Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
КАРБАМАЗЕПИН-АЛСИ ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

КАРБАМАЗЕПИН-АЛСИ ТАБЛЕТКА 200МГ №40

16 000 so'mdan
(3431)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Carbamazepine
Ishlab chiqaruvchi
АЛСИ ФАРМА
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Противоэпилептический препарат
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
 Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

 tabletkalar kontur-uyali oʻramlarda

 

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: karbamazepin – 200 mg

yordamchi moddalar: povidon (quyi molekulyar tibbiyot polivinilpirrolidoni 12600±2700), kolloidli kremniy dioksid (aerosil), natriy karboksimetilkraxmali (natriy kraxmal glikolyat), magniy stearati (magniy stearat), talk, kartoshka kraxmali.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 tutqanoqqa qarshi vosita.

 

Farmakologik xususiyatlari

Tirishishga qarshi preparat, tritsiklik iminostilben hosilasidir. Tirishishga qarshi taʼsiri neyronlarining natriy kanallarini faolsizlantirish orqali takroriy xarakat potensiallarini rivojlanishini yuqori tezligini tutib turish qobiliyatini pasaytirishi bilan bogʻliq deb taxmin ыiladilar. Bundan tashqari, extimol, presinaptik natriy kanallarini va harakat potensialini rivojlanishini bloklanishi yoʻli orqali neyromediatorlarni ajralib chiqishini tormozlanishi ahamiyatga ega boʻlib, bu esa oʻz navbatida sinaptik oʻtkazuvchanlikni pasaytiradi.

Karbamazepin shuningdek, oʻrtacha antimanikal, antipsixotik taʼsir, hamda neyrogen ogʻriqlarda ogʻriqni qoldiruvchi taʼsir koʻrsatadi. Taʼsir mexanizmida, extimol, gamma-aminomoy kislotalarini retseptorlari jalb qilingan boʻlib, ular kalsiy kanallari bilan bogʻliq boʻlishi mumkin; shuningdek extimol karbamazepinning neyro – oʻtkazuvchanlikning modulyatorlari tizimiga taʼsiri ham ahamiyat kasb etsa kerak.

Karbamazepinning antidiuretik taʼsiri osmoretseptorlarga gipotalamik taʼsiri bilan bogʻliq boʻlishi mumkin, u antidiuretik gormonning sekretsiyasi orqali, shuningdek naychalarga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsiri orqali amalga oshadi.

Preparatning tirishishga qarshi faolligi antidepressiv (timoleptik) va normatimik samaralari bilan birga qoʻshiladi. Preparat epileptik hurujlarning jadalligi va sonini kamaytiradi va terapevtik taʼsirining oʻta kengligi bilan xarakterlanadi.

Uchshoxlik nervning nevralgiyasida analgetik taʼsir koʻrsatadi.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan keyin karbamazepin amalda toʻliq soʻriladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bogʻlanishi 75% ni  tashkil qiladi.

Ichga bir marta qabul qilinganida, kon plazmasidagi faol moddaning oʻzgarmagan holdagi choʻqqi konsentratsiyasiga 4-10 soatdan keyin erishiladi. Oʻzgarmagan karbamazepinni qondan yarim chiqarilish davri ichga bir martalik standart dozada qabul qilinganidan soʻng 12-30 soatni tashkil qiladi.

Karbamazepin jigar fermentlarining induktori hisoblanadi va oʻzining metabolizmini ragʻbatlantiradi.

Qabul qilingan dozaning 70% siydik bilan (nofaol metabolitlar koʻrinishda) va 30% ahlat bilan chiqariladi.

