Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Карипазим ПОРОШ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Карипазим ПОРОШ 350ПЕ ФЛ №1

14 000 so'mdan
(5471)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Карипазим ПОРОШ 350ПЕ ФЛ №1
Xususiyatlari
Xalqaro nomlanishi
PAPAINE
Ishlab chiqaruvchi
(Вифитех , Россия)
Chiqarilish shakli
порошок для инфузий
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik hususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Karipazimni elektroforez usuli yordamida yuborish
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti 
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

sirtga qoʻllash uchun eritma tayyorlash uchun liofilizatsiya qilingan kukun 350PB

 

Tarkibi:

Faol modda: 350 PB quritilgan sutli papayya sharbati (Carica Papaya)

 

Taʼrifi: 

sargʻish tusli oq liofilizatsiya qilingan kukun yoki kuchsiz spetsifik hidli gʻovaksiman modda.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

ferment preparatlari. 

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Karipazim oʻsimliklardan olinadigan proteolitik vositalarga kiradi. Preparatning hususiyatlari uchta proteolitik fermentlar: papain, ximopapain va proteinaza, shuningdek, oʻzining faol markazlarida sulfgidril guruhini saqlovchi mukolitik ferment ­ lizotsimga bogʻliq. 

Karipazim toʻqimalarga kirish orqali va shikastlangan umurtqalararo dikslar sohasida depo hosil qilish yoʻli bilan biriktiruvchi toʻqimaga, shu jumladan diskning oʻzini toʻqimasiga va boʻrtib chiqqan churra toʻqimasiga mahalliy­tanlab taʼsir koʻrsatadi. Karipazim kollagen oqsilini sekretsiyasini kuchayishini chaqiradi; bu diskning yumshoq tolali qismini oʻrtacha chandiqlanishiga olib keladi. Hujayralarning bir qismi tomonidan xondroitinsulfatlarni biosintezini saqlanishi pulpali yadroning trofik rolini oshiradi va diskning turgorini tiklab, uni yanada elastikroq qiladi.    

Proteolitik faollikdan tashqari, Karipazim tarkibiga qiruvchi fermentlar, shuningdek kuchli shishga qarshi va yalligʻlanishga qarshi taʼsir koʻrsatadi. Ular qon aylanishini yaxshilaydi, fagotsitozni ragʻbatlantiradi, gialuronidazaning faolligini susaytiradi va toʻqimalarning regeneratsiyasini kuchaytiradi.

Farmakokinetikasi

Preparat sirtga qoʻllanganida soʻrilmaydi va organizmga tizimli taʼsir koʻrsatmaydi. Elektroforez yordamida yuborilganda Karipazim shikastlangan umurtqalar orasidagi disklar sohasida selektiv ravishda toʻplanadi. Karipazim tarkibiga kiruvchi fermentlar parchalanadi va jigarda toʻliq biotransformatsiyaga uchraydi. 

 

 

Qoʻllanilishi

Suyak­mushak tizimi va biriktiruvchi toʻqimalarning kasalliklarida, shu jumladan:

­ umurtqa pogʻonasi osteoxondrozida;

­ umurtqalararo disklar churralarining turli shakllarida;

­ diskogen radikulitlar, Shmorl churralarida;

­ jarohatlardan keyingi barmoqlarning bukiluvchi kontrakturalarida;

­ kelib chiqishi turlicha boʻlgan kelloid chandiqlarda;

­ yirik boʻgʻimlarning artroz­artritlarida;

­ yelka­kurak periartritida;

­ kuyishlarda qoʻllaniladi.

Nerv tizimining kasalliklarida, shu jumladan:

­ serebral (shu jumladan optoxiazmal) va spinal araxnoiditda;

­ yuz nervi nevritida qoʻllaniladi.

Ogʻiz boʻshligʻi, soʻlak bezlari va jagʻ kasalliklarida, shu jumladan:

­ surunkali periodontit, pulpit, gingivitda;

­ paradontoz, aftoz va yarali­nekrotik stomatitda qoʻllaniladi.

 

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Karipazim mahalliy ravishda kuyishlarda va jarohat infeksiyalarida 17,5 PB/ml, 35 PB/ml yoki 70 PB/ml konsentratsiyali eritmalar koʻrinishida qasmoqning qalinligiga qarab qoʻllaniladi. Eritmalarni ishlatish oldidan 0,5% li novokain eritmasida yoki natriy xloridining izotonik eritmasida tayyorlanadi. 17,5 PB/ml konsentratsiyani olish uchun Karipazim flakoniga 20 ml erituvchini, 35 PB/ml konsentratsiyani olish uchun Karipazim flakoniga 10 ml erituvchini va 70 PB/ml konsentratsiyani olish uchun Karipazim flakoniga 5 ml erituvchini qoʻshish kerak. Preparat bilan xoʻllangan salfetka kuygan yuzaga qoʻyiladi, nam oʻtkazmaydigan bogʻlov bilan yopiladi. Bir vaqtda tananing umumiy yuzasining koʻpi bilan 30% yuzasiga ishlov beriladi. Bogʻlov sutkada 1 marta yoki 2 sutkada 1 marta oʻzgartiriladi, ajralgan nekrotik toʻqimalar olib tashlanadi. Davolash kursi 4 kundan 12 kungacha vaqtni tashkil etadi. 

Tayanch­harakat tizimining yuqorida koʻrsatilgan patologiyasida, kelloid chandiqlarda, nevritlarda va boshqalarda Karipazim elektroforez usuli bilan yuboriladi. 

 

Karipazimni elektroforez usuli yordamida yuborish

(Karipazimni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasiga) 

Karipazim elektroforez usuli yordamida faqat musbat qutbdan yuboriladi.

