Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
КАЛЬЦИЯ ХЛОРИД

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

КАЛЬЦИЯ ХЛОРИД АМПУЛЫ 10% 10МЛ №10

3 000 so'mdan
(3024)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
CALCIUM CHLORIDE
Ishlab chiqaruvchi
РАДИКС
Chiqarilish shakli
АМП
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

inyeksiya uchun eritma.

 

Tarkibi:

10 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: kalsiy xloridi – 1 g.

yordamchi modda: inyeksiya uchun suv – 10 ml.

 

Taʼrifi:

rangsiz yoki deyarli rangsiz, tiniq suyuqlik.

 

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 mineral preparatlar.

Farmakologik xususiyatlari

Kalsiy ionlari manbai. Skelet va silliq mushaklarini qisqarishida, yurak mushagining faoliyatida, nerv impulslarini oʻtkazish jarayonida, suyak toʻqimasini shakllanishida, qon tomir devori oʻtkazuvchanligini boshqarilishida, qon ivishida muhim rol oʻynaydi.

Allergiyaga qarshi taʼsirga ega. Allergiyaga qarshi taʼsir mexanizmi nomaʼlum, biroq kalsiy tuzlari vena ichiga (v/i) yuborilganida simpatik nerv tizimini qoʻzgʻatadi va buyrak usti bezlari tomonidan adrenalinni chiqarilishini kuchayishni chaqiradi.

 

Qoʻllanilishi

Allergik kasalliklarda (zardob kasalligi, eshakemi, angionevrotik shish, pichan isitmasi va boshqalar) va dorilarni qabul qilish bilan bogʻliq boʻlgan allergik asoratlarda organizmdan kalsiyni chiqarilishini kuchayishida, (bu bemorlarni uzoq  vaqt immobilizatsiya holatida, homiladorlikda alohida oʻrin tutishi mumkin), gemorragik vaskulitda, nurlanish kasalligining koʻrinishlarida, yalligʻlanish va ekssudativ jarayonlarida (pnevmoniyada, plevritda, pleksitda, endometritda va boshqalarda); teri kasalliklarida (qichima, ekzema, psoriaz va boshqalarda), qalqonsimon bezi oldi bezlarining yetishmovchiligida (tetaniyada); raxitda (spazmofiliyada), parenximatoz gepatitda, jigarning toksik shikastlanishlarida, nefritda, eklampsiyada, paroksizmal mioplegiyaning giperkaliyemik shaklida qoʻllaniladi.

Shuningdek qon ketishini toʻxtatuvchi vosita sifatida oʻpka, meʼda-ichak, burun, bachadondan qon ketishlarida; qon ivishini oshirish maqsadida operativ aralashuvlar oldidan ham qoʻlaniladi.

Magniy tuzlari, shovul kislotasi va uning eruvchi tuzlari, zaharlanishga qarshi vosita sifatida hamda ftor kislotasining eruvchan tuzlari bilan zaharlanganda qoʻllanadi (kalsiy xloridi bilan oʻzaro taʼsirlashganda dissotsiatsiya boʻlmaydigan va zaharli boʻlmagan oksalat va kalsiy ftoridi hosil boʻladi).

Tugʻruq faoliyatini ragʻbatlantirish maqsadida boshqa usullar va vositalar bilan birga qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Preparatni v/i tomchilab yoki oqim bilan (juda-sekin!) buyuriladi.

Preparatning 10% li eritmasini 5-10 ml 100-200 ml natriy xloridining izotonik yoki 5% li glyukoza eritmasida suyultirib, v/i tomchilab minutiga 60 tomchidan yuboriladi.

V/i oqim bilan 5 ml 10% li eritma (3-5 minut davomida) yuboriladi.

Kalsiy kanallari blokatorlari bilan zaharlanganda v/i oqim bilan tana vazniga 2-4 mg/kg hisobidan yuboriladi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

V/i yuborilganida bradikardiya, arterial bosimni pasayishi, dastlab ogʻiz boʻshligʻida, soʻngra butun tanada qizish hissi paydo boʻlishi mumkin. Teri ostiga (t/o) yoki mushak ichiga(m/i) yuborish mumkin emas, chunki u inyeksiya joyida toʻqimalarning kuchli taʼsirlanishiga va nekroziga olib keladi.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Trombozlarga moyillikda, ogʻir aterosklerozda va giperkalsiyemiyada, yurak qorinchalarining fibrillyatsiyasida, preparatga yuqori sezuvchanlikda qoʻllash mumkin emas.

Sarkoidozda, buyrak yoki yurak yetishmovchiligida, yurak glikozidlarini qabul qilayotgan bemorlarda, shuningdek nafas yetishmovchiligida (kalsiy xloridning atsidoz chaqirish qobiliyatini hisobga olib) ehtiyotkorlik bilan qoʻllash lozim.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Boshqa dori preparatlari bilan bir shprisda yuborish mumkin emas!

Kalsiy xloridini yurak glikozidlarini inyeksiyasidan yoki qabul qilgandan keyin, aritmiyaning rivojlanishidan saqlanishi uchun, darhol yuborish mumkin emas, chunki bu preparatlarning inotrop va zaharli samaralari sinergik.

Kalsiy xloridi birga qoʻllanganida tetratsiklin qatori antibiotiklari bilan komplekslar hosil qiladi, shu bilan ularning antibakterial samarasini neytrallaydi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Preparatni t/o yoki m/i yuborish mumkin emas, chunki u inyeksiya joyida toʻqimalarning kuchli taʼsirlanishini va nekrozini chaqiradi. Teri ostiga yoki mushakka tushgan hollarda kalsiy xloridini iloji boricha shpris yordamida soʻrib olish, inyeksiya qilingan joyga   10 ml 25% li natriy sulfati yoki 5-10 ml 25% li magniy sulfati eritmasini yuborish kerak. Rezorbtiv taʼsirini yoʻqotish uchun difengidramin (dimedrol), giperkalsiyemiyada-etilendiamintetrasirka kislotasi buyuriladi.

Eritma yurak mushagiga tushganida koronar arteriyalarni shikastlanishi, yurak tamponadasi yoki pnevmotoraks rivojlanishi mumkin.

Kalsiyning qon zardobidagi konsentratsiyasini tez oshishidan va uni atrofidagi toʻqimalarga oʻtib keyin ularni nekrozga uchrashidan saqlanish uchun preparatni yirik venaga ingichka igna yordamida yuborish tavsiya qilinadi.

V/i tez yuborilganida qorinchalarning fibrillyatsiyasi va yurakni toʻxtab qolishi paydo boʻlishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Chiqarilish shakli

Birlamchi oʻram: 10 ml eritma sindirish nuqtasi boʻlgan rangsiz shisha ampulada (I tip, AQSH.F.).

Ikkilamchi oʻram: 10 ampula plastik poddonda karton qutida (qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga).

 

Saqlash sharoiti

250S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.