Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Карбоплатин КОНЦЕНТРАЦИЯ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Карбоплатин КОНЦЕНТРАЦИЯ ДЛЯ ИНФУЗИИ 450мг/45мл №1

350 000 so'mdan
(1183)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Carboplatin
Ishlab chiqaruvchi
ЭБЕВЕ
Chiqarilish shakli
КОНЦ Д/ИНФ
Farma. Guruh
Противоопухлевые препараты
Dori tafsilotlari
SIFAT VA MIQDORIY TARKIBI
CHIQARILISH SHAKLI
KLINIK XARAKTЕRISTIKASI
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
6. FARMATSЕVTIK XARAKTЕRISTIKASI
BЕRISH TARTIBI
SIFAT VA MIQDORIY TARKIBI

1 ml da 10 mg karboplatin saqlanadi.

Yordamchi moddalarning toʻliq roʻyxati 6.1 boʻlimda berilgan.

 

CHIQARILISH SHAKLI

Infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat.

Tiniq, butunlay yoki deyarli rangsiz eritma.

 

 

KLINIK XARAKTЕRISTIKASI

4.1. Qoʻllanishi

Tuxumdonning tarqalgan epitelial raki:

     (a)  birinchi tizim terapiyasi;

     (b)  ikkinchi tizim terapiyasi (davolashning boshqa turlarini samarasi boʻlmaganda).

Oʻpkaning tarqalgan maydaxujayrali va maydaxujayrali boʻlmagan raki.

Karboplatin Ebeve kattalarda ishlatish uchun moʻljallangan.

 

4.2. Qoʻllash usuli va dozalari

Karboplatinni faqat oʻsmalarga qarshi davolashni oʻtkazish tajribasiga ega boʻlgan shifokorlar ishlatishlari kerak.

 

Tavsiya etiladigan doza

Ilgari oʻsmalarga qarshi davolash olmagan, buyraklar faoliyati normal (yaʼni kreatinin klirensi ≥ 60 ml/min) boʻlgan patsiyentlar uchun doza 400 mg/m2 ni tashkil qiladi (bir marta, davomiyligi 15-60 minut boʻlgan qisqa muddatli vena ichiga infuziya koʻrinishida).

 

Davolash siklini takrorlashga faqat oldingi sikldan keyin 4 xafta oʻtgach va/yoki neytrofillarning miqdori kamida 2 000 xujayra/mm3 gacha va trombotsitlar miqdori kamida 100 000 xujayra mm3 gacha oshgandan keyin yoʻl qoʻyiladi.

 

Xavf omillari boʻlgan patsiyentlarda, xususan ilgari miyelosupressiv davolash olgan, va umumiy xolati ogʻir boʻlganlarda (ECOG 2-4 yoki Karnovskiy indeksi 80%), boshlangʻich dozani 20-25% ga pasaytirish tavsiya etiladi.

 

Davolashning birinchi sikllari davomida, keyingi davolash sikllarida dozani toʻgʻirlash maqsadida, xar xaftada qon taxlillarini oʻtkazish yoʻli bilan gematologik koʻrsatgichlarning minimal qiymatlarini baxolash tavsiya etiladi.

 

Dozani baxolash uchun muqobili sifatida Kalvert formulasini ishlatish mumkin:

Doza (mg) = AUC ni kerakli qiymati (mg/ml/min) x (SKF (ml/min) + 25).

Doza (mg) = AUC ni kerakli qiymati (mg/ml/min) x (SKF (ml/min) + 25).

AUC ni kerakli

qiymati

Rejalashtirilgan

ximioterapiya

Patsiyentni davolash   anamnezi

5-7 mg/ml/minut

Monoterapiya

  Ilgari davolash oʻtkazilmagan

4-6 mg/ml/minut

Monoterapiya

  Ilgari davolash oʻtkazilgan

4-6 mg/ml/minut

Karboplatin + 

siklofosfamid

  Ilgari davolash oʻtkazilmagan

 

Izox: Kalvert formulasi boʻyicha karboplatinning dozasi mg/m2 ga emas, balki mg ga xisoblanadi. Oldingi jadal davolash olgan patsiyentlarda, Kalvert formulasi ishlatilmasligi kerak**.

** Oldingi jadal davolash quydagi preparatlarni oʻz ichiga oladi:

  • mitomitsin S;
  • notrozomochevina xosilalari;
  • doksorubitsin/siklofosfamid/sisplatin bilan majmuaviy davolash;
  • besh yoki undan koʻproq oʻsmalarga qarshi preparatlar bilan majmuaviy davolash;
  • nur bilan davolash ≥ 4500 rad minimum  20 x 20 sm oʻlchamli bir maydon yoki birdan koʻp maydon.

 

Davolashga oʻsmaning javobi boʻlmaganda, kasallik zoʻrayib borganda va/yoki oʻzlashtiraolmaydigan noxush samaralar rivojlanganda, karboplatin Bilan davolashni toʻxtatish kerak.

 

Buyraklar faoliyatini buzilishi

Kreatinin klirensi 60 ml/minutdan kam boʻlgan boʻlgan patsiyentlarda ogʻir miyelosupressiya rivojlanishini xavfi oshadi.

 

Ogʻir leykopeniya, neytropeniya va trombotsitopeniya rivojlanishini tez-tezligi preparatning quyidagi dozalari olinganda 25% darajasida saqlanadi:

Kreatinin klirensi                                              Boshlangʻich doza (1-nchi kuni)

41-59 ml/minut                                                       250 mg/m2 (vena ichiga)

16-40 ml/minut                                                       200 mg/m2 (vena ichiga)

 

Buyraklar faoliyatini buzilishi boʻlgan patsiyentlarda dozani sinchiklab tanlash va gematologik koʻrsatgichlarning minimal qiymatini va buyraklar faoliyatini nazorat qilish kerak.

 

Kreatinin klirensi 15 ml/minutdan yuqori boʻlmagan patsiyentlarda davolash oʻtkazish tavsiya etilmaydi.

 

Yuqorida sanab oʻtilgan barcha tavsiyalarni faqat davolashning birinchi siklida qoʻllash mumkin. Barcha boshqa sikllarda oʻzlashtirilishini va miyelosupressiyaning toʻgʻri keluvchi darajasini xisobi bilan preparatning dozasi shaxsiy toʻgʻirlanishi kerak.

 

Majmuaviy davolash

Karboplatinni boshqa miyelosupressantlar bilan majmuada optimal ishlatish uchun, tanlangan tartib va dozalash sxemasiga muvofiq dozani toʻgʻirlash talab etiladi.

 

Bolalar

Bu populyatsiya uchun preparatni dozalash boʻyicha tavsiyalar yoʻq.

 

Keksa yoshli patsiyentlar (65 yoshdan oshgan)

Patsiyentning umumiy xolatiga qarab, preparatning dozasini toʻgʻirlash talab qilinishi mumkin.

 

Yuborish usuli

Preparat faqat vena ichiga yuborish uchun moʻljallangan va suyultirishni talab qiladi.

 

Suyultirish

Yuborish oldidan konsentratni 5% glyukozada 0,5 mg/ml dan yuqori boʻlmagan konsentratsiyagacha suyultirish kerak.

 

4.3. Qoʻllash mumkin boʻlmagan xolatlar

– faol moddaga yoki platinaning boshqa preparatlariga oʻta yuqori sezuvchanlik;

– emizish (4.6 boʻlimga qarang);

– ogʻir miyelosupressiya;

– qonayotgan oʻsmalar;

– qon ketishi va oʻtkir infeksiyalar (masalan, oʻrab oluvchi gerpes);

– buyraklar faoliyatini ogʻir buzilishi (kreatinin klirensi ≤ 30 ml/minut), shifokor va patsiyent davolashdan potensial foyda uning potensial xavfidan yuqori deb xisoblagan xollardan tashqari;

– sariq isitmani oldini olish uchun bir vaqtdagi vaksinatsiya (4.5. boʻlimga qarang).

