Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Кальций Д3

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Кальций Д3 ТАБЛЕТКА №30

35 000 so'mdan
(3005)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
PHARM NATUR
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Препараты кальция и средства для профилактики и лечения остеопороза
Dori tafsilotlari
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Farmakologik ta'sir
Nojo'ya samaralari
Qo'llanilishi
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Maxsus saqlash sharoitlari
Dozirovkasi
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
1 ta tabletkaning tarkibi:
Faol moddalar:
Kalsiy karbonat 625 mg
D3 vitamini (konsentrat shaklidagi xolekalsiferol) 3,125 mg

Yordamchi moddalar:
70% suyuq qorbitol, povidon, magniya stearat, aspartam, ichimlik sodasi, limon kislotasi, apelsin, banan, shaftoli, shokolad, kakao tam beruvchi qoʻshimchalari.
 
 
Farmakologik ta'sir
Kalsiy karbonat suyak toʻqimasining meʼyorida shakllanishi, yurakning bir maromda ishlashi, nerv impulslarining meʼyorida uzatilishi va qonning ivish jarayonlari uchun zarur kalsiy manbai hisoblanadi.
Xolekalsiferol (D3 vit.) fosfor-kalsiy almashinuvini tartibga solishda ishtirok etadi, ichakda kalsiyning oʻzlashtirilishini yaxshilaydi, shuningdek, buyrak kanalchalarida kalsiy va fosfatlarning qayta soʻrilishini yengillashtiradi.
 
Nojo'ya samaralari
Uning biror-bir komponentiga individual taʼsirchanlik mavjud boʻlganida, kamdan-kam hollarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.
Ular paydo boʻlganida mutaxassisga murojaat qilish zarur boʻladi.
 
 
Qo'llanilishi
Kalsiy D3 organizmning rivojlanishi uchun zarur moddalarning muvozanatlashgan kompleksi. Suyak toʻqimasining meʼyorida shakllanishi, suyak-mushak tizimi, togʻay tgʻqimasi funksiyasini mustahkamlash uchun kalsiyning qoʻshimcha manbai sifatida tavsiya etiladi.
Bioqoʻshimcha hayot uchun muhim organlar va tizimlarning, ayniqsa organizmning jadal oʻsish davrida meʼyorida ishlashiga koʻmaklashadi, yurak, asab tizimining bir maromda ishlashini, qonning ivish jarayonini taʼminlaydi.
Kalsiy shuningdek ishi aqliy va jismoniy yuklanishlar bilan bogʻliq boʻlgan shaxslar uchun, uzoq vaqt yotish rejimida boʻlgandan soʻng kuch-quvvatni tiklash uchun foydali.
Bioqoʻshimcha qoʻllanilganida organizmning immun tizimi va sovqotish, ogʻir ekologiya sharoitlariga qarshiligi mustahkamlanadi, u surunkali charchoqlar, tez charchashlarda yordam beradi.
 
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Quyidagi hollarda polivitamin qoʻshimchalar qoʻllanilmaydi:
-Giperkalsiyemiya;
-Preparatning biror-bir komponentiga yuqori taʼsirchanlik.
 
 
Maxsus saqlash sharoitlari
Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda +25°С dan yuqori boʻlmagan temperaturada saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati: 2 yil.
Oʻramida koʻrsatilgan yaroqlilik muddati oʻtganidan soʻng qoʻllanilmasin.
 
Dozirovkasi

1 yoshdan katta bolalarga bir kunda ½ tabletka chaynab yoki suvda eritib beriladi. Kattalarga – bir kunida 1 tabletkadan. Ovqat vaqtida qabul qilinsin.