Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Кардура ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Кардура ТАБЛЕТКА 4мг №30

80 000 so'mdan
(4816)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Cardura
Ishlab chiqaruvchi
ПФАЙЗЕР
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati 
Dorixonalardan berish tartibi 
Dori shakli: 

tabletkalar

 

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: doksazozin mezilati 1,213 mg / 2,430 mg / 4,850 mg (1 mg, 2 mg, 4 mg doksazozinga ekvivalent)

yordamchi moddalar:

1 mg va 2 mg li tabletkalar

1,200 mg karboksietilkraxmal natriy, 40,000 mg laktoza monogidrati, 76,382 mg/75,170 mg mikrokristall sellyuloza, 1,080 mg magniy stearati, 0,120 mg natriy laurilsulfati.

4 mg li tabletkalar

Karboksietilkraxmal natriy 2,400 mg, laktoza monogidrati 80,000 mg, mikrokristall sellyuloza 150,350 mg, magniy stearati 2,160 mg, natriy laurilsulfati 0,240 mg.

 

Taʼrifi:

1 mg li tabletkalar: oq, dumaloq, ikki tomonlama qavariq tabletkalar, bir tomonida – “CN 1” gravirovkasi, boshqa tomonida – Pfizer gravirovkasi bor.

2 mg li tabletkalar: oq, oval, ikki tomonlama qavariq tabletkalar, bir tomonida – “CN 2“gravirovkasi va riskasi, boshqa tomonida – Pfizer gravirovkasi bor.

4 mg li tabletkalar: oq, rombsimon, ikki tomonlama qavariq tabletkalar, bir tomonida – “CN 4” gravirovkasi va riskasi, boshqa tomonida – Pfizer gravirovkasi bor.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

alfa1-adrenoblokator

 

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi

Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi (PBXG) ning simptomlari boʻlgan bemorlarga doksazozinni buyurish, urodinamika koʻrsatkichlarini ancha sezilarli yaxshilanishiga va kasallik simptomlarini yaqqolligini susayishiga olib keladi. Preparatning bu taʼsirini prostata bezining stromasi va kapsulasi, qovuq boʻyinchasida joylashgan α1-adrenoretseptorlarini selektiv blokadasi bilan bogʻliq deb hisoblaydilar.

Doksazozin prostata bezida joylashgan α1-adrenoretseptorlarining taxminan 70% tashkil qiluvchi α1-adrenoretseptorlarining 1A kichik guruhining samarali blokatori ekanligi isbotlangan. Uning PBXG boʻlgan patsiyentlardagi taʼsiri aynan shu bilan tushuntiriladi.

Doksazozin bilan davolashning bir maromda ushlab turuvchi samarasi va uning xavfsizligi preparat uzoq muddat (masalan, 48 oygacha) qoʻllanganida isbotlangan.

Arterial gipertenziya

Arterial gipertenziyasi boʻlgan bemorlarda doksazozinni qoʻllash umumiy periferik qon tomirlar qarshiligini pasayishi natijasida arterial bosimni (AB) ancha ahamiyatli pasayishiga olib keladi. Bu samarani paydo boʻlishini qon tomirlar toʻrida joylashgan α1-adrenoretseptorlarini selektiv blokadasi bilan bogʻliq deb hisoblaydilar. Preparat sutkada 1 marta qabul qilinganida klinik ahamiyatga ega boʻlgan gipotenziv samara 24 soat davomida saqlanib turadi, AB asta-sekin pasayadi: maksimal samara odatda preparat ichga qabul qilinganidan keyin 2-6 soatdan soʻng kuzatiladi. Arterial gipertenziyasi boʻlgan bemorlarni doksazozin bilan davolashda AB “yotgan” va “turgan” holatda bir xil boʻlgan.

Noselektiv α-adrenoblokatorlardan farqli ravishda doksazozin bilan uzoq muddatli davolashda preparatga tolerantlik rivojlanmasligi aniqlangan. Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashni oʻtkazishda qon plazmasida reninning faolligini oshishi va taxikardiya kam uchraydi.