 

4.4. Aloxida ogoxlantirishlar va extiyotkorlik choralari

Ogoxlantirishlar

Karboplatin faqat oʻsmalarga qarshi davolashni oʻtkazish tajribasiga ega boʻlgan shifokorlar tomonidan ishlatilishi kerak. Muntazam qon manzarasini, jigar va buyraklar faoliyatini nazorat qilish kerak; bu koʻrsatgichlarda patologik oʻzgarishlar rivojlanganda preparatni bekor qilish talab etiladi.

Potensial asoratlarini davolash uchun diagnostik va davolash jixozlari boʻlishi kerak.

Karboplatin tor terapevtik doirada yuqori toksikligi bilan xarakterlanadi, shuning munosabati bilan uning terapevtik samarasini rivojlanishini, toksikligining maʼlum darajasini koʻrinishlarisiz extimoli kam.

 

Gematologik toksiklik

Tavsiya etilgan dozalarda ishlatilganda karboplatinning gematologik toksikligi odatda oʻrtacha va qaytuvchi; lekin buyraklar faoliyatini buzilishi boʻlgan patsiyentlarda yoki bir vaqtda yoki ilgari boshqa miyelosupressantlar yoki nur bilan davolashni olgan patsiyentlarda, ogʻir miyelosupressiya rivojlanishi mumkin (asosan trombotsitopeniya).

Leykopeniya, neytropeniya va trombotsitopeniya dozaga bogʻliq va dozani chegaralovchi koʻrinishlar xisoblanadi. Davolashgacha va davolash jarayonida qon koʻrsatgichlarini, jigar va buyraklar faoliyatini tez-tez nazorat qilish kerak. Toksiklik koʻrinishlari rivojlanganda bu nazoratni koʻrsatgichlar normallashgunicha davom ettirish kerak. Karboplatin bilan monoterapiya olayotgan patsiyentlarda koʻrsatgichlarning minimal qiymatlari 21-nchi kuni, karboplatin va boshqa preparatlar bilan majmuaviy davolash olayotganlarda esa – 15-nchi kuni qayd etiladi (mediana). Odatda leykotsitlar, neytrofillar va trombotsitlarning miqdori normsallashmagunicha karboplatin bilan davolash sikllarini takrorlashga yoʻl qoʻyilmaydi. Karboplatin bilan davolash siklini takrorlashga faqat oldingi sikl tugagandan keyin kamida 4 xafta oʻtgach va/yoki neyrtofillar miqdori kamida 2 000 xujayra/mm2 va trombotsitlar miqdori kamida 100 000 xujayra/mm2 ga oshganda yoʻl qoʻyiladi.

 

Anemiiya tez-tez rivojlanadi, lekin  juda kam transfuzion davolashni talab qiladi.

Dori-induksiyalagan antitelalarning mavjudligi bilan gemolitik anemiya rivojlanishi mumkin, bu oʻlimbilan yakunlanishga olib kelishi mumkin.

 

Karboplatin va boshqa oʻsmalarga qarshi preparatlar bilan davolashdan keyin bir necha yil oʻtgach, oʻtkir promiyelotsitar leykoz va miyelodisplastik sindrom (MDS)/oʻtkir miyeloid leykoz (OʻML) rivojlanishi xollari kuzatilgan.

 

Bundan tashqari, ogʻir xolatda boʻlgan, shuningdek oldin jadal davolash olgan (ayniqsa sisplatin bilan) yoki 65 yoshdan katta boʻlgan, bir vaqtda nefrotoksik davolash olgan patsiyentlarda, ogʻir yoki davomli miyelosupressiya rivojlanishi mumkin. Boshlangʻich dozani toʻgʻirlash (4.2 boʻlimga qarang) va qonni muntazam taxlili kerak. Karboplatin va boshqa miyelosupressantlar Bilan majmuaviy davolashning additiv samaralarini minimallash maqsadida, preparatlarni dozalash tartiblarini sinchiklab rejalashtirish kerak. Suyak koʻmigi faoliyatini ogʻir susayishi boʻlgan patsiyentlarda, tutib turuvchi transfuzion davolashni oʻtkazish talab etilishi mumkin.

 

Karboplatin va bir vaqtda ishlatilayotgan ximioterapiya vositalarining miyelosupressiya samaralari qoʻshilishi mumkin. Ogʻir va turgʻun miyelosupressiyasi boʻlgan patsiyentlarda infeksion asoratlar xavfi oshadi, ular xam oʻlim bilan yakunlanishga olib kelishi mumkin (4.8. boʻlimga qarang). Bunday samaralar rivojlanganda karboplatin bilan davolashni toʻxtatish kerak.

 

Miyelosupressiya rivojlanganda preparatning dozasini toʻgʻirlash uchun mezonlarga 4.2 boʻlimga qarang; dozani pasaytirishga muqobil sifatida neytrofillar va trombotsitlarning miqdori normallashgunicha (≥2 000 xujayra/mm2 va 100 000 xujayra/mm2) toʻliq terapevtik dozani yuborishni kechiktirish mumkin.

 

Miyelosupressiv samaraning yaqqolligi buyrak klirensi bilan yaqin korrelyatsiya qiladi.

 

Meʼda-ichak yoʻllari

Karboplatin qusish chaqirishi mumkin. Uning tez-tezligi va ogʻirlik darajasi antiemetiklar ishlatilganida kamayishi mumkin.

Degidratatsiyasi, assit va plevral suyuqligi boʻlgan patsiyentlarda aloxida extiyotkorlikka rioya qilish kerak.

 

Gemolitiko-uremik sindrom

Gemolitiko-uremik sindrom xayot uchun xavf soluvchi noxush reaksiya xisoblanadi. Mikroangiopatik gemolitik anemiyaning birinchi belgilari rivojlanganda karboplatinni bekor qilish kerak. Davolash bekor qilingandan keyin buyrak yetishmovchiligi qaytmas boʻlishi mumkin, va dializli davolash talab etiladi.

 

Oʻta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari

Platinaning boshqa preparatlarini ishlatishdagi kabi, karboplatinga allergik reaksiyalar (eritemalari, sabablarsiz tana xaroratini oshishi va teri toshmasi) rivojlanishi mumkin. Ular koʻproq infuziya jarayonida paydo boʻladi va uni toʻxtatishni, shuningdek adekvat simptomatik davolashni talab qiladi. Ayrim xollarda anafilaksiya, angionevrotik shishi va anafilaktoid reaksiyalar, shu jumladan bronxospazm, eshakemi yuzni shishi rivojlanishi mumkin, ular juda kam xollarda oʻlim bilan yakunlanishga olib kelishi mumkin.  Bunday reaksiyalar rivojlanganda darxol davolash toʻxtatiladi va simptomatik davolash boshlanadi. Allergik reaksiyalar rivojlanishini tez-tezligi ilgari platina preparatlarini olgan patsiyentlarda oshishi mumkin; lekin allergik reaksiyalar karboplatinni birinchi yuborishda xam kuzatilgan. Platina preparatlariga qarama-qarshi reaksiyalar taʼriflangan, ular ayrim xollarda oʻlim bilan tugashi mumkin (4.3 va4.8 boʻlimlarga qarang).

Potensial allergik reaksiyalarga patsiyentlarni sinchiklab kuzatish kerak.

