Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
КАМАГРА ЖЕЛЕ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

КАМАГРА ЖЕЛЕ ПАКЕТИК 100мг 5г №1

6 000 so'mdan
(1835)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
AJANTA PHARMA LTD, ИНДИЯ
Chiqarilish shakli
ПАК
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruxi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Yaroqlilik muddati
Saqlash sharoiti
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

 jele

 

Tarkibi:

Har bir 5 g jele quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 50 mg/100 mg sildenafilga ekvivalent bщlgan sildenafil sitrati 

 

Taʼrifi: 

sariq rangli, gomogenlangan, shirin taʼmli va xushboʻy xidli jele.

 

 

Farmakoterapevtik guruxi: 

erektil difunksiyada qoʻllanadigan vosita.

Farmakologik xususiyatlari

Kamagra jele spetsifik 5 tur fosfodiesterazaning (RDЕ5) selektiv ingibitori guanozinmonofosfatdan iborat boʻlgan sildenafilning sitrat tuzini saqlaydi

Kamagra jele siklik guanozinmonofosfat (GMR) – spetsifik 5 tur fosfodiesteraza (RDЕ5) ingibitori boʻlgan sildenafilning sitrat tuzini saqlaydi.

Jinsiy olatning fiziologik ereksiyasining mexanizmi seksual ragʻbatlantirish vaqtida gʻovak tanada azot oksidini (NO) ni ajralib chiqishidan iboratdir. NO guanilatsiklaza fermentini faollashtiradi, bu gʻovak tana mushaklarini yengil boʻshashishini va ularga qon oqib kelishini kuchayishini chaqirib, siklik guanozinmonofosfat (sGMF) darajasini oshishiga olib keladi. Sildenafil sitrati insonning izolyatsiya qilingan gʻovak tana toʻqimalariga bevosita taʼsir koʻrsatmaydi, biroq u gʻovak tanada sGMF ni  parchalanishiga yordam beradigan 5 tur fosfodiesteraza (FDE­5) fermentini susaytirish yoʻli bilan NO ning samarasini sezilarli darajada oshiradi.

Seksual ragʻbatlanishda NO ni lokal ajralib chiqishi yuzaga kelganida, FDE­5 ni Sildenafil tomonidan susaytirilishi gʻovak tanada sGMF ning konsentratsiyasini oshishiga olib keladi, natijada mushaklar yengil boʻshashadi va jinsiy olat toʻqimalariga qonni oqimi kuchayadi, bu esa ereksiyani chaqiradi. Sildenafil sitrati tavsiya qilingan dozalarda seksual ragʻbatlanishi boʻlmaganida oʻz samarasini namoyon etmaydi.

In vitro tadqiqotlarda Sildenafil sitratining FDE5 ga nisbatan selektivlikka egaligi aniqlangan. Uning FDE5 ga boʻlgan faolligi boshqa maʼlum FDE larga nisbatan (FDE 1 ga nisbatan 80 marta, FDE 2, FDE 3 va FDE 4 ga nisbatan -100 marta) yaqqolroq. Muximi shundaki, FDE yurakning qisqarish jarayonlarida ishtirok etganligi sababli, FDE 3 ga nisbatan FDE 5 ga selektivlik taxminan 4000 marta kuchliroq.

Sildenafil Sitrati koʻzning toʻr pardasida topilgan FDE 6 fermentidan 10 marta kuchliroq: maʼlumki bunday past selektivlik plazmdagi yuqori dozalar yoki darajalarda kuzatilgan rangli koʻrish bilan bogʻliq buzilishlarning asosi hisoblanadi.