 

 Qoʻllanilishi
  • tarqalgan tutqanoq xurujlari;
  • oddiy va murakkab simptomlar bilan kechuvchi oʻchoqli (parsiall) xurujlar;
  • tutqanoq bilan bogʻliq boʻlgan xulqni buzilishlari;
  • maniakal – depresssiv psixoz xurujlarini oldini olish;
  • uchshoxlik nervning nevralgiyasi;
  • diabetik nevropatiya;
  • alkogolli abstinent sindromi;
  • markaziy genezli qandsiz diabet;
  • tutqanoqda qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Preparat kattalar va bolalarga buyuriladi. Ichga, ovqatlanish vaqtida uncha koʻp boʻlmagan suyuqlik bilan birga qabul qilinadi. Tutqanoqni davolashda kattalar va bolalarga, agar buning iloji boʻlsa, karbamazepin monodavolash koʻrinishda qoʻllanadi. Boshlangʻich doza – 100 – 200 mg dan sutkada 1-2 marta. Zururat boʻlganida doza 1 haftalik interval bilan sutkada koʻpi bilan 200 mg ga oshirish mumkin. Tutib turuvchi doza bir necha marta qabul qilish uchun odatda sutkada 600-1200 mg ni tashkil qiladi. Kattalar va 15 yoshdan oshgan oʻsmirlar uchun maksimal sutkalik doza sutkada 1,2 g ni tashkil qiladi, yakka xollarda kattlarga sutkada 1,6 g buyuriladi. 12-15 yoshli oʻsmirlar uchun doza sutkada 1 g dan oshmasligi lozim.

Bolalar uchun oʻrtacha sutkalik doza kuniga tana vazniga 10-20 mg/kg hisobidan aniqlanadi va 4-12 oylik bolalar uchun sutkada 100-200 mg ni, 1 yoshdan 5 yoshgacha – 200-400 mg ni, 5 dan – 10 yoshgacha – 400-600 mg ni, 10 dan 15 yoshgacha – 600 mg – 1,0 g ni tashkil qiadi, sutkalik doza bir necha marta qabul qilishga boʻlinadi. Bolalarda preparatni qoʻllashda dozani sutkada 1 g dan oshirish tavsiya etilmaydi.

Uchshoxlik nervi nevralgiyasini davolashda: boshlangʻich doza kuniga 200-400 mg dan boshlanadi, soʻngra zarurat boʻlganida doza asta-sekin bir necha marta qabul qilish uchun 600-800 mg gacha oshiriladi. Davolashni 7-10 kun davomida davom ettiriladi. Ogʻriq yoʻqolganidan keyin doza asta-sekin kuniga 200 mg gacha pasaytiriladi.

Diabetik nevropatiyalarda: 200 mg dan sutkada 2-4 marta buyuriladi.

Qandsiz diabetda: 200 mgdan sutkada 2-3 marta buyuriladi.

Alkogolli abstinent sindromda preparatni 200 mg dan sutkada 3 marta buyuriladi.

Affektiv retsidivlarni va shizoaffektiv psixozlarni oldini olish uchun birinchi haftada sutkalik doza 200-400 mg ni tashkil qiladi. Keyinchalik doza haftada 200 mg ga oshirib, uni 1 g gacha yetkaziladi. Sutkalik dozani 3-4 qabulga teng boʻlinadi. Davolash davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Markaziy nerv tizimi va periferik nerv tizimi tomonidan: tez-tez -bosh aylanishi, ataksiya, uyquchanlik, bosh ogʻrigʻi, kam xollarda akkomadatsiyani buzilishi, diplopiya, nistagm, koʻz harakatlarini buzilishi, dizartriya, quloqlarni shangʻillashi, periferik nevritlar, paresteziyalar, mushak kuchsizligi, nimfalaj simptomlari, tajavvuzkor xulq, gallyutsinatsiyalar, depressiya, toliqish, ongni buzilishi, psixozlarni faollashuvi kuzatiladi.

Ovkat-hazm kilish tizimi tomonidan: qusish, koʻngil aynishi, ogʻizni qurishi kam xollarda – zardobda transaminazalarning faolligini oshishi, sariqlik, diareya, qabziyat, ishtahani pasayishi, qorin ogʻrigʻi, glossit, stomatit, gepatit kuzatiladi.

Yurak-tomir tizimi tomoshdan: kam xollarda – miokard oʻtkazuvchanligini buzilishi, bradikardiya, aritmiya, AV-blokada sinkope bilan, yurak yetishmovchiligi, tromboflebitlar, tromboemboliyalar, kollaps kuzatiladi.

