Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Калия Оротат

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Калия Оротат 500 мг таб №10

12 000 so'mdan
(5471)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Калия Оротат 500 мг таб №10
Xususiyatlari
Xalqaro nomlanishi
Orotic acid
Ishlab chiqaruvchi
(ЛУГАНСКИЙ ХФЗ , Украина)
Chiqarilish shakli
штука
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Farmakoterapevtik guruhi: 
Yaroqlilik muddati
Farmakologik xususiyatlari
Dorixonalardan berish tartibi
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Dori shakli:
Maxsus koʻrsatmalar
Chiqarilish shakli
Tarkibi:
Saqlash sharoiti
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 

toʻqimalar trofikasi va regeneratsiyasini ragʻbatlantiruvchi vositalar.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Anabolik taʼsir koʻrsatadi va regeneratsiya jarayonlarini ragʻbatlantirilishiga yordam beradi. Oqsil molekulalarining hosil boʻlishida qatnashuvchi nuklein kislotalarining tarkibiga kiruvchi pirimidin nukleotidlarining sintezini taʼminlaydi. Shu sababli orotat kislotasi va uning tuzlari modda almashinuv jarayonlarining umumiy ragʻbatlantiruvchilari sifatida oqsil almashinuvining buzilishilarida qoʻllanadi.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.

Qoʻllanilishi

Oʻtkir va surunkali intoksikatsiyalar chaqirgan jigar kasalliklari, (assit bilan boʻlgan jigar sirrozidan tashqari), miokardning distrofiyasi, bolalardagi alimentar va alimentar – infeksion distrofiya, zoʻrayib borayotgan mushak distrofiyasi , jismoniy  yuklamalar.

Preparatni baʼzida aritmiyalarda (ayniqsa ekstrasistoliyada va lipilovchi aritmiyalarda) ishlatiladi.

 

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Preparatni ichga, ovqatdan 1 soat oldin yoki 4 soat keyin qabul qilinadi. Kattalar uchun dozasi kuniga 500 mg dan – 1500 mg gacha (250 mg – 500 mg dan kuniga 2-3 marta). Davolash kursi 20–40 kun, ayrim hollarda undan davomliroq. Zarurati boʻlganida davolash kursi 1 oylik tanaffusdan keyin takrorlanadi. Alohida hollarda preparatni samardorligi va oʻzlashtirishiga qarab sutkalik dozani kattalar uchun 3000 mg gacha oshirish mumkin.

Bolalarga (alimentar va alimentar-infeksion distrofiyada, anemiyalarda) – sutkada 10–20 mg/kg dan (2-3 qabulga). Davolash kursi 3-5 kun.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Preparat odatda yaxshi oʻzlashtiriladi. Alohida hollarda preparat bekor qilingandan keyin tez oʻtuvchi allergik reaksiyalar (zarurati boʻlganida gistaminga qarshi preparatlar buyuriladi) va dispeptik holatlar boʻlishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Assit bilan boʻlgan jigar sirrozi, nefrourolitiaz, buyrak yetishmovchiligi, preparatga yuqori sezuvchanlik.

Ehtiyotkorlik bilan – homiladorlik va laktatsiya davri.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Temir, teratsiklin, natriy xloridining oʻzlashtirilishini qiyinlashtiradi (dori vositasini qabullari orasidagi interval – kamida 2 – 3 soat). Peroral  kontratseptivlar, diuretiklar, miorelaksantlar, insulin preparatlarining samarasini pasaytiradi.

 

Dori shakli:

 tabletka

 

Maxsus koʻrsatmalar

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Chiqarilish shakli

500 mg dan tabletkalarda.

 

Tarkibi:

faol modda: kaliy orotat

yordamchi moddalar: sut qandi (laktoza), tozalangan natriy-karboksimetilsellyulozasi (natriy karmellozasi), kartoshka kraxmali, aerosil (kremniy okisidi) stearin kislotasi ili kalsiy stearati.

 

Saqlash sharoiti

Quruq joyda, 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Taʼrifi: 

oq rangli tabletkalar.