Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
КАРДИКЕТ ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

КАРДИКЕТ ТАБЛЕТКА 20МГ №50

20 000 so'mdan
(4778)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ЮСБ ФАРМА СА
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli  
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

taʼsiri uzaytirilgan tabletkalar

 

Tarkibi:

Taʼsiri uzaytirilgan 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: izosorbid dinitrati 20,00 mg/40,00 mg (izosorbid dinitrati va laktoza monogidratining 40/60 aralashmasi (trituratsiyasi) qoʻllanadi).

Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati 157,95 mg/162,70 mg, talk 55,00 mg/45,00 mg, magniy stearati 2,05 mg/2,08 mg, plivinilatsetat 15,00 mg/9,00 mg, kartoshka kraxmali – 1,02 mg/1,22 mg.

 

Taʼrifi: 

dumaloq, oq rangli, hidsiz tabletkalar. Bir tomoni yassi, faska va riskali va riskaning ustida – “IR”, riskaning ostida – “20” (20 mg tabletka uchun), “40” (40 mg tabletka uchun) garvirovkali; boshqa tomonida – boʻrtgan “SCHWARZ PHARMA” gravirovkasi mavjud.

 

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 vazodilatatsiyalovchi vosita – nitrat.

Farmakologik xususiyatlari

Izosorbid dinitrati – asosan venoz tomirlarga taʼsir qiluvchi periferik vazodilatatordir. Antianginal taʼsir koʻrsatadi, gipotenziv samara chaqiradi. Taʼsir mexanizmi tomirlar endoteliysida xujayra ichidagi guanilatsiklazani faollashishini chaqiruvchi azot oksidini (endotelial relaksatsiyalovchi omilni) ajralishi bilan bogʻliq boʻlib, buning natijasida siklik guanozinmonofosfat (sGMF) (vazodilatatsiya mediatori) ning miqdori oshadi. sGMF silliq mushak xujayralaridagi baʼzi oqsillar, shu jumladan miozinning yengil zanjirini fosforlanishini buzadigan sGMFga qaram proteinkinazani ragʻbatlantiradi, buning natijasida qisqaruvchanlik pasayadi va oqibatda qon tomirlarning silliq mushaklarini boʻshashishiga olib keladi.

Periferik arteriyalar va venalarga taʼsir qiladi. Venalarni boʻshashishi yurakka venoz qonni qaytishini (old yuklamani) kamayishiga olib keladi, bu yurak chap qorinchasini qon bilan toʻlishishini kamaytiradi. Shuningdek arterial qon tomirlarni kengayishi kuzatiladi (garchi kamroq darajada boʻlsa ham), bu arterial bosimni (AB) pasayishi, tomirlarning umumiy periferik qarshiligi (keyingi yuklama) ni pasayishi bilan kechadi.

Old- va keyingi yuklamani pasayishi miokard tomonidan kislorodni sarflanishi kamayishiga olib keladi.

Ayniqsa koronar qon tomirlar aterosklerozida (asosan yirik tomirlar) subendokardial sohalar foydasiga koronar qon aylanishini qayta taqsimlanishiga yordam beradi. Kollateral arteriyalarning vazodilatatsiyasi miokardda qon aylanishini yaxshilashi mumkin.

Surunkali yurak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda tinch holatda ham, jismoniy yuklamada ham gemodinamikani yaxshilaydi.

Yurakning oʻng boʻlmachasiga qon oqib kelishini kamaytiradi, kichik qon aylanishi doirasida bosimni kamayishi va oʻpka shishida simptomlar regressiyasiga yordam beradi.

Bosh miya, miya qattiq pardasi qon tomirlarini kengaytiradi, bu bosh ogʻrigʻi bilan kechadi. Shuningdek bronx, meʼda-ichak yoʻllari, oʻt va siydik chiqarish yoʻllarining silliq mushaklarini boʻshashtiradi.

Boshqa nitratlar kabi, kesishgan tolerantlik rivojlanadi. Preparat bekor qilingandan keyin (davolashdagi tanaffus) unga boʻlgan sezuvchanlik tez tiklanadi. Tolerantlikni paydo boʻlishini oldini olish maqsadida har kunlik, 8-12 soat davomida tungi “nitratsiz interval” ga rioya qilish tavsiya etiladi. Koʻpgina patsiyentlarda bunday davolash uzluksiz davolashga qaraganda samaraliroq hisoblanadi.