Doksazozin qonning lipid profiliga ijobiy taʼsiri yuqori zichlikdagi lipoproteidlarning umumiy xolesteringa nisbatini ahamiyatli oshirishi va umumiy triglitseridlar va umumiy xolesterin miqdorini ahamiyatli pasaytirishi bilan ifodalanadi. Shu boisdan u koʻrsatilgan koʻrsatkichlarga ijobiy taʼsir qilmaydigan diuretiklar va β-adrenoblokatorlarga nisbatan afzallikka ega. Arterial gipertenziya va qonda lipid profilini yurak ishemik kasalligi bilan aniqlangan bogʻliqligini hisobga olib, doksazozinni qabul qilish fonida AB va lipidlar miqdorini normallashishi yurak ishemik kasalligini rivojlanish xavfini pasayishiga olib keladi.

Doksazozin bilan davolash, chap qorincha gipertrofiyasini regressiyasiga, trombotsitlar agregatsiyasini susayishiga va plazminogenning toʻqima aktivatorining faolligini kuchayishiga olib kelishi kuzatilgan. Bundan tashqari, doksazozin glyukozaga tolerantlikni buzilishi boʻlgan patsiyentlarda insulinga sezuvchanlikni oshirishi aniqlangan.

Doksazozin nojoʻya metabolik samaralarga ega emas va bronxial astma, qandli diabet, yurakning chap qorinchasi yetishmovchiligi va podagrasi boʻlgan bemorlarda qoʻllanishi mumkin.

In vitro sharoitdagi tadqiqotlar doksazozinning 6ʻ va 7ʻ- gidroksimetabolitlarini 5 mikromol konsentratsiyada antioksidantlik xususiyatlarini koʻrsatdi.

Arterial gipertenziyasi boʻlgan bemorlarda oʻtkazilgan nazoratli klinik tadqiqotlarda doksazozin bilan davolash erektil funksiyani yaxshilanishi bilan kechgan. Bundan tashqari, doksazozin qabul qilgan bemorlarda erektil funksiyani qayta buzilishlari, antigipertenziv vositalarni qabul qilgan patsiyentlarga nisbatan kamroq aniqlangan.

Farmakokinetikasi

Doksazozin terapevtik dozalarda ichga qabul qilinganidan keyin yaxshi soʻriladi; uning qondagi konsentratsiyasi taxminan 2 soatdan keyin maksimumga yetadi.

Doksazozin qon plazmasi oqsillari bilan taxminan 98% ga bogʻlanadi.

Doksazozinning birlamchi metabolizmining yoʻllari O-demetilizatsiya va gidroksilizatsiya hisoblanadi.

Qon plazmasidan chiqarilishi 22 soatlik yakuniy yarim chiqarilish davri bilan ikki fazali boʻladi, bu preparatni sutkada 1 marta buyurish imkonini beradi. Doksazozin faol biotransformatsiyaga uchraydi; faqat dozaning 5% dan kamrogʻi oʻzgarmagan holda chiqariladi.

Maxsus patsiyentlar guruhida qoʻllanilishi

Keksa patsiyentlar va buyrak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarda oʻtkazilgan farmakokinetik tadqiqotlarning maʼlumotlari boʻyicha preparatning farmakokinetikasi yosh va buyrak funksiyasi normal boʻlgan bemorlarnikidan sezilarli farq qilmaydi. 