Farmakokinetikasi

Kamagra jele ogʻiz boʻshligʻida tez erishi hisobiga tez soʻriladi. Biokiraolishligi 100%, plazmadan yarim chiqarilish davri 4,73 soatni tashkil qiladi. Sildenafil Sitrati asosan mikrosomalarda joylashgan jigar izofermentlari, SYP 3A4 (asosiy yoʻl) va SYP 2S9 (ikkinchi darajali yoʻl) taʼsirida metabolizmga uchraydi. Asosiy aylanib yuruvchi metaboliti sildenafilni N-metil guruhini yoʻqotishi natijasida hosil boʻladi. Bu metabolit sildenafilga oʻxshab FDE5 ga selektivligi bilan xarakterlanadi, biroq uning FDE5 ga nisbatan faolligi sildenafil preparatining faolligini taxminan 50% ni tashkil qiladi. Sildenafil koʻproq baʼzi metabolitlar shaklida asosan axlat bilan (yuborilgan dozaning taxminan 80%) va kam darajada (yuborilgan dozaning taxminan 13%) siydik bilan chiqariladi.

 

Qoʻllanilishi

Kamagra jele erkaklarda erektil disfunksiyani davolash uchun buyuriladi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Patsiyentlarning asosiy guruhiga Kamagra jeleni tavsiya qilingan dozasi 50 mg ni tashkil qiladi, va jinsiy aloqadan yarim soat oldin qabul qilinadi. Maksimal sutkalik doza 100 mg ni tashkil qiladi, maksimal tavsiya qilingan qabul qilish soni esa sutkada    1 martani tashkil etadi.

Quyidagi omillar sildenafilning qon plazmadagi konsentratsiyasini oshishi bilan bogʻliq: 65 yoshdan kattalar (AUS ni 40% oshishi), jigar yetishmovchiligi (masalan, jigar sirrozi, 80%), oʻtkir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <30 ml/min, 100%) va kuchli taʼsirga ega sitoxrom  R450 3A4 ingibitorlari (eritromitsin, ketokonazol, itrakonazol, 200%) yoʻldosh qabul qilish. 

Xullas, plazmadagi ancha yuqori darajalar preparatning samaradorligini ham va nojoʻya samaralar tez-tezligini ham bir xil oshirishi mumkin, shuning uchun patsiyent sinchkov nazorat ostida boʻlishi kerak. Bunday patsiyentlarga 100 mg dozada jeleni qabul qilish mumkin emas.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Dunyoning turli mamlakatlarida oʻtkazilgan klinik tadqiqotlarda Sildenafil            3700 nafardan ortiq patsiyentlarda (19 yoshdan 87 yoshgacha) qoʻllangan. 550 dan ortiq bemorlar bir yildan ortiq vaqt davomida davolanganlar. Sildenafil yaxshi oʻzlashtirilgan. Platsebo – nazoratli klinik tadqiqotlarda sildenafil sitrati sababli preparatni qabul qilishni toʻxtatish hollarining soni kam (2,5%) va platsebo qabul qiluvchi patsiyentlar guruhi (2,35%) bilan bir xil boʻlgan. Nojoʻya samaralar odatda oʻtkinchi va yengil yoki oʻrtacha yaqqollik darajasida boʻlgan. 

Peroral qabul qilish uchun jele qoʻllanganda patsiyentlarda qayd qilingan yuz bergan nojoʻya samaralar boshqa peroral shakllari qoʻllanganda yuz bergan xollari bilan bir xil boʻlgan.

Umuman, turli tadqiqotlar natijalari boʻyicha sildenafilni qabul qilgan patsiyentlar taʼriflagan nojoʻya reaksiyalar oʻxshash boʻlgan.

Platsebo – nazoratli tadqiqotlarida, sildenafilni yengil oʻzgartirish mumkin boʻlgan tavsiya etilgan dozalarda (zaruratga koʻra) qabul qilinganida nojoʻya samaralar 2% dan ortiqroq boʻlgan, 2% dan ortiqroq patsiyentlarda (sildenafil qabul qilinganida platseboga qaraganda koʻproq) bosh ogʻrigʻi, giperemiya, dispepsiya, burun bitishi, siydik yoʻllarining infeksiyalari, diareya, bosh aylanishi, toshmalar va koʻrishni buzilishi (oʻrtacha va oʻtkinchi, asosan rangli koʻrishni buzilishi, shuningdek yorugʻlikka boʻlgan sezuvchanlikni yoki tasvirni xira koʻrishni oshishi) kuzatilgan.