 

Farmakokinetikasi

Izosorbid dinitrati peroral qabul qilinganda tez soʻriladi. Izosorbid dinitratining taʼsiri uzaytirilgan shakllari uchun nisbiy biokiraolishligi ichga qabul qilinganda oddiy tabletkalarga nisbatan 80% dan ortiqni tashkil qiladi. Taʼsirini boshlanishi – 15-30 minutdan keyin, qon plazmasidagi moddaning maksimal konsentratsiyasiga 15 minut-1-2 soatdan keyin erishiladi. Izosorbid-5-mononitrati (yarim chiqarilish davri (T1/2) 4-6 soat) va izosorbid-2-mononitrati (yarim chiqarilish davri (T1/2) 1,5-2 soat) faol metabolitlarini hosil qilib, jigarda metabolizmga uchraydi. Buyrak orqali (asosan metabolitlari shaklida) chiqariladi.

 

 

Qoʻllanilishi
  • Yurak ishemik kasalligini uzoq muddatli davolash (stenokardiya hurujlarini oldini olish).
  • Miokard infarktini ikkilamchi oldini olish va saqlanib qolayotgan stenokardiyani davolash (majmuaviy davolash tarkibida).

Ogʻir darajali yurak yetishmovchiligini uzoq muddatli davolashda (yurak glikozidlari, diuretiklar, angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari bilan birga majmuaviy davolash tarkibida) qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Preparatni chaynamasdan va oz miqdordagi suyuqlik bilan, ovqatlanishdan qatʼiy nazar, ichga qabul qilinadi. Agar oʻzgacha buyurilmagan boʻlsa quyidagicha qabul qilinadi:

Taʼsiri uzaytirilgan 20 mg li Kardiket® tabletkalari: 1 tabletkadan kuniga 2 marta. Terapevtik samarani tutib turish uchun birinchi tabletkadan 6-8 soatdan kechiktirmasdan ikkinchi tabletkani qabul qilish kerak. Terapevtik samara yetishmovchiligida dozani 1 tabletkadan kuniga 3 martagacha oshirish mumkin, bunda preparatni oxirgi qayta qabul qilish taxminan soat 18 da boʻlishi kerak.

Taʼsiri uzaytirilgan 40 mg li Kardiket® tabletkalari: davolashni boshida – 1 tabletkadan kuniga 1 marta. Terapevtik samara yetishmovchiligida dozani 1 tabletkadan kuniga 2 martagacha oshirish mumkin. Kuniga ikki marta qabul qilish bilan dozalashda terapevtik samarani tutib turish uchun birinchi tabletkadan 6-8 soatdan kechiktirmasdan ikkinchi tabletkani qabul qilish kerak.

 

Taʼsiri uzaytirilgan tabletkani boʻlish mumkin emas!

Davolashni minimal dozalardan boshlash va dozani maksimal samarali dozagacha asta-sekin oshirish kerak. Davolash davomiyligi haqidagi qarorni shifokor qabul qiladi. Bu dori vositasi uzoq muddat qoʻllash uchun moʻljallangan va shifokor bilan maslahatlashmasdan uni qabul qilishni toʻsatdan toʻxtatish mumkin emas.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Quyida boʻlishi mumkin boʻlgan nojoʻya samaralar organizm tizimlari va paydo boʻlish tez-tezligi boʻyicha keltirilgan: juda tez-tez (1/10 dan koʻproq), tez-tez (1/100 dan koʻproq va 1/10 dan kam), tez-tez emas (1/1000 dan koʻproq va 1/100 dan kam), kam (1/10000 dan koʻproq va 1/1000 dan kam), juda kam (1/10000 dan kam), tez-tezligi nomaʼlum.

Markaziy nerv tizimi tomonidan

Juda tez-tez: bosh ogʻrigʻi.

Tez-tez: uyquchanlik, yengil bosh aylanishi.

Yurak tizimi tomonidan

Tez-tez: taxikardiya.

Tez-tez emas: stenokardiya hurujlarini “paradoksal” kuchayishi.

Tomir tizimi tomonidan

Tez-tez: ortostatik gipotenziya.

Tez-tez emas: kollaps (baʼzida bradiaritmiya va hushdan ketish bilan kechuvchi).

Tez-tezligi nomaʼlum: gipotenziya.

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan

Tez-tez emas: koʻngil aynishi, qusish.

Juda kam: jigʻildon qaynashi.

Teri va teri osti toʻqimalari tomonidan

Tez-tez emas: teri allergik reaksiyalari (shu jumladan toshma), yuz terisiga qon “oqib kelishlari” hissi.

Juda kam: angionevrotik shish, Stivens-Djonson sindromi.

Tez-tezligi nomaʼlum: eksfoliativ dermatit.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar

Tez-tez: asteniya.

Boshqalar: tolerantlikni rivojlanishi (shu jumladan boshqa nitratlarga kesishgan tolerantlik). Tolerantlikni rivojlanishini oldini olish uchun preparatning yuqori dozalarini uzluksiz qabul qilishdan saqlanish kerak.