Faqat jigar funksiyasini buzilishi boʻlgan patsiyentlarda va jigar metabolizmini oʻzgartirish qobiliyatiga ega preparatlar (masalan, simetidin) taʼsirini oʻrganishda olingan cheklangan maʼlumotlargina bor. Jigar funksiyasini oʻrtacha buzilishi boʻlgan 12 nafar bemorda oʻtkazilgan klinik tadqiqotlar doksazozinni bir marta qoʻllash “konsentratsiya/vaqt” egri chizigʻi ostidagi maydonni (AUC) 43% ga oshishi va haqiqiy peroral klirensini 40% ga kamayishi bilan kechgan. Jigar funksiyasini buzilishi boʻlgan patsiyentlarda, jigarda toʻliq biotransformatsiyaga uchraydigan boshqa dori vositalari kabi doksazozinni buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang).

 

Qoʻllanilishi
  • Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi;
  • siydik oqimini tutilishini va PBXG bilan bogʻliq simptomlarni davolash uchun; 
  • arterial gipertenziyada (majmuaviy davolash tarkibida) qoʻllaniladi.

  

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Kardura preparati ertalab ham, kechqurun ham buyurilishi mumkin va ichga qabul qilish uchun moʻljallangan.

Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi

Postural gipotenziya va/yoki sinkopal holat (hushdan ketish) rivojlanishini minimumga yetkazish uchun Kardura preparatini tavsiya qilingan boshlangʻich dozasi sutkada 1 marta 1 mg ni tashkil qiladi (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang). Urodinamika koʻrsatkichlarining individual oʻziga xos xususiyatlari va PBXG simptomlarining mavjudligiga qarab, dozani 2 mg gacha, soʻngra 4 mg gacha va tavsiya qilingan maksimal 8 mg dozagacha oshirish mumkin. Dozani oshirish uchun tavsiya qilingan interval 1-2 haftani tashkil qiladi. Odatda tavsiya qilingan doza sutkada 1 marta 2-4 mg ga teng.

Arterial gipertenziya

Dozalash sutkada 1 mg dan 16 mg gacha oʻzgarib turadi. Postural gipotenziya va/yoki sinkopal holat (hushdan ketish) (“birinchi doza” fenomeni) rivojlanishini minimumga yetkazish uchun davolashni 1 yoki 2 hafta davomida sutkada 1 marta 1 mg dan boshlash tavsiya qilinadi (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang). Birinchi doza qabul qilinganidan keyin patsiyent 6-8 soat davomida AB ni monitoringini oʻtkazishi lozim. Bu, “birinchi doza” fenomeni rivojlanishi, ayniqsa bundan avvalgi diuretiklarni qabul qilish fonidagi yaqqol fenomenni rivojlanishi mumkinligi tufayli talab etiladi. 

Keyingi 1 yoki 2 hafta davomida doza sutkada 1 marta 2 mg gacha oshirilishi mumkin. AB ni istalgan pasayishiga erishish uchun, agar zarurati boʻlsa, patsiyentni preparat qabul qilishga boʻlgan reaksiyasining yaqqolligiga qarab, qabul qilishdagi bir xil intervallarga amal qilib, sutkalik dozani asta-sekin 4 mg, 8 mg va maksimal 16 mg gacha oshirish kerak. Odatda doza sutkada 1 marta 2-4 mg ni tashkil qiladi.

Agar davolashga diuretik yoki boshqa gipotenziv vosita qoʻshilayotgan boʻlsa, Kardura preparatining dozasiga patsiyentning holatiga qarab, keyinchalik uni shifokor nazorati ostida titrlash sharti bilan tuzatish kiritiladi.

Agar Kardura preparati bilan davolash bir necha kunga toʻxtatilgan boʻlsa, preparatni qoʻllashni qaytadan boshlashni boshlangʻich dozadan boshlash kerak.

Keksa yoshdagi patsiyentlarda qoʻllanishi. 

Dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Buyrak yetishmovchiligida qoʻllanishi

Buyrak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarda doksazozinning farmakokinetikasi oʻzgarmaydi, preparatning oʻzi esa, mavjud buyrak disfunksiyasini yomonlashtirmaydi, shuning uchun bunday bemorlarda u odatdagi dozalarda qoʻllanadi.

