Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Кальций Д3

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Кальций Д3 ТАБЛЕТКА №60

36 000 so'mdan
(4234)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
PHARM NATUR
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

chaynaladigan tabletkalar.

 

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:  kalsiy karbonati – 1250,0 mg (500 mg kalsiyga ekvivalent), D3 vitamini (xolekalsiferol) 0,005 mg;

yordamchi moddalar: sorbitol, povidon, izomalt, aspartam, mevali aromatizator, magniya stearati.

 

Taʼrifi:

 gʻadir budir gʻovaksimon yuzali oval shaklli, bir tomonida SD yozuvi va riskasi boʻlgan, oq rangdan krem tusli oq ranggacha boʻlgan, oʻziga xos xushboʻy hidli chaynaladigan tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Farmakoterapevtik guruhi: Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita.

Farmakologik xususiyatlari

Kalsiy va fosfor almashinuvini boshqaruvchi majmuaviy preparat. Organizmda kalsiy va D3 vitamini tanqisligini toʻldirib, suyak toʻqimasini rezorbsiyasini (soʻrilib ketishini) susaytiradi va zichligini oshiradi, tishlarni mineralizatsiyasi uchun zarur.

Kalsiy nervlarda impuls oʻtkazuvchanligini, mushak qisqarishlarini boshqarishda ishtirok etadi va qon ivish tizimining asosiy komponenti hisoblanadi.

D3 vitamini (xolekalsiferol) kalsiyni ichakda soʻrilishini oshiradi.

Kalsiy va D3 vitaminini qoʻllash, suyak toʻqimasi rezorbsiyasini oshishini ragʻbatlantiruvchisi boʻlgan paratireoid gormonini ishlab chiqarilishini oshishga toʻsqinlik qiladi.

 

Farmakokinetikasi

D3 vitamini ingichka ichakda soʻriladi.

Kalsiy ionlashgan shaklda ingichka ichakning proksimal boʻlimida D-vitaminiga bogʻliq faol transport mexanizmi orqali soʻriladi.

 

 

Qoʻllanilishi

Davolash–profilaktika vositasi sifatida quyidagilarda qoʻllanadi:

– osteoporozni (shu jumladan, menopauza, senil, steroid, idiopatik osteoporozni) va uning asoratlarini (suyaklarni sinishlarini) oldini olish va majmuaviy davolash uchun;

– organizmdagi kalsiy va D3 vitaminining, ularni ovqat bilan yetarli darajada tushmasligi oqibatidagi tanqisligini toʻldirish uchun;

– homiladorlik va emizish davrida, hamda jadal oʻsish davridagi bolalar (3 yoshdan boshlab) va oʻsmirlarda organizmning kalsiy va D3 vitaminiga boʻlgan ehtiyoj oshganida qoʻllaniladi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Ichga buyuriladi. Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga sutkada 2 tabletkadan (ertalab va kechqurun), asosan ovqatlanish vaqtida buyuriladi.

3 dan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun dozalash tartibi shaxsiy ravishda belgilanadi.

Tabletkani chaynash yoki butunligicha yutib, qabul  qilish mumkin. Kalsiyni soʻrilishini oshirish uchun tabletkani nordon ichimlik (apelsin yoki limon sharbati) bilan qabul qilgan afzalroq.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qabziyat, diareya, meteorizm, koʻngil aynishi, qorinda ogʻriqlar boʻlishi mumkin.

Modda almashinuvi tomonidan: kam hollarda – giperkalsiyemiya, giperkalsiuriya.

Allergik reaksiyalar.

 

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

– preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik (laktozani oʻzlashtiraolmaslik, laktoza tanqisligi, glyukozo-galaktoz malabsorbsiya);

– buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari;

– giperkalsiyemiya va giperkalsiuriya;

– siydik-tosh kasalligi (kalsiy toshlarini hosil boʻlishi);

– dekalsiylovchi oʻsmalar (miyeloma, suyak metastazalari, sarkoidoz);

– osteoporoz (immobilizatsiya bilan bogʻliq boʻlgan);

– oʻpka tuberkulezi (faol shakli);

– 3 yoshgacha boʻlgan bolalarda (tabletka koʻrinishida) qoʻllash mumkin emas.