Qon hosil qilish  tizimi  tomonidan: leykopeniya, eozinofiliya, trombotsitopeniya boʻlishi mumkin, kam xollarda – leykotsitoz, anemiya boʻlishi mumkin.

Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: kam hollarda – buyraklar faoliyatini buzilishi, interstitsial nefrit va buyrak yetishmovchiligi kuzatiladi. Bundan tashqari, tana vaznini oshishi, shish, modda almashinuvini buzilishi, qalkonsimon bez faoliyatini buzilishi, pnevmoniya, teri toshmasi, artralgiyalar kuzatilishi mumkin.

Moddalar almashinuvi tomonidan: giponatriyemiya, suyuqlikni organizmda tutilishi, shishlar, tana vaznini oshishi, plazmaning osmolyarligini kamayishi, alohida hollarda – oʻtkir oʻzgarib turuvchi perfiriya, folat kislotasi tanqisligi, kalsiy almashinuvini buzilishi, xolesterin va trigliksiridlar darajasini oshishi kuzatiladi.

Endokrin tizimini tomonidan: ginekomastiya yoki galaktoreya, kam- qalqonsimon bezi faoliyatini buzilishi boʻlishi mumkin.

Nafas tizimini tomonidan: alohida hollarda – dispnoe, pnevmonitlar yoki pnevmoniyalar.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish; kam-limfoadenopatiya, isitma, gepatosplenomegaliya, artralgiyalar kuzatiladi.

 

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • atrioventrikulyar blokada;
  • monooksidaza ingibitorlari va litiy preparatlarini bir vaqtda qabul qilish;
  • karbamazepinga va tritsiklik antidepressantlarga yuqori sezuvchanlik;
  • jigar, buyraklar va yurak faoliyatini ogʻir buzilishlari;
  • suyak koʻmigini shikastlanishlari;
  • anamnezdagi oʻzgarib turuvchi porfiriya;
  • glaukoma;
  • homiladorlikni birinchi uch oyligi, laktatsiyada qoʻllash mumkin emas.

 

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Karbamazepin jigarning mikrosomal fermentlari faolligini kuchaytiradi, shuning uchun  jigarda metobolizmga uchraydigan ayrim preparatlarning (peroral antikoagulyantlar, gormonal kontratseptivlar, folat kislotasining) taʼsirini susaytirishi mumkin. Preparat shuningdek qalqonsimon bez gormonlarining eliminatsiyasini kuchaytirishi mumkin.

Karbamazepin bilan davolashni boshlashdan kamida 2 hafta oldin monooksidaza ingibitorlari bilan davolashni toʻxtatish zarur.

Fenobarbital va geksamidin karbamazepinning tirishishga qarshi taʼsirini susaytiradi.

Oral kontratseptivlar qoʻlanganida gormonal homilaga qarshi vositalarni taʼsiri tufayli, kutilmagan atsiklik qon ketishlar yuz berishi mumkin. Karbamazepin bilan davolash vaqtida kontratsepsiyaning nogormonal usullaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Karbamazepin va neyroleptiklar yoki metoklopramid bilan bir vaqtda buyurish, markaziy nerv tizimi, ruxiyat tomonidan nojoʻya taʼsirlarini namoyon boʻlishini kuchayishiga yordam beradi. Karbamazepin litiy preparatlari bilan bir vaqtda buyurilganida ikkala preparatning neyrotoksik taʼsiri kuchayadi.

Karbamazepin izoniazidning gepatotoksik taʼsirini kuchaytiradi.

Siydik haydovchi preparatlar bilan bir vaqtda qoʻllanganida qon zardobida natriy miqdorini kamayishiga olib kelishi mumkin.

Karbamazepin antikoagulyantlar, gormonal homilaga qarshi preparatlar, folat kislotasining metobolizmini ragʻbatlantiradi.

Karbamazepin qalqonsimon bezi gormonlarini chiqarilishini kuchaytirishi mumkin.