Jigar yetishmovchiligida qoʻllanishi

Ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang)

Bolalarda qoʻllanishi

Kardura preparatini bolalarda qoʻllash tajribasi yoʻq.

 

 

Nojoʻya taʼsirlari

Noxush reaksiyalarning uchrash tez-tezligi quyidagi tasnif boʻyicha keltirilgan:

Juda tez-tez: ≥ 10%

Tez-tez: ≥1% va <10%

Tez-tez emas: ≥0,1% va <1%

Kam hollarda: ≥0,01% va <0,1%

Juda kam hollarda: <0,01%

 

Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi

Nazoratli klinik tadqiqotlarning maʼlumotlari boʻyicha, PBXG boʻlgan bemorlarda kuzatilgan nojoʻya reaksiyalar arterial gipertenziyasi boʻlgan bemorlardagi kabi boʻlgan. 

Preparatni postmarketing qoʻllash davrida quyidagi nohush reaksiyalar toʻgʻrisida xabar berilgan:

Qon yaratish va limfatik tizimi tomonidan: juda kam hollarda – leykopeniya, trombotsitopeniya.

Eshitish aʼzosi va vestibulyar apparati tomonidan: tez-tez emas – quloqlarni shangʻillashi.

Koʻrish aʼzosi tomonidan: tez-tez – rang ajratishni buzilishi, tez-tez emas – atonik kamalak parda sindromi.

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan: tez-tez – qorinda ogʻriq, diareya, dispepsiya, ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatini qurishi; tez-tez emas – meteorizm, qabziyat, qusish.

Jigar tomonidan: juda kam hollarda – xolestaz, gepatit, sariqlik.

Immun tizimi tomonidan: juda kam hollarda – anafilaktik reaksiyalar

Laborator koʻrsatkichlar: tez-tez emas – tana vaznini oshishi; juda kam hollarda – “jigar” transaminazalari faolligini oshishi.

Moddalar almashinuvi tomonidan: tez-tez emas – anoreksiya

Tayanch-harakat apparati tomonidan: tez-tez emas – artralgiya, belda ogʻriq, mushak spazmlari, mushak kuchsizligi, mialgiya.

Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: tez-tez – paresteziya; tez-tez emas – gipesteziya, tremor

Ruhiyat tomonidan: tez-tez – qoʻzgʻalish, bezovtalik, uyqusizlik; tez-tez emas – depressiya.

Siydik chiqarish yoʻllari tomonidan: tez-tez emas – siyishni tezlashishi, poliuriya, siydikni tuta olmaslik; juda kam hollarda – dizuriya, gematuriya, nikturiya.

Reproduktiv tizimi tomonidan: tez-tez emas – ginekomastiya, impotensiya, priapizm; juda kam hollarda – retrograd eyakulyatsiya.

Nafas tizimi tomonidan: hansirash, rinit; tez-tez emas – yoʻtal, burundan qon ketishi; juda kam hollarda – mavjud bronxospazmni zoʻrayishi, 

Teri qoplamalari tomonidan: tez-tez emas – alopetsiya, terini qichishishi, teri toshmasi, purpura; juda kam hollarda – eshakemi

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas – yuz terisiga qon “oqib kelishlari”, AB pasayishi, postural gipotenziya

Boshqalar: tez-tez emas – turli lokalizatsiyali ogʻriqlar.

Arterial gipertenziya

Nazoratli klinik tadqiqotlarda Kardura preparatini postural turga kiritish mumkin boʻlgan (kamdan-kam hushdan ketish bilan bogʻliq boʻlgan) yoki nospetsifik nojoʻya reaksiyalari koʻproq kuzatilgan, ular quyidagilarni oʻz ichiga olgan:

Eshitish aʼzosi va vestibulyar apparati tomonidan: tez-tez – vertigo.