 

Nefrotoksiklik

Karboplatin asosan siydik bilan chiqariladi. Buyraklar faoliyatini buzilishi boʻlgan patsiyentlarda karboplatinning qon yaratish tizimiga taʼsiri yaqqolroq va davomiyroq. Shuning uchun ularda karboplatinni ishlatish aloxida extiyotkorlikni va preparatning dozasini toʻgʻirlashni talab qiladi (4.2 boʻlimga qarang).

 

Karboplatin bilan davolash boshlangunicha buyraklar faoliyatini buzilishi boʻlgan patsiyentlarda, va sisplatin bilan davolash fonida nefrotoksiklik aniqlangan patsiyentlarda, nefrotoksiklik koʻproq rivojlanishi va yaqqolroq ifodalangan boʻlishi mumkin. Karboplatinni aminoglikozidlar yoki boshqa nefrotoksik preparatlar bilan birga ishlatish tavsiya etilmaydi. Sisplatinga qarama-qarshi, karboplatinni yuborishgacha va yuborgandan keyin patsiyentni gidratatsiyasi talab etilmaydi, chunki karboplatin nisbatan past nefrotoksiklik potensialiga ega.

 

Karboplatin jigar va buyraklar faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatish qobiliyatiga ega. Karboplatin juda yuqori dozalarda (monoterapiyada ishlatish uchun tavsiya etilgandan ≥ 5 marta yuqori) jigar va/yoki buyraklar faoliyatining ogʻir oʻzgarishlarini chaqirish qobiliyatiga ega. Bunda yetarli gidratatsiyani preparatni buyraklar faoliyatiga salbiy taʼsirini yumshatishi mumkinligi nomaʼlum. Jigar va buyraklar faoliyatini oʻrtacha va ogʻir oʻzgarishlari rivojlanganda, dozani pasaytirish yoki davolashni bekor qilish kerak. (4.8 boʻlimga qarang).

 

Jigarning venookklyuzion kasalligi

Jigarning venookklyuzion kasalligi (sinusoidal obstruksiya sindromi), shu jumladan, oʻlim bilan yakunlangan, xollari xaqida xabar berilgan. Patsiyentlar jigarda metastazlar mavjudligini aniq oqibati boʻlmagan jigar faoliyatini buzilishini belgilari va simptomlari yoki portal gipertenziya rivojlanishi xolatiga kuzatuv ostida boʻlishlari kerak.

 

Oʻsmaning lizisi sindromi

Preparat bozorga chiqqanidan keyin karboplatin bilan monoterapiyada yoki boshqa ximioterapevtik preparatlar bilan majmuada davolash olgan patsiyentlarda oʻsma lizisi sindromi (OʻLS) xollari xaqida xabarlar tushgan. OʻLS rivojlanishini yuqori xavfi (masalan, oʻsmaning yuqori proliferativ faolligi, katta oʻsma yuklamasi va sitotoksik preparatlarga yuqori sezuvchanligi boʻlgan patsiyentlarni davolashda, sinchiklab kuzatish va extiyotkorlikning muvofiq choralariga rioya qilish kerak. 

 

Neyrotoksiklik

Periferik neyrotoksiklik odatda nisbatan tez-tez rivojlanadi va asosan paresteziya va chuqur pay reflekslarini pasayishi bilan cheklanib, ogʻirligi yengil darajali boʻladi, lekin koʻproq 65 yoshdan katta va/yoki ilgari sisplatin olgan patsiyentlarda kuzatiladi. Shuning uchun patsiyentlarni muntazam nevrologik tekshirishlarini oʻtkazish kerak.

 

Koʻrishni buzilishi, shu jumladan koʻrishni yoʻqolishi, buyraklar faoliyatini buzilishi boʻlgan patsiyentlarda, karboplatin tavsiya etilgan dozalardan yuqori dozalar yuborilgandan keyin aniqlangan.  Koʻrishni yoʻqolishi, extimol, preparatning yuqori dozalari bekor qilingandan keyin qisman yoki toʻliq qaytuvchi boʻladi.

 

Qaytuvchi orqa leykoensefalopatiya sindromi

Karboplatinni ximioterapiya bilan birga olgan patsiyentlarda, davolash bekor qilingandan keyin yoʻqoladigan qaytuvchi orqa leykoensefalopatiya sindromi (QOLS) rivojlanishi xollari aniqlangan (4.8 boʻlimga qarang).

 

Ototoksiklik

Karboplatin bilan davolash jarayonida eshitishni buzilishi aniqlangan; bunda ototoksiklik bolalarda yaqqolroq boʻlishi mumkin (shu jumladan eshitishni kechiktirilgan yoʻqolishi). Ilgari sisplatin olgan, karboplatinni yuqori dozalarda olgan va 65  yoshdan katta yoshga yetgan patsiyentlarda kumulyativ ototoksiklikning xollari taʼriflangan. Shuning uchun davolashni boshlash oldidan, davolash jarayonida, shuningdek eshitishni oʻzgarishlari, ayniqsa bolalarda rivojlanganda, audiometriya qilish tavsiya etiladi.

 

Neyrotoksiklik va ototoksiklik koʻp uchramaydi va odatda faqat ogʻirligi yengil darajali boʻladi. Ular katta extimollik bilan 65 yoshdan oshgan yoki ilgari boshqa sisplatin preparatlari va boshqa ototoksik vositalarni olgan patsiyentlarda rivojlanadi.

 

Extiyotkorlikning boshqa choralari

Ximioterapiya, shu jumladan karboplatin olayotgan immunokomprometatsiya boʻlgan patsiyentlarga tirik yoki kuchsizlantirilgan vaksinalarni yuborish, jiddiy va potensial letal infeksiyalar rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Tirik vaksinalar bilan immunizatsiyadan saqlanish kerak. Oʻldirilgan yoki faolsizlantirilgan vaksinalarni ishlatish mumkin, lekin bu vaksinalarga javob past boʻlishi mumkin (shuningdek 4.5 boʻlimga qarang).

 

Karboplatinning kanserogenligini tekshirishlari oʻtkazilmagan, lekin oʻxshash taʼsir mexanizmiga va mutagenlikka ega preparatlarning kanserogenligi xaqida xabar berilgan (5.3 boʻlimga qarang).

 

Bolalar va oʻsmirlarda karboplatinning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

 

Karboplatinni tayyorlash va yuborish uchun alyumin komponentlari boʻlgan jixozlarni ishlatish mumkin emas.

 

Keksa patsiyentlar (65 yoshdan katta)

Karboplatin va siklofosfamid bilan majmuaviy davolashni tekshirishlarida, karboplatin olgan keksa patsiyentlarda, yoshroq shaxslardagiga qaraganda ogʻir trombotsitopeniyaning extimoli yuqori boʻlgan. Bundan tashqari, preparatning dozasini tanlashda, keksa yoshli patsiyentlarda koʻpincha buyraklar faoliyatini pasayishi kuzatilishini xisobga olish kerak (4.2 boʻlimga qarang).

 

4.5. Boshqa dori preparatlari bilan oʻzaro taʼsiri va oʻzaro taʼsirning boshqa shakllari

Xavfli oʻsmali bemorlarda trombozlar xavfi yuqoriligi oqibatida, ularda koʻpincha antikoagulyantlar bilan davolash oʻtkaziladi. Qonning ivish tizimi parametrlarini shaxslar orasidagi axamiyatli farqi va peroral antikoagulyantlar va ximiopreparatlar orasidagi mumkin boʻlgan oʻzaro taʼsirlar oqibatida, XNN muntazam monitoring qilish kerak.

Bir vaqtda yuborish mumkin emas

  • Sariq isitmaga qarshi vaksina: mikroorganizmning vaksina shtamm chaqirgan yoyilgan va extimol letal infeksiyaning xavfi bor (4.3 boʻlimga qarang).

Bir vaqtda yuborish tavsiya etilmaydi

  • Tirik kuchsizlangan vaksinalar (sariq isitmani oldini olish uchun vaksinadan tashqari): tizimli, extimol letal infeksiyaning xavfi bor. Bu xavf asosiy kasallik oqibatidagi immun tizimi faoliyatini buzilishi boʻlgan patsiyentlarda oshadi. Iloji boricha faolsizlantirilgan vaksinalarni (masalan, poliomiyelitni oldini olish uchun vaksina) ishlatish kerak.
  • Fenitoin, fosfenitoin: sitotoksik bilan induksiyalangan meʼda-ichak yoʻllaridan soʻrilishini pasayishi oqibatida tirishishlarning kuchayishini xavfi, shuningdek toksiklik xavfini oshishi yoki fenitoin chaqirgan sitostatikning jigar metabolizmini kuchayishi xisobiga uning samarasini yoʻqolishini xavfi bor.

Bir vaqtda qoʻllashni extiyotkorlik bilan amalga oshirish kerak

  • Siklosporin (shuningdek takrolimus va sirolimus): yaqqol immunosupressiya va limfoproliferativ buzilishlarning xavfi.
  • Xalqali diuretiklar: kumulyativ nefro- yoki ototoksiklik oqibatida aloxida extiyotkorlikka rioya qilish kerak.
  • Bir vaqtda nefro- yoki ototoksik dori vositalarini yuborish tavsiya etilmaydi, chunki karboplatin bu preparatlarning buyrak klirensini oʻzgarishlarini chaqiradi, bu ularning toksikligini, ayniqsa buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda kuchaytirishi mumkin.

Karboplatinni boshqa miyelosupressantlar bilan majmualash ikkala komponentning suyak koʻmigiga taʼsirini kuchaytirishi mumkin. Boshqa nefrotoksik preparatlar bilan bir vaqtda davolash jarayonida, karboplatinning buyrak klirensini pasayishi oqibatida ogʻir va davomli miyelosupressiya rivojlanishi mumkin.

 

Karboplatinni va varfarin extiyotkorlik bilan majmualash kerak, chunki bunda XNN oshishini xollari qayd etilgan.

 

Karboplatin boshqa emetogan dori vositalari bilan majmualanganda yoki u ilgari emetogen davolash olgan patsiyentlarda ishlatilganda, qusish tez-tezligini oshishi aniqlangan.

Karboplatinni xelatlovchi moddalar bilan bir vaqtda yuborishdan saqlanish kerak, chunki bu, nazariy, birinchisining oʻsmaga qarshi taʼsirini pasaytirishi mumkin. Xayvonlardagi tekshirishlarda va klinik tekshirishlarda biroq, dietilditiokarbamatni karboplatinning oʻsmalarga qarshi samarasiga taʼsir koʻrsatmasligi koʻrsatilgan.

 

4.6 Fertillikka taʼsiri, xomiladorlik va emizish davrida qoʻllanishi

Xomiladorlik davrida qoʻllanishi

Karboplatin xomilada rivojlanish nuqsonlarini chaqirish qobiliyatiga ega. Xayvonlardagi tekshirishlarda reproduktiv toksikligi namoyish qilingan ((5.3 boʻlimga qarang). Karboplatin organogenez davrida ishlatilganda kalamushlarda teratogenlik va embriotoksiklik namoyon qilgan. U shuningdek in vivo va in vitro mutagen xisoblanadi. Odamda xomiladorlik davrida preparatni ishlatishni nazoratli tekshirishlari oʻtkazilmagan. Agar bu preparat xomiladorlik davrida yoki xomiladorlik yuz berganda ishlatilsa, ayol patsiyentni xomila uchun potensial xavfi xaqida xabardor qilish kerak.

Xomiladorlik davrida karboplatin faqat qatʼiy koʻrsatmalar boʻyicha ishlatilishi kerak. Reproduktiv yoshdagi ayollarga xomiladorlik yuz berishidan saqlanish tavsiya etiladi.

Xomilador ayollar karboplatin bilan muloqatda boʻlmasliklari kerak.

 

Emizish

Karboplatinni odam koʻkrak sutiga oʻtishi xaqida maʼlumotlar yoʻq.

Preparat bilan davolash oʻtkazishning zarurati boʻlgan xolda emizish toʻxtatilishi kerak.

Fertillik

Karboplatin genotoksik.

Reproduktiv yoshdagi xamma patsiyentlar davolash davrida xam, u yakunlangandan keyin yana 6 oy davomida kontratsepsiyaning samarali usullarini ishlatishlari kerak.

Preparat xomiladorlik vaqtida ishlatilganda, shuningdek davolash davomida xomiladorlik yuz berganda, ayol patsiyenlarga genetik maslaxat olish tavsiya etiladi.

Preparat bilan davolash fonida gonadalar faoliyatini bostirilishi amenoreya va azospermiya rivojlanishiga olib kelish qobilyatiga ega, ularning yaqqolligi doza va davolashning davomiyligiga bogʻliq, va ular qaytmas boʻlishi mumkin.

Erkak jinsi patsiyentlarga davolashni boshlashgacha urugʻ suyuqligini konservatsiya qilish boʻyicha maslaxat olish tavsiya etiladi, chunki karboplatin qaytmas bepushtlik chaqirishi mumkin.

 

4.7 Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga taʼsiri

Tekshirishlar oʻtkazilmagan. Karboplatin koʻngil aynishi, qusish, koʻrish aniqligini pasayishini va ototoksiklik chaqirib transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga bilvosita taʼsir qilishi mumkin. Shuning uchun patsiyentlar bu buzilishlarni transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga potensial taʼsiri xaqida xabardor qilingan boʻlishlari kerak.

 

4.8 Noxush samaralari

Quyida keltirilgan roʻyxatda noxush samaralari MedDRA da ishlatiladigantizim-aʼzolar sinflari, atamalar boʻyicha va uchrash tez-tezligini quyidagi mezonlari boʻyicha berilgan:

Juda tez-tez (≥ 1/10);

Tez-tez (≥ 1/100, lekin ≤ 1/10);

Tez-tez emas (≥ 1/1000, lekin ≤ 1/100);

Kam (≥ 1/10000, lekin ≤ 1/1000);

Juda kam (≤ 1/10000);

Tez-tezligi nomaʼlum: mavjud boʻlgan maʼlumotlar boʻyicha baxolash mumkin emas.

 

Aʼzolar tizimi

sinfi

        Tez-tezligi

          MedDRA atamasi

Xavfsiz, xavfli

va tasniflanma-

gan oʻsmalar (kista va poliplarni xam qoʻshib)

Tez-tez emas

Karboplatin monoterapiyada va majmuaviy davolash tarkibida ishlatilgandan keyin kuzatilgan, oʻtkazilayotgan davolash bilan bogʻliq boʻlgan ikkilamchi oʻsmalar (shu jumladan, oldingi nurli davolashli karboplatin bilan monoterpiyadan keyin 6 yil oʻtgach promiyelotsitar leykoz preparatni qoʻllash bilan sabab-oqibat aloqasi aniqlanmagan).

Infeksiyalar va invaziyalar

Tez-tez

Infeksiyalar*.

Tez-tezligi noʼmalum

Pnevmoniya.

Qon va limfatik tizimi tomonidan oʻzgarishlar

Juda tez-tez

Trombotsitopeniya, neytropeniya

Leykopeniya, anemiya.

Tez-tez

Qon ketishi*.

Kam

Tana xaroratini oshishi,

Sepsis/septik shok.

Tez-tezligi nomaʼlum

Suyak koʻmigi faoliyatini 

yetishmasligi, gemopoezni buzi-, lishi, febril neytropeniya, gemolitiko-uremik sindrom

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez

Oʻta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, anafilaktoid reaksiyalar (kam xollarda-oʻlim bilan yakunlanuvchi, yuborish boshlangandan keyin bir necha minut davomida rivojlanishi mumkin. Ularning simptomlari bronxospazm, eshakemi, yuzni shishi va qizarishi, dispnoe, gipotenziya, bosh aylanishi, anafilaktik shok, xushtakli nafas va taxikardiya xisoblanadi-4.4 boʻlimga qarang).

Ovqatlanish va moddalar almashinuvini buzilishlari

Juda tez-tez

Karboplatin bilan davolashdan keyin qon zardobida elektrolitlar konsentratsiyasini pasayishi (magniy (29%), kaliy (20%), natriy (29%) va kalsiy (22%) aniqlangan, lekin ular muvofiq klinik koʻrinishlarni induksiyalash uchun yetarlicha ogʻir boʻlmagan. Xususan, erta gipernatriyemiya xollari qayd etilgan.

Tez-tezligi nomaʼlum

Degidratatsiya, anoreksiya, oʻsma lizisi sindromi.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez

Periferik neyropatiya, paresteziya, chuqur pay reflekslarini pasayishi, sezuvchanlikni buzilishi, disgveziya.

Tez-tez emas

Markaziy nerv tizimi tomonidan simptomlar (koʻpincha-bir vaqtda antiemetiklar ishlatilganda)

Tez-tezligi nomaʼlum

Serebrovaskulyar buzilishlar, qaytuvchi orqa leykoensefalopatiya sindromi#, insult*.

Koʻrish aʼzosi tomonidan buzilishlar

Tez-tez

Koʻrishni buzilishlari (shu jumladan kam xollarda-koʻrishni yoʻqotilishi).

Tez-tezligi nomaʼlum

Koʻruv nervining nevriti

Eshitish va muvozanat aʼzosi tomonidan buzilishlar

Juda tez-tez

Audiometriya maʼlumotlariga muvofiq, yuqori chastotali diapazonda (4000 – 8000 Gs) eshitishni subklinik yoʻqotilishi, karboplatin olgan 15% patsiyentlarda kuzatilgan.

Tez-tez

Ototoksiklikning klinik koʻrinishlari

Juda kam

Eshitishni buzilishi

Yurak tomonidan buzilishlar

Tez-tez

Yurak-tomir patologiyasi*.

Juda kam

Yurak-tomir tizimi tomonidan noxush koʻrinishlar (yurak yetishmovchiligi, emboliyalar) va serebrovaskulyar patologiya

(apopleksiya) ni yakka xollari (karboplatinni qoʻllash bilan sabab-oqibat aloqasi tasdiqlanmagan). Arterial gipertenziyaning yakka xollari qayd etilgan.

Tez-tezligi nomaʼlum

Yurak yetishmovchiligi*, yurak ishemik kasalligi (miokard infarkti, yurakni toʻxtab qolishi, stenokardiya, miokard ishemiyasi).

Tomirlar tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tezligi nomaʼlum

Emboliya*, arterial gipertenziya, arterial gipotenziya

Nafas tizimi, koʻkrak qafasi va koʻks oraligʻi tomonidan buzilishlar

Tez-tez

Respirator kasalliklar, koʻkrak qafasini qisilishi xissi bilan oʻpkalar fibrozi va dispnoe, oʻpkalarni interstitsial kasalligi, bronxospazm (bu xolatni faqat oʻta yuqori sezuvchanlikning oʻpka koʻrinishlarini istisno qilgandan keyin taʼkidlash kerak).

Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar

Juda tez-tez

Qusish, koʻngil aynishi, qorin ogʻriqlari.

Tez-tez

Diareya (8%), qabziyat (6%), mukozit.

Tez-tezligi nomaʼlum

Stomatit, pankreatit.

Gepatolbiliar tizimi tomonidan buzilishlar

Juda tez-tez

Jigar faoliyatini buzilishi.

Kam

Karboplatin tavsiya etilgandan yuqori dozalarda yuborilgandan keyin jigar faoliyatining ogʻir buzilishlari (shu jumladan jigarni oʻtkir nekrozi) aniqlangan.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar

Tez-tez

Alopetsiya, terini oʻzgarishlari

Kam

Eksfoleativ dermatit

Tez-tezligi nomaʼlum

Eshakemi, toshma, eritema, qichishish

Suyak-mushak va biriktiruvchi toʻqima tomonidan buzilishlar

Tez-tez

Suyak-mushak tizimi tomonidan buzilishlar.

Tez-tez emas

Mialgiya, artralgiya

Siydik chiqarish tizimi tomonidan buzilishlar

Juda tez-tez

Kreatinin klirensini dastlabki qiymatlarini ≤ 60 ml/min kamayishi bilan assotsiatsiyalangan buyraklar faoliyatini buzilishi

Tez-tez

Siydik jinsiy tizimining kasalliklari, giperurikemiya, qonda mochevina darajasini oshishi, qon zardobida kreatinin konsentratsiyasini oshishi.

Tizimli buzilishlar va yuborish joyidagi asoratlar

Tez-tez

Asteniya

Tez-tez emas

Grippsimon simptomlar, etni uvishishi, bosh ogʻrigʻi.

Tez-tezligi nomaʼlum

Yuborish joyida reaksiyalar, xususan achishish, ogʻriq, qizirish, eritema, shish, eshakemi va toʻqimalar nekrozi, darmonsizlik, yuborish joyida ekstravazatsiya.

Laboratoriya va instrumental tekshirishlarning oʻzgarishlari

Juda tez-tez

Kreatinin klirensini pasayishi, qonda mochevina konsentratsiyasini oshishi, ishqoriy fosfatazani oshishi, aspartataminotransferazani oshishi, jigarning funksional sinamalarini patologik oʻzgarishlari, qonda natriy, kaliy, kalsiy va magniy konsentratsiyasini pasayishi.

Tez-tez

Qonda bilirubinning konsentratsiyasini oshishi, qonda kreatinin va mochevina konsentratsiyasini oshishi.

* ≤ 1% xollarda letal, ≤ 1% xollarda letal yurak-tomir noxush koʻrinishlar, shu jumladan  yurak yetishmovchiligi, emboliyalar va serebrovaskulyar buzilishlar.

# preparat bozorga chiqqanidan keyin olingan maʼlumotlar boʻyicha.

 

Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar

Karboplatinning dozani cheklovchi nojoʻya samarasi trombotsitopeniya, leykopeniya, neytropeniya va/yoki anemiya koʻrinishida namoyon boʻluvchi suyak koʻmigining susayishi xisoblanadi. Buyraklar faoliyatini buzilishi, ilgari jadal davolash olgan, ogʻir umumiy xolatga ega boʻlgan va 65 dan katta yoshga yetgan patsiyentlarda miyelosupressiya ogʻirroq va davomliroq boʻlishi mumkin. Bunga qoʻshimcha, karboplatin boshqa miyelosupressantlar bilan majmualanganda suyak koʻmiga faoliyatining bostirilish darajasi kuchayadi. Karboplatin monoterapiyada tavsiya etilgan dozalash tartibida ishlatilganda, suyak koʻmigining susayishi odatda qaytuvchi va nokumulyativ xarakterga ega boʻladi.