Sildenafil qabul qilgan guruh va platsebo guruhidagi boshqa oʻxshash tez­tezlikdagi (2% koʻproq) kuzatiladigan nojoʻya samaralar: nafas yoʻllarining infeksiyalari, belda ogʻriq, grippga oʻxshash sindrom, artralgiya boʻlgan.

Belgilangan dozalar tekshirilganida, preparat 100 mg dozada qabul qilinganda dispepsiya (17%) va koʻrishni buzilishi (11%) kam dozalarga nisbatan koʻproq kuzatilgan. Yuqori dozalarda nojoʻya samaralar xuddi shunday boʻlgan, faqat ular koʻproq kuzatilgan.

Platsebo-nazoratli tadqiqotlarda kuzatilgan va 2% dan kam hollarda uchragan sildenafilning nojoʻya samaralari quyida keltirilgan. Preparatni qoʻllanilishiga aniq aloqasi boʻlgan nojoʻya samaralar qayd qilingan, muhim boʻlmagan nojoʻya samaralar esa keltirilmagan. 

Umumiy: yuzni shishi, yorugʻlikni sezuvchanlik, shok, holsizlik, ogʻriq, shamollash, tasodifiy yiqilishlar, qorinda ogʻriqlar, allergik reaksiyalar, koʻkrakda ogʻriq, behosdan jarohatlar. 

Yurak-qon tomir tizim tomonidan: stenokardiya, AV-blokada, migren, hushdan ketish, taxikardiya, yurak urishini tezlashishi, qon bosimni pasayishi, qon bosimni postural pasayishi, miokard ishemiyasi, miya tomirlari trombozi, yurakni toʻxtab qolishi, yurak yetishmovchiligi, elektrokardiogrammada oʻzgarishlar, kardiomiopatiya.

MIY tomonidan: koʻngil aynishi, glossit, kolit, disfagiya, gastrit, gastroenterit, ezofagit, stomatit, ogʻizni qurishi, jigar disfunksiyasi, rektal qon ketishlar, gingivit. 

Qon yaratish  va limfa tizimi tomonidan: anemiya va leykopeniya.

Moddalar almashinuvi tomonidan: chanqoqlik, shish, podagra, barqaror boʻlmagan diabet, giperglikemiya, periferik shish, giperurikemiya, giperglikemik reaksiya, gipernatremiya.

Harakat-tayanch tizimi tomonidan: artrit, artroz, mialgiya, paylarni uzilishi, gemosinovit, suyak ogʻriqlari, miasteniya, sinovit.

Nerv tizimi va sezgi aʼzolari tomonidan: ataksiya, gipertoniya, nevralgiya, nevropatiya, paresteziya, miya chayqalishi, bosh aylanishi, depressiya, uyqusizlik, uyquchanlik, gʻayri-tabiiy fikrlar, reflekslarni kuchsizlanishi, gipesteziya.

Respirator tizim tomonidan: astma, hansirash, faringit, sinusit, laringit, bronxit, balgʻam ajralishini koʻpayishi, yoʻtalni kuchayishi.

Teri qoplamlari tomonidan: eshakemi, oddiy gerpes, qichishish, koʻp terlash, teri yaralari, kontaktli dermatit.

Alohida hislar: midriaz, konʼyunktivit, fotofobiya, quloqlarni shangʻillashi, koʻz soqqasida ogʻriq, garanglik, quloqlarda ogʻriq, koʻz soqqasiga qon quyilishi, katarakta, koʻzlarni qurishi.

Siydik-tanosil tizimi tomonidan: sistit, nikturiya, tez-tez siyish, koʻkrakni kattalashish, siydikni tutib tura olmaslik, eyakulyatsiyani buzilishi, jinsiy aʼzolarni shishi va anorgazmiya.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Kamagrani taʼsir etuvchi modda yoki preparatning boshqa har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanligi boʻlgan patsiyentlarga qoʻllash mumkin emas. NO/ sGMF almashinuviga taʼsiri tufayli, Sildenafil bir vaqtda qoʻllaganda yoki davomli qoʻllaganda nitratlarning gipotenziv taʼsirini kuchaytiradi, shuning uchun uni NO donatorlari, organik nitratlar yoki organik nitritlar bilan bir vaqtda turli shaklda doimiy yoki vaqti­vaqti bilan qoʻllash mumkin emas.  