  1. Osteoxondroz va diskogen radikulitda umurtqa pogʻonasi sohasiga Karipazimni elektroforez qilish.

Kurslik davolash ­ 3 kurs (1­kurs 20 dan 30 muolajagacha). Muolajalar orasida 1­2 kunga tanaffus qilishga ruxsat beriladi. Takroriy kurslar 30­60 kundan keyin oʻtkaziladi. 1 yoki 0,5 flakon Karipazim 5­10 ml fiziologik eritmada bevosita muolajadan oldin suyultiriladi. Eritmaga 1­2 tomchi Dimeksid qoʻshiladi. Eritma elektrodning tagligiga joylagan filtr qogʻoziga surtiladi. Taglikning oʻlchami 10x15 sm, 15x20 sm.

Tagliklarning joylashish variantlari quyidagicha:

uzunasiga a) Karipazim boʻyin sohasiga (+)

    Eufillin bel sohasiga (­)

  1. b) Karipazim boʻyin sohasiga (+)

    Eufillin yelka sohasiga (­)

  1. v) Karipazim boʻyin sohasiga (+)

    Eufillin ikkala yelkaga ikkiga ajralgan elektrod bilan (­)

  1. g) Karipazim bel sohasiga (+)

    Eufillin kuymuch nervining chiqish nuqtasiga (­) (sonning orqa yuzasi)

  1. d) Karipazim bel sohasiga (+)

    Eufillin son sohasiga ikkiga ajralgan elektrod bilan (­)

koʻndalang ye) Karipazim bel sohasiga (+)

    Eufillin qorin sohasiga (­)

Taglikning harorati ­ 37­39°S ­ suvli termometr bilan nazorat qilinadi. Tok kuchi 10­
15 mA (asta­sekin oshirilishi kerak). Ekspozitsiya vaqti 10 dan 20 minutgacha boʻlib, u ham asta­sekin oshirilishi kerak.

Ushbu parametrlarga rioya qilmaslik preparatning samarasini keskin pasayishiga olib keladi.

Muolajadan keyin dori yuborilgan joyning terisiga iliq sovunli suv bilan ishlov beriladi. Karipazimni litiy xloridi bilan birga yuborish variantlarini qoʻllash mumkin (3% eritma koʻrinishida).

Dorilarni bir taglikka, lekin turli filtr qogʻozlariga joylashtiriladi. Yuborish sharoiti oldingidek, ammo litiy bilan davolash Voltarenni qoʻllash bilan qoʻshilishi mumkin emas.

  1. Kelloid chandiqlar sohasiga Karipazimni elektroforezi.
  1. a) Karipazim bevosita chandiqqa (+)

    Eufillin yoki kaliy yodidi qarama­qarshi yuzaga, yaʼni koʻndalang  (­)

  1. b) Karipazim bevosita chandiqqa (+)

    Eufillin uzunasiga 1­chi taglikdan 15­20 sm masofaga  (­) qoʻyiladi.

III. Yuz nervining nevritini ayrim shakllarida Karipazimni elektroforezi.

Tok kuchi 1 dan 5 mA gacha.

Karipazim yuzga Berganye  yarim niqobi koʻrinishida (+)

Eufillin  kuraklararo sohaga yoki qarama­qarshi yelkaga (­) qoʻyiladi.

  1. Bosh miya araxnoiditida Karipazimni elektroforezi (shu jumladan optoxiazmal).

Tok kuchi 1 dan 2 mA gacha.

Karipazim endonazal (+)

Eufillin  umurtqa pogʻonasining yuqori koʻkrak boʻlimiga (­) qoʻyiladi.

Stomatologiyada ­ surunkali pulpitlarda tishlar ildizining kanallari Karipazim eritmasi bilan yuviladi. 1 flakondagi modda distillangan suv yoki fiziologik eritmaning 5­10 ml da eritiladi. Surunkali periodontitlarda ildiz kanallari yuviladi va 35 PB/ml ­ 70 PB/ml Karipazim eritmasi bilan ichki elektroforez (3­5 seanslar) oʻtkaziladi va kanalda xoʻllangan tampon 3­4 kunga qoldiriladi. Gingivitlarda parodontitlarda, aftoz stomatitlarda, travmatik eroziyalarda va yaralarda 15­20 minut davomida applikatsiya (4­10 muolaja) oʻtkaziladi.

Preparat statsionar yoki ambulator sharoitlarda qoʻllanadi.

 

 

Nojoʻya taʼsirlari

Allergik reaksiyalar boʻlishi mumkin.

 

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

toʻqimalardagi oʻtkir yalligʻlanish jarayonlarida

­ disk churrasini sekvestratsiyasi va sekvestrni foramenal joylashishida

­ 15 yoshgacha boʻlgan bolalarda qoʻllash mumkin emas.

 

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Preparat qoʻllanganida boshqa preparatlar bilan oʻzaro salbiy taʼsiri aniqlanmagan.

 

 

Maxsus koʻrsatmalar

Homiladorlik va laktatsiya davri

Preparat soʻrilmaydi va homiladorlik va laktatsiya davrida tizimli taʼsir koʻrsatmaydi.

Dori vositasini transport vositalarini yoki potensial havfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsirining oʻziga xosligi

Taʼsir qilmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin. 

 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Preparat faqat sirtga qoʻllanganligi sababli, dozani oshirib yuborilishining ehtimoli kam.

 

 

Chiqarilish shakli

Flakonlar 350 PB dan.

 

 

Saqlash sharoiti 

Saqlash harorati +2°S dan +8°S gacha.

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil. 

 

 



Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.