Organik nitratlar uchun koʻngil aynishi, qusish, bezovtalik, teri rangini oqarishi va koʻp terlash bilan kechuvchi yaqqol gipotenziya rivojlanishi hollari qayd qilingan.

Preparatni uzoq muddat qoʻllash, gipoventilatsiyalanadigan alveolyar sohalarga qon oqimini nisbiy qayta taqsimlanishi natijasida oʻtkinchi gipoksemiyani chaqirishi mumkin (yurak ishemik kasalligi boʻlgan patsiyentlarda – miokard gipoksiyasiga olib kelishi mumkin).

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • Izosorbid dinitrati, boshqa nitratlar yoki yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik.
  • Qon aylanishini oʻtkir buzilishi (shok, kollaps).
  • Kardiogen shok (agar oxirgi diastolik bosimni tutib turish uchun choralar oʻtkazilmayotgan boʻlsa).
  • Gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya.
  • Konstriktiv perikardit.
  • Yurak tamponadasi.
  • Yaqqol arterial gipotenziya (sistolik arterial bosim 90 mm.sim.ust. past).
  • Ogʻir darajali gipovolemiya.
  • Ogʻir darajali anemiya.
  • Ogʻir darajali aortal va subaortal stenoz, ogʻir darajali mitral stenoz.
  • Fosfodiesteraza-5 ingibitorlarini (shu jumladan sildenafil, vardenafil, tadalafil) bir vaqtda qabul qilish.
  • 18 yoshgacha boʻlgan bolalar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan).
  • Laktoza mavjudligi sababli galaktozani tugʻma oʻzlashtiraolmaslik yoki glyukoza va galaktozani soʻrilishini buzilishlari boʻlgan patsiyentlar bu preparatni qabul qilishlari mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: yurakning chap qorinchasini toʻlish bosimini pastligi, shu jumladan oʻtkir miokard infarkti, chap qorincha faoliyatini buzilishida (masalan, chap qorincha yetishmovchiligi); yengil va oʻrtacha darajali aortal va/yoki mitral stenoz; bosh miya ichki bosimini oshishi bilan kechuvchi kasalliklar (hozirgi kungacha bosh miya ichki bosimini oshishi haqida faqat nitroglitserinni yuqori dozalarda vena ichiga yuborishda kuzatilgan); bosh miyaga qon kuyilishi, koʻz ichki bosimini oshishi, shu jumladan yopiq burchakli glaukoma, tomirlarni boshqarishini ortostatik buzilishlariga moyillik, ogʻir darajali buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, gipoterioz, yetarli va toʻliq ovqatlanmaslik; homiladorlik, laktatsiya davri.

 

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Izosorbid dinitratini gipotenziv vositalar (masalan, beta-adrenoblokatorlar, diuretiklar, “sekin” kalsiy kanallari blokatorlari, angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlari), neyroleptiklar va tritsiklik antidepressantlar, etanol va etanol saqlovchi vositalar bilan birga qoʻllash izosorbid dinitratining gipotenziv taʼsirini kuchayishiga olib kelishi mumkin.

Kardiket® preparati va fosfodiesteraza-5 ingibitorlari (shu jumladan, sildenafil, tadalafil, vardenafil) bilan bir vaqtda qoʻllash mumkin emas, chunki preparatning gipotenziv taʼsiri kuchayishi mumkin.

Digidroergotamin bilan bir vaqtda qoʻllanganida digidroergotaminning konsentratsiyasi oshishi va taʼsirini kuchayishi mumkin.

Adsorbentlar, burishtiruvchi va oʻrab oluvchi vositalar preparatni meʼda-ichak yoʻllaridan soʻrilishini kamaytiradi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Taʼsiri uzaytirilgan tabletka dori shaklidagi Kardiket® stenokardiya hurujlarini bartaraf qilish uchun qoʻllanilmaydi.

Oʻtkir miokard infarkti yoki oʻtkir yurak yetishmovchiligida preparatni faqat bemorni sinchkovlik bilan klinik kuzatish sharoitida qoʻllash kerak.

Fosfodiesteraza-5 ingibitorlarini qabul qilish uchun Kardiket® preparati bilan davolashda tanaffuslarga yoʻl qoʻyilmaydi, chunki stenokardiya hurujlari va “bekor qilish” sindromini rivojlanish xavfi ortadi. Stenokardiya huruji paydo boʻlgan hollarda hurujni bartaraf qilish uchun tez taʼsir qiluvchi nitratlarni qoʻshimcha qoʻllash kerak.