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan: tez-tez – koʻngil aynishi

Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: juda tez-tez – bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi; tez-tez – postural bosh aylanishi (birinchi doza qabul qilinganidan soʻng AB ni juda kuchli pasayishi rivojlanishi mumkin, u ortostatik bosh aylanishiga, ogʻir hollarda esa, ayniqsa “yotgan” holatdan “turgan” holatga yoki “oʻtirgan” holatga tezda oʻtishda – hushdan ketishga olib kelishi mumkin), uyquchanlik. 

Nafas tizimi tomonidan: tez-tez – rinit. 

Boshqalar: tez-tez – asteniya, oyoqlarda shishlar, toliqish, holsizlik

Quyidagi nojoʻya reaksiyalar Kardura preparatini arterial gipertenziyasi boʻlgan bemorlarda postmarketing qoʻllanishi jarayonida kuzatilgan, ammo bunday simptomlar ushbu preparatsiz davolashda ham kuzatilishi mumkin: tez-tez – taxikardiya, yurak urib ketishini his etish, koʻkrak qafasida ogʻriq; tez-tez emas – stenokardiya, miokard infarkti va aritmiyalar; juda kam hollarda – bradikardiya, bosh miyada qon aylanishini buzilishlari. 

 

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • Kardura preparatini xinazolin, doksazozin yoki preparatning har qanday yordamchi komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • Laktaza tanqisligi, laktozani oʻzlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktoz malabsorbsiya;
  • 18 yoshgacha boʻlgan patsiyentlar;
  • Ogʻir jigar yetishmovchiligi patsiyentlarning bu toifasida qoʻllash tajribasi yoʻqligi tufayli qoʻllash mumkin emas;
  • Siydik chiqarish yoʻllarining infeksiyalari;
  • Anuriya;
  • Avj  olib boruvchi buyrak yetishmovchiligi;
  • Gipotenziya va ortostatik buzilishlarga moyillik (shu jumladan anamnezdagi);
  • Yuqori siydik chiqarish yoʻllarining yondosh obstruksiyasi;
  • Qovuqda tosh boʻlganida qoʻllash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Mitral va aortal stenoz, minutli qon otilib chiqishini oshishi bilan kechuvchi yurak yetishmovchiligi, oʻpka arteriyasini emboliyasi yoki ekssudativ perikardit bilan bogʻliq boʻlgan yurakning oʻng qorinchasi yetishmovchiligi, toʻlish bosimi past boʻlgan chap qorincha yetishmovchiligi, bosh miyada qon aylanishini buzilishi, keksa yoshdagi patsiyentlar, 5-chi tur fosfodiesteraza (FDE-5) ingibitorlari bilan bir vaqtda qoʻllanilishi, chunki simtomatik gipotenziya, jigar yetishmovchiligi yuz berishi mumkin.

 

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Kardura preparatini FDE-5 ingibitorlari bilan birga qoʻllash, ayrim patsiyentlarda simptomatik gipotenziyaga olib kelishi mumkin (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang).

Doksazozinning katta qismi (98%) qon plazmasi oqsillari bilan bogʻlangan. In vitro sharoitlarda oʻtkazilgan odam plazmasini oʻrganish tadqiqotlari natijalari, doksazozinni digoksin, varfarin, fenitoin va indometatsinning oqsillar bilan bogʻlanishiga taʼsir qilmasligidan dalolat beradi. Klinik amaliyotda Kardura preparati tiazid diuretiklar, furosemid, β-adrenoblokatorlar, antibiotiklar, ichga qabul qilinadigan gipoglikemik vositalar, urikozurik vositalar va antikoagulyantlar bilan hech qanday oʻzaro taʼsirsiz qoʻllangan. 

Nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparatlar (ayniqsa indometatsin), estrogenlar va simpatomimetik vositalar doksazozinning antigipertenziv taʼsirini pasaytirishi mumkin.

Doksazozin, epinefrinning alfa-adrenostimulyatorlik samarasini bartaraf etib, taxikardiyaga va arterial gipotenziyani rivojlanishiga olib keladi.

Sildenafil bilan birga oʻpka gipertenziyasini davolash uchun qabul qilinganda ortostatik gipotenziyani xavfi oshadi. 

Kardura preparatini bir marta sutkada 1 mg 4 kun davomida, simetidinni 400 mg dan sutkada 2 marta birga qabul qilishda, doksazozinning AUC ni oʻrtacha koʻrsatkichini 10% ga oshishi va Cmax (qon plazmasidagi maksimal konsentratsiyasi) oʻrtacha darajasini va oʻrtacha yarim chiqarilish davrini statistik ahamiyatsiz oshishi kuzatilgan. Simetidinni qabul qilish fonida doksazozinning AUC ni oʻrtacha koʻrsatkichini xuddi shunday 10% ga oshishi, platsebo bilan solishtirganda doksazozin uchun AUC ni oʻrtacha koʻrsatkichlarini variabel oʻzgarishlari (27%) doirasida boʻladi. 

Boshqa gipotenziv vositalar bilan bir vaqtda qoʻllanganda ularning taʼsir yaqqolligini oshiradi (dozaga tuzatish kiritish zarur).

Alfa-adrenoretseptrlarning boshqa blokatorlari bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Jigardagi mikrosomal oksidlanish induktorlari bilan bir vaqtda qoʻllanganda doksazozinning samaradorligi oshishi, ingibitorlari bilan qoʻllanganda esa – pasayishi mumkin.

Nomutanosiblik

Maʼlum emas.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Postural gipotenziya/ hushdan ketish

Har qanday α-adrenoblokatorlar bilan davolashda, ayniqsa davolash boshida, juda ahamiyatsiz foiz patsiyentlarda bosh aylanishi va holsizlik yoki hushdan ketish bilan namoyon boʻluvchi postural gipotenziya kuzatilgan (“Qoʻllash usuli va dozalari” boʻlimiga qarang). Har qanday alfa-adrenoblokatorlar bilan davolashni boshlashdan avval postural gipotenziya simptomlari rivojlanishidan qanday saqlanish kerakligi haqida patsiyentni ogohlantirish kerak, xususan gavda holatini tez oʻzgarishlaridan saqlanish lozim. Kardura preparati bilan davolashni boshida holsizlik va bosh aylanishi paydo boʻlgan hollarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerakligi toʻgʻrisida patsiyentga tavsiyalar berish kerak.

Kardura preparatini keksa yoshdagi patsiyentlarda, ortostatik gipotenziyani rivojlanishi mumkinligi tufayli ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak. Yosh oʻtgani sayin bosh aylanishi, koʻrishni buzilishi va hushdan ketishni yuz berish xavfi oshadi.

Patsiyentni, alkogol isteʼmol qilinganda, uzoq muddat davomida turganda yoki jismoniy mashqlarni bajarganda, shuningdek issiq ob-havoda ortostatik gipotenziyani rivojlanish xavfi oshishi toʻgʻrisida xabardor qilish kerak.

Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi

PBXG boʻlgan bemorlarda preparatni xam arterial gipertenziya borligida, ham normal ABda buyurish mumkin. PBXG boʻlgan normal AB boʻlgan bemorlarda preparat qoʻllanganida, AB ni oʻzgarishi sezilarli emas. Bunda arterial gipertenziya va PBXG qoʻshilib kelgan hollarda preparatni monoterapiyada qoʻllash mumkin.

Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasini davolashni boshlashdan oldin unda rakni boshlanishini istisno qilish lozim.

Doksazozin qon plazmasida prostataga spetsifik antigen (PSA) konsentratsiyasiga taʼsir qilmaydi.