Bir vaqtda qoʻllanganida: fenobarbital, fenitoin, primidon, valproat kislotasi, teofillin, karbamazepinning qon plazmasidagi konsentratsiyasini kamaytiradi. Bir vaqtda qoʻllanganida makrolid guruhi antibiotiklari, izoniazid, kalsiy antagonistlari, atsetazolamid, dekstropropoksifen/propoksifen, viloksazin, danazol, nikotinamid (kattalarda yuqori dozalarda), simetidin va dezipraminlar karbamazepinning qon plazmasidagi konsentratsiyasini oshiradi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Preparat atipik tutqanoq hurujlarida, mioklonik yoki atonik tutqanoq hurujlarda qoʻllanmaydi. Oddiy ogʻriqlarni yoʻqotish uchun, uchshoxlik nerv nevralgiyasining uzok davomli remissiyasi (tinchlangan) davrida profilaktika vositasi sifatida qoʻllash mumkin emas. Davolashni shifokor nazorati ostida oʻtkazish kerak. Preparat yoʻldosh yurak – tomir tizimi kasalliklari, jigar va/yoki buyraklar faoliyatini yaqqol buzilishlari, qandli diabet, koʻz ichki bosimini oshishida, anamnezda boshqa preparatlarni qoʻllashga gematolik reaksiyalarga koʻrsatmalar boʻlganida, giponatriyemiyada, siydikni tutilishida, tritsiklik antidepressantlarga yuqori sezuvchanlikda, anamnezda karbamazepin bilan davolash kursini uzilish hollari boʻlganida, shuningdek bolalar va keksa yoshli bemorlarda ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Uzok muddatli davolashda qon manzarasini, jigar, buyraklar faoliyatini, qon plazmasidagi elektrolitlar konsentratsiyasini nazorat qilish, oftalmologik tekshirishlarni oʻtkazish lozim. Davolashning xavfsizligi va samaradorligini nazorat kilish uchun vaqti-vaqti bilan kon plazmasida karbamazepinning miqdorini aniqlash tavsiya qilinadi.

Preparat bilan davolashni boshlashdan oldin jigar faoliyatini va qon manzarasini tekshirish kerak, va buni haftada 1 marta, davolashni birinchi oyida, keyinroq esa, 1 oyda 1 marta oʻtkazish kerak.

Davolash davrida yuqori diqqat va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi faoliyat turlari bilan shugʻullanishdan saqlanish kerak; alkogolli ichimliklarni qabul qilish mumkin emas.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: dezoriyentatsiya, uyquchanlik, qoʻzgʻalish, gallyutsinatsiyalar va koma, koʻrishning xiralashishi, dizartriya, nistagm, ataksiya, diskineziya, giper-/giporefleksiya, tirishishlar, mioklonus, gipotermiya; nafasni susayishi, oʻpka shishi; taxikardiya, gipo-/gipertenziya, xushni yoʻqolishi bilan kechuvchi yurakni toʻxtashi; qusish, yoʻgʻon ichak motorikasini susayishi, suyuqlikni organizmda tutilishi, oligouriya yoki anuriya, laborator koʻrsatkichlarini oʻzgarishi: giponatriyemiya, metobolik atsidoz boʻlishi mumkin,  giperglikemiya, kreatininfosfokinazaning mushak fraksiyasini oshishi kuzatiladi.

Davolash: qusishni chaqirishi yoki meʼdani yuvish, faollantirilgan koʻmir va tuzli surgi vositalarini buyurish, jadallashtirilgan diurez. Nafas yoʻllarini oʻtkazuvchanligini yaxshilash uchun – traxeya intubatsiyasi, sunʼiy nafas va (yoki) kislorodni qoʻllash. Gipotenziyada yoki shokda – plazma oʻrnini bosuvchilar, dofamin yoki dobutamin, tirishishlar paydo boʻlganida – benzodiazepinlar (diazepam) yoki boshqa tirishishga qarshi vositalarni yuborish kerak (bolalarda nafas susayishi kuchayishi mumkin).

Ogʻir zaharlanish buyraklar yetishmovchiligi bilan birga kechganda buyrak dializi qoʻllanadi. Maxsus antidoti yoʻq. Tirishish sindromida diazepam va fenobarbital qoʻllanadi.

 

Saqlash sharoiti

 

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 250 S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.