Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
КАЛЬЦИЯ ГЛЮКОНАТ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

КАЛЬЦИЯ ГЛЮКОНАТ ТАБЛЕТКА 500МГ №10

473 so'mdan
(4151)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
CALCIUM GLUCONATE
Ishlab chiqaruvchi
УЗБЕКИСТАН
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qoʻllanilishi
Dori shakli: 
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: kalsiy glyukonati – 500 mg;

yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, stearin kislotasi.

 

Taʼrifi:

 oq rangli, hidsiz tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Mineral preparati.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Kalsiy preparati, nerv impulslarini oʻtkazilishi jarayonlarini, skelet va silliq mushaklarni qisqarishini, miokard faolyatini, suyak toʻqimasini shakllanishini, qon ivishini amalga oshirilishi uchun zarur boʻlgan kalsiy ionlarning tanqisligini toʻldiradi.

 

Farmakokinetikasi

Peroral qabul qilingan preparatning taxminan 1/5-1/3 qismi ingichka ichakda soʻriladi; bu jarayon D vitaminining ishtirokida, rN, parhezning oʻziga xosligi va kalsiyni bogʻlash qobiliyatiga ega omillarning mavjudligiga bogʻliq. Kalsiyni soʻrilishi uni tanqisligida va kalsiyning miqdori kam boʻlgan parhezga amal qilinganda oshadi. Taxminan 20% buyraklar orqali chiqariladi, qolgan qismi (80%) ichak orqali chiqariladi.

 

Qoʻllanilishi

Gipoparatireoz (yashirin tetaniya, osteoporoz).

D vitaminining almashinuvini buzilishi: raxit (spazmofiliya, osteomalyatsiya), surunkali buyrak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlardagi giperfosfotemiya.

Kalsiyga yuqori ehtiyoj (homiladorlik, laktatsiya davri, organizmning kuchli oʻsish davri), ovqatda kalsiy miqdorini yetishmasligi, uni almashinuvini buzilishi (postmenopauz davrda).

Kalsiyning chiqarilishini kuchayishi (uzoq vaqt oʻrindiqda yotib davolanish rejimi, surunkali diareya, diuretiklar va tutqanoqqa qarshi preparatlarni, glyukokortikosteroidlarni uzoq muddat qabul qilish fonidagi ikkilamchi gipokalsiyemiya).

Magniy tuzlari, shovul va ftorid kislotalari va ularning eruvchan tuzlari bilan zaharlanish (kalsiy glyukonati bilan oʻzaro taʼsirlanganda erimaydigan va toksik boʻlmagan kalsiy oksalati va kalsiy ftoridi hosil boʻladi).

Paroksizmal mioplegiyaning giperkaliyemik shaklida qoʻllanadi.

 

Dori shakli: 

tabletkalar.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Ichga, ovqat qabul qilishdan oldin yoki qabul qilinganidan keyin 1-1,5 soat oʻtgach (sut bilan ichib) qabul qilinadi.

Dozalar davolovchi shifokor tomonidan klinik manzaraga qarab, individual ravishda belgilanadi.

Gipoparatireoz (yashirin tetaniya, osteoporoz): kattalarga – 1-3 g dan kuniga 2-3 marta buyuriladi; bolalarga – 3-4 yoshda – 1 g dan; 5-6 yoshda – 1-1,5 g dan; 7-9 yoshda – 1,5-2 g dan; 10-14 yoshda – 2-3 g dan buyuriladi; qabul qilishlar soni – kuniga 2-3 martani tashkil qiladi.

D vitaminining almashinuvini buzilishi: raxit (spazmofiliya, osteomalyatsiya), surunkali buyrak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlardagi giperfosfotemiya: kattalarga – 1-3 g dan kuniga 2-3 marta buyuriladi; bolalarga – 3-4 yoshda – 1 g dan; 5-6 yoshda – 1-1,5 g dan; 7-9 yoshda – 1,5-2 g dan; 10-14 yoshda – 2-3 g dan buyuriladi; qabul qilishlar soni – kuniga 2-3 martani tashkil qiladi.

Kalsiyga yuqori ehtiyoj (homiladorlik, laktatsiya davri, organizmning kuchli oʻsish davri), ovqatda kalsiy miqdorini yetishmasligi, uni almashinuvini buzilishi: kattalarga – 1-3 g dan kuniga 2-3 marta buyuriladi; bolalarga – 3-4 yoshda – 1 g dan; 5-6 yoshda – 1-1,5 g dan; 7-9 yoshda – 1,5-2 g dan; 10-14 yoshda – 2-3 g dan buyuriladi; qabul qilishlar soni – kuniga 2-3 martani tashkil qiladi.

Kalsiyning chiqarilishini kuchayishi (uzoq vaqt oʻrindiqda yotib davolanish rejimi, surunkali diareya, diuretiklar va tutqanoqqa qarshi preparatlarni, glyukokortikosteroidlarni uzoq muddat qabul qilish fonidagi ikkilamchi gipokalsiyemiya): kattalarga – 1-3 g dan kuniga 2-3 marta buyuriladi; bolalarga – 3-4 yoshda – 1 g dan; 5-6 yoshda – 1-1,5 g dan; 7-9 yoshda – 1,5-2 g dan; 10-14 yoshda – 2-3 g dan buyuriladi; qabul qilishlar soni – kuniga 2-3 martani tashkil qiladi.

