Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
КАЛЬЦИЯ ГЛЮКОНАТ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

КАЛЬЦИЯ ГЛЮКОНАТ АМПУЛЫ 10% 5МЛ №10

4 000 so'mdan
(3238)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
CALCIUM GLUCONATE
Ishlab chiqaruvchi
КИТАЙ
Chiqarilish shakli
АМП
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Chiqarilish shakli
Farmakokinetikasi
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli

5 ml va 10 ml dan 5 yoki 10 ampuladan PVX plenkali kontur-uyali o‘ramlarda.

Farmakokinetikasi

Parenteral yuborilganidan keyin preparat qon oqimi bilan barcha to‘qimalar va a‘zolarda birtekis taqsimlanadi. Qon plazmasida preparatning taxminan 45% oqsillar bilan kompleksda bo‘ladi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, ko‘krak sutiga tushadi. Organizmdan asosan buyraklar orqali chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

Gipokalsiemiya, hujayra membranalarining o‘tkazuvchanligini oshishi, mushak to‘qimasida nerv impulslarining o‘tkazilishini buzilishi bilan kechuvchi kasalliklar.

Gipoparatireoz (latent tetaniya, osteoporoz), D vitaminining almushinuvini buzilishi (spazmofiliya, osteomalyasiya), surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlardagi giperfosfatemiya.

Magniy tuzlari, shovul va ftor kislotalari bilan zaharlanish (kalsiy glyukonati bilan o‘zaro ta‘sirida dissosiasiyalanmaydigan va zaharli bo‘lmagan kalsiy oksalati va ftoridi hosil bo‘ladi.

Parenximatoz gepatit, jigarni toksik shikastlanishlari, nefritlar, proksimal mioplegiyaning giperkaliemik shakli.

Turli etiologiyali qon ketishlarni, allergik kasalliklarni (zardob kasalligi, eshakemi, isitma sindromi, qichishish, qichuvchi dermatozlar, dorilarni yuborish va ozuqa mahsulotlarni qabul qilishga reaksiya, Kvinke shishi); bronxial astma, o‘pka tuberkulezi, eklampsiyani majmuaviy davolash.

Qo‘llash usuli va dozalari

Mushak ichiga, vena ichiga asta-sekin (2-3 minut davomida) yoki tomchilab, kattalarga – 5- 10 ml 100 mg/ml eritma har kuni, kunora yoki har 2 kunda (kasallikning xarakteri va bemorning holatiga qarab).

Bolalarga – vena ichiga asta-sekin (2-3 minut davomida) yoki tomchilab, 1-5 ml dan 100 mg/ml eritma (yoshiga qarab), har 2-3 kunda. Eritma yuborish oldidan tana haroratigacha isitiladi.

Kalsiy glyukonatini yuborish uchun igna etanolning qoldiqlarini saqlamasligi kerak, chunki oxirgisi bo‘lganida kalsiy glyukonati cho‘kmaga tushadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Mushak ichiga va vena ichiga yuborilganida ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, bradikardiya bo‘lishi mumkin. Vena ichiga yuborilganida og‘iz bo‘shlig‘ida achishish, qizish tuyg‘usi, tez vena ichiga yuborilganida – arterial bosimni pasayishi, aritmiya, xushdan ketish, yurakni to‘xtashi kuzatilishi mumkin.

Mushak ichiga yuborilgan joylarda nekroz hosil bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik, giperkalsiemiya (kalsiyning konsentrasiyasi 12 mg%=6 mEkv/l), kalsiyli nevrourolitiz, og‘ir buyrak yetishmovchiligi, sarkoidoz, yurak glikozidlarini bir vaqtda qabul qilish.

Ehtiyotkorlik bilan: degidratasiya, elektrolit buzilishlar (giperkalsiemiyani rivojlanish xavfi), diareya, kam so‘rilish sindromi, kalsiyli nefrourolitiaz (anamnezdagi), ahamiyatsiz giperkalsiuriya, tarqalgan ateroskleroz, giperkoagulyasiya, mushak ichiga yuborish uchun – bolalik yoshi (nekrozlarni paydo bo‘lish xavfi).

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Karbonatlar, salisilatlar, sulfatlar bilan nomutanosib, chunki ular bilan erimaydigan yoki qiyin eriydigan kalsiy tuzlarini hosil qiladi. Tetrasiklinlar qatori antibiotiklari bilan, ularning antibakterial samarasini pasaytirib, erimaydigan komplekslar hosil qiladi.

“Sekin” kalsiy kanallari blokatorlarining ta‘sirini kamaytiradi (verapamildan oldin yoki keyin kalsiy glyukonatini vena ichiga yuborish, uning gipotenziv ta‘sirini kamaytiradi, lekin uning antiaritmik samarasiga kam ta‘sir qiladi).

Xinidin bilan bir vaqtda qo‘llanganida qorincha ichki o‘tkazuchanligini sekinlashishi va xinidinning zaharligini oshishi mumkin. Glikozidlarning kardiotoksik ta‘sirini kuchayishi tufayli, kalsiy glyukonatini yurak glikozidlari bilan davolanish vaqtida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Tiazid diuretiklari bilan qo‘shilganda giperkalsiemiyani kuchaytirishi, giperkalsiemiyada kalsitoninning samarasini pasaytirish mumkin, fenitoinning biokirishaolishligini pasaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Ahamiyatsiz giperkalsiemiyali, kalava filtrasiyasi pasaygan yoki anamnezida nefrourolitiazi bo‘lgan bemorlarga buyurish ehtiyotkorlik bilan va siydikdagi kalsiyning miqdorini nazorati ostida o‘tkazilishi kerak. Nefrourolitiazni rivojlanish xavfini pasaytirish uchun ko‘p suyuqlik ichish tavsiya qilinadi.

Bolalarga mushak ichiga yuborish tavsiya qilinmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: giperkalsiemiya.

Davolash: kalsitonin vena ichiga tomchilab, 5-10 XB/kg/sut (uni 500 ml 0,9% natriy xloridi eritmasida eritib). Yuborishning davomiyligi – 6 soat.