Ayollarda qoʻllanilishi

Sildenafil ayollarga buyurilmaydi.

Pediatriyada qoʻllanilishi

Sildenafil bolalarga buyurilmaydi.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Boshqa dori vositalarini sildenafilga taʼsiri

In vitro tadqiqotlar: Sildenafilning metabolizmi asosan R450 (SYR) sitoxromi, xususan 3A4 (asosiy yoʻl) va 2S9 izoformalari (ikkinchi darajali yoʻl) yordamida amalga oshiriladi. Shunday qilib, ushbu izofermentlarning ingibitorlari Sildenafil klirensini kamaytirishi mumkin.

In vivo tadqiqotlar: SYR 3A4 ning nospetsifik ingibitori Simetidin (800 mg) sogʻlom koʻngillilarga 50 mg dozada buyurilganida sildenafilning qondagi konsentratsiyasini 56% ga oshirgan. 

SYR 3A4 ning ketokonazol va itrakonazol kabi kuchli ingibitorlari ancha yaqqol taʼsir koʻrsatadi. Klinik tadqiqotlarning populyatsion farmakokinetik taxlilining natijalari Sildenafil SYR 3A4 ingibitorlari (ketokonazol, eritromitsin, simetidin) bilan bir vaqtda qoʻllanganda uning klirensini pasayishini namoyish etgan. SYR 3A4 ning rifampitsin kabi induktorlari birga qoʻllanganda sildenafilning plazmadagi konsentratsiyasini kamaytirishi mumkinligi kutilgan.

Antatsid (magniy gidroksidi, alyuminiy gidroksidi) ni bir marta qabul qilish sildenafilning biokiraolishligiga taʼsir koʻrsatmaydi.

SYR 2S9 ingibitorlari (tolbutamid, varfarin kabi), SYR 2D6 ingibitorlari (serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlari kabi), tiazidlar va tiazidga oʻxshash diuretiklar, AAF ingibitorlari, kalsiy kanallarining blokatorlari sildenafilning farmakokinetikasiga taʼsir qilmagan. Xalqali va kaliyni tejovchi diuretiklar taʼsiri ostida faol metaboliti N-desmetil sildenafilning AUS koʻrsatkichi 62% ga, va nospetsifik beta-blokatorlar qabul qilinganida esa 102% ga oshadi.

Sildenafilni boshqa dori preparatlariga taʼsiri

In vitro tadqiqotlar: Sildenafil – sitoxrom izoformalarini, ayniqsa R450 ning 1A2, 2S9, 2S19, 2D6, 2Е1 va 3A4 (IK 50 > 150 μM) izofermentlarini kuchsiz ingibitoridir. Tavsiya qilingan dozalarda qoʻllaganda sildenafilni qon plazmasidagi Smax koʻrsatkichi taxminan 1 mkm ga yetadi, shuning uchun sildenafil ushbu izofermentlarning substratlarini farmakokinetikasini oʻzgartira olish ehtimoli kam.

In vivo tadqiqotlar: Har biri SYR 2S9 taʼsirida metabolizmga uchraydigan Sildenafil (50 mg) tolbutamid (250 mg) yoki varfarin (40 mg) oʻrtasida sezilarli oʻzaro taʼsir belgilari aniqlanmagan.

Sildenafil (50 mg) aspirin (150 mg) chaqirgan qon ketishi vaqtini oshishini potensiyalamagan.

Sildenafil (50 mg) atsetilsalitsil kislotasi (150 mg) keltirib chiqargan qon ketishi davomiyligini oshishiga olib kelmaydi.