Magniy tuzlari, shovul va ftorid kislotalari va ularning eruvchan tuzlari bilan zaharlanish (kalsiy glyukonati bilan oʻzaro taʼsirlanganda erimaydigan va toksik boʻlmagan kalsiy oksalati va kalsiy ftoridi hosil boʻladi): kattalarga – 1-3 g dan kuniga 2-3 marta buyuriladi; bolalarga – 3-4 yoshda – 1 g dan; 5-6 yoshda – 1-1,5 g dan; 7-9 yoshda – 1,5-2 g dan; 10-14 yoshda – 2-3 g dan buyuriladi; qabul qilishlar soni – kuniga 2-3 martani tashkil qiladi.

Paroksizmal mioplegiyaning giperkaliyemik shakli: kattalarga – 1-3 g dan kuniga 2-3 marta buyuriladi; bolalarga – 3-4 yoshda – 1 g dan; 5-6 yoshda – 1-1,5 g dan; 7-9 yoshda – 1,5-2 g dan; 10-14 yoshda – 2-3 g dan buyuriladi; qabul qilishlar soni – kuniga 2-3 martani tashkil qiladi.

 

 

Nojoʻya taʼsirlari

Qabziyat, meʼda-ichak yoʻllarining shilliq qavatini taʼsirlanishi, giperkalsiyemiya kuzatilishi mumkin

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, giperkalsiyemiya (kalsiyning konsentratsiyasi 12 mg% = 6 mEkv/l dan oshmasligi kerak), yaqqol giperkalsiuriya, nefrourolitiaz (kalsiyli), ogʻir buyrak yetishmovchiligi, sarkoidoz, yurak glikozidlarini bir vaqtda qoʻllash (aritmiyalarning paydo boʻlish xavfi), 3 yoshgacha boʻlgan bolalarda qoʻllash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: Degidratatsiya, elektrolit buzilishlari (giperkalsiyemiyani rivojlanish xavfi), diareya, kam soʻrilish sindromi, kalsiyli nefrourolitiaz (anamnezda), bir oz giperkalsiuriya, oʻrtacha surunkali buyrak yetishmovchiligi, surunkali yurak yetishmovchiligi, tarqalgan ateroskleroz, giperkoagulyatsiyada ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Karbonatlar, salitsilatlar, sulfatlar bilan farmatsevtik jihatdan nomutanosib (erimaydigan yoki qiyin eriydigan kalsiy tuzlarini hosil qiladi).

Tetratsiklinlar qatori antibiotiklari bilan erimaydigan majmualar hosil qiladi (antibakterial samarani pasaytiradi).

“Sekin” kalsiy kanallarining blokatorlarining samarasini kamaytiradi.

Xinidin bilan bir vaqtda qoʻllanganida yurak qorinchalar ichki oʻtkazuvchanligi sekinlashishi va xinidinning zaharliligi oshishi mumkin.

Tetratsiklinlar, digoksin, peroral temir preparatlarining soʻrilishini sekinlashtiradi (ularni qabul qilishlar orasidagi interval kamida 2 soat boʻlishi kerak).

Tiazid diuretiklari bilan majmuada qoʻllanganida giperkalsiyemiyani kuchaytirishi mumkin. Giperkalsiyemiyada kalsitoninning samarasini pasaytiradi.

Fenitoinning biokiraolishligini pasaytiradi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Bir oz giperkalsiuriyasi, kalavalar filtratsiyasi pasaygan va anamnezida nefrolitazi boʻlgan patsiyentlarda davolash siydikda kalsiyning konsentratsiyasini nazorati ostida oʻtkazilishi kerak.

Nefrourolitiazning rivojlanish xavfini pasaytirish uchun koʻp miqdorda suyuqlik ichish tavsiya qilinadi.

Preparat avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsir qilmaydi.

Homiladorlik va emizish davrida qoʻllanishi

Preparatni shifokor tomonidan aniqlanadigan ayol uchun foyda/homila (bola) uchun xavf nisbatini hisobga olib qoʻllanishi mumkin. Emizish davrida kalsiy preparatlari qabul qilinganda u koʻkrak sutiga oʻtishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: giperkalsiyemiya (uyquchanlik, holsizlik, anoreksiya, qorinda ogʻriq, qusish, koʻngil aynishi, qabziyat, polidipsiya, poliuriya, kuchli toliqish, taʼsirchanlik, kayfiyatni yomonlashishi, depressiya, degidratatsiya, yurak ritmi buzilishi mumkin, mialgiya, artralgiya, arterial gipertoniya).

Davolash: preparatni bekor qilish; ogʻir hollarda – parenteral ravishda kalsitonin sutkada tana vazniga 5-10 XB/kg hisobidan (natriy xloridining 0,9% li steril fiziologik eritmasini 500 ml eritilgan holda) vena ichiga tomchilab 6 soat davomida yuboriladi. Vena ichiga oqim bilan asta-sekin sutkada 2-4 marta yuborish mumkin.

 

Chiqarilish shakli

Tabletkalar 500 mg dan.

Bankalarda 30 ta, 40 ta, 50 ta yoki 100 ta tabletkadan.

Kontur uyali oʻramlarda 10 ta [№10 (1×10), №20 (2×10), №30 (3×10), №50 (5×10)] tabletkadan qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan karton qutida yoki kontur uyasiz oʻramlarda 10 ta tabletkadan

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan 25°S dan yuqori boʻlmagan xaroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.