Atonik kamalak pardaning intraoperatsion sindromi

Atonik kamalak pardaning intraoperatsion sindromi (“tor qorachiq” sindroimining varianti) alfa1-adrenoblokatorlar bilan davolangan yoki davolanayotgan, katarakta yuzasidan operatsiya oʻtkazgan ayrim patsiyentlarda kuzatilgan. Atonik kamalak pardaning intraoperatsion sindromi jarrohlik aralashuvlari vaqtida asoratlar sonini oshishiga olib kelishi mumkinligi tufayli, operatsiya qiluvchi jarrohni, alfa1-adrenoblokatorlar operatsiyadan oldin ilgari qabul qilingani yoki hozirgi paytda qabul qilinayotgani toʻgʻrisida ogohlantirish lozim.

FDE-5 ingibitorlari bilan birga qoʻllash

Kardura preparati fosfodiesterazaning 5-tur ingibitorlari bilan birga qoʻllanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki ayrim patsiyentlarda bu simptomatik gipotenziyaga olib kelishi mumkin.

Jigar funksiyasini buzilishi

Jigar funksiyasini buzilishi boʻlgan patsiyentlarga Kardura preparatini buyurishda, jigarda toʻliq biotransformatsiyaga uchraydigan boshqa dori vositalari bilan boʻlgani kabi, maksimal dozalarni buyurishga yoʻl qoʻymay, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (“Farmakokinetikasi” boʻlimiga qarang).

Priapizm 

Postregistratsion tadqiqotlar vaqtida alfa1-adrenoblokatorlar bilan, shu jumladan doksazozin bilan davolash fonida uzoq muddatli ereksiya va priapizmni rivojlanish hollari toʻgʻrisida xabar berilgan. Ereksiya 4 soatdan ortiq saqlanib turgan hollarda zudlik bilan tez yordamga murojaat qilish lozim. Agar priapizmni davolash darhol oʻtkazilmasa, bu jinsiy olat toʻqimalarini shikastlanishiga va potensiyani qaytmas yoʻqolishiga olib kelishi mumkin.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllanishi

Garchi hayvonlarda oʻtkazilgan tadqiqotlarda preparat teratogen taʼsir koʻrsatmagan boʻlsada, ammo u juda yuqori dozalarda qoʻllanganida homilani yashab qolishini pasayishi kuzatilgan. Koʻrsatilgan dozalar odam uchun tavsiya qilingan maksimal dozalardan taxminan 300 marta yuqori boʻlgan. Homiladorlar va emizikli ayollarda adekvat yaxshi nazoratli tadqiqotlar oʻtkazilmaganligi sababli, Kardura preparatini homiladorlik vaqtida yoki emizish davrida qoʻllash xavfsizligi xali aniqlanmagan. Shu boisdan homiladorlik vaqtida yoki laktatsiya davrida Kardura preparati, faqatgina shifokorning fikri boʻyicha, ona uchun potensial foyda, homila yoki bola uchun potensial xavfdan ustun boʻlgandagina ishlatilishi mumkin.

Avtomobilni boshqarish va texnikadan foydalanish qobiliyatiga taʼsiri

Davolanish davrida transport vositalarini boshqarishda va diqqatni yuqori jamlash xamda psixomotor reaksiyalarning tezligini talab etuvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shugʻullanishda (bosh aylanishi, holsizlikni rivolanish xavfi) ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtganidan soʻng qoʻllanmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: AB ni, baʼzan hushdan ketishlar bilan kechuvchi xaddan tashqari pasayishi.

Davolash: bemorni darhol chalqancha yotqizib, oyoqlarini biroz koʻtarib, zarurati boʻlganida simptomatik davolashni oʻtkazish kerak. Doksazozinni qon plazmasidagi oqsillar bilan bogʻlanishi yuqori, shuning uchun dializ samarasiz.

 

Chiqarilish shakli

Tabletkalar 1, 2, 4 mg dan.

7, 10 yoki 14 tabletkadan blisterda; 7 tabletkadan 2 blister, 10 tabletkadan 3 blister yoki 14 tabletk adan 1 blister qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 30oS dan yuqori boʻlmagan haroratda.  

 

Yaroqlilik muddati 

5 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi 

Retsept boʻyicha.