Maksimal oʻzlashtiriluvchi dozada monoterapiyada karboplatin olgan patsiyentlarning taxminan 30% da, trombotsitlar miqdorini 50 000 xujayra/mm3 dan kamga pasayishi bilan trombotsitopeniya aniqlangan. Bunda koʻrsatgichlarning minimal qiymatlari 14-nchi va 21-nchi kunlar orasidagi davrda qayd etilgan, uning normallashishi esa davolash boshlangandan keyingi 35 kun davomida yuz bergan. Taxminan 20% patsiyentlarda leykotsitlar miqdori ≥ 2 000 xujayra/mm3 boʻlgan leykopeniya aniqlangan; bunda leykotsitlar miqdorini minimaldan (14-28-nchi kunlari kuzatiladigan) tiklanishi, koʻproq davom etishi mumkin va odatda davolash boshlangandan keyingi 42 kun davomida yuz beradi.

Ayrim xollarda trombotsitlar va leykotsitlar miqdorini dastlabki qiymatlargacha oshishi faqat muvofiq 35 va 42 kun oʻtgach aniqlangan. Bunday xollarda karboplatinni   faqat trombotsitlarning miqdori 100 000 xujayra/mm3 dan yuqori va leykotsitlarning miqdori 2 000 xujayra/mm3 dan yuqori boʻlgandan keyin  yuborish mumkin.

 

Taxminan 18% patsiyentlarda granulotsitlar miqdorini ≤ 1 000 xujayra/mm3 pasayishi bilan neytropeniya rivojlangan. Koʻrsatgichlarning dastlabki qiymatlari normal boʻlgan 15% patsiyentlarda,  gemoglobinning konsentratsiyasini 8 g/dl dan kamga pasayishi aniqlangan. Anemiya tez-tez rivojlangan va kumulyativ boʻlishi mumkin. Bunda anemiyaning tez-tezligi karboplatinning ekspozitsiyasi qiymatlarini oshishi bilan oshgan.

 

Miyelotoksiklik ilgari oʻsmalarga qarshi davolash, ayniqsa sisplatin olgan patsiyentlarda, shuningdek buyraklar faoliyatini buzilishi boʻlgan patsiyentlarda yaqqolroq boʻlgan. Ogʻir xolatda boʻlgan patsiyentlarda, shuningdek  leykopeniya va trombotsitopeniya tez-tezligini oshishi qayd etilgan. Garchi bu samaralar qaytuvchi boʻlsada, ular karboplatin olgan muvofiq 4% va 5% patsiyentlarda infeksion va gematologitk asoratlar rivojlanishiga  olib kelgan. Bu asoratlar 1% dan kam patsiyentlarda oʻlim bilan yakunlangan.

 

Shuningdek klinik axamiyatli boʻlmagan gemorragik asoratlar ham aniqlangan.

 

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Karboplatin bilan davolashdan keyin periferik neyropatiyaning tez-tezligi 4% ni tashkil qilgan. Koʻpchilak patsiyentlarda neyrotoksiklik paresteziyalar va chuqur pay reflekslarini pasayishi bilan cheklangan. 65 va undan katta yoshli, shuningdek  ilgari sisplatin olgan patsiyentlarda, bu noxush samaralarning tez-tezligi va ogʻirligi yuqori boʻlgan. Karboplatin bilan davolashni boshlashgacha kuzatilgan, ayniqsa ilgari sisplatin bilan davolash oʻtkazilishi bilan bogʻliq boʻlgan paresteziyalar, karboplatin bilan davolash jarayonida saqlanishlari yoki yomonlashishlari mumkin (4.4 boʻlimga qarang).

MNT tomonidan buzilishlar, biroq, kamroq aniqlangan, va ularning koʻpchiligi antiemetiklar bilan bir vaqtda davolash bilan assotsiatsiyalangan.

Sezuvchanlikning klinik axamiyatli buzilishlari (xususan, koʻrishni va taʼm sezishni buzilishlari) 1% patsiyentlarda kuzatilgan.

Nevrologik noxush samaralarning tez-tezligi majmuaviy davolash tarkibida karboplatin olgan patsiyentlarda yuqori boʻlgan. Bu kumulyativ taʼsiri bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

 

Koʻrish aʼzosi tomonidan buzilishlar

Platina preparatlari bilan davolash jarayonida koʻpincha, kam xollarda xatto koʻrishni vaqtinchalik yoʻqolishigacha boʻlgan koʻrishni buzilishlari qayd etilgan. Bu buzilishlar faqat yuqori dozalarda davolash olgan buyraklar faoliyatini buzilishi boʻlgan patsiyentlarda aniqlangan. Preparat qayd etilgandan keyin uni qoʻllash jarayonida koʻruv nervining nevritining xollari aniqlangan.

 

Ototoksiklik

Ototoksiklikning klinik koʻrinishlari faqat 1% patsiyentlarda aniqlangan va asosan quloqlarda shovqin bilan namoyon boʻlgan. Ilgari sisplatin olgan patsiyentlarda, ularda eshitishni yoʻqolishi rivojlangan, bu oʻzgarishlar saqlanishi va yomonlashishi mumkin.

Eshitishni klinik axamiyatli yoʻqotilishi, tavsiya etilgandan yuqori dozalarda karboplatinni eshituv aʼzosiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi dori vositalari bilan majmuada olgan bolalarda qayd etilgan.

 

Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar

Qusishsiz koʻngil aynishi karboplatin olgan taxminan 15% patsiyentlarda kuzatilgan. 65% patsiyentlarda qusish kuzatilgan, u uchdan birida ogʻir darajali boʻlgan. Koʻngil aynishi va qusish karboplatin yuborilgandan keyin 6-12 soat oʻtgach rivojlangan va preparat yuborilgandan keyin birinchi 24 soat davomida yoʻqolgan. Antiemetiklarni qoʻllash odatda ularning yaqqolligini kamaytirish yoki ularning rivojlanishiga yoʻl qoʻymaslik imkoniyatini bergan.  25% patsiyentlarda na koʻngil aynishi va na qusish qayd etilmagan. Faqat1% patsiyentlarda  qusishni dorilar bilan bartaraf qilish mumkin boʻlgan. Ilgari oʻsmalarga qarshi davolash, ayniqsa sisplatin olgan patsiyentlarda, qusish koʻproq kuzatilgan.

Qusish koʻproq preparat boshqa ematogen vositalar bilan majmualanganda qayd etilgan.

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan ogʻriqli simptomlarga shikoyatlar 17% patsiyentlarda aniqlangan.

 

Allergik reaksiyalar

Karboplatinga allergik reaksiyalar 2% dan kamroq patsiyentlarda aniqlangan va toshma, eshakemi, sababsiz va qichishish bilan eritematoz toshmalar koʻrinishida namoyon boʻlgan. Bu reaksiyalar boʻyicha kerakli tutib turuvchi davolash oʻtkazilishi kerak.

Kamroq kerakli davolashni talab qiluvchi (antigistamin vositalar, glyukokortikoidlar, adrenalin bilan) allergik reaksiyalar rivojlangan. Bu reaksiyalarga anafilaksiya/anafilaktoid reaksiyalar (kam xollarda letal), anafilaktik shok, angionevrotik shishi, yuzni shishi va giperemiyasi, gipotenziya, bronxospazm, bosh aylanishi, xushtakli nafas, taxikardiya va pireksiya kiradi. Oʻta yuqori sezuvchanlik reaksiyalar preparatni vena ichiga yuborish boshlangandan keyin bir necha minut davomida rivojlanishi mumkin.