Davolash fonida va “yotgan” yoki “oʻtirgan ”holatdan “turgan” holatga tez oʻtishda, alkogol isteʼmol qilinganda, jismoniy yuklamalarni bajarish va issiq havoda AB ni pasayishi bosh aylanishi paydo boʻlishi mumkin, shuningdek AB ni haddan tashqari pasayganda stenokardiyani kuchayishi, ishemiyani rivojlanishi hatto miokard infarkti va toʻsatdan oʻlimga olib kelishi mumkin (paradoksal “nitrat reaksiyalari”).

Kardiket® preparati uzoq muddat qoʻllanganida tolerantlik rivojlanishi mumkin, shu sababli, 24-48 soatga bekor qilish yoki 3-6 hafta uzluksiz preparatni qabul qilishdan keyin 3-5 kun tanaffus qilish, bu vaqtda Kardiket® preparatini boshqa antianginal vositalar bilan almashtirish tavsiya etiladi.

Homiladorlik va emizish davrida qoʻllanishi

Kardiket® preparatini homilador ayollarda qoʻllash boʻyicha klinik tadqiqotlar oʻtkazilmagan. Homiladorlikda faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila va/yoki bola uchun boʻlishi mumkin boʻlgan xavfdan yuqori boʻlgandagina qoʻllash mumkin. Bunda homilador ayolning holati va homilani rivojlanishini sinchkovlik bilan kuzatiladi.

Nitratlarni ona sutiga kirishi haqida xabarlar mavjud, ammo ona sutida izosorbid dinitrati va uning metabolitlarining aniq miqdori aniqlanmagan. Shuningdek chaqaloqlarda metgemoglodinemiya rivojlanishi xavfi haqida xabar berilgan, shuning uchun emizish vaqtida preparatni ehtiyotkorlik bilin qabul qilish kerak.

Bolalarda qoʻllanishi

Hozirgi vaqtgacha bu preparat bilan bolalarni davolash tajribasi yoʻq.

Keksa yoshli patsiyentlarda qoʻllanishi

Keksa yoshli bemorlarda dozalashni toʻgʻrilash zarurati haqida maʼlumot yoʻq.

Avtotransportni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Izosorbid dinitrati transport vositasini boshqarish va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shugʻullanish qobiliyatini susaytirishi mumkin. Shuning uchun transport vositasini boshqarish va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shugʻullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin. 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ortostatik vazodilatatsiya bilan arterial bosimni yaqqol pasayishi, reflektor taxikardiya va bosh ogʻrigʻi. Teri rangini oqarishi, koʻp terlash, “ipsimon” puls, holsizlik, bosh aylanishi, shu jumladan postural bosh aylanishi, teri giperemiyasi, koʻngil aynishi, qusish, diareya paydo boʻlishi mumkin. yuqori dozalarda (tana vazniga 20 mg/kg dan yuqori) izosorbid dinitratining metabolizmi natijasida nitrit-ionlarni hosil boʻlishi sababli, metgemoglobinemiya, sianoz, taxipnoe, dispnoe paydo boʻlishini kuzatish mumkin, shuningdek xavotirlik xissi, hushdan ketish va yurakni toʻxtab qolishi yuz berishi mumkin. Bu simptomlar izosorbid dinitratining dozasini oshirib yuborilishi bilan bogʻliqligini inkor etib boʻlmaydi.

Preparatning juda yuqori dozalarida serebral simptomlar bilan kechuvchi bosh miya ichki bosimi oshishi mumkin. Surunkali dozani oshirib yuborilishida metgemoglobin miqdorini oshishi aniqlanadi.

Davolash: dozani oshirib yuborilishi simptomlari paydo boʻlganida preparatni qabul qilishni toʻxtatish, meʼdani yuvish, faollashtirilgan koʻmirni qabul qilish kerak.

AB yaqqol pasayishi va/yoki shok holatida – patsiyentning oyoqlarini yuqoriga koʻrtarib, gorizontal holatga oʻtkazish va aylanayotgan qon hajmini (AYUQX) toʻldirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak; ayrim hollarda qon aylanishini yaxshilash uchun norepinefrin (noradrenalin) va/yoki dopamin infuziyasini oʻtkazish mumkin. Epinefrin (adrenalin) va unga yaqin birikmalarni yuborish mumkin emas.

Metgemoglobinemiyada:

  1. Askorbin kislotasi – 1 g ichga yoki natriyli tuzi shaklida vena ichiga – 0,1-0,15 mg/kg 1% eritma 50 ml gacha yuboriladi.
  2. Oksigenoterapiya, gemodializ, qon quyish.

 

Chiqarilish shakli  

Taʼsiri uzaytirilgan tabletkalar 20 mg, 40 mg.

10 tabletkadan polipropilen folga yoki tiniq polipropilen folga va alyumin folgali yoki polivinilxlorid plyonka va alyumin folgali blisterda.

2 yoki 5 blisterdan qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori boʻlmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.