Homiladorlikda preparatning sutkalik dozasi 1500 mg kalsiy va 600 XB D3 vitaminidan oshmasligi kerak.

D vitamini va uning metabolitlari koʻkrak suti bilan ajralib chiqishi mumkin, shuning uchun ona va bolalarga boshqa manbalardan kalsiy va D3 vitaminining qoʻshimcha ravishda tushishini hisobga olish va doimiy tibbiy nazoratni amalga oshirish kerak.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

– fenitoin yoki barbituratlar bilan bir vaqtda qoʻllanganida D3 vitaminining faolligi susayishi mumkin;

– yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qoʻllanganida EKG va klinik holatlarni nazorat qilish kerak, chunki kalsiy preparatlari yurak glikozidlarining taʼsirini kuchaytirishi mumkin;

– preparat tetratsiklinlarning meʼda-ichak yoʻllaridan soʻrilishini oshirishi mumkin, shuning uchun preparat va tetratsiklinlar guruhi antibiotiklarini qabul qilishlari orasidagi interval kamida 3 soatni tashkil qilish kerak;

– bisfosfonatlar yoki natriy ftoridi bilan bir vaqtda qoʻllanganida, ularni soʻrilishi pasayishi mumkin, shuning uchun preparatni ushbu dori vositalaridan kamida 2 soatdan keyin qabul qilish tavsiya etiladi;

– glyukokortikosteroidlar kalsiyni soʻrilishni kamaytiradi, shuning uchun glyukokortikosteroidlarni qabul qilayotgan patsiyentlarda preparatning dozasini oshirish talab qilinishi mumkin;

– kolestiramin yoki mineral yoki oʻsimlik moyi asosidagi surgi vositalari bilan bir vaqtda qoʻllanganida D3 vitaminini soʻrilishi pasayishi mumkin;

– tiazid diuretiklar bilan bir vaqtda qoʻllanganida kalsiyni buyrak naychalaridan qayta soʻrilishini oshishi oqibatida giperkalsiyemiyani rivojlanish xavfi oshadi. Furosemid va boshqa “halqali” diuretiklar esa, aksincha, kalsiyni buyrak orqali chiqarilishini oshiradi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Buyrak yetishmovchiligi boʻlgan shaxslarda va osteoporozi boʻlgan immobilizatsiya qilingan bemorlarda giperkalsiyemiyani rivojlanish xavfi sababli ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak. Davolash vaqtida kalsiyni siydik bilan chiqarilishini, kalsiy va kreatininning plazmadagi konsentratsiyasini doimo nazorat qilish kerak (sutkada 7,5 mmoldan (sutkada 300 mg) dan yuqori kalsiuriya yuz bergan boʻlgan hollarda dozani hisobga olish yoki qabul qilishni toʻxtatish kerak).

Dozani oshirib yuborishdan saqlanish uchun D3 vitaminini boshqa manbalardan qoʻshimcha tushishini hisobga olish zarur. Kalsiy va D3 vitaminini saqlagan vitaminli majmualar bilan bir vaqtda qoʻllash mumkin emas.

Keksa odamlarda kalsiyga boʻlgan sutkalik ehtiyoj 1,5 g ni, D3 vitaminiga boʻlgan sutkalik ehtiyoj – 500-1000 HB ni tashkil qiladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatmaslik lozim.

 

Dozani oshirib yuborilishi

 

Dozani oshirib yuborilish belgilari aniklanganda shifokorga murojaat kiling.

Simptomlari: anoreksiya, chanqoq, poliuriya, koʻngil aynishi, qusish, giperkalsiuriya, giperkalsiyemiya, giperkreatiniyemiya.

Davolash: preparatni darhol bekor qilish kerak. Organizmga katta miqdordagi suyuqlikni yuborish, “halqali” diuretiklarni (masalan, furosemidni), GKS, kalsitonin, bisfosfonatlarni qoʻllash tavsiya qilinadi.

 

Chiqarilish shakli

Chaynaladigan tabletkalar. 10 tabletkadan PVX li kontur-uyali oʻramga joylanadi.

30, 50 yoki 100 tabletkadan flakonda.

1, 2, 3, 5 yoki 10 kontur uyali oʻramdan qoʻllash boʻyicha yuriqnomasi bilan birga qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

 

2 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.