 

Gepatobiliar tizimi tomonidan buzilishlar

Karboplatin olgan va jigar faoliyatining normal dastlabki qiymatlariga ega boʻlgan patsiyentlarning taxminan uchdan birida, davolash jarayonida muvofiq koʻrsatgichlarni ogʻirligi yengil yoki oʻrtacha darajali oʻzgarishlari qayd etilgan. Ishqoriy fosfataza faolligini oshishi *24% patsiyentlarda, AST faolligini (15% patsiyentlarda), ALT yoki umumiy bilirubinning konsentratsiyasini (5% patsiyentlarda) oshishiga qaraganda koʻproq qayd etilgan. Bu ogʻishlarning koʻpchiligi davolash jarayonida spontan yoʻqolgan. Oʻzgarishlar asosan yengil darajada ifodalangan va patsiyentlarning yarmida qaytuvchi boʻlgan.

Yuqori dozalarda karboplatin olgan va suyak koʻmigini autologik transplantatsiyasini oʻtkazgan patsiyentlarning cheklangan miqdorida, jigarning funksional sinamalari qiymatlarini ogʻir oshishi aniqlangan.

 

Siydik chiqarish tizimi tomonidan buzilishlar

Karboplatin olgan patsiyentlarda kreatinin klirensi buyraklar faoliyatini sezgir parametri xisoblanadi. Koʻrsatgichni dastlabki qiymati ≥ 60 ml/minut boʻlgan 27% patsiyentlarda, kreatinin klirensini pasayishi qayd etilgan. Bunda nefrotoksiklik koʻproq va yaqqolroq karboplatin bilan davolashni boshlash oldidan buyraklar faoliyatini buzilishi boʻlgan patsiyentlarda aniqlangan.

Xozirgi vaqtda adekvat gidratatsiya bu samarani kompensatsiya qilish imkoniyatini berish-bermasligi nomaʼlum. Buyraklar faoliyatini oʻrtacha (kreatinin klirensi – 41-59 ml/min) yoki ogʻir (kreatinin klirensi – 16-40 ml/min) oʻzgarishlari rivojlanganda, dozani pasaytirish yoki preparatni bekor qilish kerak.  Kreatinin klirensi 15 ml/minutdan kam boʻlgan patsiyentlarda karboplatinni qoʻllash mumkin emas.

Karboplatin odatdagi dozalarda ishlatilganda buyraklar disfunksiyasini xollari kam qayd etilgan. Preparatning nefrotoksikligi dozani cheklovchi samara xisoblanmaydi va preventiv choralarni, masalan katta miqdorda suyuqlikni kiritish yoki jadallangan diurezni talab qilmaydi. Shunga qaramasdan, qonda mochevina (5% patsiyentlarda), qonda mochevina azotini (14% patsiyentlarda) yoki qon zardobida kreatinin (6% patsiyentlarda) konsentratsiyasini oshishi mumkin. Lekin bu simptomlar odatda yengil darajada ifodalangan va patsiyentlarning yarmida qaytuvchi boʻladi.

Buyraklar faoliyatini ogʻir buzilishida karboplatinning dozasini pasaytirish yoki uni bekor qilish kerak (4.2 va 4.3 boʻlimlarga qarang).

Karboplatin olgan patsiyentlarda giperurikemiya tez-tez aniqlangan. Qon zardobidagi siydik kislotasining oshgan konsentratsiyasini, allopurinolni yuborish yoʻli bilan samarali pasaytirish mumkin.

 

4.9 Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishining simptomlari

Davolash kursiga karboplatin vena ichiga 1600 mg/m2 gacha dozalarda yuborilgan 1 faza tekshirishlarda, xayotga xavf soluvchi gematologik noxush koʻrinishlar, xususan granulotsitopeniya, trombotsitopeniya va anemiya qayd qilingan. Granulotsitlar, trombotsitlar miqdori va gemoglobinning konsentratsiyasini minimal qiymatlari 9-25-nchi (oʻrtacha – 12-17-nchi) kunlari aniqlangan. 8-14 kundan (oʻrtacha-11 kundan) va 3-8 (oʻrtacha -7) kundan keyin granulotsitlar va trombotsitlarning qiymatlari muvofiq ≥ 500 xujayra/m3 va ≥ 25 000 xujayra/m3 qiymatlarga yetgan.

Bundan tashqari, quyidagi nogematologik noxush samaralar qayd etilgan: kalava filtratsiyasi tezligini 50% ga pasayishi bilan buyraklar faoliyatini buzilishi, neyropatiyalar, ototoksiklik, koʻrishni yoʻqolishi, giperbilirubinemiya, mukozit, diareya, bosh ogʻriqlari, eritema va ogʻir infeksiyalar bilan koʻngil aynishi va qusish. Eshitishni pasayishlari asosan oʻtkinchi va qaytuvchi boʻlgan.

 

Dozani oshirib yuborilishini davolash

Spetsifik antidoti nomaʼlum. Dozani oshirib yuborilishining taxmin qilingan asoratlari miyelosupressiya, shuningdek jigar, buyraklar va eshitish aʼzosi faoliyatini buzilishi bilan bogʻliq. Preparatni tavsiya etilgandan yuqori dozalarda ishlatish koʻrishni yoʻqotilishi bilan assotsiatsiyalangan (4.4 boʻlimga qarang). Noxush gematologik reaksiyalarni suyak koʻmigini koʻchirib oʻtkazish va transfuziyalar (trombotsitar massa, qon) yoʻli bilan samarali toʻgʻirlash mumkin.

 

Gemodializ qondan preparatni faqat u yuborilgandan keyin3 soat davomida yoʻqotish imkoniyatini beradi, chunki preparatdan ajralib chiqayotgan palatin, axamiyatli darajada qon plazmasi oqsillari bilan bogʻlanadi.

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI

Farmakodinamikasi

Farmakoterapevtik guruxi: oʻsmalarga qarshi vosita, platina preparatlari.

ATX kodi: L01XA02.

 

Karboplatin oʻsmalarga qarshi vosita boʻlib, uning faolligi sichqonlar va odam xujayralar liniyalari seriyalarida namoyish qilingan.

Karboplatin ularning joylashishidan qatʼiy nazar xavfli oʻsmalarning keng doirasiga nisbatan sisplatinning shunday xususiyati bilan solishtirarli faollikka ega.

Ishqoriy elyutsiya va DNK bilan bogʻlanish testlarida karboplatin va sisplatinni sifat jixatdan oʻxshash taʼsir mexanizmi aniqlangan. Sisplatin kabi karboplatin xam «DNK qisqarish samarasi” deb nomlanuvchi, DNK konformatsiyasining superspiralizatsiyasida oʻzgarishlar chaqiradi.

Bolalar va oʻsmirlar: preparatni bolalar va oʻsmirlarda qoʻllashning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan (4.2 va 5.2 boʻlimlarga qarang).

 

5.2 Farmakokinetikasi

Toʻgʻri chiziqliligi

Odamda karboplatin yuborilganidan keyin qon plazmasidagi platinaning dozasi va umumiy va erkin ultrafiltratsiyalanuvchi konsentratsiyalari orasida toʻgʻri chiziqli bogʻliqlik aniqlangan. Shuningdek kreatinin klirensining ≥ 60 ml/minut qiymatlarida qon plazmasidagi konsentratsiyasini vaqtga bogʻliqligini maydoni osti egri chizigʻi va platinaning umumiy dozasi orasida toʻgʻri chiziqli bogʻliqlik aniqlangan. 

 

Soʻrilishi

Toʻrt ketma-ket kunlar davomida preparatni koʻp marta yuborish, qon plazmasida platinani kumulyatsiyasiga olib kelmagan.