Sildenafil (50 mg) qonida alkogolning maksimal darajasi 0,08%  (80 mg/dl) boʻlgan  sogʻlom koʻngillilarda alkogolning gipotenziv samarasini kuchaytirmagan.

Gipertenziyasi boʻlgan patsiyentlarga Sildenafil (100 mg) va amlodipin bir vaqtda buyurilganda oʻzaro taʼsiri kuzatilmagan. Qon bosimining oʻrtacha qoʻshimcha kamayishi gorizontal holatda sistolik bosim uchun 8 mm sim.ust. ni va diastolik bosim uchun              7 mm sm.ust. ni tashkil qilgan.

Preparatning xavfsizligini tahlili, Sildenafilni monoterapiyada va antigipertenziv preparatlari bilan majmuada qabul qilayotgan patsiyentlarda nojoʻya samaralar profilining farqi yoʻqligini koʻrsatdi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Ereksiya buzilishini diagnostika qilish, kasallikning sabablarini aniqlash va adekvat davolashni buyurish uchun patsiyentning kasallik tarixini sinchiklab oʻrganib chiqish va sinchkov tibbiy tekshiruvni oʻtkazish kerak. 

Yurak hurujini yuz berish mumkinligi tufayli, seksual faollik maʼlum darajadagi xavf bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Ereksiya buzilishini har qanday davolash kursini boshlashdan oldin shifokor patsiyentning yurak-qon tomir holatini aniqlashi kerak. Jinsiy olatning anatomik deformatsiyasi (masalan, angulyatsiya, kavernoz fibroz yoki Peyroni kasalligi) boʻlgan patsiyentlarda yoki priapizm rivojlanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan kasalliklari (oʻroqsimon–hujayrali anemiya, koʻp sonli miyeloma yoki leykemiya kabi kasalliklari) boʻlgan patsiyentlarda ereksiyani buzilishini davolash uchun moʻljallangan preparatlarni ehtiyotkorlik bilan qoʻllash lozim. 

Kamagrani erektil disfunksiyani davolashning boshqa turlari bilan majmuada qoʻllash havfsizligi va samaradorligi oʻrganilmagan, shuning uchun bunday majmualarni qoʻllash tavsiya qilinmaydi.

Kamagra jele aspirin bilan birga yoki monoterapiyada qoʻllanganda qon ketishining davomiyligiga taʼsir koʻrsatmaydi.

Inson trombotsitlarining in vitro tadqiqotlarida sildenafil natriy nitroprussidning (azot oksidi donatori) antiagregatsion samarasini kuchaytiradi. Qon ketishiga moyilligi boʻlgan yoki oʻtkir meʼda yarasi boʻlgan patsiyentlarga Kamagra jeleni buyurishda havfsizligiga oid maʼlumotlar yoʻq, shuning uchun Kamagrani bunday patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.

Nasliy toʻr pardaning degenerativ kasalliklari boʻlgan patsiyentlarning ozgina qismida toʻr pardaning FDE genetik kasalliklari mvjud. Sildenafilni pigmentli retiniti boʻlgan patsiyentlarda qoʻllash xavfsizligi toʻgʻrisida maʼlumotlar yoʻq. Shu sababli bunday bemorlarda Kamagra jeleni ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Sildenafilni bir marta 800 mg dozagacha qabul qilgan sogʻlom koʻngillilardagi nojoʻya samaralar kichik dozalarni qabul qilganlardagilar bilan bir xil boʻlgan, ammo nojoʻya samaralarning paydo boʻlish tez-tezligi va ogʻirlik darajasi ortgan. Dozani oshirib yuborish hollarida simptomatik davolash oʻtkaziladi. Dializ preparatning chiqarilishini tezlashtirmaydi, chunki sildenafil qon plazmasi oqsillari bilan mahkam bogʻlanadi va siydik bilan chiqarilmaydi.

 

Chiqarilish shakli

Kamagra jele 50 mg/100 mg paketchalarda 5 g dan chiqariladi.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda 25°S dan yuqori boʻlmagan xaroratda saqlansin.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha