun mg/kg koʻproq dozani zarurligini koʻrsatdi. Preparatni yuqori dozalari, past dozalari kabi yaxshi oʻzlashtiriladi.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga taʼsir qilish qobiliyati.

Davolashni boshida Ketotifen transport  vositalarini boshqarish va avtomatlashtirilgan mexanizmlar bilan ishlash vaqtida bemordan yuqori ehtityotkorlikni talab etadigan reaksiya tezligini sekinlashtirishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: psixomotor reaksiyalarni ahamiyatli buzilishi, yaqqol sedatsiyaga boʻlgan uyquchanlik, bosh ogʻrigʻi, dezoriyentatsiya, taxikardiya, arterial bosimni pasayishi, koma (asosan bolalarda), nerv tizimining qoʻzgʻaluvchanlik simptomlari, shu jumladan tirishishlar yuzaga kelishi mumkin.

Shuningdek, bradikardiya, aritmiya, nafas markazi faoliyatini susayishi, nistagm kuzatiladi.

Yuqorida eslatib oʻtilgan simptomlar yuzaga kelgan holatda patsiyentni sinchkovlik bilan tekshirish lozim.

Davolash: ovqat hazm qilish yoʻllaridan soʻrilmagan dori vositasining miqdorini bartaraf etishni umumiy choralari: qusishni chaqirish, meʼdani yuvish. Faollashtirilgan koʻmirni qabul qilish yaxshi taʼsir koʻrsatishi mumkin. Zarurati boʻlgan hollarda simptomatik davolashni oʻtkazish va yurak-tomirva nafas tizimini monitoringini oʻtkazish tavsiya etiladi. Qoʻzgʻaluvchanlik holatlarida qisqa taʼsir koʻrsatuvchi barbituratlar yoki benzodiazepinni qabul qilish mumkin.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda, 3 blisterdan korobkada.

 

Saqlash sharoiti

25ºS dan yuqori boʻlmagan haroratda, original oʻramida saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.