 

Eliminatsiyasi

Karboplatin yuborilganidan keyin odamda erkin ultrafiltatsiyalanuvchi plavtina va karboplatinning yarimchiqarilishini terminal davrining aniqlangan qiymatlari muvofiq taxminan 6 va 1,5 soat. Boshlangʻich faza davomida erkir ultrafiltratsiyalanuvchi platinaning axamiyatli ulushi karboplatin koʻrinishida qolgan. Qon plazmasidan umumiy platinaning yarimchiqarilishini terminal davri 24 soatni tashkil qilgan. Yuborilgandan keyin 24 soat davomida platinaning taxminan 87% qon plazmasida oqsillar bilan bogʻlangan boʻlgan. Karboplatin asosan siydik bilan chiqarilgan – 24 soat davomida yuborilgan platinaning taxminan 70% chiqarilgan. Faol moddaning katta qismi birinchi 6 soat davomida chiqariladi. Erkin ultrafiltratsiyalanuvchi platinaning umumiy va buyrak klirensi kalava filtratsiyasi bilan korrelyatsiya qilgan, lekin naychalar sekretsiyasi tezligi bilan emas.

Bolalarda karboplatinning klirensini taxminan 3-4 karralik variabilligi kuzatilishi mumkinligi xaqida xabarlar bor. Bu maʼlumotlar kattalarda buyraklar faoliyatini karboplatinning klirensini variatsiyalariga xissa qoʻshishi mumkinligidan dalolat beradi.

 

5.3 Xavfsizligi boʻyicha klinikagacha boʻlgan maʼlumotlar

Toksiklikning klinikagacha boʻlgan tekshirishlarida sisplatin bilan solishtirganda axamiyatli kamroq nefrotoksiklik va kamroq ematogen potensiali namoyish qilingan, lekin uning miyeldosupressiv samarasi yaqqolroq boʻlgan.

Karboplatin in vitro va in vivo eksperimentlarda genotoksik boʻlgan, ikkala jins xayvonlarda reproduktiv tizimi aʼzolariga nisbatan toksiklik namoyon qilgan, shuningdek kalamushlarda embriotoksik va teratogen boʻlgan. Bundan tashqari, preparatning mutagan samarasi aniqlangan (nuqtali mutatsiyalar, xromosom abberatsiyalar).

Garchi karboplatinning kanserogenligining tekshirishlari oʻtkazilmagan boʻlsada, oʻxshash taʼsir mexanizmiga va oʻxshash mutagenlikka ega boʻlgan moddalarning kanserogenligi xaqida xabarlar bor.

6. FARMATSЕVTIK XARAKTЕRISTIKASI

1 Yordamchi moddalar roʻyxati

Inyeksiya uchun suv.

 

6.2 Nomutanosiblik

Bu preparatni glyukozaning 5% li eritmasidan tashqari  boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas.

Karboplatin qora choʻkma xosil qilib, alyuminiy bilan kontaktda parchalanadi, bu preparatning faolligini yoʻqolishi bilan birga kechadi.  Preparatni tayyorlash va yuborish uchun alyuminiy komponentini saqlovchi ignalar, shprislar, kateterlar va infuzion sistemalarni ishlatishga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

6.3 Yaroqlilik muddati

18 oy. Oʻramida koʻrsatilgan yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Suyultirilgandan keyingi turgʻunligi

Glyukozaning 5% li eritmasini ishlatish bilan tayyorlangan karboplatinning infuzion eritmasini saqlashni maksimal vaqti, 2-8oS xaroratda va yorugʻlikdan ximoyalangan sharoitlarda 20-25oS xaroratda 28 kunni tashkil qiladi. Agar infuzion eritma xona xaroratida yorugʻlikdan ximoyasiz saqlansa, u tayyorlangandan keyin darxol ishlatilishi kerak. 

Mikrobiologik nuqtai nazardan, preparat darxol ishlatilishi kerak. Aks xolda uni ishlatishgacha boʻlgan saqlash muddati va sharoitlariga maʼsuliyat foydalanuvchida boʻladi. Odatda, agar faqat suyultirish nazoratli va validatsiyalangan aseptik sharoitlarda amalga oshirilgan boʻlsa, 2-8oS xaroratda saqlash muddati 24 soatdan oshmasligi kerak.

 

6.4 Saqlash sharoiti

25oSdan yuqori boʻlmagan xaroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

Suyultirilgan dori preparatini saqlash sharoitlarini 6.3 boʻlimdan qarang.

 

6.5 Koʻrinishi va oʻram ichidagisi

Kulrang rangli rezina tiqinlar bilan bekitilgan, siqma alyumin qalpoqchalar bilan yopilgan sariq-jigarrang shisha (1 turi) flakonlar.

 

5 ml xajmli 1 flakon (50 mg)

15 ml xajmli 1 flakon (150 mg)

45 ml xajmli 1 flakon (450 mg)

 

Sotuvda oʻramlarning xamma turlari boʻlmasligi mumkin.

 

6.6 Utilizatsiya va ishlashni boshqa turlaridagi maxsus extiyotkorlik choralari

Faqat bir marta qoʻllash uchun.

 

Preparatning ishlatilmagan qoldigʻi utilizatsiya qilinishi kerak. Ishlatilmagan preparat va u bilan ifloslangan materiallar maxalliy talablarga muvofiq utilizatsiya qilinishi kerak.

 

Karboplatin  teri va koʻzlarga tushganda ifloslangan soxani katta miqdordagi suv yoki fiziologik eritma bilan yaxshilab yuvish kerak. Terining oʻtkinchi  taʼsirlanishi rivojlanganda yengil krem ishlatish mumkin. Preparat koʻzga tushganda tibbiy yordamga murojaat qilish kerak.

 

Sitostatiklar bilan xavfsiz muomala qilish boʻyicha tavsiyalar

  1. Karboplatinni tayyorlash ximiopreparatlar bilan ishlash qoidalariga oʻrgatilgan malakali xodim tomonidan amalga oshirilishi kerak.
  2. Preparatni tayyorlash maxsus ajratilgan joyda oʻtkazilishi kerak.
  3. Ximoya qoʻlqoplar, niqoblar va kiyimlar ishlatilishi kerak.
  4. Preparatni koʻzga tushishini oldini olish choralarini koʻrish kerak. Karboplatin koʻzga tushganida, ular suv va/yoki fiziologik eritma bilan yuviladi.
  5. Xomilador ayollarga sitostatiklar bilan ishlash man etiladi.
  6. Sitostatiklarni tayyorlash uchun ishlatilgan moslamalarning komponentlarini (ignalar, shprislar va boshq.) utilizatsiya qilishda, extiyotkorlikka rioya qilish kerak. Preparatning qoldigʻi va u bilan ifloslangan qattiq materiallar, keyingi ularni 1000oS xaroratda kuydirish bilan ikki marta muxrlangan polietilen paketlarga joylanishi kerak. Toʻkib yuborilgan qoldiqlarni katta miqdordagi suv bilan yuvib yuborish kerak.
  7. Ishchi yuzalar ichki plastik qavatli, bir marta qoʻllash uchun moʻljallangan absorbsiyalovchi qogʻoz bilan yopilgan boʻlishi kerak.
  8. Shprislar va infuzion moslamalarni ulash uchun Luyer adapterlarini ishlatish kerak. Bosimni minimallashtirish va aerozol xosil boʻlishini oldini olish uchun, katta diametrli ignalarni ishlatish kerak. Aerozol xosil boʻlishi shuningdek ventilyatsion tarmoqli ignalarni ishlatish yoʻli bilan xam pasaytirilishi mumkin.

 

BЕRISH TARTIBI

Statsionar sharoitlarda qoʻllansin.

Shifokor retsepti boʻyicha beriladi